Reja: 1)Kinetoplastidalarning umumiy tuzilishi. 2)Parazit kinetoplastidalar vakillari. 3)Parazit vakillarining keltirib chiqaradigan kasalliklari.
Bu sinfga mansub hayvonlarda xivchin bilan bogʻlangan maxsus organi-kinetoplast boʻladi.Ayrim turlari (Bodo) erkin yashaydi.Asosiy koʻpchilik turlari parazit hayot kechiradi.
Parazit kinetoplastidalar orasida odam va umurtqali hayvonlar qonida parazit yashovchi-tripanozomalar urugʻi vakillari ayniqsa katta ahamiyatga ega.
Uyqu kasali tripanozomasitabiatda yovvoyi hayvonlardan antilopalar qonida uchraydi.Tripanozomani se-se pashshasi antilopalardan odamlarga yuqtirish aniqlangan. Tanasi tasmaga oʻxshash yassi, uzunligi 20-70mkm keladi.Oldingi tomonida joylashgan bitta xivchini tanasini keyingi tomoniga yoʻnalgan.
Leyshmaniyalarham tripanozomalarga birmuncha oʻxshash tuzilgan, lekin odam terisida va ichki organlarida parazitlik qiladi.Ular hujayra ichida parazitlik qilganida xivchin hosil qilmaydi,harakatsiz boʻladi.Uzunligi 4-7mkm boʻlgan bu parazitlarning ovalsimon hujayrasida bitta yadrosi va kinetoplasti bor.
Kinetoplastidalar xavfli kasalliklar keltirib chiqaradi.Uyqu kasali tripanozomasi Afrikaning tropik qismida yashovchi xalqlarda ogʻir uyqu kasalini keltirib chiqaradi.Tripanozoma qon plazamasida va limfa suyuqligida yashaydi.Keyinchalik orqa miya suyuqligiga oʻtib oladi.
Kasallanish alomatlari isitmalashdan boshlanadi va sekin-asta organizm ogʻir xastalikka chalinadi.Kasal kishi koʻp uxlaydi va juda ozib ketadi,davolash choralari koʻrilmaganda halok boʻladi. Triqancha turlari turli uy hayvonlarida ogʻir kasalliklar keltirib chiqaradi.Tripanosoma brucei soʻnalar yordamida tarqalib, Janubiy Osiyo mamlakatlarida qora mollarda parazitlik qiladi.
Tropik leyshmaniya yuz ,qoʻl va oyoqlar terisida parazitlik qilib, surunkali pendinka yarasini paydo qiladi.Yara 1,5-3 yildan keyin tuzalib ketadi, lekin uning oʻrni chandiq boʻlib qoladi.Tabiatda leyshmaniya paraziti kemiruvchilar(yumronqoziq, kalamushlar) va itlarda parazitlik qiladi.Kemiruvchilar inida yashaydigan qon soʻruvchi iskabtoparlar hayvonlar qonini soʻrganda leyshmaniyani oʻziga yuqtiradi.
Iskabtoparlar ichagida leyshmaniya boʻlinish orqali tez koʻpayadi; uning xivchini paydo boʻladi va faol harakat qiladi.Iskabtoparlar leyshmaniyani odamlarga yuqtiradi. Shunday qilib, leyshmaniya ham uyqu kasalligi qoʻzgʻatuvchisi singari tabiatda odam boʻlishi yoki boʻlmasligidan qat'iy nazar yovvoyi hayvonlar organizmida mavjud boʻladi.