Sanoat portlovchi moddalari tasnifi


Ochiq kon ishlarida qo’llaniladigan sanoat portlovchi moddalari



Download 61,53 Kb.
bet4/7
Sana17.04.2022
Hajmi61,53 Kb.
#558565
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
SANOAT PORTLOVCHI MODDALARI

Ochiq kon ishlarida qo’llaniladigan sanoat portlovchi moddalari.
Bizga ma’lumki ochiq kon ishlarida qo’llaniladigan sanoat portlovchi moddalar 4ta guruhga bo’linadi:

  1. guruh granulatol yuqori quvvatli sanoat portlovchi moddasi bo’lib granulalangan trotildan tarkib topgan. Granulalari o’lchami 3-5 mm gacha, portlovchi modda zichligi 1,35-1,4 g/sm3.

Alyumatol- granulalai trotil va 15% li alyuminiy kukuni aralashmasidan tarkib topgan. Shuning hisobiga uning ish bajarish qobiliyati granulatokga nisbatan yuqoriroq.
Alyumatol portlovchi moddasi suv tagida ham portlatish ishlarini olib borishda qo’llanilishi mumkin. Grammolit 50-50B grammolitdan 30-70B granulali, ammiakli selitra va trotilning qaynoq eritmasi aralashmasidan tarkib topgan, ya’ni trotil eritmasi ammiakli selitra granulali qobig’ini suvga izolyatsiyasini ta’minlaydi. Grammolit 50-50B portlovchi moddasi suvli sharoitlarda 24 soatgacha o’z xususiyatini yo’qotmaydi, 30-70B 3 sutkagacha o’z xossasini yo’qotmaydi.

  1. guruh portlovchi moddalarining o’ziga xos jihati ularning tarkibida 6-15% gacha suv bo’lishidir, bunda portlovchi modda tarkibiga suv ammiakli selitraning konsentratsiyalangan eritmasi ko’rinishida qo’llaniladi. Ushbu portlovchi moddalarga akvatol, ifzanit va karbatol portlovchi moddalari kiradi.

Akvatol portlovchi moddalari gel ko’rinishida bo’lib polietilen qobiqli patronlarda massasi 17± 0,25 kg dan qilib qadoqlanadi. Bunda patron diametri 180­190 mm gacha bo’ladi. Har 2ta patron karton qutiga joylashtirilib qadoqlanadi. Patron uzunligi 430-485 mm gacha. Ifzanit portlovchi moddalari ammiakselitra granulalarining qaynoq eritmasi bilan trotilni aralashtirish orqali hosil qilinadi. Ushbu portlovchi modda zaryadlovchi mashinalarda tayyorlanadi va portlatish skvajinalariga shlang orqali qaynoq holda beriladi. Tarkibida ammiakselitra 60-70% gacha trotil 20-25% gacha suv 6-10% gacha bo’lib uning harorati 550C dan kam bo’lmasligi shart.
Karbatol portlovchi moddasi va ifzanit portlovchi moddalari ammiakselitra, trotil va ammiakselitra eritmasidan tarkib topgan bo’lib, o’ta mustahkam tog’ jinslarida portlash ishlari olib borishga mo’ljallangan.
Emulsiyali portlovchi moddalar bugungi kunda eng istiqbolli portlovchi moddalardan biri hisoblanadi. Ushbu portlovchi moddaning tarkibi ammiakli selitra, dizel yoqilg’isi hamda emulsiya aralashmasidan tarkib topgan. Emulsiya aralashmasidan tarkib topgan. Emulsiya ammiakli selitra suvdagi eritmasini qaynatish va uning tarkibiga har xil qo’shimchalarni qo’shish yo’li bilan tayyorlanadi. Polein kislotasi oynaning mayda zarrachalari qo’shiladi.

  1. guruh zaryadlariga 3Kn va 3KM turkumiga kiruvchi kumulyativ zaryadlar kiradi. Ushbu zaryadlar massasi 180 gr dan 4000 gr gacha bo’lib uzunligi 90 dan 250 mm gacha va balandligi 35 dan 115 mm gacha bo’lib, maksimal o’lchami 208 m gacha yoki 7 m3 gacha hajmdagi nogabaritlarni maydalashga mo’ljallangan.

  2. guruh portlovchi moddalariga maxsus patronlar ichiga joylashtirilib tayyorlangan detonatorlar kiradi. Ushbu detonatorlar trotil, tetril pentalit hamda trotil va geksogen aralashmalaridan tayyorlanadi. Ularning massasi 150 gr dan 530 gr gacha bo’lib diametric 50-70 mm gacha balandligi 50-101 mm gacha bo’ladi.

Patron ichidagi portlovchi modda zaryadining zichligi (p) 5 - 1,68 gr/sm3gacha bo’ladi.
Gaz va changdan xavfli shaxtalardan tashqari ochiq va yer osti kon ishlarida qo’llaniladigan sanoat portlovchi moddalari.

Granulali suvga chidamli portlovchi moddalarga grammonit 79/21B, grammonit АС-4В komulit AC 8B portlivchi moddalari kiradi.


Ushbu portlovchi moddalar trotil va ammiakli selitra aralashmasidan tayyorlanadi. Bunda trotil ham granulali ko’rinishda bo’ladi.
Granulali suvga chidamsiz portlovchi moddalar. Grammonit 79/21, grammonit 82/18, grammonit AC-4, grammonit AC-8, igdanit portlovchi moddalar kiradi.
Ushbu portlovchi moddalar quruq va nam sharoitlarda qo’llaniladi. Igdanit tarkibi ammiakselitra va dizel yoqilg’isi aralashmasidan tarkib topgan. Mazkur guruhga emulsiyali portlovchi moddalar ham kiradi (Nobellan, granulit, emulgit, manfo portlovchi moddalar). Manfoga ammiakli selitra, alyuminiy pudrasi, dizel yoqilg’isi qo’shiladi. (Ammonit) zichlashtirilgan, yuqori quvvatli, suvga chidamli portlovchi moddalarga- ammonit skalniy №1 portlovchi moddasi kiradi. Ushbu portlovchi moddaning portlash issiqligi 1292 kilokolloriya/kg, portlash harorati T=35200C, detonat tezligi 4,8-5,3 km/s.
Suvga chidamli kukunsimon portlovchi moddalar. Ushbu portlovchi moddalar yuqori quvvatli bo’lib, patronlar ichiga joylashtirib tayyorlanadi. Ularga ammonit skalniy №3 va ammonol portlovchi moddalar kiradi. Ushbu portlovchi moddalarning portlash issiqligi 1360 kilokolloriya/kg, portlash harorati T=36400C , detonat tezligi v=4-4,5 km/sek ga teng.
O’rtacha quvvatli, kukunsimon, suvga chidamli portlovchi moddalar. Ushbu portlovchi moddalarga ammonit 6 ЖВ va dinaftalit portlovchi moddalar kiradi. Portlash issiqligi 1030-945 kilokolloriya/kg, portlash harorati T=2960-27800C, v=3,6-4,8 km/s, vd=3,5-4,6 km/sek.
Yuqori quvvatli kukunsimon, nitroglitserinli portlovchi moddalar. Ushbu portlovchi moddalarga detanit portlovchi moddasi kiradi. Uning portlash issiqligi 1200 kilokolloriya/kg, , portlash harorati T=32800C , detonat tezligi v=6-8 km/sek.
Suvga to’yintirilgan plastic portlovchi moddalar. Ushbu portlovchi moddalarga akvanit va akvonal portlovchi moddalar kiradi. Portlash issiqligi 1590 x 1600 J/mol. Muzlash harorati T=-150C, detonatsiya tezligi v1=4,5-5,5 km/sek v2=4,7-5 km/sek.
Akvanit portlovchi moddasini initsiyalash uchun 10-20 gr massali trotildan tayyorlangan zaryad talab etiladi.
Akvonal portlovchi moddasi initsiyalash uchun kapsul detonator qo’llaniladi.

Download 61,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish