Xitoy tilshnoslarining iboraga bergan ta'riflari
Aksariyat hollarda ibora va frazeologik birlik tushunchasini (uni keng kolamda tushinish manosida) belgilash uchun zamonaviy xitoy tilshunoslari “熟语” shuyu atamasini qo‘llaydilar, bu so‘zning atama komponenti tarjimasi shu ni “tayyor” yoki “tanish” deb talqin etish mumkin, yu esa “nutq” ma’nosini beradi. Xitoy tilshunosligi uchun “ibora” tushunchasi an’anaviy tushuncha hisoblanmaydi, lekin xitoy tilshunosligi doirasida yarim asrdan kop vaqt davomida mavjud. Chamasi, "frazeologizm" tushunchasi xitoy tilshunoslarini kopgina masalalarda Yevropa tilshunoslik ananalariga faol murojaat etishni boshlaganlarida rus yoki ingliz tillaridan ozlashtirilgan bolsa kerak. “熟语”shuyu xitoy atamasi uch ma’noga ega: 1. frazeologiya xitoy tilshunosligi bo‘limini belgilash - nutqning turg‘un bo‘laklarini o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘lim sifatida; 2. yig‘ma atama – mazkur tilning frazeologik birliklari tarkibi/jamg‘armasi sifatida; 3. frazeologik birlik (keng ko‘lamdagi ma’no) sifatida. Uchinchi ma’nodagi“熟语”shuyu xitoy atamasiga FB (ya'ni frazeologik birlik - ibora), so‘z birikmalari bilan birga tilning folklor darajasini tashkil etuvchi FB jumlalarini (ya’ni ba’zi xitoy tadqiqotchilari ekvivalent atama sifatida ko‘pincha xalq og‘zaki ijodiyotining aforistik janrlari - maqol, matal, aforizm, topishmoqlarga yana bir yig‘ma atama – “俗语” suyu ni) qo‘llaydilar. Unda su mashhur, hamma qabul qilgan, ayrim (tarmoqlanish, tarqalish) ma’nolarini, yu – nutq ma’nosini beradi.
Umuman olganda, xitoy tilshunoslarining leksikologiya boyicha ishlarida shuyu atamasini aniqlash kop uchramaydi, agar uchrasa ham, odatda, yuzaki xarakterga ega. Frazeologiya haqida yozuvchi, mualliflar faqat umumiy takidlashlar bilan cheklanib, bir tomondan, mazkur masalani yetarli organilmaganligini takidlashsa, ikkinchi tomondan, hozirgi davrda frazeologiyaning nazariy asosi yosh xitoy tilshunosligining endi shakllanayotgan sohasi ekanligi, xitoy tadqiqotchilari hali shuyu atamasini yirik ishlarda muvaffaqiyatli shakllantirishlariga ertaligi, turli xitoy mualliflarining ishlarida mavjud bolgan qarama-qarshiliklar mazkur mavzuni yoritish uchun kamlik qilishi haqidagi fikrlarni bildiryapti.
Masalan, tilshunos Yun Sheng (云生) 1959 yilda shuyularga quyidagi definisiya (tushuncha mazmunini aniq mantiqiy belgilab berish)ni taklif qilgan: “Shuyu – bu ma’lum bir tildagi turg‘un so‘z birikmalarining mavjud yig‘indisi”, “shuyu” larga u turg‘un so‘z birikmalari va turg‘un jumlalarni kiritgan. Boshqa xitoy olimi Zhan Yun yan ozining Leksikologiyaga kirish deb nomlanuvchi monografiyasida shuyu atamasining mazmun mohiyatini shunday belgilaydi: Tilda yana shunday bazi oziga xos soz birikmalari va jumlalari mavjudki, ular oz vazifasiga kora sozlar, biroq ular nutq jarayonida tuzilmaydi, balki ular tilda tayyor shaklda mavjud va ularga biriktirilgan malum bir mano kasb etadilar. Bunday shakldagi turgun soz birikmalari yoki jumlalar (koproq soz birikmalari) shuyu deb ataladi.
Zamonaviy xitoy tili leksikologiya asoslari kitobi mualliflari Wu Zhan-kun va Wan Xinlar shunday yozadilar: Shuyu bu soz birikmasi yoki qisqa jumla bolib, oz ichki tarkibiga kora murakkab sozlar hisoblanadi, mano sozlarga nisbatan ularda katta ifodani beradi, biroq qollash kolami va tashqi shakllarining turgunligi jihatidan sozlar bilan oxshash; sintaktik jihatdan ham ular sozlar bilan hamohang.
Zamonaviy xitoy tili leksikologiyasi (1985 yilda nashr etilgan) kitobi muallifi Fu Huai-qing (符淮清) til tizimida FB (“shuyu”)ning o‘rnini aniqlashga va ularni tilning leksik darajasiga bog‘lashga uringan: “Leksika o‘ziga nafaqat so‘zlarni olgan, balki ba’zi alohida nutq– “yu” larni, ya’ni chengyu, yanyu, suyu, xiehouyularni ham olgan. Ular soz birikmalari yoki jumla tizimiga ega bolib, ularning tarkibiy komponentlari va tuzilish modeli uzoq nutq amaliyoti natijasida yuzaga kelgan, ularning manosi kopincha bir butunlikni tashkil etadi. Ular tilning turgun konstruksiyasini namoyon etadi. Fu Huai-qing FB larni alohida guanyongyular guruhiga ajratmaydi (bu va boshqa FB guruhlarini biz quyida korib chiqamiz), shu bilan birga uch sozdan tashkil topgan, ananaviy qarashlarda guanyongyular guruhi yadrosini tashkil etgan, asosan zamonaviy til leksik-grammatik normalari bo‘yicha tuzilgan idiomatik FB lar haqidagi masalani chetlab o‘tadi. Lekin shunga qaramay, u jumla tarkibida idiomatik FB ni belgilash uchun “suyu” (俗语suyu aynan - mashhur, hamma qabul qilgan ibora) atamasini ishlatadi va uning fikriga ko‘ra, ular pand - nasihat xususiyatiga ega emas, ya’ni maqollar (yanyu) hisoblanmaydi. Lekin u folklor nuqtai nazaridan bu birliklarni matal xarakteriga ega ekanligini ta’kidlab, bir qancha misollar keltiradi:
敬酒不吃吃罚酒 jing jiu bu chi chi fa jiu - yaxshi nasihat yoki kondirishlarga quloq solmagan inson uni majburlash yoki jazolashdan keyingina bu narsaga konadi, yani kongilsizlikni tilab oluvchi inson haqida soz borayapti (bu ibora aynan vino ichishni taklif qilsang, ichmaydi, lekin jarima vinoni ichishdan bosh tortmaydi, deb tarjima qilinadi);
这山望着那山高zhe shan wangzhe na shan gao – o‘z ishidan norozi, beqaror xarakterga ega va o‘z xohishlari chegarasini bilmaydigan inson haqida ( bu ibora aynan “bir tog‘da turib, ikkinchi tog‘ni baland deb o‘ylaydi”, deb tarjima qilinadi).
“Shuyu” atamasining turli tariflari haqidagi masalaga qaytamiz. Zamonaviy xitoy tili lugatida, shuyu atamasining shunday tarifi keltiriladi: Turgun soz birikmalari bir butunlikda qollaniladi, ularning tarkibiy komponentlarini ozgartirish mumkin emas, bundan tashqari, ularni soz tuzilishi nuqtai nazaridan tahlil qilish mumkin emas. Cihai lugatida shuyu sozi yanada qisqa berilgan: Mazkur tilning turgun soz birikmalari yoki jumlalari. Qollanilganda, odatda ular tarkibi ozgartirilmaydi. Ularga chengyu, yanyu, guanyongyu va boshqalar ham kiradi.
Shuyu atamasi tushunchasiga asosiy yondoshuv shulardan iboratdir. Agar keltirilgan tariflar amaliyotda qollanilsa, ularni qoniqarsiz ekanligini korish mumkin, boshqacha qilib aytganda, ularda shuyu (FB) ni frazeologik bolmagan tilning boshqa birliklaridan chegaralovchi asosiy va ishonarli mezonlar yetishmaydi. Bunday tushunchalar bazi xitoy tilshunoslari, jumladan, Xu Guo-qing (徐囯庆) da uchraydi, masalan uning ta’kidlashicha, “shuyu” (ya’ni FB) larni yuqorida keltirilgan ta’riflari, eng mashhur va nufuzli xitoy izohli lug‘atlaridagi ma’lumotlar tugallanmagan (chala) va xato fikrlarga olib keladi. Chunki bu ma’lumot va fikrlarda “shuyu (yani FB) larning umumiy belgilari (tarkibining turgunligi, soz birikmasi yoki jumla modeliga modelini togri kelishi va h.k.) sanab otilgan va ularning oziga xos maxsus belgilari haqida umuman hech narsa deyilmagan. U oz fikrini tasdiqlar ekan, shuyu larning aksariyat qismi turgun soz birikmalariga kirishini maqullaydi, biroq, u shuyu (bu yerda FB- soz birikmalari)larning katta qismi faqat turgun soz birikmalari turlaridan biri ekanligiga urgu berib, ularni boshqalar kabi frazeologizmlar deb hisoblamaydi, ular eng yuqori darajadagi kategoriyalarni tashkil etib, bir butun soz birikmalarining barcha turlarini oziga oladi. Bunday holatga u nutqda tayyor shaklda kelgan (xuddi FB) va uning tarkibiy komponentlarini almashtirish yoki tarkibiy tuzilishini ozgartirish mumkin bolmagan rasmiy jihatidan turgun soz birikmalaridan misollar keltiradi, masalan:
北京大学 Beijing Daxue – Pekin universiteti;
中华人民共和国 Zhonghua renmin gongheguo – Xitoy Xalq respublikasi;
同步回旋加速器 tongbu huixuan jiasu qi – sinxrotsiklotron (fazotron).
Xu Guo-qingning yozishicha, “shuyu” (ya’ni FB) ma’nosining o‘ziga xosligi bilan xarakterlanadi va ular tarkibiy komponentlar ma’nosidan chiqib ketmaydi (yuqorida keltirilgan misollardagi ot va atamalar kabi), balki, ikki rejali (双层性shuangcengxing) xususiyatga, yoxud, uyg‘unlashgan (融合性ronghexing) xislatga ega, deb aytadi. Lekin bu fikrlariga qoshilmay bolmaydi, chunki ancha oldin akademik V.V.Vinogradov frazeologik birliklarni frazeologik uygunliklar deb atagan.
Shunday qilib, hozirgi davrda xitoy tilshunosligida frazeologiya mustaqil ilmiy fan sifatida shakllanish jarayoni ketayapti, deyish mumkin. Ehtimol, oxir-oqibat hozirgaga qadar bolgan munosabatlarga qaramasdan, kopgina xitoy tadqiqotchilari tomonidan qabul qilingan熟语学 shuyuxue (“xue” – ta’limot ma’nosida) nomli atama o‘zining haqiqiy o‘rnini egallasa ajab emas.
Shuni ta’kidlash joizki, bundan yarim asr muqaddam Z.I.Baranovning aytishicha, xitoy tilshunosligida frazeologiya tilshunoslikning alohida sohasi sifatida umuman ajratilmagan va hatto, mazkur ilmiy fanni nomlash uchun atama ham yoq bolgan. XX asrning 50-60-yillarida frazeologiya boyicha xitoy tadqiqotchilarining ishlarida chengyu atamasi paydo bolib, muallif yondashuviga qarab turli manolar berilgan. Chengyu atamasi asosan quyidagi manolarda qollanilgan: 1. Turli tort sozdan tashkil topgan tayyor (cheng) iboralar (yu)ni belgilash, yani FB-idiomalar va FB lar kozda tutilgan jumlalar ( maqol, aforizm va h.k.), yani bu atama frazeologiyani keng ko‘lamdagi ma’nosi”ni bildiradi (bunday nuqtai nazarni, xususan, He Ai-ren (何霭人) 1957 yilda ma’qullagan); 2. Frazeologiyani “tor ma’noda” belgilash uchun, ya’ni unda ob’ekt faqat FB-idiomalar hisoblanadi (Zhang Shi-lu (张世禄), 1957, 1959 yillar shu nuqtai nazarni yoqlagan)Xuddi shu davrda boshqa xitoy tilshunoslari keng ma’nodagi frazeologiyaga yangi (熟语) “shuyu” - atamasi taklifi bilan chiqdilar. Bunga 1959-1960-yillardagi Yun Sheng (云生) (uning “shuyu” definitsiyasi yuqorida keltirildi) va Tang Song-bo (唐松波) larning ishlari shaxodatlik beradi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, xitoy frazeologiyasini hozirgi o‘rganilish davri natijasida “shuyu” atamasi sekin-asta umuman turli FB larning qabul qilingan umumiy yig‘ma nomini tashkil etib, “chengyu” atamasi esa, asosan IB doirasining qabul qilingan umumiy tavsif paradigmasini bir guruhi nomi sifatida ishlatilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |