Reja: Nafas ifodali o`qishning asosiy vositalaridan biri



Download 61,2 Kb.
bet9/10
Sana03.06.2022
Hajmi61,2 Kb.
#633222
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ifodali o`qish

22 mavzu
ERTAKLARNI IFODALI O'QISH
O‘ziga xos tarbiya vositasi bo‘lgan ertaklar bolajonlar uchun juda qiziqarli va qadrlidir. Bilamizki, ertak inson fantaziyasi va ichki kechinmalari mahsuli sifatida dunyoga keladi. E’tiborli jihati, har doim ularda insonparvarlik, Vatanga muhabbat, rostgo‘ylik, halollik tuyg‘ulari ustuvor bo‘ladi va har bir ertak yaxshilikning yomonlik ustidan qilgan g‘alabasi bilan tugaydi. «…Shunday qilib ular murod-maqsadiga yetibdi» degan iboraning deyarli hamma ertak yakunida uchrashi fikrimizni tasdiqlaydi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ertaklar bolaning dunyoqarashini kengaytirib, uning hayotga ongli munosabatini shakllantirar ekan. Bola ertak orqali yaxshilik va yomonlik, ezgulik va yovuzlikni bir-biridan farqlashni o‘rganadi. Bu tushuncha uning psixologiyasida bir umrga muhrlanib qoladi. Va bola voyaga yetganidan keyin ezgu ishlarga odatlanadi.
Ma’lumki, ertakni qiziqarli va maromiga yetkazib aytish va shu orqali bolaning e’tiborini jalb qilish ham bir san’at. Qolaversa, xalq og‘zaki ijodining yorqin namunasi bo‘lmish ertaklar faqat tarbiya vositasi emas, balki ota-ona va farzandni ruhan yaqinlashtiruvchi ko‘prik hamdir. Shuning uchun ham mutaxassislar ota-onalarga farzandlariga ko‘proq ertak aytib berishni ta’kidlashadi. Zero, bir narsani unutmaslik lozim, ertaklar hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan bo‘lsa-da, ularda tabiiy ravishda hayot haqiqati aks etadi. Qiziqarli syujet bilan boyitilgan bu hikoyalar bolaning ongli ravishda hayotni anglashiga yordam beradi.
Dunyo xalq og‘zaki ijodini kuzatadigan bo‘lsak, ular orasida farqlardan ko‘ra, o‘xshashliklar ko‘proq ekanligiga amin bo‘lamiz. Buning sababi shuki, insonlar qaysi millat vakillari bo‘lishidan qat’i nazar ularning farzand tarbiyasiga bo‘lgan e’tibori bir xil. Shuning bilan birga, har bir millat avlod-ajdodlari tafakkurida dastlab mifologik tasavvurlar ustunlik qilgan va o‘sha davrlarda qadriyatlar, orzu-istaklar deyarli bir xillik kasb etgan. Ertaklar turli tillarda, turli urug‘ va qabilalarda turlicha nomlar bilan atalgan. Masalan, o‘zimizning respublikamiz miqyosida oladigan bo‘lsak, Surxondaryo, Samarqand, Farg‘ona viloyatlarida ertak – matal deb nomlansa, Buxoro atrofidagi ayrim qishloqlarda ushuq, Xorazmda – varsaki, Toshkent shahri va uning atrofida – cho‘pchak deyiladi.
O‘zbek milliy ertaklarining aksariyati «Bir bor ekan, bir yo‘q ekan», deb boshlanadi, eng asosiy voqealar «yo‘l yuribdi mo‘l yuribdi»dan keyingi vaziyatga to‘g‘ri keladi. «Qahramonlar taqdiri nima kechdi ekan?» degan savolga ertak yakunida albatta «murod maqsadiga yetibdi» tarzida javob olinadi.
Bizning millatimizda kun botgach, bolaga topishmoq va ertak aytib berish o‘ziga xos an’anaga aylangan. Va bu an’ana asrlar davomida saqlanib kelmoqda. Chunki ertak bolaning aqliy salohiyatini, topqirligini o‘stirish bilan birga, uning tunni tinch va osuda o‘tkazishiga ham xizmat qilgan.
Bir so‘z bilan aytganda, ertaklar yosh avlodning sog‘lom va barkamol voyaga yetishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda esa ota-onaga jahon va o‘zbek xalq ertaklari jamlangan kitoblar yaqindan ko‘mak beradi. Farzand o‘stirayotgan har bir ota-onaga ana shunday ertak kitoblar hamroh bo‘lsa, foydadan xoli bo‘lmaydi.
Qadrli bolalar, shu kungacha maqollar, ibratli hikoyatlar, hadislar, sharqona hikmatlar bilan oshno bo'ldingiz. Maqol-u hadislar, hikmatlarning kishi hayotidagi tutgan o'rni benihoya muhimligini angladingiz. Xalq og'zaki ijodida yana shunday ajoyib jam mavjudki, u ertak deb ataladi.
Ertak aytuvchilarni qadimda «ertakchi», «mata1chi» deb atashgan. Ertaklaming xarakterli xususiyati shundaki, ularda fantaziyaga keng o'rin beriladi, mubolag' a, giperbola kabi tasviriy vositalardan foydalaniladi. E'tibor bersangiz, ertaklarda ijobiy qahramon albatta yovuzlik, adolatsizlik, zulm ustidan g'alaba qozonadi, yaxshilik tantana qiladi. Chunki ertak qahramonlari xalq orzu-umidlarini, manfaatini ifoda­laydilar. ,.­
Ert,aklar azaldan xalqni, ayniqsa, yosh avlodni insonparvarlik, va­tanga muhabbat, rostgo'ylik va halollik, mehnatsevarlik, xushmuoma­lalik va kamtarlik ruhida tarbiyalab kelgan.
Ertaklar turli mavzularda bo'lishi mumkin. Ular shartli ravishda hayvonlar haqidagi ertaklar, sehrli ertaklar, hayotiy-maishiy ertaklar, hajviy ertaklarga bo'linadi.
Hayvonlar haqidagi ertaklar barcha qiziqadigan fantastik hikoya­lardir. Ulardagi asosiy mazmun majoziy, ya'ni ko'chma ma'noga ega. Masalan, ayyorlik va munofiqlik tulki, qonxo'rlik, laqmalik bo'ri orqali
... 
ifoda etiladi. «}io'ri bilan tulki», «Eehkining o'eh olishi», «Oehko'z bo'ri», «Ayiqpolvon» kabi ertaklar ana shunday asarlardir.
Sehrli ertaklar ham Siz sevib va qiziqib o'qiydigan fantastik hikoyalardir. Ularda voqealar sehr-jodu, fantastik uydirmalar asosiga qurilgan, asar qahramonlari har narsa qo'lidan keladigan mo'jizakor kimsalar «<="" ur="" to'qmoq»,="" «oehil="" dasturxon»,="" «semurg'»,="" «susambil»="" ertaklari)dan="" iborat.="" bu="" ertaklarning="" maqsadi="" ham="" turli="" g'ayriinsoniy="" illatlar:="" yolg'onehilik,<="" p="">
johillik, ikkiyuzlamaehilikni la' natlash, aql- farosatlilik, tadbirkorlik, jasurlik, rahmdillik, ahillik kabi chin insoniy xislatlarni targ'ib qilishdir.
Xalqimiz yaratgan xayoliy hikoyalar orasida shunday turkum ertaklar borki, ularni biz hayotiy-maishiy ertaklar deb ataymiz. Bunday ertaklardagi voqealaming aksariyati hayotga yaqin, hayotdan olingan. «Zumrad va Qimmat», «Oygul bilan Baxtiyor», «Ziyod botir», «Tohir va Zuhra», «Ozodaehehra», «Farhod va Shirin», «Malikayi Husnobod», «Ueh og'a-ini botirlar» ana shunday ertaklar sirasidandir. Biz yuqorida
tilga olgan hayotiy-maishiy ertaklar kishida jiddiy fikr-mulohazalar'
uyg'otadigan, muayyan tarbiyaviy yo'nalishga ega bo'lganasarlardir. Siz ular bilan tanishgaeh, botirlik, yurtga fidoyilik, odamgarehilik, vafodorlik, himmat va saxovat haqida aniq tasavvurga ega bo'lasiz, o'zingizda ham ertaklar qahramonlaridagi yaxshi fazilatlami bo'lishini xohlab qolasiz, shunga intilasiz.
Ertaklarni ham tinglaymiz, ham o'qiymiz dedik. Tinglaydigan er­taklarimiz professional ertak aytuvehilar, ya'niertakehilar tomonidan qiziqarli tarzda hikoya qilinadi. Ertakehilar shunehaki hikoya qilmaydilar. Har bir ertakehi u yoki bu ertakni qayta yaratadi desak, xato bo'lmaydi. Chunki ularning har biri o'zining hikoya qilish uslubi, didi, dunyoqara­shiga ko'ra ajralib turadi. Bundan tashqari, ertakehi tinglovehilarning saviyasi va talabiga ko'ra ertakni o'zgartirishi mumkin. O'zbek xalq og'zaki ijodi tarixida ertaklaming badiiy asar darajasiga ko'tarilishi va bugungi kungaeha saqlanib qolishida Hamrobibi Umarali qizi, Hasan Xudoyberdi o'g'li, Haydar Bayehi o'g'li, Nurali Nurmat o'g'li, Husanboy Rasul o'g'li kabi ertakehi, matalchilarimiz katta xizmat qilganlar. Ular og'zidan yozib olingan 0' zbek xalq ertaklarining bebaho namunalari bizga hanuzgaeha ma'naviy zavq berib kelyapti. O'zbek adabiyotida xalq ertaklari asosida yaratilgan she'riy, nasriy asarlar teatr va kinoda ham o'z aksini 
topgan. Qiziqarli ertaklar sujeti asosida sahna asarlari, kinofilmlar 1".­multfllmlarni sevib tomosha qilmoqdasiz.
Bolalar, ertaklaming yaratilishiga ko'ra yana bir turi - yozma ertaklar ham mavjudki, ujahon adabiyoti, xususan, o'zbek yozma adabiyotining katta qismini tashkil etadi. Keyingi ikki - uch yuz yillikda fransuz ertakchisi Sharl Perro (1628-1703), nemis ertaknavislari Emst Teodor Amadey Gofman (1776-1822), aka-uka Yakob Grimm (1785-1863) va Velgelm­Karl Grimm (l786-1859)lar, Vilgelm Gauf (1802-1877), daniyalik Hans Kristian Andersen (1805-1875), angliyalik Oskar Uayld (1854­1900), rus ertakchilari A. S. Pushkin (1799-1837) ijodining roppa-rosa o'n yilini faqat bolalar uchun hikmatli hikoyalar va ertaklar yaratishga bag'ishlagan L. N. Tolstoy (1828-1910), K. D. Ushinskiy (1824-1870) yozma ertakchilikni rivojlantirishga katta hissa qo'shdilar. O'zbek yozma ertakchiligi ham katta tarixga ega. Jadid bobolarimiz Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Siddiqiy-Ajziy o'zlari tuzgan maktab darsliklari uchun ko'plab ibratli ertaklar yaratdilar.




Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889-1929) Hamza jadid adabiyoti namoyandasi, shoir, dramaturg, adib va muallim.

O'tgan asr o'rtalarida Hamid Olimjonning «Oygul bilan Baxtiyor», «Semurg'», Sulton Jo'raning «Zangori gilam», Shukur Sa'duUaning «Ayyor chumchuq», «No'xat polvon», «Laqma it» she'riy ertaklari, «Yoriltosh», «Afsona yaratgan qiz» ertak-pyesalari, «Kachal polvon» ertak-qissasi mashhur bo'ldi. Adiblarimizning ertakchilik sohasidagi an'analarini keyinchalik X. To'xtaboyev, A. Obidjon, T. Adashboyev, 0'. Imon­berdiyev kabi ertaknavis mualliflarimiz davom ettirdilar.
«Ertaklar - yaxshilikka yetaklar» degan naql bar xalqimizda. Ular shunchaki ko'ngil ochish vositasi, ermak emas, balki ajoyib suhbatdosh, bizni faqat ezgulikka undovchi, zavq-shavq bag'ishlovchi ma'naviy manbadir.
XX asr o'zbek she'riyatining yorqin vakillaridan biri Hamid Olimjon bor-yo'g'i 34 yil umr ko'rgan bo'lsa-da, o'zidan juda boy adabiy meros qoldirib ulgurgan. Shoir tomonidan yaratilgan asarlar o'n jild (yirik kitob )ni tashkil qilishi ham uning naqadar sermahsul ijodkor bo'lganidan darak beradi. Hamid Olimjon qobiliyatli rah\Jar va olim ham bo'lgan edi. U o'ttiz yoshga yetar-yetmas O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasini boshqardi, o'ttiz uch yoshida akademik unvonini oldi.
Hamid Olimjon 1909-yiI12-dekabrda Jizzax shahrida tug'ildi. Jizzax ham yurtimizning Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm vohalari singari ko'plab xalq baxshilarining vatani hisoblanadi. Bu yerdagi xalq sayillari, to'ylar, turli yig'inlar hozir ham baxshilar ishtirokisiz o'tmaydi. O'tgan asrning boshlarida, odamlaming uyida radio-televizor tugul oddiygina elektr chirog'i bo'lmagan zamonlarda kishilar sham va qora chiroq yorug'ida kun kechirardilar. Ayniqsa, uzoq qish kechalari xalq kitoblari, turli dostonlar o'qilar, bir uy bolalar ham bu ma'rifat nuridan bahramand bo'lib o'sardilar.
Hamid Olimjonning onasi Komila aya juda ko'p doston va ertak­larni yod bilardi, ularni eshitgan yosh Hamid tasavvurida qadimgi asarlar qahramonlari qayta jonlanardi. Dostonlarning shirali tili, bir­biridan qiziq voqealari uning butun xayolini egallab olardi. Hamid Olimjon bu zavqli tunlarni bir umr yodda saqlab qoldi va o'zi yozgan dostonlardan biri «Oygul bilan Baxtiyor»da bu sehrli tunlarni shunday esga oldi:
Bolalik kunlarimda, Uyqusiz tunlarimda Ko'p ertak eshitgandim, So 'ylab berardi buvim. Esimda o'sha damlar: O'zi uchar gilamlar,
, Tohir-Zuhra, Yoriltosh, Oyni uyaltirgan qosh... Buvimning har qissasi, Har bir qilgan hissasi Fikrimni tortar edi, Havasim ortar edi.
Hamid Olimjondagi tug'ma iste'dodning ko'z ochishida, uning keyinchalik mashhur shoir bo'lib yetishuvida mana shu ezgu havas, albatta, katta rol o'ynagan.
Hamid Olimjon Jizzaxdagi Narimonov nomli boshlang'ich mak­tabni tugallab, o'sha davrda (l932-yilga qadat) O'zbekistonning poytaxti bo'lgan Samarqand shahriga bordi. U yerda avval pedagogika bilim yurtida (1923-1926), keyin Pedagogika akademiyasida (1926­
1931) tahsil oldi. Ko'plab ijodkor yoshlar to'plangan bu o'quv dargohlarida Abdulhamid yozgan she'rlar do'stlari tomonidan qizg'in kutib olinardi. Ilk mashqlaridanoq tug'ma iste'dodi yarq etib ko'ringan talaba shoirning dastlabki she'rlari Samarqandda chop etiladigan «Zarafshon» gazetasida 1926-yildanoq chiqa boshlagan bo'lsa, «Ko'klam» nomli birinchi she'rlar to'plami 1929-yilda o'z o'quv­chilarini topdi. Shu tariqa o'zbek adabiyotida yana bir umidli ijodkor dunyoga keldi.
Hamid Olimjon ham zamonaviy, ham tarixiy mavzularda birdek samarali ijod qilardi. Uning «Muqanna» nomli tarixiy, <<="" p="">

Download 61,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish