O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi


Indometatsin quruq qiyomini gigroskopikligini o‘rganish



Download 435 Kb.
bet24/25
Sana17.06.2021
Hajmi435 Kb.
#68727
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
dori vositalari

2.3 Indometatsin quruq qiyomini gigroskopikligini o‘rganish.

Indometatsin quruq qiyomini gigroskopikligini o‘rganish.

Faol substansiyalarni xavodan suv bug‘ini tortib olish xossasi – gigroskopiklik deb ataladi. Moddalarning bu xossasi xavo tarkibidagi bug‘larning tarangligi, modda zarrachalarining yuzasidagi taranglikka nisbatan ko‘p bo‘lganda sodir bo‘ladi, bunda gigroskopik xossaga ega bo‘lgan moddalar xavo tarkibidagi bug‘larni yutib, shu yutilgan namlikda eriy boshlaydilar. Fizikaviy jixatdan bu xodisani kengroq talqin etish uchun nam xavoning asosiy omillarini va faol substansiyalar tarkibidagi namlikni bog‘lanish turlariga to‘xtalib o‘tish lozimdir.

Nam xavoni ta’riflovchi asosiy omillarga absolyut va nisbiy namlik, yoki xavoning to‘yinish darajasi, xavoning namlik va issiqlik (entalpiya) saqlashi kabi tushunchalar kiradi. Nam xavo bu quruq xavo va suv bug‘laridan tashkil topgan aralashma, u bir vaqtning o‘zida namlik va issiqlik saqlovchi yoki tashuvchi manbaa bo‘lib xizmat qiladi.

Absolyut namlik deb, bir kubometr nam xavo tarkibidagi suv bug‘i miqdoriga (kg) aytiladi.

Nisbiy namlik yoki xavoning to‘yinish darajasi ma’lum, teng sharoitdagi (xarorat, xajm, barometrik bosim) bir kubometr nam xavo tarkibidagi suv bug‘i massasining bir kubometr xavo tarkibidagi maksimal suv bug‘i massasidagi to‘yingan bug‘ zichligiga nisbatidir. Nisbiy namlik xavoning nam yutishini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri. Suv bug‘i bilan to‘yinish borasida xavo namlanadi, uning xarorati pasayadi va xajmi o‘zgaradi. SHuning uchun xavoning namligini ifodalovchi “absolyut namlik” tushunchasi o‘rniga absolyut quruq – xavo massa birligi tarkibida saqlangan namlik miqdorini aniqlash qulay. Xavoning namligi deb bir kilogramm absolyut quruq xavo hisobiga to‘g‘ri keladigan nam xavo tarkibidagi suv bug‘ining (kg) miqdoriga aytiladi. Nam xavoning issiqlik saqlashi deb (entalpiya) ma’lum xavo xaroratida (oS da), absolyut quruq xavo Sqx t va suv bug‘i x ip (Dj/kg quruq xavo) entalpiyalarining summasiga aytiladi:

I = Sqx t + x ib

bu erda

Sqx t – absolyut quruq xavoning o‘rtacha solishtirma issiqlik saqlashi, bu son 1000 Dj/(kg grad)(0,24 kkal/(kg grad) tashkil etadi;

ib – suv bug‘ining entalpiyasi, Dj/kg.

Texnologik jarayonlarga ta’sir etishini izoxlash uchun nam xavoning asosiy xossalarini to‘la ifodalovchi doimiy bosim r=760 mm sm ust. (=99 kN/m2 ) uchun nam xavo I – x diagrammasi L.K.Ramzin tomonidan taklif etilgan. Ushbu diagramma xavoning doimiy entalpiyasiga ega sharoitda nam xavoning quruq material bilan muloqotga kirishi, ayniqsa bug‘-xavo aralashmasidan suvni kondensatsiyaga uchrashini (tr) izoxlaydi. Boshlang‘ich ma’lum bir haroratga ega (t1) va doimiy namlik saqlagan xavoning “shudring nuqtasi”gacha sovushi (tsh), uning tarkibidagi namlikning kamayishiga sabab bo‘lmaydi, biroq “shudring nuqtasi” dan haroratni ko‘proq pasayishi, xavo tarkibidagi namlikni ma’lum bir qismini kondensatsiyaga uchrab, miqdori kamayishiga olib keladi. Xavoning nisbiy namligi Wnisb=100% ni tashkil etganda suvning erkin bog‘lanish energiyasi E=O ga teng bo‘ladi. Qanchalik qattiq jismda namlik kam saqlansa shunchalik undan namlik bug‘latish uchun ko‘p ishchi kuchi sarflash lozim. Ma’lum bo‘lishicha stexiometrik nisbatda material bilan kimyoviy bog‘langan namlik eng mustaxkam deb hisoblanadi va u faqat o‘ta yuqori haroratda yoki kimyoviy reaksiya natijasida qattiq jismni tark etishi mumkin. Bu namlikni quritish jarayonida bartaraf etish mumkin emas. Quritish jarayonida qattiq jismlar fizik-kimyoviy va asosan mexanik bog‘langan namlikni yo‘qotadi. Fizik-kimyoviy bog‘langan namlikka misol qilib, adsorbsion (polimolekulyar va monomolekulyar qatlamlar namligi) va osmotik bog‘langan namliklarni keltirish mumkin.

Adsorbsion namlik – lipofil guruxlarning molekulalar aro kuch maydoni (Van-der Vaals, vodorod, elektrostatik kuchlar) yordamida zarrachalarning atrof muxit chegarasida ushlab turadigan namlikka aytiladi. Bu namlik umumiy bo‘kish namlik hisobiga kiradi. Adsorbsion namlik material bilan qattiq birikishi tufayli bog‘langan namlik ham deb yuritiladi. Qattiq jismlarning sirti erkin potensial energiyaga ega bo‘lishi sababli gaz va suv bug‘larini adsorbsiyalaydi. YUqorida ta’kidlaganimizdek xavodagi bug‘larning tarangligi modda zarrachalarining yuzasidagi taranglikka nisbatan ko‘p bo‘lganida, namlikning adsorbsiyalash xossasi kuzatiladi. Adsorbsiyalanish natijasida suv bug‘ining hajmi kamayadi va kondensatsiyaga uchrab suvga aylanadi. Adsorbsiya jarayoni kolloid jismlarning nafaqat sirtida, balki ichki qatlamlarida ham kuzatiladi. Adsorbsiya jarayonining sodir bo‘lishi bilan birga gidrotatsiya issiqligi ajralib chiqadi, bunga sabab materialni sirtqi potensial energiyasi issiqlikka aylanishidir. Material tarkibidagi namlik miqdori ortib borishi bilan ajralib chiqayotgan issiqlik miqdori kamayadi va oxiri 0 ga teng bo‘ladi. Issiqlik ajralib chiqishi bilan yutilgan namlik miqdori va qattiq jism, suyuqlik hamda nam materialning hajmlarining ayrimasiga teng son - gidrotatsion namlik deb yuritiladi. Demak gidrotatsiya adsorbsion namlikni birikish jarayonidir. Gidrotatsion namlik esa adsorbsiyalangan namlik miqdori qanchalik materialning sirtki maydoni ko‘p bo‘lsa shunchalik adsorbsiya jarayoni tez kechadi. G‘ovakli materiallarda qanchalik g‘ovak katta bo‘lsa, shuncha adsorbsiya sekin ketishi kuzatiladi.

Fizikaviy jihatdan namlikni adsorbsiyalash jarayoni uchun tezlik, qaytaruvchanlik, harorat ko‘tarilishi bilan adsorbsiyalangan namlikning miqdorini kamligi kabi sifatlar bilan tavsiflanadi. Qattiq jismlar namlikni adsobsiyalashi natijasida qattiq yoki ayrim xollarda suyuq eritmalar xosil qiladi. Ko‘pincha adsorbsiyalangan namlikda qattiq jismlarning butkul erib ketmasligiga adsorbsion qatlamda namlikni ma’lum bog‘langan xolda bo‘lishi, adsorbsiyalangan namlikning zichligi birdan farq qiladi va u nisbatan past haroratda muzlaydi.

Fizik-mexanik bog‘langan namlikka mikro va makro kapillyarlardagi va bo‘kish namlikni misol qilib keltirish mumkin. G‘ovak materiallarda kapillyar kondensatsiya jarayoni kuzatiladi. Bu faqat kritik haroratdan past bo‘lgan haroratda kondensatsiyaga uchraydi. Kondensatsiyaga uchragan suyuqlik g‘ovak devorlarini yaxshilab namlasa, kapillyarlar ichidagi suyuq adsorbsion qatlamlar tutashishi natijasida ichki botiq menisk xosil bo‘ladi. Botiq menisk ustidagi bug‘ to‘yinishi natijasida kondensatsiya sodir bo‘lib, materialning g‘ovaklari suyuqlikka to‘ladi. Kapillyar kondensatsiya jarayonning o‘ziga xosligi bir xil haroratda botiq menisk ustidagi to‘yingan bug‘ bosimi yassi yuza ustidagi to‘yingan bug‘ bosimiga nisbatan kichik bo‘ladi. Bu xol kapillyarlarda bug‘ kichik bosimda ham kondensatsiyaga uchrashi kuzatiladi. Qanchalik kapillyar radiusi kichik bo‘lsa, shunchalik botiq menisk ustidagi bug‘ bosimi kam bo‘ladi. SHuning uchun avval kichik so‘ngra yirik kapillyar kondensatsiyaga uchragan suvga to‘ladi.

Kapillyar kondensatsiya jarayoni ikkilamchi jarayon bo‘lib, adsorbsion kuchlar evaziga emas, balki kapillyar ichidagi suyuqlik xosil qilgan ichki botiq menisk sirtiga bug‘ molekulalarini tortish kuchi hisobiga sodir bo‘ladi. Kapillyar kondensatsiya tez-bir necha daqiqa ichida sodir bo‘ladi. Kapillyar kondensatsiya jarayonini tasvirlovchi sorbsiya izotermasi S shaklida bo‘ladi. Bu izotermaning o‘ziga xos ta’rifi to‘g‘ri chiziq boshida ma’lum adsorbsiya chegarasi mavjud bo‘lib, kondensatsiyaga uchragan bug‘ning miqdori ortishi natijasida ma’lum bosimda egri chiziqning tepaga ko‘tarilishi kuzatiladi. Kapillyar kondensatsiya jarayonining o‘ziga xosligi sorbsion gisterzis natijasida sorbsiya va desorbsiya izotermalarini bir biriga mos kelmasligi, bu xol g‘ovakdagi xavoni kapillyar devorini to‘la namlanashiga xalaqit berishi va kapillyarning shakli va o‘lchami turli bo‘lishiga bog‘liq. Makrokapillyar ichidagi namlik qattiq bog‘langan bo‘lmaganligi sababli uni erkin namlikka tavsiflash mumkin.

Bo‘kish namligi deb, materialning osmotik zarrachalari tomonidan bo‘kilgan yoki kolloid tizimda immobillashgan ma’lum namlikka aytiladi. Bo‘kish namligi material tomonidan yutiladi va bunda uning hajmi ortishi kuzatiladi. Sochiluvchan materiallar tarkibida faqat kimyoviy bog‘langan namlik saqlansa, u quruq deb hisoblanadi. Agar sochiluvchan material tarkibida bog‘langan namlik bo‘lsa, biroq erkin namlik bo‘lmasa, bunday material quruq yoki tabiiy nam deb ataladi.

Dori substansiyalarini nam tortish xossasini o‘rganish katta amaliy ahamiyatga ega, xususan bu ko‘rsatkich tayyor dori vositalarini turg‘unligini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Nam tortish xossasi yuqori bo‘lgan faol substansiyalardan olingan granulalarning adgezion xossasi yuqori bo‘ladi, bu esa quruq qiyomning sochiluvchanligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi hamda parchalanishi bo‘yicha ko‘pincha talab darajasida bo‘lmaydi.

Tekshirilayotgan quruq qiyom nam tortish xossasini sun’iy ravishda yaratilgan, har xil nisbiy namliklarga ega bo‘lgan muhitlarda o‘rganish lozim deb topildi.

Tekshirilayotgan quruq qiyomning nam totish xossalari S.A.Nosovitskaya va uning muallifdoshlari taklif etgan usulga muvofiq aniqlandi.

Bunda eksikatorlarda mos ravishda 58, 79, 90 va 100% nisbiy namlikka ega bo‘lgan muhitlar hosil bo‘ladi. Har bir aloxida eksikatorda joylashgan kukun tomonidan sorbsiyalangan namlikning miqdori xar 3 soatda so‘ng 3 kun davomida aniqlandi.



Jadvaldagi natijalardan kurinib turibdiki, indometatsin kuruk kiyomining namlikni yutishi 100% nisbiy namlikda, 216 soat davomida maksimum 23,36% ni tashkil kilgan. SHu bilan birga 90%, 79% va 58% nisbiy namliklarda mos ravishda 21,82%, 11,72% va 10,48% ni tashkil kilgan.

Olingan natijalarni rasm kurinishida ifodalaydigan bulsak (2-rasm), 90 va 100% nisbiy namlikda olib borilgan tajriba natijalari 72 soatda maksimum natijani namoyon kilib, 216 soatgacha bulgan vakt oraligida deyarli uzgarmagan. Bundan xulsoa shuki, indometatsin kuru kiyomining maksimum darajada namlikni yutishi 72 soatda namoyon bulib, u urtacha 22,6% ni tashkil kilgan.

Shu bilan birga 58 va 79% nisbiy namliklarda olib borilgan natijalar indometatsin kuruk kiyomini maksimum darajada namlikni yutishi 144 soatda namoyon bulib, kolgan vaktda deyarli uzgarmagan. Natijada bu nisbiy namliklardagi tajriba natijalari indometatsin kururk kiyomini urtacha 11,1% gigroskopiklikka ega ekanligini kursatadi.

Olib borilgan tajriba natijalariga kura indometatsin kuruk kiyomi ishlatish davomida urtacha 79% gacha bulgan namlikda uzining turgunligini namoyot kila oladi deb xulosa kilishimiz mumkin.

Xulosa

Xulosa qilib aytganda standartlashtirishning asosiy maqsadlari:

- mahsulotlar, jarayonlar, ishlar va xizmatlarning (bundan buyon matnda "mahsulot" deb yuritiladi) aholining hayoti, sog’lig’i va mol-mulkiga, atrof-muhit uchun xavfsizligi, resurslarni tejash masalalarida iste‘molchilar va davlat manfaatlarini himoya qilishdan;

- mahsulotlarning o’zaro almashinuvchanligini va bir-biriga mos kelishini ta‘minlashdan;

- fan va texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek aholining hamda xalq xo’jaligining ehtiyojlariga muvofiq holda mahsulot sifatini hamda raqobat qila olish imkonini oshirishdan;

- barcha turdagi resurslar tejalishiga ko’maklashishdan, ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini yaxshilashdan;

- ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar va loyihalarni amalga oshirishdan;

- tabiiy va texnogen falokatlar hamda boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish xavf-xatarini hisobga olgan holda xalq xo’jaligi ob‘ektlarining xavfsizligini ta‘minlashdan;

Yordamchi materiallar – tayyor mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniladigan biroq, alohida dori sifatida foydalanishga mo’ljallanmagan modda yoki materiallar.

Tayyor mahsulot – ishlab chiqarishning barcha bosqichlarini shu jumladan o’rash va markalash bosqichini ham o’tagan dori shakli.

Tayyor dori vositasi – davolash hususiyatiga ega bo’lgan dori shakli xususiy iste‘molchiga davolash uchun qulay bo’lgan shaklda sotishga tayyorlangan dori vositasi.

Karantin – xom ashyo, yordamchi, o’rov, markalash materiallarining, yarim tayyor mahsulotning alohida joyda saqlanayotgan yoki ularni ishlatishga qaror chiqarilguncha sotilish va foydalanishni ta‘qiqlaydigan huquqiy xolatlardir: sotilish, yaroqsizlarni ajratish yoki qayta tiklash.

Sifat - tayyor mahsulot xususiyati va undan foydalanish uchun belgilangan standartlarga ya‘ni ro’yhatga kiritilgan texnologik jarayonni asosiy parametrlariga mosligini aniqlab beruvchi belgilar yig’indisidir.

Xonaning tozalik darajasi – xonaning ―toza‖ yoki ―tozalik‖ darajasi 1 m3 havoda ma‘lum kattalikdagi mexanik zarrachalar va mikroorganizm miqdoriga qarab belgilanadi.

Kodlashtirish – tayyor mahsulotni avtomat tarzda bir turda ekanligini taqqoslash imkonini beruvchi yozuvlar tizimi.

Ishlab chiqarish jarayoni nazorati – tayyor mahsulot sifatini me‘yoriy hujjat talablariga mosligini ta‘minlash uchun chiqarilayotgan mahsulotni ishlab chiqarish jarayonini kuzatish maqsadida tegishli texnologik parametrlarga korrektirovka kiritishni bosqichma-bosqich nazorat qilish turlarini amalga oshirish. Atrof muhit va jihozlar tozaligi nazorati ishlab chiqarish jarayoni nazoratining bir qismi hisoblanadi.

Dori moddalari (substansiyalar) – ishlatishga ruhsat berilgan tabiiy va sun‘iy biologik moddalar


Download 435 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish