Guruh:202 Umaraliyeva Mohira O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida " ... ta’lim jarayonini, oliy ta’limning o‘quv reja va dasturlarini yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullarini keng joriy etish, magistratura ilmiy-ta’lim jarayonini sifat jihatidan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarini joriy etish asosida yanada takomillashtirish"lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan. Bunday sharoitda ijtimoiy ahamiyatli bilim va qadriyatlar jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlar talablariga to‘la javob bera olish layoqatiga ega, ishlab chiqarish sohasida yuzaga kelgan raqobatga bardoshli, keskin o‘zgarishlarga moslasha oluvchi, shuningdek, mehnatbozorida mutaxassislar malakasiga qo‘yilayotgan talablar darajasida samarali faoliyat yurita oluvchi mutaxassisni shakllantirishga yo‘naltirilmog‘i lozim. Oliy ta’lim muassasalari uchun etuk pedagog kadrlar zaxirasini tayyorlash magistratura ta’limining asosiy vazifalari hisoblanadi. Ushbu vazifani hal etishda o‘quv rejadagi "Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi" fani ham muhim o‘rin egallaydi. Oliy ta’lim muassasalari magistrantlarining kasbiy-pedagogik rivojlanishi ularning mustaqil fikrlashlari, ijodkorliklari, faolliklari, munosabatlarining chuqurlashib hamda boyib borishi, xarakter hamda dunyoqarashlarining turg‘unlashuvi hamda o‘z o‘zini tarbiyalashga bog‘liq bo‘lgan ehtiyojlarining shakllanishi, ijtimoiy shaxsiy qiziqishlarining kasbiy-pedagogik yo‘nalishga ega bo‘lishi kabi holatlar bilan tavsiflanadi. Bo‘lajak mutaxassis uchun magistraturada ta’lim olish jarayoni bu magistrantlarda ilmiy-pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishda kasbiy jihatdan ahamiyatli sanalgan sifat, bilim, ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish hamda o‘z-o‘zini takomillashtirish davri hamdir. - Oliy ta’lim muassasalari uchun etuk pedagog kadrlar zaxirasini tayyorlash magistratura ta’limining asosiy vazifalari hisoblanadi. Ushbu vazifani hal etishda o‘quv rejadagi "Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi" fani ham muhim o‘rin egallaydi. Oliy ta’lim muassasalari magistrantlarining kasbiy-pedagogik rivojlanishi ularning mustaqil fikrlashlari, ijodkorliklari, faolliklari, munosabatlarining chuqurlashib hamda boyib borishi, xarakter hamda dunyoqarashlarining turg‘unlashuvi hamda o‘z o‘zini tarbiyalashga bog‘liq bo‘lgan ehtiyojlarining shakllanishi, ijtimoiy shaxsiy qiziqishlarining kasbiy-pedagogik yo‘nalishga ega bo‘lishi kabi holatlar bilan tavsiflanadi. Bo‘lajak mutaxassis uchun magistraturada ta’lim olish jarayoni bu magistrantlarda ilmiy-pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishda kasbiy jihatdan ahamiyatli sanalgan sifat, bilim, ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish hamda o‘z-o‘zini takomillashtirish davri hamdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |