MASHG’ULOTNING BORISHI:
KIRISH
Guruhiy normalarni ishlab chiqish.
Maqsad: mashg’ulotning samaradorligini ta’minlash.
“Men hech kimga aytmagan sirim……” o’yini.
Maqsad: ishtirokchilar bir-birlari to’g’risida to’laroq ma’lumotga ega bo’lishlarini ta’minlash va ularning o’rtasidagi barerni olib tashlash.
O’yinning borishi. Ko’rsatma: Qatnashchilar davra bo’lib o’tiradi. Trener ko’rsatmasiga binoan ishtirokchilar navbat bilan “Mening ismim…Men hech kimga aytmagan sirim … “ deya hech kimga bilmaydigan odatlari, fazilatlari, vaziyatlari yoki hammagan yashiradigan sirlarni (shaxsiy bo’lmagan) aytishi mumkin. O’yin barcha ishtirokchilar o’zlarini tanishtirib bo’lgunlariga qadar davom etadi.
Kutuvlarni aniqlash.
Maqsad: ishtirokchilarning treningdan kutayotgan natijalarini aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |