Reja: I. Fuqarolar muhofazasining asosiy vazifalari



Download 262 Kb.
bet4/21
Sana01.06.2022
Hajmi262 Kb.
#625646
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Fuqarolar muhofazasi

Tektonik zilzilalar. (yer ostidagi yuqorida aytib o'tilgan jarayonlar yer qobig'iga ta'sir ko'rsatishi natijasida yer yuzasida siljishlar vujudga kelganligi sababli shunday nomlanadi). Bu ziizilalarmng asosiy ko'rsatkichlari sifatida uning kuchi va xarakteristikasini belgilovchi belgilari-uning magnitudasi, zilzila o'chog'i chuqurligi va yer yuzasiga fta'sir qiluvchi energiya intensivligi hisoblanadi.
Magnituda-Rixter shkalasida energiyaga proporsional bo'lgan 0 dan 8,5 balgacha bo'lgan birliklarda berilsa, 0 dan 12 balgacha berilsa, bu oddiy bizda foydalanadigan shkalalarda belgilanib, har bitta o'sib boruvchi raqam tebranish energiyasini 100 karra o'sganligini bildiradi. Rixter shkalasi bo'yicha 8,5 va oddiy shkalada 12 ball eng og'ir oqibatlarga olib keladigan zilzilalar hisoblanadi.
Zilzila o'chog'i chuqurligi-bu har bir zilzilaga xavfli bo’lgan rayonlarda har xil bo'lib 0 dan 700 km gacha chuqurliklarda bo'lishi mumkin. Seysmik rayonlar uchun o'zining ma'lum chuqurliklari mavjud bolib, agar uning chuqurligi katta bo'lsa, zilzilaning ta'sir radiusi ancha katta maydonlarga tarqalishi mumkin.
Energiya tig'izligi, ya'ni kuchi o'n ikki balli shkala bo'yicha belgilanadigan yer yuzasidagi yer silkinish kuchi hisoblanib, u quyidagicha e'tirof etiladi: sezilar-sezilmas, juda kuchsiz, kuchsiz, sezilarli, ancha kuchli, kuchli, juda kuchli, buzib yuboruvchi, vayron qiluvchi, kuchli vayronalikka olib keluvchi, falokatli va kuchli falokatli.
Zilzilani keltirib chiqarishga sababchi bo'lgan yer ostidagi zilzila o'chog'i -gipomarkaz (gipo-chuqurlik)dir. Shu yerning yer yuzasi epimarkaz (epi-yuza) deb atalib, bu zilzilaning eng kuchli ta'sir yer silkinadigan yuza bo'ladi. Keyingi yer yuzasi bo'ylab tarqalish elastik yoki seysmik to'lqinlar tarzida yerning qattiq qobigci bo'ylab tarqala boshlaydi (yer ostida yadro portlatilganda ham xuddi shunday hodisa bo'ladi). Har yili yer yuzasida umumiy 100 ming yer silkinishlari kuzatiladi (bu bir sutkada 300 silkinish demakdir), ammo bularning hammasi ham xavfli emas. Shundan taxminan yiliga 10 mingini odamlar sezadi. Yiliga taxminan 100 ga yaqin zilzilalar fojiali oqibatlarga olib keladi. Bunda bir necha sekund ichida butun boshli shahar-qishloqlar vayron bo'lishi yoki okean yaqinida joylashgan mamlakatlar suv ostida qolishi tog’ cho'qqilarining buzilib ketishi natijasida u yerda eriyotgan qor suvlarining yo'li to'silishi natijasida tog'ning qa'rida ko'llar paydo bo'lishi va shuningdek, zilzilalar ta'sirida okeanlar tubidan yangi orollar hosil bo'lishi, tog'larning ma'lum masofaga siljib ketishi va yer qimirlashi ta'sirida yerning yorilishi natijasida bir necha o’n va hattoki, yuz metr va undan ham chuqurroq jarlarning hosil bo'lishi zilzilalarning oqibati hisoblanadi.
Shaharlarda elektr va gaz tarmoqlarining ishdan chiqishi natijasida uzilgan gaz quvurlaridan chiqib ketgan gazlar ko'plab yong'inlar chiqishiga sababchi bo'ladi. Avtomobil va temir yo'llar ishdan chiqadi. Tog'li o'lkalarda tog'larning o'pirilib ketishi yollarning berkilib qolishiga olib keladi, aloqa tarmoqlari ishdan chiqadi. Zilzila. bo'lgan joy boshqa hududlardan uzilib qoladi; bu esa u yerdagi omon qolganlarni katta ruhiy tushkunlikka olib keladi.
Kuchli halokatli zilzilalarda 1024-1025 erg energiya ajraladi va bu energiya yer yuzida portlatilgan megaton yadro zaryadi portlashidan bir necha marta katta vayronagarchiliklarga sababchi bo'ladi.

Download 262 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish