Anatomiya, fiziologiya va gigiyena fani bo"yicha amaliy, seminar, mashg’ ulotlari va
mustaqil ishlarni tashkil etish bo ‘yicha ко’ rsatmaiar
Anatomiya, fiziologiya va gigiyena fani amaliy, seminar, har bir mavzu yakunida
tavsiya etiladi. (o’qituvchi talabalar bilim saviyasi va o'qitish shart - sharoitlaridan
kelib chiqib, bu ishlarni tashkil etadi. Amaliy, seminar, ishlarini tashkil etishda
o'quvchilarga oldindan mavzular tavsiya etiladi, reja berish maqsadga muvofiqdir. Har bir
o'tkazilgan amaliy ish, albatta, tekshirilishi va baholanishi lozim. Amaliy, seminar,
tashkil etish o'quvchilarning mustaqil ishlarming davomi bo'lishi kerak.
Amaliy mashg`ulotlarni o`tkazish uchun kerakli jihozlar
Anatomiya, fiziologiya va gigiyena fani bo'yicha otkaziladigan amaliy
mashg'ulotlar uchun o'quv qurollari, darsliklar, qo'shimcha adabiyotlar, ommaviy axborot
vositalari, ko'rgazma qurollar: mulyajlar, odam skeleti, jadvallar kerak.
O’quv fanining moddiy-texnik ta’minoti
O’quv xona, yozuv taxtasi, o’qituvchi va o’quvchilar soniga yetarli stol, stullar, kompyuter
jihozlari, plakatlar, bukletlar.
O’quv fanining o’zlashtirish darajasini nazorat qilish va baholash
”Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’quvchilarining bilim saviyasi, ko’nikma va
malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi to’g’risida Nizom”ga ga muvofiq amalga oshiriladi.
Asos: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Oliy
va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2008 yil 30
apreldagi 01-148 q/q-son, 118-son, 16q/q-son qarori.
Joriy nazorat - Og`zaki so`rov, yozma ishlar, testlar, mashg’ulot jarayonidagi mustaqil
faoliyat, uy vazifalari ya`ni o`qituvchi o`z amaliyotida qo`llaydigan barcha so`rov turlarini o`z
ichiga oladi;
Oraliq nazorat-semestr tamom bo’lganda va o’quv dasturining tegishli bo’limi
tugallangandan keyin amalga oshiriladi. Uning asosida o’quvchi reytingi aniqlanadi. Bilimlar,
malaka va ko’nikmalarni baholash uchun O.N imtihonlar, testlar, sinovlar, kurs va malaka ishlari
o’tkaziladi;
Yakuniy nazorat - o’qish tugallangandan keyin davlat attestatsiyasi, imtihonlar, testlar,
malaka ishlari, diplom loyihalarini himoya qilish shaklida amalga oshiriladi. Test, yozma savollar
xajmi fanga ajratilgan soatdan kelib chiqib belgilanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Q.Sadiqov.Kichik yoshdagi bolalar anatomiyasi fiziologiyasi va
gigiyenasi.T.2004
1. S.S.Solixo'jayeva. Bolalar va o'smirlar gigiyenasi. - Т.: 1991.
2. K.Sodiqov. O’quvchilar fiziologiyasi va gigiyenasi. - Т.: (O’qituvchi, 1992.
3. CT.Z.Qodirov. Odam fiziologiyasi.-Т.: Ibn Sino, 1996.
4. M.N.Ismoilov.Bolalar va o’smirlar gigiyenasi. 1994.
5. A.E.Eshonqulov.Sh.M.Ahmedov.Odam anatomiyasi va gigiyenasi.2010.
6. А. Ахмедов ва бошқалар. Анатомия физиология ва патология. Иқтисод-молия.
2013
Foydalanishga tavsiya etiladigan internet tarmoqlari.
1. http://www.ziyonet.uz
2. http://www.pedagog.uz
3. http://www.biologiya.dc.uz
G E N E T I K A A S O S L A R I
FANIDAN O’QUV DASTURI
Fan dasturi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini Axborot-metodik ta’minlash
xizmati huzuridagi “O‘quv-metodik birlashmalari”ning 2017 yil ” 31”yiundagi 3-sonli yig‘ilish
bayonnomasi hamda Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha
Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2017 yil “18” avgustdagi 4-sonli majlis bayoni bilan
ma’qullangan.
Tuzuvchilar:
Fayzullayev Saidnosir
Burxonovich
– Nizomiy nomidagi TDPU Biologiya
fanlari nomzodi, dotsent
Asqarova
Zulfiya
Asralovna
Toshkent pedagogika kolleji
o`qituvchisi
Taqrizchilar:
Haydarova
Pardaxol
Boboqulovna
– Nizomiy nomli pedagogika universiteti
biologiya fanlar nomzodi
Akramova
Dildora
Asrarovna
– Olmazor tumani 68- MTM mudirasi
1.KIRISH
Odam genetikasi - tibbiyotning nazariy asosi sifatida odam irsiyati va o’zgaruvchanligi
haqidagi fan. Odam genetikasi tarixi, odam irsiyatini o`rganish uslublari, odamda belgilarni
irsiylanish qonuniyati, o’zgaruvchanlik odam populyatsiyasining genetik strukturasi, xromosoma
va gen kasalliklari, irsiy kasalliklar tashxisi va profilaktikasi haqidagi bilimlar, ko`nikma va
malakalarni berishni belgilab beradi.
Ushbu dastur kollej o’quvchilarini talim olish jarayonida biologiya va anatomiya fanlarini
o’rganish bilan bir vaqtda odam genetikasiga oid asosiy malumotlar bilan tanishtirishni ko’zda
tutadi.
11.Faning maqsad va vazifalari.
Faning maqsadi : O’quvchilarga genetika fanining rivojlanish tarixi, uning bosqichlari,
xujayraning tuzilishi, G.Mendelning asosiy qonuniyatlari, belgilarning irsiylanishi haqida
ma’lumot, irsiy kasalliklar tasnifi, odam genetikasinig tekshirish usullari hamda irsiy kaslliklar
kelib chiqishining oldini olish va davolash usullari haqida ma’lumot berish.
Fanning vazifasi : Maktabgacha talim muassalari yoshidagi bolalarni bir tomonlama
sog’lom va barkamol qilib tarbiyalash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ona sog’lig’ini
mustaxkamlash va sog’lom farzand tug’ilishi, sog’lom ona va sog’lom bola maqsadli vazifasini
amalga oshirishdan iborat.
111.Fan bo’yicha o’quvchilarning bilimi, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan
talablar.
Fanni o’zlashtirish natijasida o’quvchi:
-genetika asoslari” fanining asosiy o’ziga xos xususiyatlari,odam genetikasining
pedagogikada tutgan o’rnini,
-G.Mendelning asosiy qonuniyatlarini;
-belgilar va ularning irsiylanishini;
-belgilarning irsiylanishida genlarning o’zaro ta’sirini;
-odamda belgilarning birikkan holda irsiylanishini;
-irsiyat va muhit,o’zgaruvchanlik qonuniyatlarini;
-irsiy kasalliklar patologiyasini;
-turli hil irsiy kasalliklarni nasldah-haslga o’tishini bilishi;
-o’quvchilarning fan bo’yicha tassavurga ega bo’lishlai;
-bolaning rivojlanish taraqqiyotiga ta’sir qiluvchi omillarni;
-qon-qarindoshlik nikohlarining oqibatlari to’grisida bilimga ega bo’lishi kerak.
1V.Namunaviy mavzular rejasi
Fan mavzulari bo’yicha o’qitish rejasi tarkibi
№
Fanning bo’limlari va mavzular
nomi
H
a
m
m
a
si
Auditoriya mashg’ulotlari
(soati)
J
a
m
i
N
a
z
a
r
iy
A
m
a
li
y
S
e
m
in
a
r
K
u
r
s
is
h
i
M
u
st
a
q
il
is
h
I-bo’lim. Bolalar organizmining o’sishi va rivojlanishining umumiy
qonuniyatlari
1.
Odam genetikasining rivojlanish
tarixi, yutuqlari va o’rganish usullari
2
2
2
2.
Irsiyatning sitologik asoslari
3
2
2
1
3.
Irsiyatning biokimyoviy asoslari
4
2
2
2
4.
Odamda ayrim belgilarning
irsiylanishida G.Mendel qonunlari
2
2
2
5.
Odamda belgilarning irsiylanishida
gennlarning o’zaro ta’siri
2
2
2
6.
Odamda belgilarning birikkan holda
irsiylanishi
4
2
2
2
7.
Irsiyat va muhit. O’zgaruvchanlik
qonuniyatlari
4
2
2
2
8.
Irsiy kasalliklar patologiyasi
3
2
2
1
9.
Odam genetikasining tekshirish
usullari
2
2
2
10.
Irsiy kasalliklar profilaktikasi
2
2
2
Jami:
28
20
20
8
V. O’quv fani mavzularining mazmuni.
I. Kirish
Odam genetikasi - tibbiyotning nazariy asosi sifatida odam irsiyati va o’zgaruvchanligi
haqidagi fan. Odam genetikasi tarixi, odam irsiyatini o`rganish uslublari, odamda belgilarni
irsiylanish qonuniyati, o’zgaruvchanlik odam populyatsiyasining genetik strukturasi, xromosoma
va gen kasalliklari, irsiy kasalliklar tashxisi va profilaktikasi haqidagi bilimlar, ko`nikma va
malakalarni berishni belgilab beradi.
Ushbu dastur kollej o’quvchilarini talim olish jarayonida biologiya va anatomiya fanlarini
o’rganish bilan bir vaqtda odam genetikasiga oid asosiy malumotlar bilan tanishtirishni ko’zda
tutadi.
1.ODAM GENETIKASINI RIVOJLANISH TARIXI, YUTUQLARI VA O`RGANISH
USULLARI.
(Nazariy)
Genetika - tushunchasi.Genetikani boshqa fanlar orasidagi o`rni. Genetika irsiyat va
o`zgaruvchanlik qonuniyatlarini o`rganadigan fan. Irsiyat va o`zgaruvchanlik barcha tirik
organizmlarning, shu jumladan odamning umumbiologik xususiyati ekanligi.
Genetikaning rivojlanish tarixi (klassik genetika davri, neoklassistizim davri, sintetik
genetika davri) va tarmoqlari.
Odam genetikasining rivojlanish tarixi, yutuqlari va o`rganish usullari. Pedagogika
kollejlari o`quvchilarini tayyorlashda odam genetikasi fanining o`rni.Mamlakatimizda
genetikaning rivojlanishiga o`z hissasini qo`shgan olimlar, ularning ishlari va yutuqlari.
II. Odam irsiyatining moddiy asoslari
2. IRSIYATNING SITOLOGIK ASOSLARI
(Nazariy)
Hujayra tirik materiyaning asosiy yashash shaklidir.Hujayraning tuzilishi va funksiyasi.
Ko`p hujayrali organizmlardagi o`zak va maxsus hujayralar. O`zak va maxsus (ixtisoslashgan)
hujayralarning asosiy hususiyatlari.
Yadroning tuzilishi, unda xromosomalarning joylanishi. Xromosomaning tuzilishi va
funksiyasi. Xromosomalarning bo`yalish xususiyati va uni odam kariotipini aniqlashdagi
ahamiyati. Odam kariotipi va idiogrammasi.
Hujayra sikli.Hujayraning asosiy bo`linish usullari: amitoz, mitoz va meyoz. Hujayraning
mitotik siklida xromosomalarni dinamik o`zgarishi.Mitozning biologik ahamiyati.
Meyoz - jinsiy hujayralarning hosil bo`lish usuli. Spermatogenez va ovogenez, ularning
biologik ahamiyati. Meyoz davrida xromosomalarda sodir bo`ladigan o`zgarishlar. Meyozning
biologik ahamiyati. Meyoz fazalarida xromosomalarda sodir bo`ladigan xatoliklar va ularning
oqibatlari. Qirqdan oshgan ayollarda meyoz fazalaridagi xatoliklarning (chastotasining)
ko`payishi.
3. IRSIYATNING BIOKIMYOVIY ASOSLARI.
(Nazariy)
Irsiyatning molekulyar asoslari va ularning kimyoviy tarkibi, strukturasini o`rganishdagi
kashfiyotlar.
Nuklein kislotalar. Ularning kimyoviy tuzilishi, xillari va vazifalari. Nuklein kislotalarning
irsiyatda tutgan o`rni. DNK replikastiyasi va uning irsiyatdagi ahamiyati. Oqsil sintezida ishtirok
etuvchi aminokislotalar. DNK ning ikki hissa oshish jarayonida fermentlar (DNK - polimeraza,
RNK - polimeraza, endonukleaza va DNK - ligazalar).
Genlarning tuzilishi va genetik axborot. Hujayrada irsiy axborotni replikastiyasi,
transkripstiyasi va translyatsiyasi. Genetik kod va uning ahamiyati.
Nuklein kislotalarning tuzilishi, soni bo`yicha masalalarni yechish. DNK ning ikki hissa
oshishi, oqsil biosinteziga tegishli masalalarni yechish.Oqsil biosintezi bosqichlarini
o`rganish.Masalalar yechishda genetik koddan foydalanish.
III. Irsiyat qonunlari
4. ODAMDA AYRIM BELGILARNING IRSIYLANISHIDA G.MENDEL QONUNLARI.
(Nazariy)
G.Mendel - genetika fanining asoschisidir. Dominant va restessiv belgilar. Gomozigot,
geterozigot, genotip va fenotip haqida tushuncha.
G.Mendelning asosiy qonuniyatlari. Monoduragay, diduragay, poliduragay chatishtirish va
ularning sitologik mohiyatlari. Birinchi avlod dominantlik qonuni, ikkinchi avlod duragaylarida
belgilarning ajralish qonuni.Avlod duragaylarini nasillanishida belgilarning mustaqil holda
kombinastiyalanishi.Belgilarning ajralish qoidasining buzilishi.Oraliq formadagi irsiylanish,
bekkross - tahliliy chatishtirish.
Monoduragay.diduragay va poliduragay chatishtirish usullari misolida, odam belgi
xususiyatlarini avloddan-avlodga berilishini o`rganish.
5. ODAMDA BELGILARNING IRSIYLANISHIDA GENLARNING
O`ZARO TA’SIRI.
(Nazariy)
Genlarning o`zaro ta’siri (alel va noallel genlarning ta’siri). Odamda noallelgenlarning
o`zaro ta’siri natijasida belgilarning namoyon bo`lishi. Genlarning o`zaro ta’sir turlari va
odamda shular asosida irsiylanuvchi belgilar. Penetrantlik va ekspressivlik.
6. ODAMDA BELGILARNING BIRIKKAN HOLDA IRSIYLANISHI.
(Nazariy)
T. Morganning xromosoma nazariyasi. Jins genetikasi. Genlarning xromosomada chiziqli
joylanishi
va
birikkan
holda
irsiylanishi.
Birikkan
holda
irsiylanuvchi
belgilar.
Krossingoverlangan
gametalar,
ularning
ahamiyati.Genlar
orasidagi
masofa.Odam
xromosomalarining birikish guruhlari.Odam xromosomalarining xaritasi.Odam genetik xaritasini
tuzishning ahamiyati.
T.Morganning xromosoma nazariyasini mohiyatini o`rganish. Birikkan holda va jinsga
bog`liq bo`lgan holda belgilar va xususiyatlarni normal va patologiyada irsiylanish
qonuniyatlarini o`rganish.
IV.O’zgaruvchanlik va uning hillari
7. IRSIYAT VA MUHIT. O`ZGARUVCHANLIK QONUNIYATLARI.
(Nazariy)
Belgilarning rivojlanishida genotip va atrof muhit omillari ta’sirining ahamiyati.
O`zgaruvchanlik va uning turlari. Irsiy va irsiy bo`lmagan o`zgaruvchanlik. Modifikatsion
o`zgaruvchanlik va uning adaptiv harakteri. Reaksiya normasi.Odamdagi modifikatsion
o’zgaruvchanlikka misollar. Fenokopiyalar va ularning paydo bo`lish mexanizmlari
Genetik materiallarning o’zgarishlari - mutatsiyalar. Spontan va indukstion mutatsiyalar.
Ekzogen va endogen, fizikaviy, ximiyaviy va biologik mutagen omillar. Mutastiya turlari: gen,
xromosom va genom mutatsiyalar.
Gen mutatsiyalari va ularning mexanizmlari. Gen mutatsiyalarining chastotasi. Xromosom
mutatsiyalari (aberrastiyalar) - inversiya, deletsiya, dublikatsiya, translokatsiya
va
transpozitsiyalar. Genom mutatsiyalar - trisomiya, monosomiya, poliploidiya va aneuploidiya
ularning hosil bo`lish mexanizmlari.
8. IRSIY KASALLIKLAR PATOLOGIYASI.
(Nazariy)
Irsiy kasalliklarning tasnifi va nasllanish mexanizmi. Irsiy patologiyalarning yuzaga
chiqishida o`ziga xos xususiyatlar. Gen kasalliklari: aminokislotalar, oqsil, uglevodlar, lipidlar
va garmonlar almashinuvining buzilishi.
Aminokislotalar almashinuvining buzilishi: autosoma - dominant tipda irsiylanuvchi
kasalliklar, autosoma - retsessiv tipda irsiylanuvchi kasalliklar. Uglevodlar almashinuvining
buzilishi: autosom - dominant va autosom retsessiv tipda irsiylanuvchi kasalliklar. Lipidlar
almashinuvining buzilishi: autosom dominant va retsessiv tipda irsiylanuvchi kasalliklar.
X - xromosomaga birikkan kasalliklar. Xromosom kasalliklar: autosom trisomiyalar, jinsiy
xromosomalar polisomiyasi va monosomiyasi.
Multifaktorial kasalliklar.Rivojlanish nuqsonlari.
9. ODAM GENETIKASINING TEKSHIRISH USULLARI.
(Nazariy)
Odam - genetik tekshirish obyekti sifatida. Odam irsiyatini o`rganishning geneologik,
egizaklar, biokimyoviy, sitogenetik, ontogenetik, populyatsion-statistik va h.k. usullari.
Geneologik usul - avlodlar shajarasini tuzish usuli.Geneologik usulni ishlatishda
qo`llaniladigan shartli belgilar.Avlodlar shajarasini tahlil qilib, irsiy kasalliklarning autosom -
retsessiv, autosom - dominant yoki jinsga birikkan holda irsiylanishini aniqlash.
Egizaklar haqida tushuncha. Egizaklarni tabiatdan: monozigot va dizigotali bo’lishi.
Egizaklarni o`rganish usuli - organizm belgilarini shakllanishida genotip va atrof muhit omillari
ta’sirini aniqlash vositasi ekanligi.
Odam irsiyatini o`rganishning biokimyoviy usuli va uning ahamiyati. Odam irsiyatini
o`rganishda qo`llaniladigan usullarning asosiy mohiyatini o`zlashtirish avlodlar shajarasini
tuzishni va uni tahlil qilishni o`rganish. Autosom dominant va autosom retsessiv tipda
irsiylanuvchi belgi va kasalliklar bo`yicha masalalar yechish.
X- dominant va retsessiv tipda irsiylanuvchi kasalliklar bo`yicha masalalar yechish.
10. IRSIY KASALLIKLAR PROFILAKTIKASI.
(Nazariy)
Irsiy kasalliklarning profilaktika turlari va formalari. Tibbiy genetik maslahat
uyushtirilishining mohiyati.Perspektiv maslahat, retrospektiv maslahat.Qon-qarindoshlik
nikohlarining oqibatlari.Perental diagnostika. Irsiy kasalliklarni davolash: simptomatik.
patogenetik, etiologic, xirurgik. Farmokogenetik davolash. Tibbiyot genetikasining huquqiy va
etik tomonlari.
1V. Fan dasturining informatsiyon – uslubiy ta’minoti
O’qitishda axborot texnologiyalari va texnik vositalaridan foydalanish samaradorligini
oshiruvchi: kompyuter, multimediya vositalari proyektor, video – ko’z (glazok) kabi didaktik
vositalaridan keng foydalanish zarur. O’quvchilarning fanni puxta o’zlashtirishini ta’minlash
maqsadida o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan, yangi information va pedogogik
tehnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va
uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, elektron materiallardan foydalaniladi.
V11. O’quv fanining o’zlashtirish darajasini nazorat qilish va baholash
”Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’quvchilarining bilim saviyasi, ko’nikma va
malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi to’g’risida Nizom”ga ga muvofiq amalga oshiriladi.
Asos: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Oliy
va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2008 yil 30
apreldagi 01-148 q/q-son, 118-son, 16q/q-son qarori.
Joriy nazorat - Og`zaki so`rov, yozma ishlar, testlar, mashg’ulot jarayonidagi mustaqil
faoliyat, uy vazifalari ya`ni o`qituvchi o`z amaliyotida qo`llaydigan barcha so`rov turlarini o`z
ichiga oladi;
Oraliq nazorat-semestr tamom bo’lganda va o’quv dasturining tegishli bo’limi
tugallangandan keyin amalga oshiriladi. Uning asosida o’quvchi reytingi aniqlanadi. Bilimlar,
malaka va ko’nikmalarni baholash uchun O.N imtihonlar, testlar, sinovlar, kurs va malaka ishlari
o’tkaziladi;
Yakuniy nazorat - o’qish tugallangandan keyin davlat attestatsiyasi, imtihonlar, testlar,
malaka ishlari, diplom loyihalarini himoya qilish shaklida amalga oshiriladi. Test, yozma savollar
xajmi fanga ajratilgan soatdan kelib chiqib belgilanadi.
V111.Foydalanilgan asosiy adabyotlar ro’yhati.
1. Fayzullayev S.S;, Gofurov A.T., Matchonov B.E. «Odam genetikasi ». Toshkent, «Ijod
dunyosi », 2003 y.
2. Olimxujayeva P.R., Inogamova D.R. «Tibbiyot genetikasi ». Toshkent, «Ilm-Ziyo » 2009
y.
3. Gofurov A.T., Fayzullayev S.S., Holmatov X. «Genetikadan masala va mashqlar ». -T.:
o`qituvchi. 1991 y.
4. NishonboyevK., XamrayevaF.A., EshonqulovO.E. «Tibbiyot genetikasi ». Toshkent, «Abu
ALI
Ibn Sino », 2000 y.
5. Nishonboyev K., Xamidov J.X., «Tibbiy biologiya va genetika ». Toshkent, «O’zbekiston Milliy
enstiklopediyasi », 2005y.
6. Inogamova D.R. «Tibbiyot genetikasi fanidan didaktik materiallar va masalalar
to’plami ». Toshkent, «Turon Iqbol », 2005y.
7. М.Азизов ва б. Гигиена. 2003.
8. С.Эсонтурдиев. Гигиена ва санитария-гигиена текшириш техникаси. 2007
Foydalanishga tavsiya etiladigan internet tarmoqlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |