O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi uchqo’RG’on tuman 2-son kasb-hunar maktabi



Download 327,54 Kb.
Sana19.09.2021
Hajmi327,54 Kb.
#178445
Bog'liq
30-Mavzu Amaliy dasturlar va ulardan turli kasbiy sohalarda foydalanish imkoniyatlari.


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

NAMANGAN VILOYATI KASBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH VA MUVOFIQLASHTIRISH BOSHQARMASI

UCHQO’RG’ON TUMAN 2-SON KASB-HUNAR MAKTABI

«INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI»


Ochiq dars ishlanmasi






Eshitdim unutdim. Kordim eslab qoldim. Bajardim tushundim.

KONFUTSIY hikmatlaridan.

O’qituvhci: Sidiqov Rustamjon Dedaxanovich

UCHQO’RG’ON-2021 yil

DARS SHIORI:

Eshitdim unutdim. Kordim eslab qoldim. Bajardim tushundim.

KONFUTSIY hikmatlaridan.



Fikrlamay bilim olmoq-behudalik, bilim bilan sug’orilmagan tafakkur esa xatardir.

Tarbiyaviy qism:

Bilimsizlik — insoniyat uchun eng qorong’u tundir.

Oliy odam uch ҳolatda o’zini saqlay oladi:

yoshlikda ҳirsdan, kuchga to’lganda janjaldan, keksalikda ochko’zlikdan.
KONFUTSIY, Kun Futszi, Kun-szu, Kun Syu, Kun Chjunni (mil. av. taxm. 552 — Syuyfu sh., Xitoyning Shan`dun viloyati — 479) — qad. Xitoy faylasufi, konfutsiychilik asoschisi, siyosiy arbob. Kambag’allashib qolgan aristokrat va harbiylar oilasida tug’ilgan. 22 yoshida ta’lim berish b-n shug’ullanib,

Xitoyning eng mashhur o’qituvchisi sifatida shuhrat qozongan.


«TASDIQLAYMAN»

Uchqo’rg’on tuman 2-son kasb-hunar maktab O`IBDO`:___________ D.Sultonov «______»___________2021 yil






Guruxlar

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

Sana





































30-Mavzu: Amaliy dasturlar va ulardan turli kasbiy sohalarda foydalanish imkoniyatlari.

Vaqt: 80 daqiqa

Ta’lim oluvchilar soni



O’quv mashg’ulot rejasi

  1. Zamonaviy matn muharrirlari.

  2. Matn muharrirlari funksiyalari.

  3. Maxsus tahrirlovchilarning vazifalari

O’quv mashg’ulotining maqsadi: Amaliy dasturlar va ulardan turli kasbiy sohalarda foydalanish imkoniyatlari to’g’risidagi bilim (ko’nikma)larni shakllantirish (mustahkamlash)

O’qitish natijasi


O’quvchilarga MS Word, MS Excel, Adobe Photoshope dasturida ishlash ko’nikmalarini hosil qiladilar

Pedagogik vazifalar

  1. Adobe Photoshope CC umumiy ma’lumot berish

  2. Adobe Photoshope CC uskunalar paneli vazifalarini o’rgatish

  3. Adobe Photoshope CC da 3*4 rasm tayyorlashni o’rgatish

  4. Adobe Photoshope CC dasturida rasmlar kolleksiyasidan peyzaj yaratishni o’rgatish




O’quv faoliyat natijalari;

  1. Adobe Photoshope CC umumiy ma’lumot oladilar

  2. Adobe Photoshope CC uskunalar paneli vazifalarini o’rganadilar

  3. Adobe Photoshope CC da 3*4 rasm tayyorlashni o’rganadilar

  4. Adobe Photoshope CC dasturida rasmlar kolleksiyasidan peyzaj yaratishni o’rganadilar

O’qitish metodlari

Namoyish ko’rsatrish qilish

O’qitish vositalari

Matnlar, slaydlar, proektor, kompyuter, videoproektor

O’quv faoliyatini tashkil etish

Ommaviy, jamoaviy, yakka tartibda


O’qitish sharoiti

Maxsus texnik vositalar bilan jihozlangan guruhlarda ishlashga mo’ljallangan xona

Qayta aloqning usul va vositalari

Tezkor-so’rov, savol-javob, bajarilgan o’quv topshiriqlarini baholash

O`quv mashg`ulotining texnologik xaritasi

Ish bosqichlari va vaqti

(80 daqiqa)

Faoliyat mazmuni

O`qituvchi

Ta`lim oluvchilar

  1. O`quv mashg`ulotiga kirish

(5 daqiqa)

O`quvchilarni mashg`ulotga tayyorgarligi va davomatini tekshirish

Mashg`ulotlarga tayyorlanadilar

  1. Asosiy qism:

(65 daqiqa)

Uyga berilgan vazifani tekshirish va o`tilgan mavzu yuzasidan savollar berib, ularni baholaydi.

Mashg`ulotning nomi va rejasi bilan tanishtiradi

Nazariy-amaliy mashg`ulotning rejasiga muvofiq mavzu yoritib beradi.

Mavzuga doir ko`rgazmali qurollarni tushuntirish orqali mavzuni yoritib beradi. Hamda amaliy mashg’ulot mazmuni bilan tanishtiriladi

Individual topshiriqlar beradi

Topshiriq natijalarini ko’rib, baholaydi va xato va kamchiliklarni individual tarzda ko’rsatib beradi




Uy vazifasini taqdim etadilar

Savollarga javob beradilar

Diqqat qiladilar

Yozib oladilar. Kompyuterda berilgan topshiriqni bajaradilar

Individual topshiriqlarni oladilar

Natijalarni taqdim etadilar

Ma`lumotlarni daftarlariga qayd qiladilar


  1. Yakuniy bosqich:

(10 daqiqa)

Faol ishtirok etgan o`quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi va rag`batlantiradi

Kelgusi mashg`ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo`riqnoma beradi



Baholari bilan tanishadilar

Topshiriqlarni yozib oladilar.



O’tgan darsni takrorlash uchun savollar

1-savol

Quyi darajadagi dasturlash tillari deb nimaga aytiladi?

Misollar keltiring?

2-savol

Yuqori daradali dasturlar deb nimaga aytiladi?

Misollar keltiring?

3-savol

Iyerarxik ma’lumotlar turi deganda nimani tushunasiz?

Misollar keltiring?

4-savol

Vizual dasturlash tillariga qaysi dasturlash tillari kiradi?

Misollar keltiring?

5-savol

Programm, var, begin, label, go to, else, end. operatorlari qaysi dasturlash tillarida ishlatiladi?

Operatorlarni vazifasini aytib bering

6-savol

Delphi dasturlash tilini modullar bo’limida qaysi dasturlash tilidan foydalaniladi?

1-2 suratlardagi shaxslar haqida gapirib bering!

Auditoriya uchun umumiy savol

2-sahifada nima ifoda etilagan?

Savollarga to’gri javoblar.

  1. Quyi darajadagi tillarga kodlar yordamida yozilgan dastur tillariga aytiladi. Masalan: Alifboni harflar o’rni bilan bog’liq yoki Morze alifbosiga o’xshash kodlar

  2. Yuqori darajadagi dasturlash tillari deb insonlar tiliga juda yaqin operatorlar, kompilyatorlar, interpretatorlardan foydalanilgan dasturlarga aytiladi.

  3. Iyerarxik ma’lumotlar turiga daraxtsimon (shajara) shaklida tuzilgan ma’lumotlar ombori turiga aytiladi. Masalan: KHM-YO’NALISHLAR-BOSQICHLAR-GURUHLAR-O’QUVCHILAR

  4. Vizual dasturlash tillariga DELPHI, C++tillari kiradi

  5. Programm, var, begin, label, go to, else, end. operatorlari Pascal dasturlash tili operatorlaridir.

Programm-dastur nomini kiritish bo’limi, var-dasturdagi o’zgaruvchilar tipini aniqlash qismi, begin-dastur tanasini boshlash, label, go to, else, - o’tish operatori, end-dasturni yakunlash.

  1. Standart Pascal dasturlash tilidan foydalaniladi



1-rasm. Билл Гейтс ( Уильям Генри Гейтс III )

Intel prosessorlari va sun’uy hotiraning yaratuvchisi hisoblanadi

1955 йил 28 октябрда АҚШ нинг Сиэтл шахрида туғилган Microsoft фирмасининг таъсисчиси

Хозирда 66 ёшда АҚШ да яшайди. Дунё бўйича 500 дан ортиқ компьютер ва дастур ишлаб чиқариш корхоналари мавжуд.




1



2
30-Mavzu: Amaliy dasturlar va ulardan turli kasbiy sohalarda foydalanish imkoniyatlari.

Reja:

  1. Zamonaviy matn muharrirrlari.

  2. Matn muharrirlari funksiyalari.

  3. Maxsus tahrirlovchilarning vazifalari

  4. Adobe Photoshope CC dasturi haqida umumiy tushuncha (Uskunalar paneli)

Amaliy dasturlar foydalanuvchi tomonidan aniq amallar bajarilishini ta`minlaydi. Amallarga misol keltirsak unga matn kiritish, rasm chizish, fototasvirlarni qayta ishlash, illustrasiya, video ma`lumotlarni qayta ishlash, audio ma`lumotlarni qayta ishlash, aloqa o`rnatish, hisob - kitob ishlari kabi amallar misol bo`la oladi.

Kompyuter tizimi bilan o’zaro muloqotda bo’lish, ko’nikmalarni hosil qilishda va amaliy dasturiy ta'minot bilan ishlashda, ishni odatda matn redaktorlaridan boshlanadi

Matn kiritish dasturlari.

Matn kirituvchi dasturlar qisqa hajmdagi matnlarni va ko`p sahifali matnli ma`lumotlarni kiritish uchun mo`ljallangan. Bu dasturlarning mavjudligi shu yo`nalishda ishlaydigan mutaxassislar uchun qulay va ularning ish samaradorligini, hamda uning sifatini oshiradi. Aniqrog`i bir marotaba kiritilgan ma`lumotni kompyuterning xotirasida uzoq muddatda saqlashi, o`zgartirish kiritishi, nusxa olishi va istalgan nusxada chop etib olishi mumkin.

Matnli muharrirlar matnli axborotni qayta ishlash uchun mo’ljallangan va asosan quyidagi vazifalarni bajaradi:

matnni faylga yozish; qo’shimcha kiritish, chiqarib tashlash, ramzlar, qatorlar, matn parchalarini almashtirish; orfografiyani tekshirish; matnni turli shriftlarda bezash; matnni tekislash; boblarni tayyorlash, matnlarni sahifalarga bo’lib tashlash; so’z va jumlalarni izlash va almashtirish; matnga sodda bezaklar kiritish; matnni terib tayyorlash.

Komp’yuterda turli matnli ma’lumotlarni, nashriyot mahsulotlarini tayyorlash, tahrir qilish va ularni sahifalashga xizmat qiluvchi vositalar bo’lib, imkoniyatlariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:

- oddiy matnli ma’lumotlarni, turli formulalarni yozish, tahrir qilish va bosmaga chiqarishga imkon beruvchi vositalar. Bularga LUX, Leksikon, PE2, Chiwriter, Word, Multi-Edit kabi dasturlar misol bo’laoladi;

- yuqori sifatli matnli ma’lumotlarni, nashriyot mahsulotlarini (reklama varaqalari, blankalar, vizit kartochkalari va h.k.) tayyorlash va ularni bosmaga chiqarishga imkon beruvchi vositalar. Bularga WinWord, Word Perfect, Word Star, XYWrite, AmiPro kabi dasturlar misol bo’laoladi;

- murakkab nashriyot mahsulotlarini sifatli tayyorlash va ularni sahifalash imkonini beruvchi vositalar. Bularga Corel Wentura, Page Maker, Ventura Publisher, Quark Xpress kabi dasturlar misol bo’laoladi.

Grafik dasturlar.

Bunday dasturlar grafik tasvirlarni qayta ishlash va yaratishga muljallangan. Grafikaga misol qilib rasm chizish, tasvirlarni qayta ishlash, fotosuratlarni qayta ishlash, 3D yoki uch tomonlama ko`rinadigan ob`yektlarni yaratish, badiiy grafika, illyustrasiya yaratish kabi amallarni olish mumkin. Undan tashqari bunday dasturlarda tasvirlardan nusxa olish, tayyor ob`yektlarga o`zgartirish kiritish, uzatish, qabul qilish, kengaytmalarini o`zgartirish, grafo-montajlar qilish hatto matn kiritish kabi amallarni bajarish mumkin.

Kompyuter grafik dasturlari – bu, avvalo, keng tarqalib borayotgan dastur ta`minotidir, ya`ni kompyuter grafikasi mavjud va yangi yaratilayotgan dasturlarga tayanadi. Kompyuter grafikasidan reklamada, multiplikasion filmlarni yaratishda va Web sahifalarni yaratishda foydalaniladi.

Bunday dasturlarga AdobePhotoshop turli versiyalari, Corel Xara, Xara X, Corel Draw turli versiyalari, Adobe Illustrator, Maya Unlimited, Matcad, 3D MAX, Diskreet 3DS Max, Softimage 3D, BioVirtual 3DmeNow Pro, Animation Master, Alteros va h.k.z.lar misol bo`la oladi.



Video – audio dasturlar.

Hozirgi vaqtda ko`pgina ishlab chiqarishlardan tarqaluvchi ma`lumotlar asosan multimediyali ma`lumotlarga asoslangan. Masalan video kliplar, reklamalar, taqdimotlar, kino industriya mahsulotlari, axborot tizimida, san`atda, ta`lim sohasida uchratishimiz mumkin. Video montajlar va audio ma`lumotlarni qayta ishlashlar maxsus dasturlar yordamida amalga oshirish mumkin. Bularga misol qilib Adobe Premiere 6.5 dasturini olsak, u DV-video maxsulotlarini taxrirlashda videomontaj tizimida oldingi o`rinlarda. Bu dastur nafaqat videomontaj ishlarida, hattoki tovushlarni taxrirlashda qo`llaniladigan yuqori sifatli asbobdir.

Adobe Premier Effects 6.0 DVD va Web sahifalardagi video maxsulotlarda animasiya va maxsus efektlarni yaratishda foydalanadigan paketdir. Ulead VideoStudio v6.0 raqamli va analog video kameralarda MPEG1/2, AVI, VCD va DVD sistemalarida yozilgan videolarni montaj qiladi. Bunday misollarni ko`plab keltirish mumkin. Tovushlarni eshitish va ularni qayta ishlash maqsadida ko`plab dasturlardan foydalanish mumkin. Bularga misol tariqasida JET AUDIO, Media Pleyer, COOL EDIT PRO, WINAMP va h.k.z.lar
Buxgalteriya tizimlari.

Bu maxsuslashtirilgan tizimlar bo’lib, ular o’z ichiga matn va jadval dasturlarini, elektron jadvallar va ma'lumotlar omborining funksiyalarini oladi. U korxona birlamchi buxgalteriya hujjatlarini tayyorlash va hisobga olishni avtomatlashrirish, buxgalterlik hisobotlarni olib borishga mo’ljallangan. Bundan tashqari, bu tizim korxonaning, soliq va statistik hisob tashkilotlariga beradigan formada tayyorlanadigan hisobotlarni olib borish uchun ishlatiladi. Bu hisobotlar korxonalarning ishlab chiqarish, xo’jalik va moliyaviy faoliyatini aks ettiradi.Albatta, bu hisobotlarni yuqorida keltirilgan boshqa tizimlar yordamida ham bajarish mumkin.Ammo buxgalteriya tizimi har xil vositalar muhitlarini bitta tizimda mujassamlanganligi bilan qulaydir.

Uyga vazifa

Savollarga yozgan holda konspekt yozib kelish

  1. Amaliy dasturlar nima?

  2. Matn kiritish dasturlar nima?

  3. Matnli muharrirlarining vazifalarni aytib bering?

  4. Grafik dasturlar nimalar yaratishga muljallangan

  5. Kompyuter grafik dasturlari nima?

  6. Video – audio dasturlar qanday ma`lumotlarga asoslangan?

Download 327,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish