Neft va gaz konlari geologiyasi va geofizikasi



Download 403,5 Kb.
bet2/2
Sana11.06.2023
Hajmi403,5 Kb.
#950652
1   2
Bog'liq
Toshkent shaxri Bektemir tumani iqtisodi saloxiyati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-avgust kuni Toshkent shahrining Bektemir tumanida bajarilayotgan ishlar, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishdi.
Pandemiya tufayli vaqtincha toʻxtab qolgan korxonalar oʻz faoliyatini tiklay boshladi. Lekin ular yana toʻliq quvvatga chiqishi uchun vaqt va ragʻbat zarur. Prezident Shavkat Mirziyoyevning qator farmonlari va videoselektor yigʻilishlarida bu borada aniq vazifalar belgilanib, izchil amalga oshirilmoqda.
Prezident dastlab “Bektemir metall konstruksiyalari” masʼuliyati cheklangan jamiyati metallga qayta ishlov berish zavodiga bordi.
Loyihaning umumiy qiymati 48 million dollar boʻlib, 2018-yilda ishga tushirilgan. Korxona yiliga 65 ming tonna ruxlangan metall, 1 600 kilometr yoʻl toʻsiqlari, 130 ming tonna payvandlangan quvur va 17 ming dona yoritish ustuni ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Metall konstruksiyalarini issiq haroratda ruxlash Italiyaning Bisol S.p.A. uskunasida, xalqaro meʼyorlar va sifat standartlari darajasida amalga oshirilmoqda. Bunday mahsulotlar chidamliligi, koʻrimliligi va oʻrnatish jarayonida qulayligi bilan afzal. Shuningdek, bu yerda Xitoy, Janubiy Koreyadan keltirilgan zamonaviy texnologiyalar oʻrnatilgan.
Bugungi kunda ushbu korxonada ishlab chiqarilgan metall konstruksiyalaridan Toshkent shahri va viloyatlarda keng foydalanilmoqda.
Korxonada jami 375 nafar muhandis va ishchi mehnat qilmoqda.
Prezidentimiz ishlab chiqarish jarayonini koʻzdan kechirib, mutasaddilarga qoʻshimcha koʻrsatmalar berdi.
– Bu texnologiyalar ham, mahsulotlar ham yaxshi. Lekin har dam rivojlanishni oʻylash kerak. Arzon, xavfsiz va sifatli konstruksiyalar ishlab chiqarib, korxonaning qurilish industriyasidagi oʻrnini kengaytirish zarur. Mahsulot qachon arzon boʻladi? Sharoit yaratsak, –dedi Shavkat Mirziyoyev.
Bunga erishish uchun loyihalashtiruvchi guruh tuzish, Yevropa mamlakatlari, xususan, Germaniya tajribasi asosida korxonani sanoat klasteriga aylantirish muhimligi taʼkidlandi.
Malakali mutaxassislar tayyorlash boʻyicha topshiriqlar berildi.
Shundan soʻng Prezident tumandagi “Binokor” masʼuliyati cheklangan jamiyatning ishlab chiqarish maydoniga tashrif buyurdi.
Davlatimiz rahbarining tumanga avvalgi tashrifi chogʻida bu korxona faoliyati haqida taqdimot oʻtkazilgan edi. Umumiy qiymati 50 million dollardan ziyod boʻlgan loyihaning birinchi bosqichi 2018-yilda ishga tushirilgan. Bugungi kunda ikkinchi bosqichi faoliyat boshlash arafasida.
Buning uchun yangi majmuaga Germaniyaning “Vollert”, “Würschum”, Italiyaning “Maema”, “Schnell”, “AWM”, Rossiyaning “Tochnaya Stroitelnaya Mexanika”, “Gruzopodyem”, Polshaning “Airpol” va Ispaniyaning “Azcona Y Pantoja SL” kompaniyalari bilan hamkorlikda zamonaviy texnologiya va dastgohlar keltirib oʻrnatilgan.
Shu oʻrinda eslash joizki, avvalgi yigirma yilda koʻp qavatli uylar qurish tajribasi yoʻq boʻlish holatiga kelib qolgandi. Bunga ixtisoslashgan avtokranlar ham, mutaxassislar ham yetishmasdi. Oxirgi uch yilda birgina Sergeli tumanida 460 ta koʻp qavatli uy barpo etildi. Mamlakatimiz boʻylab bunday bunyodkorlik ishlari jadal davom etmoqda.
“Binokor” korxonasida tayyorlanayotgan temir-beton panellar koʻp qavatli uylar va boshqa inshootlar qurishda qoʻllanilmoqda. Hozirgacha bu yerda 1 ming 200 dan ziyod muhandis va mutaxassislar ishlab, yiliga 150 ming kvadrat metr mahsulot ishlab chiqarayotgan edi. Korxona toʻliq quvvatga chiqqach, yiliga yana 180 ming kvadrat metr qurilish paneli tayyorlanib, qoʻshimcha 670 ta ish oʻrni yaratiladi.
Prezident korxona faoliyati bilan tanishar ekan, masʼuliyati cheklangan jamiyatning moddiy-texnik bazasidan foydalanib, bu yerda oʻquv-amaliyot kombinati tashkil etish boʻyicha koʻrsatma berdi.
– Mamlakatimizda katta-katta qurilishlar boʻlyapti, yana rejalar koʻp. Yoshlarga zamonaviy qurilish texnologiyalari boʻyicha yetarli malaka bersak, daromadlari ham ikki-uch barobar oshadi, – dedi davlatimiz rahbari.
Shu yerda 2020-2022 yillarda Toshkent shahri hamda Bektemir tumanida amalga oshiriladigan eksport va investitsiya loyihalari boʻyicha maʼlumot berildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Bektemir tumanidagi “Prof-Milk” qoʻshma korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Mamlakatimizda chorvachilik bilan birga goʻsht va sutni qayta ishlash tarmogʻi kompleks rivojlantirilmoqda. Xususan, bugungi kunda sutni qayta ishlovchi 600 dan ziyod korxona faoliyat koʻrsatmoqda. Ularda tayyorlanayotgan sara mahsulotlar elimiz dasturxonidan joy oldi, xorijga ham eksport qilinyapti.
“Prof-Milk” qoʻshma korxonasi shu oyda ishga tushirildi. Loyiha qiymati 3 million dollar boʻlgan ushbu majmua Shveysariyaning “Tanotrade” kompaniyasi va “Toshelektroapparat” xususiy korxonasi hamkorligida zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlandi. Bu yerda 50 kishi ish bilan band.
Korxonada yiliga 1,5 ming tonna mahsulot, pishloqning 10 ga yaqin turi ishlab chiqariladi. Joriy yilda esa eritilgan pishloq bu qatorni toʻldirishi rejalashtirilgan.
Prezidentimiz ishlab chiqarish jarayonini koʻzdan kechirdi. Korxonani barqaror xomashyo bilan taʼminlash, mahsulotlar turini koʻpaytirib, yangi bozorlarni oʻzlashtirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Shu yerda “BARTEC TRADE” kompaniyasi tomonidan import oʻrnini bosuvchi ehtiyot qismlar ishlab chiqarish loyihasi toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
Davlatimiz rahbari Bektemir tumanidagi “Metal Processing” masʼuliyati cheklangan jamiyatda tayyorlanayotgan mahsulotlarni koʻzdan kechirdi.
Umumiy qiymati qariyb 34 milliard soʻm boʻlgan mazkur loyiha sanoatni mahalliylashtirish, import oʻrnini toʻldirishda juda muhim ahamiyatga ega. Chunki toʻqimachilik texnologiyalari har besh yilda oʻzgarib turadi. Bundan tashqari, detallari eskiradi yo buziladi. Ilgari oddiy qismlar ham chetdan olib kelinardi.
“Metal Processing” MCHJda toʻqimachilik korxonalari buyurtmasi asosida dastgohlar uchun qoplama va ehtiyot qismlar ishlab chiqarilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizdagi 12 ta yirik toʻqimachilik majmuasi bilan hamkorlik oʻrnatilgan.
– Uzoq yillar davomida vaziyat shunday ediki, mashaqqat bilan yetishtirgan paxtamizdan foydani boshqalar koʻrardi. Keyingi paytlarda uning yurtimizda qayta ishlash darajasi keskin oshdi. Toʻqimachilik klasterlari paydo boʻldi. Ularning zamini – paxtani qayta ishlash. Buning uchun esa ilgʻor texnikalar, servislar kerak, –dedi Shavkat Mirziyoyev.
Korxonada 85 nafar mutaxassis faoliyat olib boradi. Shveysariyaning “SkillSonics International AG” kompaniyasi bilan hamkorlik asosida metallga ishlov berishda jahon standartlaridan foydalanib kelinmoqda.
– Bunday korxonalarning “yuragi” – muhandis, konstruktorlar. Afsuski, bizda koʻp zavodlarning shunday “yuragi” yoʻq. Aqlli mutaxassislarni topib, qoʻllab-quvvatlasak, mahalliylashtirishga katta hissa qoʻshadi, – deya taʼkidladi Prezident.
Shu yerda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti kafedralari boʻlimini ochib, amaliyotni kengaytirish lozimligi qayd etildi. Kooperatsiya asosida buyurtmani koʻpaytirish, korxona rentabelligini oshirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Davlatimiz rahbari, shuningdek, Bektemir tumanidagi “Cooperation LAB” tarmoqlararo kooperatsiyani rivojlantirish markaziga tashrif buyurdi.
“UzAuto Motors”, “SamAvto”, “JV MAN Auto – Uzbekistan”, “General Motors Powertrain Uzbekistan” singari korxonalarda zamonaviy avtotransport va butlovchi qismlar ishlab chiqariladi. Shu bilan birga, koʻplab ehtiyot qismlar xorijdan olib kelinmoqda. Bozor konyunkturasi va sanoat korxonalaridagi talabni tahlil qilish asosida yangi ehtiyot qismlarni oʻzlashtirish choralari koʻrilmoqda.
“Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi tashabbusi bilan Bektemir tumanida “Cooperation LAB” tarmoqlararo kooperatsiyani rivojlantirish markazi shu maqsadda tashkil etilgan.
Loyiha qiymati 2 million dollar boʻlgan bu maskanda 50 kishi ish bilan taʼminlangan. Markaz gʻoyadan rastagacha tamoyili asosida avtomobilsozlik sohasida tarmoqlararo kooperatsiyani rivojlantirish, importni kamaytirish va mahalliylashtirish darajasini oʻstirishga moʻljallangan.
Hududdagi doimiy ishlaydigan koʻrgazma pavilyonida “Oʻzavtosanoat” va boshqa kompaniyalar tomonidan mamlakat avtobozoriga import qilinayotgan butlovchi detallar, xomashyo va materiallar namoyish qilinadi. Ular Oʻzbekiston hududida, jumladan, mavjud korxonalarda ishlab chiqarish hajmlarini va ehtimoliy yoʻnalishlarni namoyish etish hamda import mahsulotlarni mahalliylashtirish uchun taqdim etiladi. Yurtimizdagi xomashyo va ishlab chiqarish resurslaridan keng foydalanish raqobatbardosh mahsulotlar tayyorlash va butlovchi qismlar importini qisqartirishga xizmat qiladi.
Davlatimiz rahbari markazning kooperatsiya aloqalariga oid taqdimotlar bilan tanishdi. Malakali konstruktor va olimlarni jalb qilib, yangi texnikalarni oʻzlashtirish va buyurtma asosida yetkazib berish muhimligi taʼkidlandi.
Mashinasozlik va elektrotexnika sohasida kooperatsiyani kengaytirishda yangi ochilgan “Cooperation LAB” markazi katta salohiyatga ega. Ushbu markaz tadbirkorlarga “gʻoyadan – tayyor mahsulotgacha” injiniring, texnik yechimlar va bozor topish imkonini beradi.
Shu yerda viloyat hokimlariga tadbirkorlar guruhlarini shakllantirib, markaz bilan birga sanoat kooperatsiyasidagi yangi loyiha takliflarini ishlab chiqish topshirigʻi berildi.
Markazda ishlab chiqilgan takliflarni “loyihalar fabrikasi” orqali moliyalashtirish uchun tijorat banklari bilan hamkorlik oʻrnatish kerakligi taʼkidlandi.
Shavkat Mirziyoyev “Cooperation LAB” markazining oʻzida hududlarda sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirishni kengaytirish masalasi boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.
Hozirgi kunda mamlakatimiz sanoatida mahalliylashgan mahsulot hajmi atigi 4 foizni tashkil etmoqda. Shu bois mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlashga doir Prezident qarori qabul qilindi. Unga muvofiq, endi davlat xaridlarida yurtimizda tayyorlangan mahsulotlarga ustuvorlik berilib, ishlab chiqarish yana-da ragʻbatlantiriladi. Jumladan, tenderda ikkitadan koʻp oʻzbekistonlik ishlab chiqaruvchi mavjud boʻlganda, faqat ularning mahsuloti qatnashadi. Shuningdek, mahalliy mahsulotlarga import tovarlarga nisbatan 15 foizlik narx preferensiyasi beriladi. Bundan buyon byudjet hisobidan amalga oshiriladigan barcha xaridlarda mahalliy hokimiyat vakillari bevosita ishtirok etadi.
Yigʻilishda shu kabi imkoniyatlarni ishga solib, lokalizatsiya va kooperatsiyani rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Masalan, avtomobil sanoatida import qilinayotgan 1 ming 712 turdagi butlovchi qismlarni yurtimizda ishlab chiqarib, valyuta xarajatlarini kamida 150 million dollarga kamaytirish mumkinligi qayd etildi. Ushbu mahsulotlarni oʻzlashtiruvchi hududiy korxonalarni aniqlab, ularda yuqori qoʻshilgan qiymat yaratish vazifasi qoʻyildi. Avtomobillar tannarxini kamaytirib, bozorda raqobatbardoshligini oshirish zarurligi taʼkidlandi.
Qishloq xoʻjaligi uchun kichik mexanizatsiya, uskuna va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish uchun talab ham, imkoniyatlar ham yetarli. Masalan, Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Fargʻona viloyatlaridagi toʻla quvvatda ishlamayotgan korxonalar va servis bazalarida 120 dan ortiq turdagi ehtiyot qismlar ishlab chiqarish mumkin. Shuningdek, qishloq xoʻjaligi texnikalariga sifatli xizmat koʻrsatadigan xususiy servis korxonalari tashkil etish va ushbu sohada mutaxassis tayyorlash kerakligi qayd etildi.
Elektr texnikasi, avtomobil sanoati va qishloq xoʻjaligi oʻrtasida kooperatsiya aloqalarini chuqurlashtirish masalalari tahlil qilinib, tegishli vazifalar belgilandi.
– Tarmoqlar va hududlar oʻrtasida oʻzaro kooperatsiya boʻlmas ekan, qoʻshilgan qiymat zanjirini va yangi industrial taraqqiyotni tasavvur ham qilib boʻlmaydi, – deya taʼkidladi Shavkat Mirziyoyev.
Yigʻilishda tarmoq rahbarlari va viloyat hokimlari hisobot berdi.
Prezident Bektemir tumani faollari bilan uchrashdi.
Bektemir tumani Toshkent shahri sanoatining 10 foizini taʼminlaydi. Joriy yilning oʻtgan davrida bu yerda sanoat mahsuloti 9 foizga, xizmat koʻrsatish 8 foizga, eksport 11 foizga oʻsgan.
Uchrashuvda tumanda yangi “oʻsish nuqtalari”ni topish va aholi hayotini yaxshilash borasidagi rejalar aytib oʻtildi.
Masalan, Bektemir tumaniga Toshkent viloyatining Oʻrtachirchiq va Yuqorichirchiq tumanlaridan jami 1 ming 639 gektar yer oʻtkaziladi. Natijada tuman hududi 3 ming 472 gektarga yetadi. Buning hisobiga yangi sanoat va xizmat koʻrsatish obyektlari barpo etish, minglab ish oʻrinlari ochish imkoniyati yaratiladi.
Yaqin uch yilda tumanda umumiy qiymati 3,3 trillion soʻmlik 61 investitsiya loyihasi amalga oshirish rejalashtirilgan. Jumladan, joriy yilda 52 ta shunday loyiha ishga tushirilib, 2 ming 700 dan ziyod yangi ish oʻrni yaratilishi moʻljallangan.
Tumanda ishsizlik darajasi 3,3 foiz, jumladan, ayollar orasida 1,7 foiz, yoshlar oʻrtasida 1,5 foiz ekani qayd etildi. Maktabgacha taʼlim muassasalari yetishmasligi, qator mahallalarda ichki yoʻllar holatining yomonligi, kommunal tizimlarda ham kamchiliklar borligi koʻrsatib oʻtildi.
Yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish, kambagʻallikni kamaytirish, uy-joyga muhtoj oilalarga uy ajratish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Xizmat koʻrsatish sohasini keskin rivojlantirish, yangi ijtimoiy obyektlar barpo etish, kommunal tarmoqlarni qurish va taʼmirlash, uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlash masalalariga toʻxtalib oʻtildi.
Davlatimiz rahbari mahalla raislari, yoshlar yetakchilari bilan muloqot qildi.
Bektemir tumani faollari bilan uchrashuvdan soʻng davlatimiz rahbari mamlakatimizda ishlab chiqarilishi loyihalashtirilgan maxsus avtomobillarni koʻzdan kechirdi.
Oʻzbekiston Respublikasi poytaxti, Toshkent viloyati markazi. Markaziy Osiyoning yirik sanoattransport chorrraxasi va madaniyat markazlaridan. Respublikaning shim. sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440—480 m balandlikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan. Iqlimi kontinental, yillik oʻrtacha t-ra 13,3°, yanv. ning oʻrtacha trasi —1,1°, eng past t-ra —29°. Iyulning oʻrtacha trasi 27,5°, eng yuqori t-ra 42°. Yiliga 360 — 390 mm yogʻin yogʻadi. Chirchiq daryosidan chikarilgan va butun shahar boʻylab oʻtadigan Boʻzsuv, Salor, Anhor, Qorasuv, Oqqoʻrgʻon, Boʻrijar, Oktepa, Qoraqamish va b. kanallar uning mikroiklimiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Mayd. 327,9 km2. Aholisi 2157,8 ming kishi (2004-y. ; 1977-y. 1689 ming kishi, 1970-y. — 1385 ming kishi, 1959-y. — 927 ming kishi, 1939-y. — 556 ming kishi, 1926-y. — 314 ming kishi, 1897-y. — 156 ming kishi). Shaxarda 11 tuman (Akmal Ikromov, Bektemir, Mirzo Ulugʻbek, Mirobod, Sergeli, Sobir Rahimov, Chilonzor, Shayxontohur, Yunusobod, Yakkasaroy, Hamza), 1 shaharcha(Ulugʻbek) bor (2004).
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Toshkentda Oʻzbekistonning boshqa viloyat va shaharlarida boʻlgani kabi boshqaruvning tarixiymilliy shakli — hokimlik oʻrnatildi. 1991-y. 18-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining «Oʻzbekiston Respublikasi poytaxti — Toshkent shahri maqomi va davlat hokimiyati organlari toʻgʻrisida»gi qaroriga muvofiq Toshkentda hokim lavozimi joriy etildi. Toshkent shahar hokimi Prezident tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda Xalq deputatlari shahar kengashi tomonidan tasdiklanadi. Shahardagi tumanlarning hokimlari shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi xamda xalq deputatlari shahar kengashi tomonidan tasdiklanadi. Toshkent 2000-yillikdan ortiq tarixga ega. Bu davr ichida u mudofaa devori bilan oʻralgan qalʼadan jahondagi yirik shaharlardan biri, Oʻzbekiston Respublikasining poytaxtigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdi. Asrlar davomida shahar oʻzining tinch hayotidagi muhim voqealarni va suronli jangu jadallarni,. yuksalish va inqiroz davrlarini boshidan kechirdi. Necha bor shahar vayron boʻlib, qayta qad koʻtardi. Kds. oʻrnidan necha bor siljib, nomi xam bir necha marta oʻzgardi. Xoja Ahror Valiy, Shayx Umar Bogʻistoniy, Abu Bakr Shoshiy, Abu Sulaymon Banokatiy, Hofiz Koʻhakiy kabi butok allomalar shu hudjda yashab, ijod etganlar.
Toshkentning uzoq oʻtmishi va u qad koʻtargan qad. Choch yoki Shosh viloyati haqidagi maʼlumotlar yozma manbalarda xilmaxil hamda uzuqyuluq tarzda aks etgan. Zardushtiylarning qad. muqaddas kitobi Aeecmona Sirdaryo havzasidagi mamlakat «Turon», aholisi esa «tur»lar deb yuritilgan. Bu oʻlkada tur qavmlari urugʻ va qabila oqsoqollarining diniy va siyosiy qarorgohi — Qangʻxa (Qangʻa) shahri borligi tilga olinadi.
Toshkent haqidagi dastlabki aniqroq maʼlumotlar mil. av. 2-a. — mil. 5-a. larga mansub Xitoy manbalarida uchraydi. Ularda Toshkent viloyati qadimda Loyuyeni, Yuni, soʻngra Chjeshe, Chjechji, Chjesi va Shi deb nomlangan. Bu atamalar (avvalgi ikkitasidan tashqari) «Choch» soʻzining xitoycha talaffuz etilishi natijasida hosil boʻlib, hatto oxirgi «Shi» toponimi xitoychada «tosh» maʼnosini anglatgan.
Mil. av. 3-a. da qad. Choch viloyatida tashkil topib, milodning 3-a. larigacha hukm surgan «Qangʻ» («Qangʻa» yoki «Qangʻxa») davlati Xitoy yozma manbalarida «Kangkiya» («Kanizyuy») nomlari bilan tilga olinadi. Qad. toxarlar tilida «qangʻ» soʻzi ham «tosh» maʼnosini anglatgan. Bu davlatning poytaxti — Bityan sh. boʻlib, u IoshaXasart daryosi (Sirdaryo) boʻyida joylashgan. Bityan sh. Davan (Fargʻona vodiysi)dan 1510 li (528 km) masofada boʻlgan. Bityan sh. ning bizgacha saklanib qolgan xarobalari mahalliy aholi oʻrtasida «Qanqatepa» nomi bilan mashhur (q. Qanqa). U T. dan 70 km jan. da — Sirdaryoga yaqin yerda, Ohangaron daryosining qurib qolgan qad. oʻzani boʻyida joylashgan. Arxeologik maʼlumotlardan maʼlum boʻlishicha, Qanqatepa mil. av. 3-a. dayoq atrofi mudofaa devori bilan oʻralgan hamda arkli katta shahar boʻlib, mayd. 160 gektarga teng boʻlgan. Kdd. Qangʻ davlatining fuqarolari ham «qangʻar», «qanzar», keyinchalik «qanhi», «qangʻli» yoki «qaʼni» deb nomlangan. Ular (qanqalar) hindlarning qad. kitobi «Mahabharata»da saklar va toxarlar nomlari qatorida tilga olingan.
Yozma manbalarda keltirilishicha, Toshkentning qad. nomi «Choch» boʻlgan. Toshkent arablar tasarrufiga oʻtgach, arab alifbosida «ch» harfining yoʻqligi bois arabiy asarlarda «Shosh» deb yuritilgan. Ilk oʻrta asrlarda u «Choch», «Shosh», «Shoshkent», «Madinat ashShosh», «Binkat» va «Tarkan» deb nomlangan. Toshkent haqidagi dastlabki maʼlumotlar mahalliy olimlar (Xorazmiy) va tarixchigeograflardan Tabariy, Istahriy asarlarida uchraydi. Istahriyning «Kitob al masolik val mamolik» («Yoʻllar va mamlakatlar toʻgʻrisidagi kitob»)ida Shoshning bosh shahri Binkat deb koʻrsatiladi. 10-a. da yozilgan (muallifi nomaʼlum) «Hudud ulOlam» («Olamning chegaralari») kitobida «Choch bu katta viloyat, xalqi jangovar va sahiydir. U yerda kamon va oʻqyoy yasaladi. Binkat Chochning poytaxti hisoblanadi. Bu katta shahar, ayni vaqtda podshoning qarorgohidir», deb taʼriflanadi. Firdavsiyning «Shohnoma» asarida Choch oʻzining kamoni Shoshiy (oʻqyoylari) bilan mashhurligi haqida misralar bor.
Shahar «Toshkent» nomi bilan dastavval 11-a. ning mashhur allomalari — Abu Rayhon Beruniy va Mahmud Koshgʻariyning asarlarida tilga olinadi. Beruniy «Hindiston» asarida Toshkent nomining kelib chiqishi toʻgʻrisida soʻz yuritib, «Tosh» soʻzi asli turkcha boʻlib, Shosh koʻrinishini olgan. «Toshkand — toshli qishloq demakdir» (Abu Rayqon Beruniy, Tanlangan asarlar, Toshkent, 1963, 2j., 2326.), deb izohlaydi. Mahmud Koshgʻariyning maʼlumoti boʻyicha, Toshkent 11 —12-a. larda «Tarkan» deb ham yuritilgan. Zahiriddin Muhammad Bobur «Boburnoma» da Toshkent nomi ustida toʻxtalib, «… asarlarda Toshkent nomini Shosh, baʼzan Choch yozadilar» deb qayd etadi. Biroq 16-a. oxiri va 17-a. boshlarida Toshkent toponimi shuhrat topib, uning qad. Choch, Shosh va Binkat nomlari astasekin muomaladan tushib qoldi. 17-a. da yashagan tarixchi olim Mahmud ibn Vali shunday yozadi: «Shosh — Sayxun (Sirdaryo)ning u tomoniga joylashgan shahar va Turkiston (viloyat)ga karaydi… Uni Choch ataydilar. Biroq hoz. vaqtda u Toshkent nomi bilan mashhurdir».
Toshkent vohasida shahar madaniyatining shakllanib, shaharning qad koʻtarishi shu oʻlkada yashagan qad. chorvador va dehqonlarning ijtimoiyiqtisodiy va madaniy hayotidagi ulkan tarixiy jarayon boʻlib, bu jarayon shubhasiz oʻlkaning oʻzlashtirilib, obod etilishi, ayniqsa, unda chorvachilik va dehqonchilik xoʻjaliklarining tashkil topishi hamda hunarmandchilik, ichki va tashqi savdoning rivojlanish tarixi bilan uzviy bogʻliqdir. Bu jarayonning tarixiy manzarasi nihoyatda keng boʻlib, u yozma manbalarga nisbatan koʻproq arxeologik tadqiqotlar vositasi bilan tiklanmoqda. Shuning uchun ham Toshkent hududida olib borilgan arxeologik tadqiqotlarning natijalari qad. va oʻrta asrlarga oid manbalardagi maʼlumotlarni toʻldirib, ularga aniklik kiritmoqda.
Geografik jihatdan qulay, iqlimi moʻtadil boʻlgan Chirchiq va Ohangaron vodiylarida uzoq oʻtmishdayoq chorvachilik va dehqonchilik bilan shugʻullangan aholi yashagan. Arxeologik yodgorliklarnint guvoxlik berishicha, mil. av. 2ming yillikning oxiri va 1ming yillikning boshlarida koʻchmanchi chorvador aholining oʻtroklashuvi kuchayib, dehqonchilik kengaya boshlagan. Hali sugʻorma dehqonchilik va irrigatsiya inshootlari qurish imkoniyati boʻlmagan Toshkentning dastlabki dehqonlari, garchi daryoning asosiy oqimidan suv bogʻlab olishga qurbilari kelmagan boʻlsada, lekin, daryo toshqinlari va adirlardan kelgan suvlardan hosil boʻlgan irmoqlar boʻyida, tabiiy zaxob yerlarda dehqonchilik kilganlar. Hoz. Toshkentning Qorasuv, Salor va Joʻn arigʻidan sugʻoriladigan jan. qismida shunday ibtidoiy dehqonchilik madaniyati tashkil topgan. Toshkentning bu ibtidoiy dehqonchilik madaniyatining izlari dastavval shahardan 30 km jan. da Burganlisoy yoqasida topilib, tadqiq etilgani tufaili tarix fanida u Burganli madaniyati nomi bilan mashhur boʻlgan.
Mil. av. 6—4alarda Qorasuv, Salor va Joʻn arigʻi yoqalarida dastlab ilk qishloqlar qad koʻtargan. Shulardan biri Joʻn arigʻi boʻyidagi Shoshtepaning ostki qatlamidan qazib ochilgan qalʼa xarobasidir. 1980—82 y. larda olib borilgan kazish ishlari uning mil. av. 6—4-a. lar va 2—1-a. lardagi rivojlanish boskichlarini aniqlashga imkon berdi. Bir tomoni Joʻn arigʻiga yondoshgan bu qad. joy atrofi dastavval tuproq, marza bilan oʻralib, qalʼa, istehkom qiyofasini olgan. Shoshtepaning qad. aholisi chorvachilik (qoramolchilik, yilqichilik, qoʻychilik hamda tuyachilik) bilan shugʻullangan. Qad. shoshtepaliklar jez va temirdan qurolyarogʻ va asboblar yasashni, kulolchilik hamda toʻqimachilikni yaxshi bilgan. Shubhasiz, bu qishloklarda, keyinchalik Toshkent vohasida shahar madaniyati shakllanib, qad. Toshkentning astasekin qad koʻtarishiga zamin boʻldi.
Mil. av. 2—1-a. larda Shoshtepada qad. shahar belgilari paydo boʻddi. Qad. qishloq xarobalari ustida atrofi qalin aylanma devor bilan oʻrab olingan doira shaklidagi qalʼa (qoʻrgʻon) qad. koʻtardi.
Mil. 1—2-a. larda suyakdan yasalgan yozuv tayoqchasi (stil) qad. Shoshda yasalib ishlatilgan. 15 sm li bu suyak qalamning bir tomoni yozish uchun uchli qilib, ikkinchi oʻchirgich tomoni esa qiyshiq koʻp burchak shaklida kurakcha qilib yasalgan. Bu topilma milod boshlaridayoq Toshkent vohasida ham xattotlik mavjudligidan guvohlik beradi.
Shoshtepadagi arxeologik obidalar shaharning mustahkam mudofaa devori, hashamatli meʼmoriy majmuoti, hunarmandchilik buyumlari, xatsavod va savdodan dalolat beruvchi topilmalar milod boʻsagʻasida Toshkent vohasida shahar madaniyati rivojlanib, Shoshtepadagi qad. qishloq shahar qiyofasini ola boshlaganini koʻrsatadi. Shoshtepani oʻrganish Toshkent hududidan shahar madaniyati tarixi xuddi shu davrdan boshlangan, yaʼni uning yoshi 23 asrdan kam emas deb bahrlashga imkon berdi.
Mil. ning 1-a. iga kelib Chirchiq, Salor, Qorasuv boʻylaridagi vohaning qariyb yarmidan koʻprogʻi oʻzlashtirilib obod etilgan. Salor yonida joylashgan Choch shahri bu davrda har tomonlama yetakchi mavqega ega boʻlib, uni muarrixlar haqli ravishda milodning boshlaridagi Toshkentning asosi deb hisoblaydilar. Buyuk ipak yoʻlida joylashgan Toshkent Yevropa mamlakatlarining Hindiston va Xitoy bilan olib borgan turli aloqalarida muhim rol oʻynagan. Bu shahar 6—8a. larda, ayniqsa, ravnaq topgan. Shaharning Turk xoqonligi tarkibiga kirishi, uning Qoramozor togʻlaridagi konlar yaqinida joylashganligi, hunarmandchilik mahsulotlariga doimo muhtoj dasht koʻchmanchilarining yondoshligi, shuningdek, asosiy karvon yoʻllari, xususan, Buyuk ipak yoʻli vohaning shim. hududlaridan oʻtishi uni tezda Choch davlatining poytaxti boʻlib qolishiga imkon berdi. Shahar atrofi kuchli mudofaa devorlari bilan oʻrab olinib, maxsus saroyqalʼa qurilgan. Arxeologik qazishmalar vaqtida topilgan ishlab chiqarish. qurollari va uyroʻzgʻor buyumlari bu yerda yuksak madaniyat boʻlganidan dalolat beradi. Manbalarga koʻra, shahar, ichvda saroy, ibodatxona boʻlgan ark, amaldorlarning uylari joylashgan shahriston, hunarmandlar mahallalari oʻrnashgan ichki va tashqi rabodlardan iborat boʻlgan.
Shahar atrofida ozod jamoalarning keng ekinzorlari, qishlokdari, ilk zamindorlik dehqonlarining qoʻrgʻon va bogʻrogʻlari, istehkomlari paydo boʻlgan. Ekinzor yerlar va bogʻlar chekkasida — koʻchmanchilar dashtiga tutash chegaralarda mudofaa istehkomlari qurilgan. Arab manbalarida bu shahar Chochning poytaxti — «Madinat ashShosh» (Shosh shahri) deb atalgan.
Choch poytaxti hunarmandlari metalldan mehnat qurollari, yarogʻaslahalar, zebziynat va roʻzgʻor buyumlari yasashgan, koʻnchilik bilan shugʻullanishgan, paxta va junshisha idishlar, zargarlik buyumlari yasab, ichki va tashqi savdoni taʼminlashgan.
Shahar qizgʻin savdo markazi ham boʻlgan. Gʻarbda Vizantiyadan tortib, sharqsa Xitoygacha boʻlgan davlatlarning Toshkent hududidan topilgan tangalari shundan dalolat beradi. Choch hokimi ham oʻz tangalarini zarb qildirgan. 4—8-a. larda Chochda kumush tangalar chikaradigan zarbxona boʻlgan. Qad. Choch hukmdorlari odd tomoniga mulkdorning surati, orqa tomoniga hujumga tayyorlanib turgan qoplon tasviri yoki sulolaviy ayri tam/a tushirilgan pullarni zarb etgan. Chochning xuddi shu davrda zarb etilgan baʼzi tangalari orasida hukmdor bilan yonmayon turgan malika tasviri tushirilgan pullar ham uchraydi. Bu shubhasiz, Chochning ilk oʻrta asr ijtimoiy va iqtisodiy, ayniqsa, siyosiy hayotida hukmron tabaqa ayollarining yuqori nufuzga ega boʻlganligini koʻrsatadi. Ular «Shoʻrxon xotun» va «Kabachxotun» (uy malikasi) kabi sharafli nomlar bilan ulugʻlanib, shahar tashqarisida joylashgan soʻlim qarorgohda istiqomat qilganlar. Bunday oyimlar yashagan joy «Achabat» (Katta ona qoʻnogʻi) deb yuritilgan. Savdosotiq va hunarmandchilik bilan birga madaniyat ham yuksalgan. Manbalarga koʻra, tasviriy sanʼat va, ayniqsa, musiqa rivoj topgan.
Arab qoʻshinlari Chochga ilk bor 713-y. da bostirib kelishgan. Tabariyning yozishicha, Chochni zabt etish uchun arablar 20 ming kishilik qoʻshin tortgan. Shahar aholisi arablarga qarshi qattiq qarshilik koʻrsatgan. Pekin, arablar koʻp oʻtmay Chochni bosib olganlar va talontoroj qilib katga oʻlja bilan qaytganlar. Arab istilochilari tomonidan vayron etilgan shahar oʻzini oʻnglay olmadi. Faqat 9-a. ga kelib, avvalgi oʻrnidan 4 — 5 km shim. gʻarbroqsa, Boʻzsuv kanalidan chiqarilgan Kaykovus (Kolkohdiz) arigʻi yonida yangitdan vujudga keddi va yana Chochning poytaxtiga aylanib, jadal taraqkiy eta boshladi. Bu yangi shahar arab manbalarida Binkat (uzokdan koʻrinib turuvchi yoki quyi shahar) deb tilga olinadi. Bu nom 9 — 10-a. larda zarb etilgan kumush va chaqa tangalarda Shosh va Madinat ashShosh nomlari bilan bir katorda uchraydi. Bu shaharda ham hunarmandchilik va savdosotiq tez rivoj topdi. Arablar dashtlik chorvador kabilalar hujumidan hosildor yerlarni muhofaza qilish maqsadida 8-a. ning 70-y. larida Chirchiq vohasining shim. gʻarbiy chegaralari boʻylab Soyliq qishlogʻi yonidagi togʻlardan to Sirdaryogacha devor qurdirganlar. Uning xarobalari Kanpirdevor nomida saqlanib qolgan. 9—10-a. larda Shosh Somoniylarta tobe boʻlgan.
Yozma manbalar va arxeologik tadqiqotlardan maʼlum boʻlishicha, Binkat sh. ning keyingi asrlardagi oʻrni Toshkentning toʻrt dahasida, asosan, uchtasi — Sebzor, Koʻkcha, Beshyogʻoch hududida joylashgan boʻlib, u alohida qalin devorlar bilan oʻrab olingan 4 qism: ark (oʻrda), shahriston (shaharning asosiy qismi) hamda i ch k i (rabodi doxil) va t a sh q i (rabodi xorij) rabodlardan iborat boʻlgan va bir necha qator mudofaa devori bilan oʻralgan. Shu davrdagi ark (mayd. 3 ga) va shahriston (mayd. 15 ga cha) shahar markazida hoz. Shayxontohur tumani hududidagi Eski joʻva bozori va undan sharqdagi katta tepaliqda joylashgan. Qalʼada hukmdor saroyi va zindon boʻlgan. Saroyning bir darvoza (qopqa)sidan shahristonga, boshqasidan shaharning ichki rabodiga chiqilgan. Shahar markazida bozor boʻlgan, u «Joʻba» deb yuritilgan. Markaz bilan shahar darvozalari koʻchalar orqali bogʻlangan. Bir va ikki kavatli paxsa yoki sinchkori devorli hovlili qilib turar joylar qurilgan. Ichki va tashqi rabod devorlari oraligʻi 4 km boʻlgan. Shaharda kulolchilik, oʻqyoy, gazlama, gilam, chodir hamda charm mahsulotlari ishlab chiqarish. rivojlangan.
10-a. oxiri — 12-a. oʻrtalarida Choch Krraxoniylar davlati tarkibiga kirdi. 1214—15 y. larda Muhammad Xorazmshoh qoraxitoylar qoʻshini hamda naymanlar xoni Kuchluq bilan jang qilib, Shosh viloyatini ulardan tortib oddi va viloyat dushmanlar qoʻliga oʻtmasligi uchun Shosh markazi aholisini koʻchirtirib yubordi. Shu bois moʻgʻullar 1220-y. da shaharni qarshiliksiz qoʻlga kiritgan boʻlishi mumkin. Juvayniyning moʻgʻullar bosqini haqidagi xabarida Toshkent sh. tilga olinmagan. 13—14-a. ning 1yarmida Toshkent viloyati Chigʻatoy ulusi tarkibida, 14-a. ning 2yarmi — 15-a. ning 80-y. larigacha Toshkent Amir Temur va Temuriylar tarkibida boʻldi. 1404-y. da Ulugʻbek ixtiyoriga mulk tarzida berildi. Bu davrda shahar voha bilan dasht chegarasidagi kuchli qalʼaga aylandi, uning hududi kengaydi, ishlab chiqarish., savdosotiq, madaniyat rivojlandi. Registon, Shayxontohur ansamblidagi maqbaralar, Jome mayejidi va b. qurildi. Arxeologik topilmalar, meʼmoriy obidalar mahalliy anʼanalarning qoʻshni Sharq mamlakatlari madaniyati bilan uygʻunlashib ketganligini koʻrsatadi. Temuriylar oʻrtasida boshlangan taxt uchun kurash natijasida Toshkent 1485-y. da Moʻgʻuliston xoni Yunusxon ixtiyoriga oʻtdi va uning qarorgohiga aylandi. Lekin, u koʻp hukmronlik qilmay, 1487-y. da Toshkentda vafot etdi. Yunusxondan keyin taxtga uning oʻgʻli Sulton Maxmudxon oʻtirdi. Uning hukmronligi ham koʻpga bormadi. Toshkent 1503-y. da Shayboniyxon va Koʻchkunchixon tasarrufiga oʻtdi. 16-a. da Toshkent yana obodonlashib, Turkistonning hunarmandlik, savdosotiq va madaniy markazlaridan biriga aylandi. Shahar yangi devor bilan oʻraldi. Meʼmorlik obidalari qad koʻtardi, ularning ayrimlari (Shayx Xovandi Tohur maqbarasi, Koʻkaldosh madrasasi, Baroqxon madrasasi) bizning davrimizgacha yetib kelgan. Hunarmandlikning taraqqiyoti savdosotiq aloqalarining kengayishiga olib keldi. 1558-y. da Toshkent qirgʻizqaysoklar qamaliga bardosh berdi.
16-a. ning 2yarmida Qozon va Astraxon xonliklarining Rus davlatiga boʻysundirilishi natijasida Toshkent bilan Moskva oʻrtasida savdo aloqasi rivojlandi, har ikki tomon bir-biriga elchilar yubordi. 1579-y. da Toshkentni Buxoro xoni Abdullaxon II bosib oldi. 1588-y. da shahar aholisi Abdullaxon II ning noibi, Toshkent viloyatining hokimi Oʻzbekka qarshi isyon koʻtargan. Lekin, koʻp oʻtmay isyon bostirildi. 1597-y. da shaharni Tavakkalxon (1598-y. v. e.) bosib oldi. Oz fursat oʻtmay Toshkent yana Buxoro xonligiga oʻtdi. Ashtarxoniylardan Imomqulixon qozoqlarni tormor keltirib, 1611-y. da oʻgʻli Iskandarni Toshkentga noib qilib tayinladi. Biroq shahar aholisi isyon koʻtarib, qochib ketayotgan Iskandarni tutib oʻldirdi. Bundan gʻazablangan Imomqulixon Toshkent aholisidan shafqatsiz oʻch olib, ularni qirgʻin (qatliom) qildi.
1723-y. da T. Jungʻar xoni GaldanSiren qoʻliga oʻtdi. Bu davrda Toshkent aholisi tokchilik, bogʻdorchilik hamda poliz ekinlari, bugʻdoy, tariq, arpa, suli, zigʻir, kunjut yetishtirish bilan shugʻullanardi. Shahar rastalarida ipak mato, ip gazlama, zarbof kiyimlar koʻp boʻlgan. Rus savdogarlari Toshkentga movut, qunduz terisi va turli boʻyoklar keltirishgan. Toshkent bilan Balx, Xiva, Buxoro, Samarkand, Koʻlob, Shahrisabz va b. shaharlar oʻrtasida savdosotiq rivojlangan. Pul muomalasi bu davrda xam hali yaxshi taraqkiy kilmagan edi. Toshkent aholisiga don va qoramol bilan toʻlanadigan maxsus soliq (hosilning 1/101/5 ulushi) solingan. Toshkent Jungʻariya xonligi barham topgandan keyin (1758) Katta Oʻrda va qalmoklarning hujumlari natijasida koʻp zarar koʻrdi.

Oʻzbekiston Prezidentining 2019-yil yanvarda Germaniyaga rasmiy tashrifi chogʻida “Oʻzavtosanoat” AJ va “Volkswagen” konserni oʻrtasida hamkorlik shartnomasi imzolangan edi. Unga muvofiq, Jizzax avtomobil zavodida 3 xil modifikatsiyadagi “Volkswagen Caddy” minivenini ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Yetti oʻrinli bu avtomobil turli sohalarga ixtisoslashtirish uchun juda mos keladi. Shuningdek, “Isuzu” zavodida ham qulay platforma mavjud.


Maʼlumki, mamlakatimizda yengil avtomobillar, yuk mashinlari va maxsus texnikalar ishlab chiqarilib, aynan shu yoʻnalishdagi segment boʻsh edi. Qoʻshni davlatlarda ham bunday avtomobillarga ehtiyoj bor.
Shu maqsadda tajriba tariqasida “Volkswagen”, “Škoda” va “Isuzu” liniyasida maxsus mashinalar namunalari tayyorlandi.
Shavkat Mirziyoyev bunday yangi yoʻnalish import oʻrnini toʻldirish va eksportni kengaytirishda muhim ekanini taʼkidlab, kerakli koʻrsatmalar berdi.
Ushbu mashinalar joriy yilning toʻrtinchi choragida Jizzax avtomobil zavodida yigʻila boshlaydi. 2022-yildan ishlab chiqarishning toʻliq siklini oʻzlashtirish rejalashtirilgan.
Download 403,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish