Qurilish materiallari



Download 11,91 Mb.
bet1/234
Sana03.06.2022
Hajmi11,91 Mb.
#631778
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   234
Bog'liq
87335e24eba21a87db21910cfd00a2cb QURILISH MATERIALLARI


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti


A.E. ODILXO`JAYEV, F.F. KARIMOVA, U.J. TURGUNBAYEV
QURILISH MATERIALLARI

5340200 - «Bino va inshootlar qurilishi» (temir yo`llar), 5340200- Bino va inshootlar qurilishi (temir yo`l binolari), 5340400 – “Muxandislik kommunikasiyalari qurilishi va montaji (temir yo`l transportida suv ta`minoti va kanalizasiya tizimlari).” 5340600 – “Transport inshootlarining ekspluatasiyasi (temir yo`llar).” ta`lim yo`nalishlari uchun


darslik.


Toshkent - 2017
UO‘K: 691(075)
КВК (ББК) 38.3
A.E. Odilxo`jayev, F.F. Karimova, U.J. Turgunbayev
Qurilish materiallari
Mazkur darslikda ilg`or xorijiy adabiyotlardan foydalanilgan xolda bino va inshootlar qurilishida keng qo`llaniladigan qurilish materiallari - mineral va polimer bog‘lovchilar, ular asosida tayyorlanadigan betonlar, qorishmalar, kompozitsion materiallar hamda tabiiy tosh materiallari, yog‘ochlar, metall buyumlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, binolar qurilishida muhim ahamiyat kasb etuvchi energiya samarali issiqlik izolyatsiyalovchi materiallar haqida tahliliy ma’lumotlar yoritilgan.
Ushbu darslik qurilish sohasidagi barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan ushbu soha muhandis-texnik xodimlari ham foydalanishlari mumkin.
Ma’sul muharrir: texnika fanlari doktori, professor Odilxo`jayev A.E.


Taqrizchilar:
Тулаганов А.А. – Бухоро Давлат университети ректори т.ф.д.,
профессор
Мирахмедов М.М. – “Бино ва саноат иншоотлари қурилиши”
кафедраси профессори, т.ф.д.
Махаматалиев И.М. - “Бино ва саноат иншоотлари қурилиши”
кафедраси профессор вб, т.ф.н.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qurilish sohasi ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan.




KIRISH

O‘zbekiston Respublikasida «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning qabul qilinishi ta’lim tizimini qayta isloh etishni taqozo etadi. Shuningdek Respublikamiz qurilish kompleksiga yuqori malakali yosh kadrlarni yetkazib berish shu kunning dolzarb masalasidir. Ma’lumki, qurilish industriyasini rivojlantirish, ya’ni yangi qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarni ishlab chiqarish bilan qurilish tizimini tubdan o‘zgartirish mumkin.


«Qurilish materiallari» kursi quruvchi-muxandislarni tayyorlash o`quv rejasida arxitektura, qurilish konstruksiyalari, metal konstruksiyalari, qurilish jarayonlari texnologiyasi, bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi, qurilishni tashkil etish va qurilish iqtisodiyoti fanlari uchun bazaviy xisoblanadi.
Matn qurilish sohasidagi ilmiy-texnik progresning asosiy yo`nalishlarini xisobga olgan holda bayon qilingan. Atrof-muhitni muxofazalash, yoqilg`i-energetik resurslarni tejash va ikkilamchi maxsulotlarni qo`llash kabi qo`yilgan vazifalarga mos ravishda sanoat chiqindilarining qo`llanilishi, shuningdek qurilish materiallrini ishlab chiqarishda moddiy va mehnat resurslarini tejash, yoqilg`i va energiya xarajatlarini kamaytirish bo`yicha chora tadbirlar keng yoritilgan.
Darslik, bo‘lajak mutaxassis an`anaviy va yangi qurilish materiallarini juda keng nomenklaturasining qo`llanilish sohasidagi murakkab vazifalarni mustaqil yechishi uchun uslubiy jixatdan qulay tuzilgan. Shuning uchun undagi materiallarning yoritilishi, material ichki tuzilishining va uni xossalarining umumiy bog`liqligi asosida tuzilgan.
Qurilish materiallarining sifati doim uning tuzilmasi bilan aniqlanadi. Shuning uchun, materialni oldindan berilgan xossalari bilan olish uchun, uning oldindan berilgan texnik xarakteristikasiga javob beruvchi tuzilmasini yaratish lozim. Bunday uslubiy asosda turli xil noorganik va organic qurilish materiallarini o`rganish birlashtirilgan.
Qurilish materialshunosligi o‘ziga xos tarixga ega. Eng qadimgi va juda keng tarqalgan giltuproq asosidagi qurilish materiallari insoniyat tarixining ilk davridayoq ishlatilgan. Giltuproqdan pishirilgan g‘isht ishlab chiqarish tarixi 5–6 ming yilga teng.
Bino va inshootlarni tabiiy tosh materiallaridan qurish antic dunyo tarixi bilan bog‘langan. Misr piramidalari, Buyuk Xitoy devori, Rim Kolizeyi bunga yaqqol misol bo‘ladi. Tabiiy toshlarni maydalab, pishirib ohak, ganch, gips va sh.k. mineral bog‘lovchilar ishlab chiqarish texnologiyasi bir necha ming yil avval yaratilgan. Shahrisabz, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent kabi tarixiy shaharlarimiz qurilishiga nazar tashlasak, shoh saroylari, madrasa
va masjidlar, qal’a devorlari, suv inshootlari tabiiy toshlardan, pishiq g‘ishtdan bo‘lgan qorishmalar asosida terilib, barpo etilganini ko‘ramiz. Qadimdan qurilishda yog‘och materiallar sifatida eman, qarag‘ay, pixta, qayin, dub, buk, yasen, Markaziy Osiyoda esa terak, qayrag‘och, archa, yong‘oq, tut va tol kabilar ishlatilgan.
Qurilish materiallari tarixida portlandsement va u asosida betonlar alohida o‘rin tutadi. Mahalliy xomashyo va ikkilamchi resurslar asosida ekologik toza qurilish materiallari ishlab chiqarish qurilish industriyasining
asosiy vazifasi hisoblanadi.
Qurilish materialshunosligining dolzarb masalalariga yuqori sifatli, tannarxi arzon, mustahkam, umrboqiy, mahalliy xomashyo zaminida ishlab chiqarilgan ekologik buyumlar, qismlar, konstruksiyalarni tayyorlash va ishlatish sohalarini belgilash kiradi. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan energiyaning 50 foizi yoki yiliga 17 million tonna neft ekvivalenti aynan binolarning energiya iste’moliga to‘g‘ri keladi. Shunga mutanosib ravishda parnik gazlarining 40 foizi binolarga xos jarayonlardir. Bu soha O‘zR «Davarxitektqurilish» qo‘mitasi, BMT ning rivojlantirish Dasturi va Global ekologik fond bilan hamkorlikda binolar energiya samaradorligi muammolari sohasida ustuvor dasturlarni bajarmoqda.
Ushbu muammoning asosiy yechimi issiqlik izolatsiyasi materiallarini takomillashtirish, issiqlik-fizik xossalarini keskin yaxshilash, yangi turlarini ishlab chiqarishdir. Qurilish materiallari ishlab chiqishda kam energiya sarflash ham energiyani tejashning asosiy omili hisoblanadi.
Global muammoning yechimida bo‘lajak arxitektor va quruvchilarning talabalik davridan e’tiboran energiya samarador loyihalar yaratishga yo‘naltirish yaxshi natijalar beradi.
Qurilish materiallari va buyumlariga qo`yiladigan talablar davlat standartlarida (Dst), texnik shartlarda (Tsh), va boshqa me`yoriy xujjatlarda qayd etilgan. Standartlarda qurilish materiali xaqidagi asosiy ma`lumotlar keltiriladi.
Qurilish me`yor va qoidalari (QMQ) quruvchilar uchun rasmiy xujjat xisoblanadi, unda unda asosiy qurilish materiallarining turlari va o`lchamlari, sifatiga qo`yiladigan talablar, qurilayotgan bino yoki inshootdan foydalanish sharoitlariga qarab materiallar tanlash va ishlatish bo`yicha ko`satmalar beriladi.




Download 11,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish