O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 84,49 Kb.
bet1/17
Sana23.06.2022
Hajmi84,49 Kb.
#695585
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
“SHE’RIYATDA POETIK TASVIR VA METAFORIK TAFAKKUR UYG’UNLIGI” (F.Afro\'z, Z.Mirzo, H.Ahmedova she’rlari misolida disss



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI

Qo’lyozma huquqida


UDK


Berdiyeva Dilnavoz Orif qizi
SHE’RIYATDA POETIK TASVIR VA METAFORIK TAFAKKUR UYG’UNLIGI” (F.Afro'z, Z.Mirzo, H.Ahmedova she’rlari misolida)
5A 111201- O‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi bo`yicha magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan

MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI

Ilmiy rahbar: Karomova.Sh.L.
filologiya fanlari nomzodi


QARSHI-2022
MUNDARIJA
KIRISH.............................................................................................................

I BOB. SHE’RIYATDA METAFORIK TAFAKKURNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
1.1. Poeziyada metaforaning о‘rni..............................................................
1.2. She’riyatda metaforalar badiiyati.............................................................
Bob bo’yicha xulosalar………………………………………………………

II BOB. METAFORIK TAFAKKUR TABIATI VA USLUBIY YO’NALISHLAR
2.1. Timsollar tizimida metaforaning badiiy-estetik vazifasi............................ .
2.2. Hozirgi davr she’riyatida sо‘z va obraz munosabati.............. …………….
Bob bo’yicha xulosalar………………………………………………………...

III BOB. BADIIY TAFAKKUR TABIATI VA USLUBIY IZLANISHLAR
3.1. Shoir shaxsiyati va ijodiy individuallik...........................................................
3.2.Ijodiy uslubdagi o‘ziga xos mushtaraklik..........................................................
Bob bo’yicha xulosalar……………………………………………………………
XULOSA…………………………………………………………………………
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..


KIRISH
Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va dolzarbligi. Millat, xalqning o’zligini tanishi, idrok etishi,shaxs hayoti,erkinligi tuyg’ularini ifodalashda she’riyatning o’rni va ahamiyati benihoyadir. San’at- adabiyotning betakror salohiyati shundaki, u ayni shu davrdagi kishilar ong-u tafakkuri, hayot nafasi va jamiyat ehtiyojlari, xohishlarini tasvirlanayotgan mazmunga singdirib yuboradi. Natijada esa o’sha obyekt xalqlar, elatlar nazarini tortadigan, e’tiborini qozonadigan mohiyati bilan umumbashariy qadriyat maqomiga ega bo’ladi. Aynan adabiyot- so’z san’ati, tasvir obyektini o’zining poetik obraz tizimiga aylantirar ekan, ularni go’zallik qonuniyatlari nuqtayi -nazaridan qayta jonlantiradi, jilolantiradi. Muhimi shundaki, she’riyat ham tasvir obyektiga ezgulik, go’zallik, adolat va h.k. insoniy qadriyatlar asosida munosabat bildiradi. Darhaqiqat, ana shu mohiyati bilan san’at asari umumbashariy mazmun kasb etadi. Badiiy asarning o’lmas qadriyat darajasiga ko’tarilishi va bu maqomni yo’qotmasligi, e’zoz- ehtirom topishining sababi ham shundadir. Binobarin, “Ona tilimiz va milliy adabiyotimizni ulug’lash, uning boy xazinasi,tarovati va nafosatini yosh avlodimizga yetkazish maqsadida yurtimizda atoqli shoir va adiblarimiz nomlaridagi ijod maktablarini tashkil etdik. …A.Oripov, I.Yusupov, H.Xudoyberdiyeva, M.Yusuf nomidagi ijod maktablarida, eng avvalo, o’zbek tili va adabiyotini, badiiy ijod sirlarini chuqur o’rganish uchun barcha sharoit yaratilmoqda”.1
Ijodkorlarning olamni poetik obraz orqali tadqiq etish uslubi ham zamonga mos ravishda yangilanib,bu o’zgarishlar she’rning ruhida ham, shaklida ham namoyon bo’lmoqda. Mustaqillik davri she’riyatida hissiyot, xohish, qalb evrilishlarini tadqiq qilish, odam va olam munosabati, inson ruhiyatidagi rangin tuyg’ularni poetik kashf etishga intilish kuchaydi. Bunda esa metaforik tafakkurning o’rni ahamiyatga molikdir. Hozirgi o‘zbek adabiyoti she’riyatidagi dolzarb vazifalardan biri ham metaforik tafakkur talqini bilan bog‘liq. Haqiqatan, she’riyatda ushbu muammoni o‘rganish muayyan davr poeziyasining adabiy-estetik qiymatini belgilashda ham o’rinlidir. XXI asr dunyo ilm -fanida konkret badiiy obrazning metaforik talqini bilan munosabatiga oid materiallarga asoslangan tadqiqotlar ko’lami kengayib bormoqda. Olamni estetik idrok etish, so’z qo’llash mahorati, badiiyat va metafora, obraz va metafora, metafora va badiiy asr tili kabi masalalarga keng o’rin berilmoqdaki, bu holat shoir va yozuvchining olamni idrok etish prinsiplarini belgilashda muhim rol o’ynaydi.
Yangi o‘zbek she’riyatida o‘zining samimiy tili o’ynoqi va mahzun, shiddatli va sokin ohanglari bilan badiiy tafakkurimiz miqyosini kengaytirayotgan va hozirgi o‘zbek she’riyatida o‘z uslubi, tafakkuri va qarashlari bilan an’anaviy dunyoqarashimizga o‘zgarish kiritgan ayrim shoirlar ijodi tadqiqot asosini tashkil etadi.
She’riyatda metaforik ko‘rinishdagi ifoda imkoniyatlari, poetik tasvir va uslub izlanishlarning mohiyati F.Afro‘z, X.Ahmedova, Zebo Mirzo kabi shoirlar ijodi misolida ochib berish ishning dolzarbligini belgilaydi.
Tadqiqotning o’rganilganlik darajasi. Ilmda “metafora” termini paydo bo’lganidan beri o’tgan ikki yarim ming yildan ortiq vaqt davomida metafora va metaforiklik masalalariga bag’ishlangan ko’plab tadqiqotlar amalga oshirilgan. Antik davrlarda metaforaga, asosan, ritorikaning obyekti sifatida qaragan bo’lsa, keyingi davrlarda unga poetikaning-poetik stilistikaning obyekti sifatida qaraldi. Sharq va g’arb olimlari tomonidan atroflicha talqin etildi. Metaforani faqatgina ko’chim yoki badiiy vosita emas, balki inson tafakkurining , xususan, obrazli tafakkurning muhim mexanizmlaridan biri sifatida tushunish bilan bog’liq holda XIX asr o’rtalaridan adabiyotshunoslik qatori tilshunoslik, falsafa, mantiq psixologiya, semiotika kognitologiya kabi ilm sohalari ham o’zining qiziqishlari doirasida tadqiq etib keladi. O’zbek adabiyotshunosligida ham metaforani ko’chim sifatida tushunish barham topib, uning badiiy asar, badiiy tafakkurda tutgan o’rni, ijodkor uslubini belgilovchi xususiyati o’tgan asrimizning 80-yillaridan o’rganila boshlandi. Shuning bilan birga metaforani tilshunoslik nuqtayi- nazaridan tadqiq etilgan, alohida ijodkor she’riyatida tutgan o’rnini o’rganishga bag’ishlangan tadqiqotlar yaratildi. Shuningdek, katta avlodga mansub O. Sharafiddinov, U. Normatov, B. Nazarov, N. Karimov, B. Akramov,
A. Rasulov, I.G‘afurov, N. Rahimjonov, Q.Yo‘ldoshev kabi olimlarning ilmiy tadqiqotlarida o‘zbek she’riyatiga xos xususiyatlariga doir qarashlar bor.
D. Quronov, N.Jabborov, U. Hamdamov, U. Jo’raqulov, S. Meliyev, A. Ulug‘ov, M. Olimov kabi adabiyotshunos olimlarning qator ilmiy tadqiqot va monografiyalarida zamonaviy o‘zbek she’riyatining ayrim masalalari muhokama etilgan. Ayni chog‘da istiqlol davri o‘zbek she’riyatidagi metaforik tafakkur uyg‘unligining o‘ziga xos qirralari biz nazarda tutgan ijodkorlar misolida, yaxlit holda, maxsus o‘rganilmagan.

Download 84,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish