Robert Kiyosakining “Boy ota- Kambag’al ota” asaridagi fikrlari. - Insonning asosiy to’siqlari haddan tashqari qo’rquv va ishonchsizlikdir. Javobni bilgan ammo uni aytishdan qo’rqqan o’quvchilarni ko’rish juda achinarli. Ko’pincha dunyoda aqlli insonlar emas, ammo jasur insonlar muvaffaqiyatli bo’lishadi.
- Agar sen muammo menda deb o’ylasang, meni o’zgartirishing kerak. Muammo senda ekanligini tushunsang, o’zing o’zgara olasan, nimanidir o’rganishing va dono bo’lishing mumkin. Dunyodagi ko’pchilik insonlar boshqalar o’zgarishini kutishadi, lekin o’zlari emas.
- Tinglash gapirishdan ko’ra muhimroqdir. Agar bu bunday bo’lmaganida, Xudo ikkita quloq va bir og’iz bermagan bo’lardi.
- “Men bunga qodir emasman” degan so’zlar ruhiy tushkunlikga va depressiya olib boradi, xafagarlikni va kuchsizlikni olib keladi. “Bunga qanday qilib erishishim mumkin?” degan so’zlar, imkoniyat, hayajon va orzular uchun yo’l ochadi, ong va ruhni mustahkamlaydi.
- Insonlar nimanidir tahlil qilish o’rniga, tanqid qiladilaKe
- Kelajagingiz bugungi kunda nima qilashingiz bilan yaratiladi, ertangi ishlaringiz bilan emas.
- Pul – kuch timsollaridan biri. Biroq, moliyaviy ta’lim yanada kuchlisidir. Pul keladi va ketadi, lekin ular qanday ishlayotganini bilsang, ularni boshqara olasan va boyroq bo’lishing mmumkin
- Dangasalikning eng keng tarqalgan shakli – juda band bo’lib ko’ringan, lekin aslida dangasa bo’lzingiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |