1.Ma’noning uch xil turi bor—Leksik ma’no, Grammatik ma’no, uslubiy ma’no.
2.So‘zning grammatik ma’nosi. Ma’lumki, so‘z lug‘aviy ma’nodan tashqari grammatik ma’noga ham ega bo‘ladi. So‘zning u yoki bu turkumga mansubligini ko‘rsatib, uning ma’lum bir grammatik shaklga egaligini ifodalaydigan ma’no grammatik ma’no deyiladi.Masalan, qalam, suv, tosh, uy so‘zlarining har biri uchun taalluqlibo‘lgan lug‘aviy ma’nodan tashqari, ular uchun umumiy bo‘lgan ma’no, ya’ni ularning ot turkumiga mansubligi, narsalik tushunchasi, bosh kelishik va birlik shakl-daligi kabilar mazkur so‘zlarning grammatik ma’nosini tashkil qiladi. Demak, so‘zning lug‘aviy ma’nosi xususiy (ya’ni har bir so‘zning o‘zigagina xos bo‘lgan ma’no), grammatik
ma’nosi esa umumiydir.
3.So’zning leksik ma’nosi – so’zning material qismi — leksema bildiradigan ma’no: muayyan tovushlar majmuyini ma’lum obyektiv voqelikka bog’lash bilan kishi ongida yuzaga keladigan mazmun-mundarija; lug’aviy ma’no. Masalan; "Bolalarni o’ynatdik" gapidagi birinchi so’z hali yosh, voyaga yetmagan odamni, go’dakni, ikkinchi so’z esa harakatni (bola bilan bog’langan harakatni) biddliradi. Demak, "bola" va "o’yna" so’zlaridan ifodalanadigan mazkur aniq ma’nolar shu so’zlarning leksik ma’nolaridir. So’zning leksik ma’nosi muayyan so’zning aniq mazmunini (narsa, belgi, harakat tushunchalarini ifodalash, emotsiyalarni bildirish) tashkil etadi. So’zning leksik ma’nosi o’zak-negizning o’zi bilan ifodalanadi; yasovchi affikslar ham so’zdagi material qismning ichiga kiradi. Shu jumladan leksik ma’no so’z yasalishi va leksikologiya bilan bog’liqdir. So’zning leksik ma’nosi shu so’zning o’zigagina tegishli xususiy ma’no bo’lishi bilan bir qancha o’xshash so’zlar uchun umumiy hisoblanadigan, umumiylik xarakteriga ega bo’lgan grammatik ma’no dan farq qiladi.
4. So‘z lug‘aviy ma’no-tushunchadan tashqari, insonning narsa va hodisaga bo‘lgan ijobiy yoki salbiy munosabatini ham bildiradi. Insonning ijobiy va salbiy munosabati so‘z hissiy-ta’siriy bo‘yog‘i deb yuritiladi. Masalan, yuz, aft, bashara, turq, chehra, oraz, chiroy kabi sinonimlar qatorida yuz so‘zi odam a’zosining biri haqidagi tushunchani anglatadi, bu ijobiy yoki salbiy ma’no ottenkasiga ega bo‘lmagan betaraf so‘z. Aft, bashara, turq so‘zlarida so‘zlovchining asosiy-bosh tushunchaga qo‘shimcha salbiy munosabatini ifoda etuvchi ma’no ham mavjud. CHiroy, chehra, oraz, ruxsor so‘zlariga so‘zlovchining ijobiy (hayrixoxligi, yoqimli, go‘zal kabi ma’no) munosabati ham yuklatilgan. Bunday qo‘shimcha ma’no ottenkalar kishilarning hissiyotiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. So‘zdagi salbiy hissiy-ta’siriy bo‘yoq muayyan matn tarkibida oydinlashadi.Bet so‘zi «Beti qursin» gapida salbiy ma’no, «Beti-betiga tushsa nima deydi» gapida bu salbiy ma’no kuchsizlanadi. Kitobning beti birikmasidagi beti so‘zida salbiy ma’no umuman yo‘q.
5.Kategorial ma’no bu masalan : Ot so’z turkumiga oid so’zlar egalik, kelishik, ko’plik qo’shimchasini qabul qiladi. Bundan tashqari boshqa turkumga oid so’zlar ham o’zining kategoriyasiga mansub qo’shimchalarni qabul qiladi. Demak bu o’rinda otga oid so’zlar qabul qiladigan Grammatik shakllar kategorial ma’no deyiladi.Yondosh ma’no esa agar kelishik qo’shimchalari misolida oladigan bo’lsak, biz tushum kelishigidan foydalanganimizda qolgan kelishiklar ham xotiramizda gavdalanadi. Kategorial va yondosh ma’nolarning o’xshash jihati ikkisiga ham oid Grammatik shakllar kategoriyasida turadi. Farqli jihati esa kategorial ma’noda bir kategoriyaga oid Grammatik shakllar qo’llanishishi kerak. Masalan; Bug’doyzorlarimizni so’zidagi –lar[ko’plik], - imiz [egalik], -ni[kelishik] shakllari bir umumiy kategorial ma’noni tashkil etadi. Yondosh ma’noda esa kelishiklar kategoriyasi misolida faqat 6ta kelishik shakllarini olamiz.
So‘zlarning lug‘aviy va grammatik ma’no jihatdan o‘xshashligiga ko‘ra ayrim leksik - grammatik guruhlariga ajratilish so‘z turkumlari deyiladi. So‘zlarni turkumlarga ajratishda ularning grammatik ma’no-lari bilan bir qatorda, lug‘aviy ma’nosi ham asosiy belgilardan hisob-lanadi. Ham grammatik, ham leksik ma’nolarga ega bo‘lib, gapda mustaqil sintaktik bo‘lak sifatida ishtirok etadigan so‘zlar mustaqil so‘zlar deyiladi. Mustaqil so‘zlarga: ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish kiradi.
Shuni ham ta’kidlash joizki, tilimizdagi ba’zi mustaqil so‘zlar ham nutq jarayonida o‘zining mustaqil lug‘aviy ma’nosini yo‘qotib, gram-matik ma’no ifodalashga xoslangan holda, yordamchi so‘z vazifasiga o‘tishi mumkin. Bu hodisa tilshunoslikda grammatikalizatsiya deb yuritiladi. Masalan: ko‘rib qolmoq, bilib olmoq, xafta ichi kabi birikmalardagi qol, ol, ich so‘zlari o‘zining mustaqil lug‘aviy ma’nosni yo‘qotgan holda yordamchi so‘z sifatida qo‘llangan.
Mustaqil leksik ma’noga ega bo‘lmaydigan, gap bo‘lagi vazifasini bajara olmaydigan, biroq so‘z va gaplarni o‘zaro bog‘lash yoki ularga qo‘shimcha ma’no nozikligi kiritish (yuklash) uchun xizmat qiladigan so‘zlar yordamchi so‘zlar deyiladi. Yordamchi so‘zlar umumiy vazifalarga ko‘ra uch turli bo‘ladi:1) ko‘makchi; 2) bog‘lovchi; 3) yuklama.
Undov, taqlid va modal so‘zlar esa, yordamchi so‘zlarning alohida guruhini tashkil etadi. Chunki undov va taqlid so‘zlar gap bo‘lagi sifatida ham, mustaqil so‘z-gap sifatida ham qo‘llanadi. Ayni paytda mustaqil so‘zlarning yasalishida ham ishtirok eta oladi. Biroq bu so‘zlar harakat va hodisaning atamasi bo‘la olmasligi, ya’ni lug‘aviy ma’no ifoda eta olmasligi bilan yordamchi so‘zlarga o‘xshashdir. Shuning uchun ham undov, taqlid, modal so‘zlarning har biri o‘ziga xos xususiyatlari bilan alohida - alohida turkumni tashkil etadi.
Ko‘rinadiki, so‘zlarni turkumlarga ajratishda, birinchidan, lug‘aviy ma’no, ikkinchidan, morfologik shakl, uchinchidan, biror sintaktik vazifa bajarish xususiyati, to‘rtinchidan, qo‘llanish qurshovi (distributsiyasi) e’tiboridan kelib chiqiladi. Shunga ko‘ra so‘zlarning hozirgi o‘zbek tilidagi turkumlari: 1) ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish kabi mustaqil so‘zlar; 2) ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama kabi yordamchi so‘zlar; 3) modal so‘zlar, taqlid so‘zlar, undov so‘zlar kabi alohida yordamchi so‘zlar guruhidan iborat.
So z yasashning asosiy usullari
Oʻzbek tilida soʻzlar, asosan, 2 xil usul bilan yasaladi:
1.Affiksatsiya (morfologik) usuli.
Bunda soʻzga soʻz yasovchi qoʻshish orqali soʻz yasash tushniladi. Bu uslu orqali tuzuilishiga
koʻra sodda yasama soʻzlar hosil qilinadi. Affiksatsiya usuli bilan soʻz yasalishi mustaqil soʻz
turkumlaridan faqatgina 4 ta soʻz turkumi: ot, sifat, ravish, fe’l ga xos. Masalan: ish+chi,gul+la, kuy+la, kura+k, qadr+don.
2.Kompozitsiya (Sintaktik) usuli.
Bunda soʻzlar (asos+asos…) koʻrinishida hosil qilinshi tushuniladi. Kompozitsiya usuli orqali
soʻzlarning tuzilishiga koʻra qoʻshma soʻzlar hosil qilinadi. Masalan: erta+pishar, tok+qaychi,
Do'stlaringiz bilan baham: |