Qurilish materiallari


Atmosfera ta'siriga chidamlilik



Download 11,91 Mb.
bet8/234
Sana03.06.2022
Hajmi11,91 Mb.
#631778
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   234
Bog'liq
87335e24eba21a87db21910cfd00a2cb QURILISH MATERIALLARI

Atmosfera ta'siriga chidamlilik deb materialni 25 va undan ko'p marta namlanib quritilganda, uning shakli va mustahkamligining o'zgarishiga aytiladi. Tashqi muhitda yog'ingarchilik, quyosh radiatsiyasi, shamol, turli gazlar va shu kabilar ta'sirida materiallar asta-sekin buzila boshlaydi. Ayniqsa, yuqori harorat kompozitsion materiallar tarkibidagi namni bug'lantirib, uning kimyoviy tarkibini o'zgartiradi va mustahkamligini pasaytiradi. ,
Ularning tashqi omillar ta'siriga chidamliligini issiq-sovuqqa bardoshliligi orqali ifodalash maqsadga muvofiq. Bu omillar ta'siri laboratoriya sharoitida «sun'iy iqlim kameralarida» aniqlanadi.
Kimyoviy chidamlilik – korroziya. Materialning kislota, ishqor, tuz eritmalari va gazlar ta'siriga qarshilik ko'rsatish xususiyati ki­myoviy chidamlilik deyiladi. Kimyo, neft-gaz, metallurgiya va shu kabi sanoat tarmoqlarida, sho'rlangan yerlarda ishlatiladigan mate­riallar va konstruksiyalar agressiv suyuqlik va gazlar ta'sirida buziladi.
Tabiiy tosh materiallari (ohaktosh, marmar, dolomit) kislotalar ta'sirida tez buzilsa, bitum va plastmassalar esa bu muhitga chidamli, ammo ular ham to'yingan ishqor eritmalarida buziladi. Maxsus tarkibli qoplama va polbop keramik plitkalar hamda quvurlar, plastmassalar, bitum agressiv muhit ta'siriga chidamli hisoblanadi.


1.5. Issiqlik-fizik xossalar
Issiqlik o'tkazuvchanlik. Materiallarning bir yuzasi issiq, ikkinchi yuzasi sovuq bo'lsa, undan issiq oqimi o'tadi. Mate­rialning bu xossasi issiqlik o'tkazuvchanlik koeffltsiyenti A orqali ifodalanadi.
Issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsiyenti haroratlar farqi (tt~t2) 1°С bo'lgan holda, qalinligi 1 m, yuzi 1 m2 bo'lgan namunaning bir yuzasidan ikkinchi yuzasiga o'tkazilgan issiqlik miqdori bilan
ifodalanadi. Binobarin, devordan τ soat vaqt ichida o'tgan issiqlik miqdori – Q quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Q = λ[S∙(t1-t2)∙τ]/a,
bunda: Q - issiqlik miqdori, kJ;
S - namunaning yuzi, m2;
τ - issiqlik o'tish vaqti, soat;
(t1-t2) - material yuzasidagi haroratlar farqi, °C;
a – devorning qalinligi, m.
Bu formuladan λni aniqlaymiz:
λ=Q∙a/[S-(t1-t2)∙τ), (W/meC).
Agar a = 1 m, S = lm2, t1-t2=1°С va r = 1 soat bo'lsa, u holda λ = Q.
Issiqlik o'tkazuvchanlik materialning g'ovakligi va strukturasiga bog'liq. Organik zich materiallar (plastmassalar. bitumlar) uchun 0,25-0,35, noorganik zich materiallar uchun λ =5,0 W/(m °C) gacha bo'ladi. Havoning issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsiyenti nihoyatda kichik bo'lganligi uchun (λ =0,02) material havo, gaz yoki suv bilan to'lganligiga bog'liq bo'ladi. Chunki suvning λ si 0,58, muzniki esa 2,3 W/(m °C).
Harorat ko'tarilganda ko'pchilik materiallarning λ si ortadi, ba'zi materiallarniki (metallar, magnezitlar) kamayadi.

Download 11,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish