Mavzu: Ona-Vatan


- dars Mavzu: Mehmondo'stlik — yaxshi odat



Download 0,78 Mb.
bet16/35
Sana31.12.2021
Hajmi0,78 Mb.
#210463
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35
Bog'liq
Mavzu Ona-Vatan-fayllar.org

16- dars

Mavzu: Mehmondo'stlik — yaxshi odat

Maqsad:

a) ta'limiy: o'quvchilarga mehmondo'stlik xislati haqida tushuncha berish;

b) tarbiyaviy: o'quvchilarda mehmondo'st inson bo'lishga rag'bat uyg'otish;

d) rivojlantiruvchi: o'quvchilarda mehmondo'stlik ko'nikmalarini rivojlantirish.

Dars uslubi: an'anaviy dars (mustaqil ishlashga yo'naltirgan holda).

Dars jihozi: darslik, qo'shimcha adabiyotlar, mavzuga oid rasmlar.



Dars texnologiyasi

Dars elementlari


1

II

III

IV

V

VI

VII

VIII

IX

Davomiyligi

1

4

10

5

10

5

5

4

1



Texnologik xarita


Mavzu


Mehmondo'stlik — yaxshi odat

Maqsad va vazifalar


O'qituvchi: o'quvchilarni mehmondo'stlik fazilatini egallashga yo'naltirish.


Dars jarayonining borishi


Tashkiliy qism.

Darslikdan "Buni bilib oling" shartli belgisi orqali taqdim etilgan matnni o'qitish.

Rivoyatni ifodali o'qish va tahlil qilish. Dam olish daqiqasi. Darslikdagi jumboqni yechish. Darsni yakunlash. O'quvchilar bilimini baholash. Uyga vazifa topshirish.


O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi




Uslub: an'anaviy (ayrim interfaol metodlar qo'llangani holda). Shakl: sinf-dars. Texnologik usul: ko'rgazmali-muammoli tahlil. Vosita: darslik, rasm. Nazorat: frontal, yakka.

Kutilayotgan natijalar


O'qituvchi: darsning maqsadiga erishish.


O'quvchi: mehmondo'stlikning go'zal odat ekanligini anglash.


Kelgusi rejalar


O'qituvchi: o'quvchi­larda mehmondo'stlik ko'nikmalarini egallashga nisbatan barqaror rag'batni vujudga keltirish.


O'quvchi: mehmondo'stlikning ahamiyatini anglash.




Darsning borishi:

I. Darsni tashkil etish.

II. O'qituvchi yangi mavzuni e'lon qiladi: "Aziz o'quvchilar, bugun biz Siz bilan birgalikda o'rganadigan dars mavzyimiz: "Mehmondo'stlik — yaxshi odat" deb ataladi. Har biringiz kattalarning mehmonlarni qanday kutib olayotganlarini kuzatgansiz. Bunda ayrim yumushlarni bajarishda o'zingiz ham ishtirok etgansiz.

Mehmondo'stlik xalqimizga xos eng yaxshi fazilatlardan biri. Shu sababdan siz ham xalqimizning munosib farzandi bo'lishingiz, mehmon kutish, mehmonda o'zini qanday tutish odobini mukammal bilishingiz zarur".

III. Darslikdan "Buni bilib oling" shartli belgisi bilan berilgan matn o'qilib, unga ilova qilib berilgan savol asosida suhbat o'tkaziladi.

IV. Dam olish daqiqasi.

V. Darslikdan "Mehmon aziz" rivoyati o'qiladi.

VI. Matn va unga ilova qilib berilgan rasm asosida suhbat o'tkaziladi (savol va topshiriq: 1) Rivoyatni qayta hikoya qilib bering va o'z fikringizni bildiring; 2) Rivoyatdagi bolaning aql-zakovati nimalarda ko'rindi?; 3) Nima sababdan hokim bolaning aytganini qilishga majbur bo'ldi?; 4) Mehmondo'stlik haqida qanday maqollarni bilasiz?).

VII. Darslikdan mavzuga oid jumboq yechiladi: Jumboqda "Mehmon kelar eshikdan, rizqi kelar teshikdan" maqoli berilgan bo'lib, unda tushirib qoldirilgan "teshikdan" so'zini o'quvchilar mustaqil ravishda topadilar.

VIII. Dars yakunlanib, o'quvchilar bilimi baholanadi.

IX. Uyga vazifa: "Buni bilib oling" shartli belgisi bilan berilgan matnni oiladagi kattalardan o'rgangan ma'lumotlar asosida kengaytirib kelish.


Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish