O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/48
Sana29.12.2021
Hajmi3,45 Mb.
#83188
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   48
Bog'liq
ozbek musiqa adabiyoti

7-§. O‘ZBEK BASTAKORLARI, XONANDA 
VA SOZANDALARI. KO‘P ASRLAR AN’ANA 
DAVOMCHILARI
Bastakorlik o‘rta osiyo xalqlarida juda qadim zamonlardan 
mavjud musiqiy ijod san’atidir.
Bastakorlik san’ati o‘zbek xalqining merosida juda katta va 
muhim o‘rin tutadi. shuning uchun ham bastakorlik muammolari 
musiqashunos va sharqshunos olimlarimizning diqqat-e’tiborini 
ko‘pdan beri o‘ziga jalb qiladi, bu masala musiqiy san’atimizda 
juda katta tarixiy-ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etmoqda.
Bastakor forscha ( “basta”-bog‘lash, “kor” -ishlash, ishlovchi 
ma’nolarida) so‘z bo‘lib, kuyni tashkil etadigan unsurlarni bir-
biriga bog‘lovchi degan ma’noni anglatadi.
Bastakor o‘tmishda turli vazifalarni bajaigan. dastlab u 
yangi, original kuy va ashulalar yaratuvchidir. ikkinchidan, 
bastakor tayyor kuylar mavzusida ularning ritmik va kuy 
variantlarini ham yaratgan. Bunda bastakor kuy yo‘llariga yangi-
yangi epizodlar, tayyor holdagi avjlar kiritgan. ashula yo‘llariga 
yangi she’rlarni ustalik bilan bog‘lab, tushira bilgan san’atkorlar 
ham bastakor nomiga mansub bo‘lgan.
48
Tarixdan bizga ma’lumki, o‘rta asr musiqa ijrochiligi 
madaniyatning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shunda ediki
cholg‘uchilar nafaqat bir necha turdagi musiqa asboblarini chala 
olgan, balki o‘zlari ham musiqa bastalaganlar. Cholg‘uchilar 
o‘z davrining yetuk musiqachilari va shoirlari ham bo‘lishgan.
XV asrda yetishib chiqqan shoiriar, san’at ahliga Navoiy va 
Jomiy homiylik qilgan hamda ularni tarbiyalagan. Navoiyning 
“majolis-un-nafois” asarida musiqaning nazariy va amaliy 
jihatlaridan xabardor shoirlar maqtab tilga olingan. Chunki 
aruz san’atini egallashda, shoirdagi estetik hisni tarbiyalashda 
48
  Rajabov i. maqomlar masalasiga doir. 32-bet.


38
musiqaning roliga katta ahamiyat berilardi. Bastakor musiqaning 
nazariy-amaliy tomonlarini bilsa-yu, lekin aruz ilmidan bexabar 
bo‘lsa, ashulaga she’r bog‘lashda xatolikka yo‘l qo‘yadi. 
shuning uchun ham, bu davrda ulug‘ shoirning topshirig‘i bilan 
aruz ilmi va musiqa nazariyasiga doir risolalar yaratiladi.
Bu davrda Xo‘ja abulvafoyi Xorazmiy, mavlono alishoh, 
muhammad Jomiy, Binoiy, Pahlavon muhammad, Xo‘ja yusuf 
Burxon, Ustod qulmuhammad Udiy, Ustod shodiy va boshqa 
yuzlab musiqa nazariyachilari va bastakorlar yetishib chiqdilar.
Bastakorlik san’ati XVi-XViii asrlarda yashab ijod qilgan 
musiqachi-bastakorlar - Najmiddin Kavkabiy va darvesh aU 
Changiyning musiqa risolalarida ham ma’lum darajada yoritib 
berilgan.
agar jahon musiqa xazinasiga noyob durdona bo‘lib 
qo‘shilgan “shashmaqom” turkumiga ahamiyat berilsa, bu shoh 
asarning yuzaga kelishi uzoq va mazmunli tariximiz qa’ridan 
bizga qadar rivojlanib yetib kelishida ham ko‘plab avlod 
bastakor, sozanda, xonandalaming ijodiy ulushini sezib olish 
qiyin emas.
shashmaqom XViii asr oxiri va XiX asr boshida o‘rta osiyo 
xalqlari syuita (turkum) shaklidagi professional musiqasining 
uzoq taraqqiyoti natijasida vujudga kelgan. maqomlar asosan 
saroy ayonlari huzurida muayyan vaqtda yoki muayyan 
sharoitda ijro etilgan. Hatto mohir qo‘shiqchilarning o‘ziga xos 
musobaqasi (avjlarni ijro etish, yangi qismlarni to‘qish) tashkil 
etilgan.
XiX asr oxiri XX asrda “shashmaqom”ning mashhur 
bilimdonlari Ota Jalol Nosirov (hofiz) va Ota G‘iyos Abdug‘ani 
(sozanda) hamda bu ustozlar an’analarini davom ettirib kelgan 
domla Halim ibodov, mohir ashulachilar Hoji abdulaziz 
Rasulov, mulla To‘ychi Toshmuxamedov va shorahim 
shoumarov, ularning shogirdlari - yunus Rajabiy, To‘xtasin 
Jalilov, Usta olim Komilov, ahmadjon Umrzoqov, Faxriddin 


39
sodiqov, Komiljon otaniyozov, muhammadjon mirzayev kabi 
ustoz san’atkorlami ko‘rsatish mumkin. Ularning har biri o‘z 
musiqiy ijod yo‘lini yaratdilar. Ular yaratgan asarlarining aniq 
uslubi, ladi, ohang tiniqliligiga katta e’tibor berishgan, musiqani 
nihoyatda serohang va jiloli bo‘lishi uchun xilma-xil, murakkab 
usullarga murojaat qilishgan. Ularning asarlaridagi o‘ziga xoslik, 
ichki milliy ruh, falsafiy kayfiyat yaratilgan san’at namunalariga 
go‘zallik va umrboqiylik bag‘ishlaydi.
Bu ustoz bastakorlar o‘z ijodiy faoliyatlari bilan Forobiy, 
ibn sino va alisher Navoiy asos solgan o‘zbek bastakorlik 
san’atining nodir namunalarini targ‘ib qildilar, davom ettirdilar. 
Ular o‘zbekistonning musiqa hayotida badiiy havaskorlik 
jamoalarini kengaytirishda, milliy ijrochilik jamoalarini tashkil 
qilishda faol qatnashdilar.
o‘zbekiston davlat mustaqilligiga erishganidan so‘ng boshqa 
ijodiy sohalari kabi musiqa madaniyati va san’atida ham chin 
ma’noda hayotbaxsh o‘zgarishlar ro‘y bera boshladi. Xususan, 
mamlakatimizda yuksak mumtoz kasbiy musiqa namunalarini 
avaylab-asrash, jonlantirish, ravnaq toptirishga qaratilgan 
bir qancha ibratli ishlar amalga oshirildi. Bu borada maqom 
ijrochilarining “yunus Rajabiy” nomidagi respublika tanlovlari, 
“Boqiy ovozlar” katta ashula va dostonchi-baxshilarning ko‘rik-
tanlovlari, “asrlar navosi” yosh an’anaviy ijrochilar tanlovlari 
pirovardida e’tiborga molik yutuqlar qo‘lga kiritildi. shu asnoda 
buyuk ajdodlarimiz, “Nafosat kuychilari” tomonidan ijod etilgan 
mumtoz asarlarga qaytadan jon bag‘ishlangandek bo‘ldi va bular 
milliy-ma’naviy xazinamizdan o‘ziga mos o‘rin olmoqda.
Bugungi kunda musiqa amaliyotida “maqomot”ning uch 
turi - Buxoro, Xorazm va Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llari 
shakllangan. alohida ta’kidlash joizki, jonli jarayon bilan 
yo‘g‘rilgan maqomchilik an’analari bastakorlik va ijrochilik 
san’ati bilan bevosita bog‘liq. Bunda ijodkorlik jabhasi ikki 
asosiy ko‘rinishda namoyon bo‘lishi ma’lum bo‘lmoqda - biri 


40
maqomchilik an’analariga muvofiq yangi namunalarni ijod 
etishda, yana biri maqom yo‘llarini ijro etish talqinida ko‘zga 
tashlanadi. musiqiy ijodiyotning har ikkala sohasi so‘nggi 
yillarda yorqin namoyon bo‘lmoqda.
yaqin-yaqinlargacha maqom namunalari ardoqli meros 
sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilinib, endilikda faqat ijro 
talqinlari orqali yangilanishi, boyitilishi mumkinligi e’tirof etilar 
edi. darhaqiqai, ko‘p o‘n yilliklar davomida jonli amaliyotda 
xuddi shunday ahvol kuzatilgan. ammo bu borada o‘zbekiston 
xalq hofizi, bastakor Fattoqxon Mamadaliyev o‘z faol ijodkorligi 
orqali an’anaviy uslubda mayjud namunalarni qayta ishlash, 
ovoz yoki sozlarga moslashtirish bilan kifoyalanmay, balki 
yanada jiddiyroq yangiliklami kashf etish mumkinligini to‘la 
isbotlashga muvaffaq bo‘ldi. Ijodkor 90-уШаг davomida asl 
o‘zbek bastakorlik ijodiyotining an’analaridan biri, musiqa 
merosimizning ommaviylashib ketgan namunalari asosida ko‘p 
qismli turkumlar yaratish an’anasini tikladi. U sakkiz qismli 
“miskin”, sakkiz qismli “Ushshoq” va to‘rt qismli “ Nasrullo” 
turkumlarini tuzdi. Bastakorning “munojot”, savti Fattoqxon” 
deb nomlangan turkumlari esa nisbatan ixchamroq shakllarda 
yaratilgan.
O‘zbekiston xalq hofizi, atoqli sozanda va bastakor Orif 
Hotamov esa “Ushshoq”, “Girya” turkumlarini yangi ashula 
yo‘llari bilan boyitdi. Buning natijasida hoziigi zamon 
bastakorligida asl an’anaviy musiqiy tafakkur yo‘lida ham yangi-
yangi noyob asarlar yaratish mumkinligi amalda isbotlandi.
49
ma’lumki, maqomlarda mujassam bo‘lgan ma’naviy-badiiy 
go‘zalliklarni jon jarayonda namoyon etish va ularni tinglovchiga 
yetkazib berishda ijrochilik san’ati hal qiluvchi ahamiyat kasb 
etadi. o‘zbek mumtoz maqom ijodiyoti va ijrochilik sohasida 
yangi jarayonlarning yorqin ifodasini katta, yetuk hamda yosh 
avlodga mansub o‘nlab san’atkorlar, ajoyib xalq hofizlari, taniqli 
49
  o‘zbekiston san’ati 15-bet.


41
xonanda, sozanda, o‘zbekiston xalq artisti “Buyuk xizmatlari 
uchun” ordeni sohibi Turg‘un alimatovning benazir ijrochilik 
san’ati, uning ishtirokida nafaqat respublikamiz bo‘ylab, balki 
xorijiy mamlakatlarda ham o‘zbek milhy mumtoz musiqamizga 
bag‘ishlangan qator konsertlar berilganligi, u yerda Cd lazer 
disklaiga muhrlangan yozuvlarining chiqarilishi muhim 
ahamiyat kasb etdi.
Bu o‘rinda o‘zbekiston xalq hofizlari, atoqli xonanda, 
sozanda va bastakor orif Hotamov, Fattoqxon mamadaliyev, 
o‘zbekiston xalq artisti, sozanda va bastakor Ganijon Toshmatov
O‘zbekiston xalq hofizlari Muhammadjon Karimov, Quvondiq 
iskandarov, Hasan Rajabiy, o‘zbekiston xalq artisti, sozanda 
va bastakorlar G‘ulomjon Hojiqulov, abduhoshim ismoilov, 
o‘zbekiston xalq artistlari munojot yo‘lchiyeva, maryam 
sattorova, o‘zbekistonda xizmat ko‘isatgan artist, sozanda va 
bastakor o‘lmas Rasulovlaming ijodkorona ishlari ibratli bo‘ldi 
Bastakorlik an’anasi shashmaqomning shakllanishi va so‘nggi 
davrlardagi taraqqiyotda hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi.

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish