O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 84,49 Kb.
bet4/17
Sana23.06.2022
Hajmi84,49 Kb.
#695585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
“SHE’RIYATDA POETIK TASVIR VA METAFORIK TAFAKKUR UYG’UNLIGI” (F.Afro\'z, Z.Mirzo, H.Ahmedova she’rlari misolida disss

Derazamga uriladi qor
Jaranglaydi jarangsiz kumush,-

Adabiy asrda so’z yoki so’zlar birikmasi o’z ma’nosida emas, ko’chma ma’noda qo’llanilishi adabiyotshunoslikda trop(yun. ko’chim) deb yuritiladi. Mumtoz adabiyotshunosligimizda bu tushunchani ifodalash uchun majoz atamasi qo’llangan.


Troplar, odatda , she’riy nutqni boyitadi, unda yangi mazmundagi yangi so’z birikmalarini yaratadi, shoirning tasvir obyektiga munosabatini ifodalashga imkoniyat tug’diradi. Shoir troplar vositasida tasvir obyektini individuallashtiradi, uni yanada aniqroq, yorqinroq ochadi. Kitobxon u haqida obrazli tasavvurga ega bo’ladi. Troplar g’oytda serqirra: “ Ikki predmet yoki hodisani chog’ishtirish, o’xshatish troplarga asos qilib olinadi. Ya’ni predmet, voqea-hodisa haqida aniq tasavvur hosil qilish uchun unga boshqa bir predmet yoki voqeaning belgisi ko’chiriladi, o’xshatiladi”.
Yuqorida keltirilgan she’rda shoir “jaranglaydi jarangsiz kumush “, metaforasini keltiradi. Ma’lumki, qorning kumushga ( rang o’xshashligi) o’xshatilishi ancha keng qo’llanadi.shoir shu asosda “kumush”ning yana bir assotsiatsiyatsiyasi uyg’otadi: qorning yog’ishini “kumush tangalarning sochilishi”ga o’xshatadiki,(jaranglaydi jarangsiz kumush) go’yo kimdir xayr-ehson qilib tanga sochayotgandek. Xalqimizda “qor” yog’ishi to’kinlikdan , barokatdan deb bilinishi sizga ma’lum. Ko’ramizki, qor shoirning assotsiativ fikrlashida aval “kumush”ni , keyin xalqimizning maishiy tafakkurida muqim o’rinlashgan inonchni uyg’otadi. Anglashiladiki, agar leksik metaforaning mazmuni bir so’z doirasida anglashilishi mumkin bo’lsa, matn ichidagi metaforaning ma’nosi matndagi boshqa so’zlar bilan aloqada oydinlashar ekan.
Metaforaning ildizlari antik davrlarga borib taqaladi. Xususan, Arastu metafora so’zini keng ma’noda, umuman, ko’chma ma’noli so’z ma’nosida qo’llagan.
Yunon mutafakkiri Arastu o‘zining “Poetika” asarida shoirga tavsiyalar berarkan, metafora qo‘llashda ijodiy mohorat kerakligini alohida uqtiradi va ta’kidlaydiki: “… faqat shunigina o‘zgalardan o‘zlashtirib bo‘lmaydi, bu qobiliyat iste’dodning belgisi bo‘lib xizmat qiladi. Axir, yaxshi metaforalar yaratish – o‘xshashlikni ko‘ra olish demakdir” . Anglashiladiki, Arastu metafora yaratish qobiliyatini tug‘ma iste’dod bilan bog‘liq tushunadi, shuning uchun ham buni boshqalardan o‘zlashtirib bo‘lmaydi, deydi. Albatta, faylasufning azalda bir-biriga uzviy bog‘liq bo‘lgan va shu sabab ularning genezisini bir butunlikda o‘rganish lozim deb uqtiradi. Keyin esa, insonda abstrakt (mavhum) tafakkur qilish imkonining ortishi barobarida, ularning orasidagi bog‘liqlik susayib borgan. Natijada, so‘z o‘zining obrazli tabiatini yo‘qotib, narsa-hodisaning abstrakt nomiga aylangan.
Biroq, olimning fikricha, ruhning bir sohasi borki, unda so‘zning obrazliligi (tasviriyligi) saqlanadigina emas, balki muttasil yangilanib turadi va bu soha poeziyadir. Sababi poeziya qadim ildizi – mif bilan aloqani uzmagan, aksincha, uning eng sara namunalari mif bilan mudom aloqada, unda olamga mifologik nazar tashlash qayta tug‘iladi. Faqat endi poeziyada yashovchi ruh so‘z va mifologik obrazni boshqaradi, endi ular ilohlar yo iblislarning mifologik olamini ham, abstrakt tushuncha yo munosabatlarning mantiqiy haqiqatini ham ifodalamaydi.
Aksincha, poeziya ulardan forig‘ bo‘lib, tahayyul olamiga aylanadi, bu olamda esa ruh erkin parvoz qiladi va shuning uchun ham konkretlashgan sof hislar o‘z ifodasini topadi. Zero, badiiy ifoda uchun qo‘llanuvchi so‘z poeziyada o‘zining yangi, estetik hayotini boshlaydi. Ko‘ryapmizki, E.Kassirer poeziyani ruh bilan bog‘larkan, unda so‘zning obrazli tabiati va olamga mifologik nazar qayta tug‘ilishini, shular tufayli so‘zning estetik hayoti boshlanishini ta’kidlamoqda.
Aslida, E.Kassirerning poeziyada olamga metaforik nazar qayta tug‘iladi, deyishida ham asos bor, chunki bu o‘rinda mifologik tafakkur o‘rnini egallagan poetik tafakkur nazarda tutiladi. E.Kassirerning fikrlarini boshqa olimlar fikri bilan chog‘ishtiradigan bo‘lsak, rus olimi A.Potebnya metaforiklik –“tilning doimiy xususiyati”, deganida har qanday so‘zni obraz deb tushunishni taklif qiladi. Shu bilan birga, olim obraz va u ifodalayotgan ma’no boshqa-boshqa narsalar ekanligining idrok etilishi bilan yuzaga keluvchi metaforani ham farqlaydi hamda buning natijasida mifologik tafakkur yo‘qola boshlaganini ta’kidlaydi[3].
Mifologik tafakkurning yo‘qola borishi bilan metaforaning paydo bo‘lishi orasida aloqadorlik mavjudligiga O.Freydenberg ham e’tibor qaratadi. Faqat olima buni mifga ishonch-e’tiqodning yo‘qolishiga emas, balki obrazli tafakkurdagi struktur o‘zgarishga bog‘lab tushuntiradi: obraz aniq o‘xshatib berish (mimesis)dan o‘quvchi diqqat markaziga talqin qilinayotgan ma’noni qo‘yish yo‘nalishida rivojlandi, natijada metafora yuzaga keldi. Xullas, mifologik tafakkur o‘rnini metaforik tafakkur egallashi inson ongining o‘sishi bilan bog‘liq hodisaga aylanib bordi.
Poeziyaning metaforaga moyilligi esa unda obyektiv olam – real voqelik bilan subyektiv olam – inson shaxsining to‘qnash kelishi tufayli bo‘lib, ularni oradagi o‘xshashlik orqali anglashga intilish metaforani taqozo etadi. Shuning uchun ham metaforaning keng tarqalgan asosiy ko‘rinishlari jonlantirish yoki predmetlashtirish asosida amalga oshadi.
Xususan, jonlantirish asosidagi metaforaning qadimiyroq ekani uning ildizlari mifologik tafakkurdan suv ichishidan dalolat beradi. Bu esa metafora mifologik tafakkur o‘rnini egalladi degani bo‘lib, poeziyada olamga mifologik nazar qayta tug‘iladi degan fikrni shu ma’noda tushunish kerak.
Yuqoridagilardan poeziyada so‘zning estetik hayotini ta’minlayotgan asosiy omil metaforiklik ekani ma’lum bo‘ladi. Shuning uchun ham poeziyada metaforaning o‘rni haqida juda ko‘p fikr bildirilgan. Jumladan, strukturalizmning taniqli namoyandalaridan biri R.Yakobson fikriga ko‘ra, “poeziya asosida o‘xshashlik prinsipi yotadi” va shu jihati bilan u “aloqadorlik”ka asoslanuvchi nasr bilan qarama-qarshilik hosil qiladi[5]. Akademik V.M.Jirmunskiy esa butun boshli adabiy yo‘nalish – romantizmning asosiy xususiyatini metaforiklikda ko‘radi, chunki romantizm uchun “metafora voqelikni romantik qayta yaratish usulidir”[6]. Shuningdek, ko‘p hollarda metafora, metaforiklik alohida shoir uslubining asosiy belgisi sifatida ham ko‘rsatiladi. Masalan, V.M.Jirmunskiy A.Blokni, R.Yakobson esa V.Mayakovskiyni “metafora shoiri” deb ataydilar. Bu esa metaforaning uslub belgilovchi xususiyati haqida gapirishga asos beradi. Shuning uchun ham V.M.Jirmunskiy metaforaga har doim bajarayotgan funksiyasi nuqtai nazaridan qarash kerak, chunki metaforaning qanday ishlatilayotgani shoir uslubi va dunyoqarashining o‘ziga xos xususiyati bilan bog‘liq deb yozadi.
X.Ortega-i-Gasset metaforaning fan va poeziyadagi o‘rni haqida to‘xtalib, metafora ilmda yordamchi maqomida bo‘lsa, poeziyada mohiyatni tashkil qilishini aytadi. Biroq, uning yozishicha, estetika metaforada faqat “go‘zallikning jozib jilvasinigina ko‘radi”, shu sababli unga haqiqat kategoriyasini tatbiq etmay, bilish quroli deb hisoblamay kelinadi. Bu esa poeziyaga tadqiqotchilik maqsadlari yot emasligini, uning ham fan kabi pozitiv faktlarni ochib berishga qodirligini sezishga xalaqit beradi. Holbuki, poeziyaning olamni bilishda o‘rni juda katta, biroq uning bu boradagi ahamiyatini juda kam odam tasavvur qila oladi.
Darhaqiqat, avvaliga poeziyaga xos hodisa, shunda ham nutq bezagi sifatida tushunilgan metafora endilikda fikriy faoliyatning barcha ko‘rinishlariga ham birdek xos ekanligi e’tirof etilishi ayon bo‘lib bormoqda. Gassetning fikridan shunday xulosa kelib chiqadiki, metaforani poeziyada ham faqat nutq bezagi emas, balki badiiy tafakkur asosi sifatida tushunilsa, to‘g‘ri bo‘ladi. Chunki metafora shoirga o‘zining ichki olamini (tashqi olamga qiyosan) va o‘zidan tashqaridagi olamni (ichki olamiga qiyosan) anglashga yordam beruvchi tengi yo‘q vositadir.
Yaxshi ma’lumki, hozirgi vaqtda metafora atamasi nafaqat nutq vositasida amalga oshuvchi badiiy kommunikatsiyaga, balki badiiy informatsiya yetkazishning boshqa turlari (masalan, raqs, kino, rassomlik)ga nisbatan ham qo‘llanadi. Shuning uchun ham Ortega-i-Gasset yuqorida tilga olingan maqolasida agar masalaga chuqurroq yondashilsa, ehtimol, “metafora” atamasidan voz kechishimizga to‘g‘ri kelgan bo‘lur edi, chunki u bizni chalg‘itib qo‘yishi mumkin, degan fikrni bildiradi. Albatta, faylasufning bu fikrida jon bor. Birinchidan, yunoncha “metafora” so‘zining lug‘aviy ma’nosi “ko‘chirish” bo‘lib, u dastlab umuman ko‘chma ma’noli so‘z (trop) sifatida ishlatilgan. Hozirda bu termin bilan faqat o‘xshashlik asosidagi ko‘chim yuritilishi ma’no torayishi natijasidir. Ikkinchi tomondan esa, ushbu atamaning qo‘llanilish doirasi, ma’no ko‘lami hozirda juda keng: metafora ma’noni bilvosita va obrazli ifodalashning har qanday ko‘rinishini anglatmoqda (masalan, rassomlik san’atidagi tasviriy obraz ham, agar ko‘chma ma’nosi bo‘lsa, metafora deb yuritilaveradi). Bundan tashqari, metafora ma’no ko‘lamini badiiy adabiyotda ham benihoya kengaytirgan. Natijada hozir biz o‘xshashlikka asoslanib ko‘chma ma’noda qo‘llangan birgina so‘zni ham, matnning bir bo‘lagi (misra, band; jumla, abzats;)da ifodalanuvchi obrazni ham, ba’zan esa butun boshli asarni to‘laligicha ham metafora deb atayveramiz. To‘g‘ri, keyingi ikki holni ba’zan “yoyiq metafora” yoki “metaforik obraz” deb aniqlashtirib ham ataymiz, lekin qisqa qilib “metafora” deyish ko‘proq uchraydi. Demak, poeziyada metafora terminining qo‘llanilish doirasi kengaydi, bu esa uning ma’no doirasi ham kengayganini bildiradi. Ya'ni, agar avvaliga metafora terminida ma’no torayishi (umuman ko‘chma ma’nodagi so‘z – o‘xshashlik asosidagi ko‘chma ma’noli so‘z) yuz bergan bo‘lsa, yangi davrdan boshlab unda ma’no kengayishi jarayoni kuzatiladi. Natijada endi metaforani juda keng, ya’ni poeziyada (umuman san’atda)gi bir narsa-hodisa mohiyatini ikkinchi bir narsa-hodisa orqali ochish deb tushunila boshlandi.
Yuqorida metaforani mohiyatan san’atning kichik modeli deyish mumkinligini aytdik. Metafora badiiy tafakkurning asosiy mexanizmi ekanligi, badiiy tafakkur metaforik shaklda kechishi shunday deyishga asosdir. Buni qanday tushunish kerak? Avvalo, san’atdagi, jumladan, poeziyadagi obraz konkret his etiladi, demak, u narsaning aksigina emas, balki uning o‘zi boshqa narsadir. Obraz o‘zi aks ettirayotgan narsani anglash vositasi ekanligini esga olsak, uning o‘zi tabiatan metaforik ekanligi ko‘rinadi.
Xuddi shunday yondashuv butun badiiy asarga nisbatan ham qo‘llanilishi mumkin, zero, estetika va adabiyotshunoslikda badiiy asarning o‘zi butun holicha bitta obrazga teng degan qarash mavjud. Demak, poeziyada metaforaning o‘rniga juda katta ahamiyat berilishi, uning asosida o‘xshashlik prinsipi yotadi deyilishiga yetarli asos bor. Sababi metafora prinsipi poetik asarning barcha sathlarida, tilidan boshlab kompozitsion qurilishigacha amal qiladi. Faqat muayyan asarda bu tamoyil sathlarning hammasida ham dominant xususiyat sifatida yaqqol ko‘zga tashlanmasligi mumkin. Masalan, V.M.Jirmunskiy “metafora shoiri” deb atagan A.Blok she’rlaridagi metaforiklik she’rning barcha sathlarida birdek namoyon bo‘ladi. Xuddi shu olim Pushkin uslubiga metaforiklik u qadar xos emas deb hisoblaydi[12]. Biroq, garchi metafora Pushkin she’rlarining tilida yoki kompozitsion jihatdan uyushtirilishida A.Blok she’rlaridagi kabi hal qiluvchi ahamiyat kasb etmasa-da, baribir, poetik obrazlari yoki she’rlarining har biri keng ma’nodagi metaforiklik prinsipi doirasidadir. V.M.Jirmunskiy ko‘plab darslik va qo‘llanmalarda eslatiluvchi mazkur fikriga dalil qilib Pushkinning mashhur “Ya vas lyubil” (“Men sizni sevardim”) she’rini keltiradi. Darhaqiqat, sakkiz misrali bu she’rda “sevgi so‘nmagan” (“Lyubov yeshyo bit mojet,V dushe moyey ugasla ne sovsem”) tarzidagi birgina metafora ishlatilgan. Lekin, tabiiyki, gap sonda emas, shu birgina metaforaning o‘zi she’r mazmunining asosini tashkil qiladi. Chunki o‘sha “so‘nmagan sevgi”, bir tomondan, lirik qahramonning she’rda murojaat qilinayotgan ayolga munosabatini belgilaydi, ikkinchi tomondan, lirik qahramon ichki olamini ochib beradi. Ya’ni she’r mazmuni, ruhi, hissiyotga boyligi “so‘nmagan sevgi” tufayli anglashiladi. Demak, bunda metaforaning ahamiyati juda katta, an’analarga sodiq Pushkin tilga ko‘p e’tibor berishiga qaramay, u qo‘llagan birgina metafora ham funksional jihatdan o‘ta faol, she’rda mazmuniy va hissiy jihatdan uyushtiruvchilik vazifasini bajaradi.
Pushkin she’ridagi birgina metaforaning ahamiyati haqida aytilgan fikrlardan shunday xulosa kelib chiqadiki, haqiqatan ham, metaforaga har doim funksional jihatdan qarash kerak. Faqat bu o‘rinda yuqorida keltirilgan V.M.Jirmunskiy fikrini biroz to‘ldirishga to‘g‘ri keladi. YA’ni metaforaga funksional jihatdan qarash faqat shoirning uslubi yoki dunyoqarashini anglash uchungina zarur bo‘lmay, metaforaning tabiati bilan bog‘liq yuzaga keluvchi zaruratdir. Shu zaruratdan kelib chiqib, bizningcha, metaforaga funksional jihatdan qaraganda, bir tomondan, uning shoirga dilidagini ifodalash, ikkinchi tomondan, she’rxonga ularni his qilishga qanchalik yordam berayotganini diqqat markaziga qo‘yish muhim. Zero, metafora ijodiy faoliyat mahsuli ekan, xuddi badiiy asar yoki obraz kabi ikkala tomonni, ijodkor va o‘quvchini birdek nazarda tutishni taqozo etadi. Shuning uchun ham metaforani “tilning tushi” deb atagan amerikalik faylasuf D.Devidson bu tushning ta’biri tush egasi bilan ta’birchi hamkorligida amalga oshishini uqtiradi.

Download 84,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish