O‚zr konst o‚rganish 3826. qxd


Davlatning ichki va tashqi



Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/113
Sana20.04.2022
Hajmi0,58 Mb.
#564703
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   113
Bog'liq
14-O‘zb-Res-Kons-ni-o‘rganish-X.Odilqoriyev-va-bosh-Toshkent-2010

Davlatning ichki va tashqi
siyosati yo‘nalishlari pirovard maqsadi
chinakam
mustaqil O‘zbekistonni barpo etishdir. 
Bosh vazifa
xalqchil adolatli jamiyatni bunyod etishga qaratilgan.
Bu maqsad va vazifani amalga oshirish yo‘lida islo-
hotlar olib borilib, bu borada bir qator yutuqlar qo‘lga
kiritilmoqda. O‘zbekistonning jahondagi nufuzi yana-
da oshib bormoqda.
XX asr oxirlariga kelib, O‘zbekistonni suveren
davlat sifatida dunyoning barcha mamlakatlari tan
olgani va jahon hamjamiyatining barcha davlatlari u
bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgani respublikaning
ulkan nufuzini ko‘rsatadi. Bugungi kunda Toshkentda
43 mamlakat elchixonalari va 9 xorijiy davlatning
Faxriy konsulxonalari faoliyat ko‘rsatishi ham diqqat-
ga sazovor. Shu bilan birga ko‘plab chet davlat
vakolatxo nalarining ro‘yxatdan o‘tganligi, hukumat-
lararo tashkilotlar va nodavlat tashkilotlari ning ishlab
turganligi ahamiyatga molikdir. 
Hozirgi kunda O‘zbekiston 150 dan ortiq davlatlar
bilan savdo-iqtisodiy aloqalar o‘rnatgan. O‘zbe 
-
kistonda 25 mingdan ortiq eksport-import opera 
-
tsiyalari o‘tkazadigan korxonalar ro‘yxatga olingan.
3000 dan ziyod xorijiy investitsiyalar ishtirokida kor -
xona tuzilgan. Bular xalq xo‘jaligining barcha tarmoq -
larida faoliyat ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining chet el diplomatik


126
vakolatxonalari AQSH, Germaniya, Fransiya, Tur 
-
kiya, Rossiya, Hindiston, Pokiston, Misr va boshqa
davlatlarda faoliyat ko‘rsatib turibdi. 
Dunyoda o‘ziga xos boy madaniy va ma’naviy
qadriyatlariga ega bo‘lgan 1600 dan ortiq etnik guruh
yashaydi. Ularning ko‘pchiligi o‘z milliy davlatchiligi-
ga ega emas. Bugungi kunda dunyo siyosiy xaritasida
ikki yuzdan ortiq davlat bor. Ana shu davlatlar orasi-
da O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida tarix sahnasi-
da o‘z o‘rniga ega bo‘lib, xalqaro miqyosda nufuzi
ortib bormoqda. 
O‘zbek milliy davlatchiligi tarixiy ildizlari qadimiy
bo‘lib, hatto dunyoda ilk davlatchilik yuzaga kelgan
o‘lkalar bilan davlatchilik shakllanish va rivojlanish
tarixi bo‘yicha bellasha oladi. Chunki biz yashab tur-
gan o‘lka qadimiy sivi 
lizatsiya o‘choqlaridan biri
bo‘lgan. Davlatchilik 2500 yil muqaddam shu zamin-
da qaror topgan. Buyuk Xorazm, Baqtriya davlat bir-
lashmalari o‘zbek davlatchili 
gining ibtidosidir.
O‘zbekiston zaminida yashayotganligimizdan va shu
yurt farzandi ekanligimizdan qalbimiz faxr-iftixorga
to‘ladi.
Mustaqil O‘zbekiston davlati taraqqiyotiga tahdid-
lar yo‘q emas. Bu tahdidlardan Konstitutsiya qudratli
kuch sifatida himoya qila oladi. Har qanday tahdiddan
ogoh bo‘lishga undaydi va ularga qarshi kurasha olish
yo‘lini ko‘rsatib beradi. Davlat mustaqilligiga va mam-
lakatimiz xavfsizligiga raxna soluvchi tahdidlar
quyidagilardir: mintaqaviy mojarolar; diniy ekstre mizm
va fundamentalizm; buyuk davlatchilik shovinizmi va
agressiv millatchilik; etnik va millatlararo ziddiyatlar;
korrupsiya va jinoyatchilik; mahalliychilik va urug‘-
aymoqchilik; ekologik muammolardir. Bu tahdidlar
jamiyatni tanazzulga yetaklaydi va inson huquqlari
buzilishiga olib keladi. Shuning uchun Konstitutsiyada
bu tahdidlardan himoyalanish mexanizmining barcha
huquqiy jihatlari mustahkamlab qo‘yilgan.


127
Sizlar maktabda «Davlat va
huquq asoslari» fanini o‘qi 
-
gan vaqtlaringizda davlat
shakllari: davlat tuzilishi va davlat boshqaruvi, davlat
siyosiy rejimi tushunchala 
rining mohiyatini o‘rgan-
gansiz. Davlat tuzi 
lishi shakli uch turda: unitar
(oddiy), konfederativ va fe 
derativ (murakkab) shakl-
larda bo‘ladi. 
O‘zbekiston o‘zining davlat shaklini aniqlashda
respublikamizning o‘ziga xos sharoitlari, tarixiy tajriba
va an’analarini, milliy mentaliteti, ya’ni xalqimizning
fikr yuirtish, jamiyat hayotini anglash va talqin qilish
sohasidagi hamda davlat qurilishi borasidagi jahon
amaliyoti yutuqlari inobatga olinib, davlat tuzilishi 
-
ning eng mukammal shakli tanlandi. O‘zbekiston
Respublikasiga davlat tuzilishining unitar shakli xos-
dir. Biroq, O‘zbekiston davlati tuzilishi o‘ziga xos
xususiyatlarga ham ega. Uning tuzilish tarkibida
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ham mavjud. Shu nuq-
tayi nazardan olib qaraganda federativ davlat tuzilishi-
ga xos ba’zi elementlarni davlatchiligimiz o‘z mazmu-
nida mujassam etadi. O‘zbekiston yagona hudud,
yagona fuqarolik, yagona qonuniylik, yagona Oliy
davlat hokimiyatiga ega markazlashgan unitar davlat-
dir. Unitar davlatlarga Qozog‘iston, Turkmaniston,
Tojikiston, Qirg‘iziston, Fransiya, Italiya va shu kabi-
lar kiradi. Unitar davlatdan federativ davlatning farqi
shundan iboratki, federativ davlat bir necha mustaqil
davlatlar yoki alohida hududlarning birlashishi nati-
jasida yuzaga keladi. Federativ davlatlarga AQSH,
Germaniya, Hindiston, Rossiya misol bo‘la oladi.
Federativ davlat federal hokimiyat tizimiga, federal
qonunchilikka, federatsiya subyektlarining tengligiga
va ularning o‘ziga xos mustaqillik belgilariga ega
bo‘ladi. 
O‘zbekiston Konstitutsiyasi o‘zbek davlatchiligi
tarixiy tajribalarini asosli yo‘sinda aks ettirib, bu jihat

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish