Chigitli paxtani namligini aniqlash
Materialning namligi deb, uni quritishda yo’qotishi mumkin bo’lgan namlik miqdori tushuniladi. Material namligini yuqori issiqlikda doimiy quruq massagacha quritish yo’li bilan aniqlanadi.
Namlikning massaviy nisbati - namlik massasining quruq modda massasiga nisbati (foizlarda).
Me’yorlangan (hisobiy) namlik - xomashyo yoki mahsulotning konditsion massasini aniqlash uchun me’yoriy hujjat bilan belgilanadigan namlikning massaviy nisbatida (yoki namlikning massaviy ulushida) me’yoriy namlik ifodalanadigan shartli namlik.
Namlik - paxtadagi suv miqdori (foizlarda).
Namlikning cheklangan me’yori - yuqori namlikka ega bo’lgan xomashyoni qabul qilishni yoki mahsulot ishlab chiqarishni cheklovchi me’yoriy hujjat bilan belgilanadigan namlik me’yori.
Paxta tozalash sanoatida paxta va uning mahsulotlari namligini quritish shkaflarida (Uz-7M, ShSX-1) (110±1,5)°C da va tezkor usulda USX-1, VXS, VXS-M1 va "Sifat" tezkor aniqlovchi o’lchash uskunalarida (195±2)°C da namunani quritish yo’li bilan aniqlanadi.
Namlikni aniqlashdan maqsad - quritish shkaflari va tezkor aniqlovchi o’lchash qurilmalarini qo’llash yo’li bilan paxta namligining massaviy nisbatini aniqlashdir.
Namlikni aniqlash uchun paxtadan namunalar olinadi. Namunani olish va tanlash tartibi va usullari 0’zDSt 644-standartida aniq ko’rsatib o’tilgan.
Ushbu standart talablari qo’llanilish sohasi bo’yicha majburiydir.
Namlikni tezkor aniqlovchi o’lchash qurilmalarida namlikni aniqlashda quyidagilar qo’llaniladi;
- USX-1, VXS-1 va VXS-MI o’lchash qurilmalari byukslar bilan. o’xshash metrologik tavsiflarga ega bo’lgan boshqa quritish shkaflarini qo’llashga ruxsat etiladi;
- Aniqligi 4- sinfga mansub yuqori tortish cheklanishi 500 g va har bir bo’linmasi 10 mg dan yuqori bo’lmagan umumiy qo’llaniladigan laboratoriya tarozisi;
Quritish shkaflarida namlikni aniqlashda quyidagilar qo’llaniladi:
- tarkibiga metall byukslar, shuningdek GOST 9871 bo’yicha shkala bo’limi 2°C bo’lgan kontaktli termometr, GOST 28498 bo’yicha shkala bo’limi 0,5°C dan oshmagan nazorat termometri kiritilgan tabiiy havo almashtirgichli UZ-7M tipidagi yoki majburiy havo almashtirgichli SHXS tipidagi quritish shkafi, yoki termoregulyatorli UZ-8 tipidagi qurilma. Ushbu standart talablarini qoniqtiruvchi boshqa o’lchash qurilmalarini qo’llashga ruxsat etiladi.
- xlorli kalsiyga ega bo’lgan GOST 25336 bo’yicha eksikator;
- aniqligi 2-sinfga mansub yuqori tortish cheklanishi 200g bo’lgan laboratoriya tarozisi;
- valiklari oraligi (2,0 ±0,2) mm bo’lgan paxta chigitini maydalash moslamasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |