Xitoy tilidan iboralarning ahamiyati
Mazkur bobda hozirgi zamon adabiy xitoy tilida mavjud bo‘lgan iboraviy birliklarni (IB) tavsiflash muammosi haqida so‘z yuritiladi. Biz bu muammoni hal etishdagi ba’zi variantlarini, eng avvalo, xitoy tilshunoslari tomonidan taklif qilingan variantlarni batafsil ko‘rib chiqamiz. Taklif etilayotgan ma’lumotlarning maqsadi nafaqat xitoy frazeologik birliklarini tavsiflash masalasi haqidagi bahsli tomonlarini va ba’zi taksonomik yondashuvlarning asossizligini asoslash, balki xitoy tili IB guruhlarining shaxsiy tizimini ishlab (tuzib) chiqarish hisoblanadi.
Hozirgi davrda xitoy tilshunosligida qator xitoy IBlari tavsifi mavjud, biroq ular ma’lum bir kamchiliklarga ega bo‘lganligi uchun ular tayanadigan asoslar amorflik (shaklsizlik) mezonlar hisoblanadi. Shunga qaramasdan, ko‘pgina taksonomik yondashuvlarning biri ustunlik qilib xitoy tilshunosligida ajratilgan va bu filologiyaga tegishli ko‘pgina nufuzli darsliklarda hamda tilga tegishli asosiy ensiklopedik nashrlarda o‘z aksini topgan. Ehtimol, bu, 60-70-yillardan boshlab to shu kunga qadar vaqt davomida xitoyshunoslikda mazkur taksonomik yondashuvni o‘zlashtirish (hech qanday o‘zgarishlarsiz) va ommabop bo‘lishiga ta’sir etgan.
“Chengyu” deb ataluvchi, o’zbek tiliga “tayyor iboralar” tarzida tarjima qilinadigan frazeologik guruh mavjud bo’lib, yuqorida aytib o‘tilganidek, hozirgi vaqtda bu atamani ikki xil tushunish mavjud: keng va tor ma’noda. Keng ma’noda ba’zi o‘tgan asr tilshunoslarining ishlarida umuman frazeologik fondni belgilash uchun ishlatiladi, biroq uning bunday ishlatilishi sekin-asta yangilab borilmoqda. Tor ma’noda mazkur atama IB larning alohida guruhlarini belgilash uchun xizmat qiladi. Mana shuni biz quyida ko‘rib chiqamiz.
Shunday qilib, kelib chiqish manbai aniqlangan, grammatik va leksik venyan mezonida tuzilgan, har qanday xarakterga ega bo‘lgan nutq ko‘rilayotgan tavsifga yondashuvchi tarafdorlar tomonidan “chengyu” guruhi birligi sifatida tavsiflanadi. “Chengyu”larning asosiy belgisi ularning to‘rt so‘zdan tashkil topishi hisoblanadi va ba’zida bu mezondan bir oz chetga chiqishi mumkin. Endi, IB hisoblangan bu guruhning differensial belgilarini ko‘rib chiqamiz:
1. Leksik-grammatik differensial belgilar
Mazkur guruh birliklariga tarafdorlar (masalan, Lu Shu-xian, Zhu De-xi, Ma Guo-fan, Dou Zu-mo, Wan Xin, Wen Duan-zheng va boshqalar) ikki xil guruh iboralarini kiritishadi. Birinchi navbatda, turli arxaizmlarni o‘zida jam etgan, to‘rt o‘rinli so‘zdan iborat va qat’iy to‘rt bo‘g‘in-morfemdan tashkil topgan, bir-biri bilan “2+2” sxemasi bo‘yicha uyg‘unlashadigan, ya’ni frazeologik birlikning har bir qismi (o‘ng va chap) bir-biriga muvofiq bo‘lgan ikki bo‘g‘in-morfemlardan tashkil topgan bo‘lib, o‘z o‘rnida ularning sintaktik bog‘lanishi ham o‘xshashdir. Bular parallel tuzilishdagi “chengyu”dir. Parallel tuzilishdagi “chengyu” larda parallellikning turli xillarini (son, leksik-semantik, grammatik, fonetik) ko‘rsatish mumkin.
Parallel tuzilishdagi “chengyu”lar bilan bir qatorda bunday yondashuv tarafdorlari parallel tuzilishiga ega bo‘lmagan “chengyu” guruhlarining ham ajratib ko‘rsatadilar. Ular asosan to‘rt bo‘g‘indan iborat, biroq bu guruhga besh va undan ortiq bo‘g‘in-morfemlardan tashkil topgan birliklarni ham kiritadilar. Bunday turdagi “chengyu”lar o‘z tarkibida nafaqat ahamiyatga molik venyan so‘zlarni, balki ko‘makchi so‘zlarni, ya’ni bog‘lovchilar, ko‘makchi va inkor yuklamalarini ham ishtirok ettiradi. Shunday qilib, har bir “chengyu”da yo grammatik arxaizmlar (venyanning ko‘makchi so‘zlari), yoki leksik arxaizmlar, yoxud semantik arxaizmlar uchraydi va ba’zida ikki xil arxaizmlar bir vaqtni o‘zida “chengyu” tarkibida kelishi mumkin. Zamonaviy xitoy adabiy tili sintaktik qoidalari nuqtai nazaridan “chengyu”ning tarkibiy komponentlari o‘rtasidagi bog‘liqlik asintaktik hisoblanadi va shu bilan birga, bu guruhning arxaikligi namoyon bo‘ladi. “Chengyu”ning bo‘g‘in-morfemlarining har biri odatda, mustaqil so‘z hisoblanadi.
Aytishlaricha, odatda, “chengyu” o‘z vazifasiga ko‘ra, biror bir gap bo‘lagiga to‘g‘ri keladi, lekin bu mezon ko‘pincha to‘g‘ri kelmaydi, chunki “chengyu” yozuvda vergul bilan belgilanadi, nutqda bo‘g‘inlarni alohida urg‘usi hisobiga talaffuz orqali beriladi. Shunday qilib, “chengyu”larni har doim ham gap tarkibining butun bir bo‘lagi deb ayta olmaymiz.
Ta’kidlashlaricha, “chengyu” gapning boshqa komponentlari bilan aloqada emas, boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, “chengyu” sintaktik yashirin ifoda, biroq, Vetrovning tajribalarini (frazeologik birliklarning vazifasiga tegishli) ko‘rsatishicha, har doim ham shunday emas. Undan tashqari, “chengyu”ning tarkibiy komponentlari muntazam ravishda bir-birlari bilan joy almasha olmaydi, biroq, bunda ham bir oz cheklanishlar mavjud.
2. Uslubiy differensial belgilar
Odatda, “chengyu”lar adabiy, kitob tili hisoblanadi va bu nuqtai nazar mazkur masala tarafdorlarining fikricha, ularning qo‘llash sohasidagi odatiy nuqtai nazardir. Shunga qaramasdan, tadqiqotning empirik materiallari bilan bir qatorda passiv kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, bu birliklarning ko‘pchiligi so‘zlashuv tilida faol ishlatiladi.
3. Etimologik differensial belgilar
Odatda, “chengyu”lar kelib chiqishiga ko‘ra ma’lum bir manbaga (ko’pincha adabiy) asoslangan bo‘ladi, boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, ko‘rib chiqilayotgan tasniflash konsepsiyasiga ko‘ra, “chengyu” guruhiga kiritilgan frazeologik birliklarning aksariyati allyuziya (stilistik figuralardan biri: tarixiy voqea yoki mashhur asarlarga ishora qilish)lar bo‘lib, qadimgi va o‘rta asrda turli janrlarda xitoy tilida yaratilgan mashhur asarlarning matn syujetlariga asoslangan. Shunday qilib, bu guruhga idiomalar, frazeologik bog‘liq iboralar (无价之宝wu jia zhi bao “qimmatbaho xazina”), turg‘un o‘xshatishlar (安如泰山 an ru Taishan “Tayshan tog‘idek; 易如反掌 yiru fan zhang “yengildan ham yengil”, “osondan oson”, ya’ni kaftni tepaga qaratgandek oson), qadimgi maqollar, keyinchalik maqollarga aylanib ketgan qadimgi aforizmlar (诲人不倦hui ren bu juan “charchoq bilmasdan boshqalarni o‘rgatish”. Konfutsiyni “Lunyu” idan keltirilgan) kiradi. “Boshqacha qilib aytganda, “chengyu” atamasiga turli xil til materiallari kirib, tayyor shaklda tilda turli belgilar bilan mavjud, ba’zida bu mavjud iboralar mumtoz kitoblarda ularni “chengyu”lar qatoriga kiritish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi...”.
60-yillarning boshlarida frazeologiya bo‘yicha ba’zi xitoy ishlarida birinchi marta IB larning “guanyongyu” guruhi deb ataluvchi yangi guruhi ajratila boshlandi. Birmuncha kech, ya’ni 80-yillarda aksariyat xitoy tadqiqotchilari uni u yoki bu jihatdan “chengyu” guruhiga qarshi qo‘ya boshladilar (uslubiy, grammatik va boshqa aspektlarda). Xuddi shu davrda “guanyongyu” guruhini turli xarakterlarga ko‘ra belgilashni taklif qiluvchi asosiy nashrlar paydo bo‘la boshladi. Xitoy tadqiqotchilari oldida eng dastlabki va asosiy ishlar, ya’ni qo‘shimcha frazeologik guruhlarni aniqlab olish haqidagi masala turar edi va ular quyidagilar: “Guanyongyu” nomli hammualliflikdagi monografiya (Ma Guo-fan va Gao Ge-dong, 1982y.), “Guanyongyu: tadqiqotlar davomi” nomli monografiya (Gao Ge-dong, 1986y.), “O guanyongyu” nomli maqola (Wang Qin (王堇), 1982y.), “Guanyongyu muhokamasi” nomli maqola ( Yang Zhi-wen, 1989y.), “Xitoy tili frazeologiyasi” nomli monografiya (Sun Wei-zhang, 1989y.) va boshqa nashrlar. Misol tariqasida biz shuni aytishimiz mumkinki, (一步登天)最长的腿。 (顶天立地)最高的人。
(轻如鸿毛)最小的人。 (无孔不入)最尖的针。 (一言九鼎)最重的话。
(金玉良言)最贵重的话。 (一览无余)最宽的视野。 (脱胎换骨)最大的手术。
(包罗万象)最大的气量。 (天壤之别)最大的差异。 (天翻地覆)最大的变化。
(无米之炊)最难做的饭。 (风驰电掣)最快的速度。 (取之不尽)最多的资源。
(一日三秋)最短的季节。 (度日如年)最长的一天。 (无边无际)最大的地方。
二十二、反义成语
爱财如命——挥金如土 异口同声——众说纷纭 爱不释手——弃若敝屐
半途而废——坚持不懈 一丝不苟——粗枝大叶 博古通今——坐井观天
高瞻远瞩——鼠目寸光 寂然无声——鸦雀无声
二十三、近义成语
百发百中——百步穿杨; 急功近利——急于求成; 不求甚解——囫囵吞枣
白日做梦——痴心妄想; 熙熙攘攘——熙来攘往; 博古通今——博古知今
东倒西歪——东扶西倒; 不名一钱——一贫如洗
二十四、根据书籍名称说出有关词语
《三国演义》 草船借箭 过五关,斩六将 一个愿打,一个愿挨 赔了夫人又折兵
舌战群儒
《红楼梦》 刘姥姥进大观圆 林黛玉葬花
《西游记》 西天取经猪八戒大闹高老庄 孙悟空三打白骨精
《水浒》 逼上梁山; 林冲棒打洪教头; 劫取生辰纲; 武松打虎 武大郎卖烧饼; 三碗不过景阳岗
二十五、三字俗语类
(变色龙)立场不稳,见风使舵的人。(笑面虎)笑脸相迎,两面三刀的人。
(地头蛇)强横无赖,称霸一方的人。(铁公鸡)一毛不拔,吝啬钱财的人。
(哈巴狗)趋炎附势,百依百顺的人。(替罪羊)代人受过,替人挨揍的人。
(井底蛙)孤陋寡闻、知识不广的人。(孺子牛)鞠躬尽瘁、为民造福的人。
(千里马)得才兼备,大有作为的人。(纸老虎)比喻外强中干的人。
二十六、给动物安家
猪圈 鸟巢 蛇洞 龙潭 虎穴 兔窝 牛棚 鸡笼马厩 蚁巢 狗窝
二十七、数字成语
一唱一和一呼百应 一干二净 一举两得 一落千丈一模一样 一暴十寒 一日千里
一五一十一心一意 两面三刀 三长两短 三番五次三三两两 三头六臂 三心二意
三言两语四分五裂 四面八方 四通八达 四平八稳五光十色五湖四海 五花八门
五颜六色 六神无主七颠八倒 七零八落 七拼八凑七上八下七手八脚 七嘴八舌 八面玲珑 九死一生
九牛一毛 十拿九稳 十全十美 百发百中 百孔千疮百战百胜百依百顺 千变万化 千差万别 千军万马 千山万水
千丝万缕 千辛万苦 千言万语 千真万确 千锤百炼千方百计千奇百怪 千姿百态 千钧一发 千虑一得
千虑一失 千篇一律 万水千山 万无一失 万众一心万紫千红万死一生 mana shu kabi iboralar ham xitoy tili lug’at boyligini to’ldirib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |