O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/48
Sana29.12.2021
Hajmi3,45 Mb.
#83188
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   48
Bog'liq
ozbek musiqa adabiyoti

6.2. Darvesh Ali Changiy
darvesh ali Changiyning buyuk shoir va musiqashunos, 
XVi asrning yirik olimlaridan biri hisoblanadi.
darvesh ali Changiy taxminan 1547-yilda tug‘ilgan. 
yoshligidan ilm-u fanga chanqoqligi, zukkoligi sababli kelajakda 
yorqin asarlarini yaratilishiga sabab bo‘ldi.
Bolalik davri mamlakatning siyosiy o‘zgarishlari orasida 
otgan. Uning birinchi ustozi olim mirzo ali bo‘lib, adabiyot, 
tarix, musiqa fanlaridan saboq bergan. Bolaligi ijod ahli orasida 
o‘tganligi, keyinchalik risolasida ali do‘st Nayi, mavlono 
Xusayn Kavkabiy, Ja’far qomusiy nomlari joy oldi.
mamlakatning siyosiy holati, shayboniylarning davri 
Ubaydullaxon (1533-1539) hukmronligi jarayonida musiqa va 
san’at sohasiga alohida e’tibor berilgan edi. Hirotdan sozanda 
va xonandalar, shoir-u raqqoslar Buxoro va movarounnaxrga 
kelib ijod qilishgan.
darvesh ali Changiyning otasidan keyingi ustozi Hoji 
Ja’far qonuniy hisoblanadi. Xonandalik, musiqa nazariyasi, 
kompozitsiya bilimlarini esa Changiy ustoz Hasan Kavkabiydan 
oldi. Changiyning musiqa qobiliyati, iste’dodi va mohir 
ijrochiligi to‘g‘risida qisqa muddat ichida shahar va undan 
tashqarisida ma’lum bo‘ladi. darvesh ali abdulloxon shayboniy 
davrida yashab ijod qilgan davrni hayotining eng mazmunli va 
samarali davri deb hisoblaydi. saroy majlislarida o‘z asarlarini 
mohirona ijro etganligi uchun Changiyning zamondoshlari uning 
iste’dodiga yuqori baho berganlar. XVi asrning ikkinchi yarmida 
shayboniylar uchinchi sulolasi abdulloxon hukmronligi davrida 
Buxoro shahri madaniyat va san’at markaziga aylandi. Buxoro 
xalqi boshqa mamlakatlarga savdo ishlari bilan safarga chiqib
savdo-sotiq bilan bir qatorda madaniyat va san’atni ham chet 
elga tanishtirib, turli xalqlarning san’at namunalarini olib kelgan. 
darvesh ali asarida yozadi: Xon saroyida Chin mamlakatidan 
tashrif buyurgan shoh-mansur Buxoro shoirlari bilan bir qatorda 


35
g‘azal ijod qilib, unga kuy bastalab va o‘zi ijro etdi. mohirona 
ijrosi uchun abdullaxon qimmatbaho sovg‘alar ulashdi
43

Xulosa qilib aytish mumkinki, iqtisod, savdo, me
5
morchilik 
sohalarida hamkorlik madaniyat va san’atning rivojlanishiga, 
Buxoro shahrida san’atkorlarning ko‘payishiga sabab bo‘ldi. 
Musiqashunos D.Rashidova quyidagi fikrlarni keltiradi «XVI 
asrning ikkinchi yarmida Buxoro shahri yirik madaniyat, san’at 
va adabiyot markaziga aylandi. mutribi ma’lumotiga ko‘ra 350 
nafar shoirlar ijod qilardilar
44
 darvesh ali o‘z asarida 12 maqom 
to‘g‘risida so‘z yuritadi. aytish joizki, 12 maqomning paydo 
bo‘lish tarixi X asrning mutafakkirlari asarida o‘z o‘rnini topgan, 
masalan: Forobiy, sino, ibn Zayla asarlarida 12 maqomning 
ayrim qismlarining nomi aytib o‘tilgan. Safiuddin Urmaviy 
asarida 7 maqom to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Jomiy ham risolasida 
12 maqom qismlarini ochib bergan. Najmiddin Kavkabiy va 
darvesh ali 12 maqomning asrlar davomida rivojlanib kelishi 
to‘grisida so‘z yuritadilar. Chunonchi, tarixiy manbalarning 
tahlili natijasida 12 maqomning rivojlanishi XiV-XVii asrlarni 
qamrab oladi. Taniqli musiqashunos, olim lRajabov «maqomlar 
masalasiga doir» asarida N.Kavkabiy va d.Changiyning 12 
maqomga bergan ta’riflni tahlil qilib, 12 maqomning ilmiy 
va diniy tomonlarini ko‘rsatib o‘tadi
45
. 1572-yildan boshlab 
Changiy «Risolayi musiqiy» asari ustida ishlaydi. asarni tugatib, 
o‘sha davrda hukmron bo‘lgan abdullaxon shayboniyga tuhfa 
qiladi. Changiy «Risolayi musiqiy» asarini ikki holatda yaratadi
46
 
asaming bir qismi hikoya shaklida yozilgan bo‘lib, qolgan qismi 
musiqiy nazariy tushuntirish shaklida keltirilgan. asarning 
ikkinchi qismida qadim yunon olimlarining fikrlari, Forobiy, 
43
  Рашидова Д. Учёный, музикант, поэт и историк Дарвиш Али Чанги. 
Музикалное театральное искусство и фольклор. - Т. 1992 г. -54 с.
44
  o‘sha asar. 54-bet.
45
  1. Rajabov Maqomlar masalasida doir.—Т.: 1963,-103-b.
46
  Семенов  А.  Среднеазиатский  трактат  по  музыке  Дарвеша  Али.-Т.: 
1946.- 9 с.


36
ibn sino, dehlaviy musiqiy-estetik qarashlariga murojaat qilgan 
holda yaratilgan. Risola 12 (maqom) qismdan iborat bo‘lib, 
Changiy har bir qismiga alohida tushuncha berib borgan.
1-qism - kirish qismi. musiqa san’atini din nuqtayi nazaridan 
qarab, musiqa yangrashi, qo‘shiq ijro etish mumkinligi 
to‘g‘risida.
2-qism - musiqa (alxon) va usul (iqo) ning paydo bo‘lishi.
3-qism - 12 maqom, 24 qism va tovush rangba-rangligi 
to‘g‘risida.
4-qism - usulning 41 xili.
5-qism - musiqa asboblari va ijro uslubi.
6-qism - Tanbur, chang, nay, ud, qobuz, arg‘unun, setor, 
simtur va xonandalar to‘g‘risida.
7-qism - musiqa san’atiga ko‘p e’tibor bergan shohlar 
to‘g‘risida.
8-qism - olimlar, musiqashunoslar va musiqa bilimdonlari 
to‘g‘risida.
9-qism - musiqa sohasida o‘zining asarlarini meros 
qilib qoldirgan iste’dodli va mashhur shoirlar, musiqachilar 
to‘g‘risida.
10-qism - Hirot shahrida yashab ijod qilgan musiqa 
o‘qituvchilari to‘g‘risida.
11-qism - Xon saroyida yashab ijod qilgan xonandalar 
to‘g‘risida.
12-qism - o‘sha davrda xalq va saroyda mashhur bo‘lgan 
musiqa o‘qituvchilari to‘g‘risida
47
.
Buxoro shahrida xonlarning o‘zgarib turishi, ya’ni 
abdullaxon, Boqi muhammad, Valimuhammad va imomqulixon 
hukmronlik qilib kelganligi xalqning siyosiy va ijtimoiy holatiga 
ta’sir qilib kelgan. Changiy hayotida ham o‘zgarishlar va turli 
voqeliklar bilan o‘tgan. Changiy so‘ngi musiqa haqida risolasi 
«To‘xfat-assurur» ni yaratib, imomqulixonga tuhfa qiladi.
47
  Семенов А. Среднеазиатский трактат по музыке 
Дарвеша Али. – Т.: 1946.- 31 с.


37

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish