O'rta-m axsus kasb-hunar ta’limi markazi


-rasm. Epiteliylarning tuzilish sxemasi


bet8/298
Sana20.04.2023
Hajmi
#930619
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   298
Bog'liq
Ахмедов-Н.-Normal-anatomiya-va-fiziologiya

2-rasm. Epiteliylarning tuzilish sxemasi.
A -  bir qavatli silindrsimon epiteliy: В -  bir qavatli kubsimon
epiteliy; - bir qavatli yassi epiteliy; E - ko'p qatorli
epiteliy; F-  ko'p qavatli epiteliy; G -  ko'p qavatli yassi
epiteliy; H -  a'zolar hajmi kengaygan vaqtdagi epiteliy;
W, - a'zolar hajmi toraygan vaqtdagi epiteliy.


b o 'sh lig 'i atrofida joylashgan so'lak bezlari o 'z sekretini maxsus yo'llar 
orqali og'iz bo'shlig'iga quyadi. Ter ishlab chiqaruvchi bezlar esa teri 
yuzasiga chiqaradi. Hazm a ’zolari sistemasi devorida joylashgan bez sek- 
retlari ana shu a ’zolar bo'shlig'iga quyiladi. Ekzokrin bezlar qaysi a ’zo 
tarkibida joylashganiga qarab turlicha 
funksiyani bajaradi. Jumladan, 
ovqat hazm qilish a’zolari tarkibidagi bezlar ovqat mahsulotlarini parchalash 
va ularning shimilib, hazm bo'lish jarayonini ta’minlash uchun kerak 
bo'lgan sekret ishlab chiqaradi. Aksariyat ekzokrin bezlar k o 'p hujayrali 
bo'lsa-da, ular joylashgan o'rni, tuzilishi va sekret ajratish usuli hamda 
uning kimyoviy tarkibi bilan bir-biridan farq qiladi. Bezlar ishlab chiqa­
radigan sekretining tarkibiga qarab shilimshiq (nafas yo'llarida joylash­
gan bezlar) ishlab chiqaradigan bezlar, seroz (tiniq) suyuqlik (quloq oldi 
bezi) ishlab chiqaradigan bezlar, oqsil - shilimshiq ishlab chiqaradigan 
bezlar (til va ja g ' osti bezlari), aralash bezlar va yog' bezlariga ajratiladi. 
Nafas yo'llari va ichak epiteliysida joylashgan bezlar qadahsimon hujay- 
ralardan tuzilgan bo'lib, shilimshiq ishlab chiqaradi. K o'p hujayrali bez­
larning sekret ishlab chiqaradigan qismi va chiqarish yo'li bo'ladi. Bez- 
ning sekret ishlab chiqaradigan qismi sekret ishlaydigan hujayralardan 
tuzilgan.
Endokrin bez shiralari (gormonlar) chiqarish yo'llari bo'lm aganligi- 
dan to 'g 'rid a n -to 'g 'ri qon va limfaga shimiladi, bunday bezlar ichki 
sekretsiya bezlari deb ataladi. Ular gipofiz, epifiz, qalqonsimon bez
qalqonsimon bez oldi bezlari, ayrisimon bez, buyrak usti bezlari, m e’da 
osti bezining Langergans orolchalari, jinsiy bezlar bo'lib, ular ajratgan 
gormonlar qonga shimilib butun organizmga tarqalib, barcha a’zo hamda 
to'qimalardagi moddalar almashinuvi jarayonlarini tartibga solishda faol 
ishtirok etadi, organizmning o'sish va jinsiy takomillashuvini boshqaradi.
Aralash bezga m e’da osti bezi misol bo'la oladi. Bu bez ishlab chiqargan 
asosiy shira maxsus yo 'l orqali o 'n ikki barmoq ichakka quyilsa (bezning 
ekzogen qismi), Langergans orolchalaridan ajralgan gormon (bezning 
endokrin qismi) qonga shimiladi.
Bezlar bir va k o'p hujayrali bo'ladi. Bir hujayrali bezlar naysimon 
shaklda tuzilgan; sekret yig'ilganda kolba (qadah) shakliga o'xshab, tubi 
kengayadi. Sekret tashqariga chiqarilgandan so'ng yana o'z shakliga qaytadi. 
K o'p hujayrali bezlar chiqarish naylarining oxirgi qismi odatda shoxlangan 
bo'lib, uning atrofida bez hujayralari joylashgan. Hujayralaming sekretlari 
chiqarish nayining shoxchalariga ochilib, oxiri umumiy chiqarish yo'li orqali 
bo'shliqqa quyiladi.
Bezlar sekret ishlab chiqarish xususiyatiga qarab merokrin, apokrin 
va golokrin turlarga bo'linadi. Organizmda merokrin bezlar birmuncha 
ko'proq bo'lib, ular o 'z sekretlarini hujayra sitoplazmasini yemirmasdan 
ajratadi. A pokrin bezlar (sut va ter bezlari) esa, aksincha, hujayra 
sitoplazmasining qisman yemirilishi hisobiga sekret ajratadi. Yemirilish


k o 'p in c h a sek ret h u jay rasin in g u chid a sod ir b o 'lib , yangi sekret 
to'plaguncha yana tiklanadi. G olokrin bezlar (y og ' bezlari) sekreti 
hujayralaming yemirilishi hisobiga ajraladi.
2. 
B i r i k t i r u v c h i t o ' q i m a l a r — organizmning ichki qismida 
joylashgan bo'lib, tashqi muhit bilan bevosita aloqada bo'lm aydi. Bu 
xildagi to'qim alarga mezenxima kurtagidan rivoj topgan uch xil to'qim ani 
kiritish mumkin:
1) qon va limfa to'qim alari organizmni himoya qilish va oziqlantirish 
(trofik) vazifasini bajaradi. Qonning suyuq qismi — qon plazmasi va 
shaklli elementlardan iborat. Qon plazmasidagi yog', uglevod, oqsil, mineral 
tuzlar rangsiz va yopishqoq bo'ladi. Qonda, asosan, uch xil shaklli 
elementlar bor:
a) eritrositlar — qizil qon tanachalari 1 mm1 qonda o'rtacha 45000—
5 000000 dona bo'ladi;
b) leykositlar — oq qon tanachalari 1 mm3 qonda o'rtacha 4000 — 
10 000 dona bo'ladi;
d) trombositlar — qon plastinkalari, bir-biriga tez yopishadigan, rangsiz 
va eritrositlarga nisbatan uch-to'rt marta kichik tuzilmalar.
2) limfa suyuqligi — qon singari plazma va shaklli elementlardan 
iborat bo'lib, tarkibida eritrositlar bo'lmaganligidan rangsiz. Qon va limfa 
holatidagi oraliq modda bilan birga organizmda moddalar almashinuvi 
jarayonini ta’minlaydi.
3) retikula to'qim alari o'zaro birlashib, chalkashib tuzilgan to'rsim on 
hujayralardan iborat bo'lib, ularning turlari orasida limfositlar joylashgan 
va limfoid to'qim alarni hosil qiladi.
4) biriktiruvchi to'qimalar hujayralararo oraliq moddalari ko'proq bo'lishi 
bilan farqlanadi. Bu xildagi to'qimalar tarkibida amorf (ma’lum tuzilishga 
ega bo'lmagan) moddalar, kollagen hamda elastik tolalar bo'ladi (3-rasm).
Biriktiruvchi to'qim a quyidagi turlarga bo'linadi.
Yumshoq (shakllanmagan) biriktiruvchi 
to'qim a — fibroblastlar (yapaloq, sershox 
hujayralar) dan tashkil topgan bo'lib, boshqa 
turdagi to'qim alarni bir-biriga bog'laydi, 
a’zolar tarkibidagi bo'shliqlam i to'ldiradi.
Y o g '
t o ' q i m a s i (4-rasm) proto- 
plazmasida yog' tomchilari bo'lgan shar 
shaklidagi hujayralardan iborat bo'lib, orga­
nizmda charvi sifatida (qorin bo'shlig'ida) 
teri ostida, buyrak atrofida, ko'z kosasi va 
boshqa joylarda uchraydi. Ular o'zaro bir­
lashib, yog' parchasini hosil qiladi. Yog'

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish