Xonadonning tarkibi va jihozlari. Reja



Download 418,93 Kb.
bet1/4
Sana28.04.2022
Hajmi418,93 Kb.
#586835
  1   2   3   4
Bog'liq
XUNALlONNiiSG TARKIBI VA JIKGZLAR


Xonadonning tarkibi va jihozlari.


Reja:

Xonadon deb, binoning bir-biriga birlashtirib bog'langan, bitta oilaning yashashi uchun mo'ljallangan qismiga aytiladi. Xonadon turar joylarning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu xonadonlarda oila a’zolari o'zining asosiy vaqtini o'tkazadi, ya'ni ular bu yerda dam olishadi, ishlashadi, uxlashadi, ovqatlanishadi va mehmon kutishadi (1-rasm).



1-rasm. Xonadon xonalarining tarkibi
A-yotoqxonalar: 1- ota-onalar uchun; 2 - bolalar uchun: 3 - kattalar uchun; В - umumiy xona: 4 -oshxona; 5-mehmonxona; D - ishchi xona: E - yozgi turar xona; F- yozgi ro‘zg‘or xona; 7 - oshxona; 8- hojatxona; 9 - hammom; 10- koridor; 11-xujra; 12 - dahliz.
Uy tarxini yechishga uning qanday hajmli bo'lishiga qaramasdan u yer­da hayot kechirish uchun kerak bo'ladigan hamma shart-sharoitlarni yaratish zarur. Bular: har bir oila a’zosining dam olishga va shaxsiy ishlarini bajarishga, uy xo'jaligini olib borishga, ovqat tayyorlash va ovqatlanishga, oila a’zolari bir-biri bilan va boshqa odamlar bilan muloqatda bo'lishiga, gigiyenik tozalikni saqlashi uchun shart-sharoitlar yaratilishi kerak. Turar joy xonalarining soni va hajmi oila a’zolarining soniga, yoshiga qarab belgilanadi. Bundan tashqari oila a’zolarining kasbi ham hisobga olinadi. Masalan, ilm ahli va san’at xodimlari uchun alohida xona ajratiladi, ya’ni ishlaydigan xona. Yordamchi xonalarning maydoni yashaydigan xonalarning soniga qarab belgilanadi. Xonadonlar asosiy va yotoq xonalarga bo'linadi. Asosiy qismlarga mehmon kutib oladigan va shu bilan birga oila a’zolari bir yerga to'planadigan yemakxona, mehmonxona, ish kabinetidan iborat bo'ladi. Bu xonalarga to'g'ridan-to'g'n daxliz orqali o'tiladi. Xo'jalik qismiga oslixona, hojatxo- na, yuviimh xonasi kiradi. Ular asosiy qism biian yoioq qisin и icasida joy­lashgan bo'lib, uzoqroqda loylashgani ma qui.
Yaxshi sanitariya-gigiyenik sharoitni yaratish uchun har bir oila a’zosi yetarli miqdorda maydon bilan ta'minlaniladi, bu kamida 9 ni- hajmida (kamiaa 25 m3) bo'ladi. Xonalar va yordamchi xonalaming balandligi ja- nubiy hududlarda 2,7 m dan kam bo'lmasligi kerak.
Sanitariya-gigiyenik sharoitini yaxshilash maqsadida kelajakda turar joy me’yori (normasi) bitta odamga 12—15 m2 ni tashkil etishi kerak.
Turar joy xonalari yetarli yomg'likka ega bo'lishi, ya’ni xona poli yuzasining 1/8 qismicha bo'lishi, to'g'ri oriyentatsiyaga va tabiiy shamollatishga moslashtirilgan bo'lishi kerak.
Devorlarning qalinligi xonadonni qishda sovuqdan yozda esa issiqdan, shu bilan birga ko'cha shovqini va changidan saqlashi kerak. Bulardan tash­qari ichki va tashqi devorlar tovush o'tkazmaslik xususiyatiga ega bo'lishi kerak.
To'g'ri sanitariya-gigiyenik sharoitni yaratisnda muhandislik jihozlaridan foydaniladi. Xonadonlarda umumiy isitish sovuq va issiq suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya, sun’iy shamollatish va boshqa muammolar hal etilgan bo'lishi lozim. Kelajakda konditsioner ishlatilishi mo'ljallanmoqda. Eng kerakli tadbirlardan biri sanitariya-gigiyenani yaxshilash. O'rta Osiyo sharoitida xonani quyoshdan asraydigan qurilmalardan foydalanish lozim.
Turar joy xonalari soniga qarab xonadonlar kam xonali (1 ta turar joy xonalari), o'rtacha (3-4 ta turar joy xonalari) va ko'p xonali 5 va undan ortiq xonalardan, o'lchoviga qarab kam maydonli va mukammal xonadonlardan iborat bo'ladi. Tuzilishiga qarab xonadon tarxi 1 yoki 2 qavatli bo'lishi mumkin.
Turar joy xonalari tarkibiga: mehmonxona, umumiy xona, ish xona, katta yoshdagilar uchun yotoqxona va yosh bolalaming uxlashi, o'ynashi uchun xonalar kiradi. Yordamchi xonalarga: dahliz, oshxona, hojatxona, qo‘l yuvadigan joy, yo'laklar, qaznoaxonalar, tokchalar, taxmonlar kiradi.
Ikki qavatga joylashgan xonadonlarda ichki zinalar ishlatiladi. O'zbe­kiston sharoitida har bir xonadon o'zining yozgi ayvoniga ega bo'lishi ke­rak, yozning issiq kunlarida ayvon vazifasini o'tashi mumkin. Har bir xona o'z vazifasi, ya’ni o'lchovi, proporsiyasi, bir-biriga bog'liqligi, yorug'ligi, oriyentatsiyasi, jihozlari va boshqalari talabga javob berishi kerak.
Xonadonning turar joy xonalari

  1. Umumiy xona. Turar joy xonalari quyidagilarga bo'linadi (2-rasm). Umumiy xona oila a’zolarining muloqotda bo'lishi uchun yemakxona o'rnida foydalaniladi, ayrim hollarda yotoqxona yoki dam olish xonasi vazifasini bajaradi.


3-rasm. Umumiy xonaga joylanadigan mebellar taxmini:
A - xonalar tomoni 1:2 bo'lganda; В - xonalar tomoni 1:1 bo'lganda; D - ikki tomonlama yorug'lik tushganda; E — bir xonali xonadonlar uchun: 1 — ovqat yeydigan stol; 2 — servant, 3 — divan; 4 — kitob jovoni; 5 — jurnal stoli; 6 - krovat; 7 - dars tayyorlaydigan stol va televizor.
Ko‘p foydalaniladigan xona bo'lgani sababli unga qo'ya- digan talablar ham katta bo'ladi. Maydoni bo'yicha eng katta xona hiso- blanadi. Umumiy xona maydonining hajmi 18 m2 dan kam bo'lmasligi ke­rak. Xonalar soni ortib borgan sari umumiy xona maydoni oshib borib, 20 m2 dan kam bo'lmasligi kerak. Bundan tashqari umumiy xonalaming eni 3,5 metrdan kam va bo‘yi 6 metrdan ortiq bo'lmasligi kerak. Umumiy xonalaming nisbatlari, ya’ni eni bo'yiga nisbatan 1:2 bo'lishi qulay hisob- lanadi. Umumiy xonaning nisbiy proporsiyasini to'g'ri tanlash xonaga me- bellar. har xil kerakli uv jihozlarini unumli va qulav jovlashtirishea hamda xonani lo'g'ri yorilishga yordam beradi, xona lo'siqiari va devoriarining uzunligi pereimetrining qisqà bo'lishiga olib keladi.
Umumiy xona dahliz bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog'langan bo'lishi shart Oshxona bilan umumiy xona bog'liqligi qulay, lekin to'g'ridan-to'g'ri bo'lishi kerak emas, chunki oshxonadan chiqadigan har xil hidlar, ayniq- sa qizdirilgan yog' hidining kirishidan saqlashi kerak. Shuning uchun umumiy xona bilan oshxona yolak yoki dahliz orqali bog'lanishi maq- sadga muvofiq bo'ladi. Yozgi xona, ayvonning ahamiyati juda katta bo'lib, u yoz paytida umumiy xona vazifasini o'taydi va umumiy xonaga qara- ganda yorug'roq va salqinroq bo'ladi. Shuning uchun umumiy xona bilan yozgi xona orasiga yig'ma transformatsion to'siqlar ishlash va kezi kelgan- da ulami birlashtirish mumkin bo'lishiga sharoit yaratish zarur.
Umumiy xona bilan yotoqxonalami va ish xonasini to'g'ri bog'lanishi qulaylikni kamaytiradi, ya’ni umumiy xonani yo'lakka aylantirib, bu xo- nada eshiklaming ko'payishiga sabab bo'ladi. Shuning uchun qurilish qoi- dasi bo'yicha umumiy xonadan faqat bittagina xonaga kirishga ruxsat be­riladi. Odat bo'yicha zinapoyani umumiy xona ichiga joylashtirish chiroyli ko'rinish yaratishda foydalaniladi, ammo bu uslubni katta bir kamchiligi bo'lib, u ham bo'lsa umumiy xona bir nechta xonaga о tiladigan xonaga aylanib qoladi. Shuning uchun, 2-qavatga chiqiladigan zinapoyani dahlizga joylashtirilsa, ancha unumlilik va qulaylik tug'diradi.
Umumiy xona yemakxona va mehmonxona vazifasini bajarishi uchun biz uning maydonini 2 unumli bo'lakka bo'lishimiz kerak. Buning uchun umumiy xonaning bir tomoni cho'zinchoqroq bo'lsa uni bo'lakka bo'lish ancha qulaylashadi. Ayniqsa, bunday qilish bir xonali xonadonlarga juda keraklidir. Chunki, bu yerda umumiy xona ham yemakxona ham meh­monxona, ham ishxona vazitasini bajarishi kerak, bunday sharoitda umu­miy xonani 2 ga bo'lish kerak, ya’ni mehmonxona va yemakxona bo'li- miga hamda yotoqxona bo'linmasiga bo'linsa, yotoqxonani yig'iladigan to'siq bilan yoki parda bilan to'sish mumkin bo'ladi. Shu bilan biiga yo­toqxonani ham joylashtirish mumkin. Umumiy xona jihozlari o'zining va- zifasiga qarab quyidagilardan iborat bo'lishi kerak: oshxona bo'nmiga ovqatlanadigan stol, bufet yoki servant, stullar va stol, mehmonxona bo'li- miga divan, 2 ta kreslo, kichkina ish stoli va kitohlar uchun maxsus shkaf yoki jovonlar joylashtirilishi kerak.
Bu bo'limda musiqa asboblari, televizor, radiopriyomnik va gullar joy- lashtirishi кегак. Mebel va jihozlaming soni va xususiyati umumiy xona­ning hajmi, oila a’zolarining soni, ulaming hunariga qarab o'zgaradi.

o

Download 418,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish