Тарбияни тashkil etish va o’tkazish texnologiyasi


Fanni o`qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar bo`yicha tavsiyalar



Download 31,88 Kb.
bet3/3
Sana14.04.2023
Hajmi31,88 Kb.
#928576
1   2   3
Bog'liq
15-маъруза

Fanni o`qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar bo`yicha tavsiyalar:
Bugungi kunda bolalarning bo`sh vaqtini to`g`ri tashkil etishda maktabdan va sinfdan tashqari ta’limga alohida etibor berilmoqda. Maktabdan va sinfdan tashqari ta’limni tashkil qilishda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yilda qabul qilgan “Barkamol avlod” bolalar markazlari to`g`risidagi Nizomi asosiy hujjat hisoblanadi. Bo`lajak to`garak rahbarlarini tayyorlashda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanish davr talabi bo`lib qolmoqda. Bu borada kasb-hunar kollejlarida malakali kichik mutaxassislar tayyorlashda quyidagilarga e’tibor berilishi kerak.
- Mutaxassislik fanlarini o`rgatishda egallanayotgan bilim ko`nikmalar davlat ta’limi standartlarida berilgan talablarga asoslangan bo`lishi kerak.
- Mutaxassislik kasbi bo`yicha ta’lim berish mazmuni fan, texnika, texnologiya taraqqiyoti darajasi talablariga javob berishi kerak.
- Ta`lim berishning zamonga xos texnik vositaridan - slaydlar, multimediya va boshqa kompyuter dasturlaridan foydalanishi kerak.
- Fan bo`yicha amaliy ish darslarini tashkil etishda o`qituvchi o`quvchilarga axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini o`rgatishi va bunday mashg`ulotlarda o`quvchi asosiy figura bo`lishiga erishishi kerak.
-X onada o`qituvchilar va o`quvchilar foydalanishlari uchun kompyuter, kodoskop, internet tarmog`idan olingan manbalar to`plami bo`lishi kerak. Har bir darsda o`qituvchi ulardan foydalanishi kerak.
- Xonada zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalari bo`yicha tayyorlangan mashg`ulot ishlanmalari, ko`rgazmalar namunalari bo`lishl kerak.
Taklif etilayotgan algaritimga mos holda kasbiy yo’naltirilgan o’qitish texnologiyasini loyihalash va konstruksiyalash asoslarini qarab chiqamiz.
Kasbiy - yo’naltirilgan o’qitish texnologiyasini loyixalash va konstruksiyalashning birinchi va hal qiluvchi bosqichi-bu maqsadlilik bosqichidir. U yaxlit didaktik jarayonning natijaviyligiga bog’liq. Bunda o’qitishning maqsadi pedagog tamonidan aniqlanadi. Bu yerda natijaviylik deyilganda ta’lim oluvchilarning belgilangan maqsadlarga erishish darajasi tushuniladi. Natijaviylik ta’lim muassasalari bitiruvchilarida shakillanadigan kasbiy ko’nikma va malakalar darajasiga ko’ra o’zgarib turadi. V.P.Bespelko, T.A.I’lina, V.I.Klarin, V.VKraevekiy, V.A.Slatenin, N.S.Sayidaxmedov, O.Rozikov, B.Adizov, O’.Tolipov kabi pedagog olimlar o’z ilmiy tadqiqotlarida maqsadlilik muammosiga e’tibor qaratganlar. Biroq bu nuammoning ilmiy ishlanganlik darajasi va uning zamonaviy holati umumiy holda aniqlangan. Bundan tashqari, u juda murakkab muammo bo’lib, ko’p hollarda ziddiyatli tasniflangan. Bu hol maqsadni aniqlashga bo’lgan zamonaviy yondashuvlarning nihoyatda xilma –xilligi bilan tushuntiriladi. Misol uchun akademik V.P.Bespol’ko pedagogoik texnalogiyada o’quv maqsadlarini tashxislanuvchan tarzda belgilash lozimligini uqtiradi va bu tushunchaga izoh beradi: “tashxislanuvchanlik deganda ta’lim oluvchilarda egallagan bilim, ko’nikma va baholash tushuniladi.”
Olim mavzuning tashxislanuvchan maqsadini belgilash uchun uch shartni taklif etdi:
1). Mavzuga oid o’quv elementlarini boshqa ijtimoiy tajriba tarkibi qismlaridan farq qiladigan darajada aniq ifodalash:
2). Ta’lim oluvchilarning mavzuga oid boshlang’ich bilim darajasini o’lchashning pedogogik vositasi mavjudligi:
3). Ta’lim oluvchilar bilimlarini baholash vositasi.
Agar o’qitish tizimida ushbu shartlar amalga oshirilsa, shubxasiz o’qitish texnologiyasida maqsad aniq belgilangan bo’ladi. Pedogogik kuzatuvlar ko’rsatadiki, mavzu maqsadlari o’quvchi faoliyati, mavzu mazmuni, o’qituvchi faoliyati orqali, shuningdek, shaxsining emotsional holatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. B.M. Klarinning takidlashicha, mavzu maqsadlarinibutarzdabelgilash o’qituvchiga darsni tashkil etish va boshqarish bo’yicha biror konstruqtiv ko’rsatma bera olmaydi .
N.Saidaxmedov qator ishlarida ta’limiy uchlik: ”maqsad- jarayon (vosita)-natija”ning chetki ikki “xalqasi” yordamida maqsdlarni aniqlashni taklif etadi, ya’ni kutilmayotgan natijalar asosida maqsadni belgilash lozimligini e’tirof etadi.
Bizningcha o’qitish maqsadlarini aniqlashga faolyati yondashuv ta’lim oluvchilarni kasbga yo’llash nuqtai nazridan birmuncha maqbul hisoblanadi. O’qitish maqsadlariga qo’yiladigan asosiy talablar: tashxislanuvchilik, hayotiy zaruratlik, real erishuvchanlik, aynanlik, sinovchanlik, tizimlanganlik va to’lalik. Ular bo’lajak mutaxassis shaxsning barcha asosiy muhim kasbiy sifatlari bo’yisha aniqlanadi.
Tashxislanuvchanlik shaxsda shakillanayotgan sifatlarining nechog’lik aniq ifodalanganligini, ularni boshqa har qanday sifatlardan xatosiz aniqlash mumkinligi, usul, vosita, tashxislanayotgan sifatlarni ajratish uchun mezonlar mavjudlkigini, o’lchov natijalariga tayanadigan baxolash shkalasining borligini bildiradi. Hayotiy zaruratlik maqsadlarining o’ylab topilmasligi va o’z –o’zidan berilmasligini, aksincha, talab etishni, buyurtma berilishini anglatadi. O’quv auditoriyasidan hayotga yo’llanma olgan mutaxassis faoliyat ko’rsatishga, masalalarni ijodiy yechishga tayyor bo’lishi lozim. Uning vazifasi faqat o’rganilgan o’quv materiallari mazmunini qayta aytib berishdan iborat emas. Maqsadga real erishuvchanlik o’qitish shart-sharoitlari, ta’lim muassasasining moddiy ba’zasi bilan bog’liq. Agar qandaydir sabablarga ko’ra ta’lim olish uchun shart-sharoit yetarli bo’lmasa, unda maqsadlar to real sharoitga mos kelguncha qadar kamaytiriladi. Maqsadlarni aynan aniqlash o’qitish mazmuni, metod, vosita shakillarni ishlab chiqish, shuningdek hayot talabalarini qondiradigan natijalarni nazorat qilish uchun zarurdir. Shu boisdan maqsadlar faqat nomlanmaydi, balki turlicha ko’rsatgichlar bilan tavsiflanadi. (masalalarni yechish to’g’riligi ma’lumotnomadan foydalanish imkoniyati va boshqalar).
Sinaluvchanlik o’quv maqsadlarini tarqoq holda emas, balki aniq ifodali zarurligini ko’rsatadi (qaysi darajada, nimani uddalash lozimligi va boshqalar). Tuzumlanganlik va to’liqlik o’quv fanlarining yaxlit (tizimli)ligi, uning mutaxassisni tayyorlash o’quv rejasidagi muayyan o’rin bilan bog’liq.
Dastlab didaktik maqsadlar aniqlanishi kerak. Ularga erishishi uchun ta’lim mazmuni belgilanadi. Ta’lim mazmunining asoslash-didaktikaning muhim va ananaviy muammolaridan biri sanaladi. Ta’lim mazmunining ijtimoiy mohiyati va pedagogik voqelik ekanini etiborga olib, uni ta’limiy tizimiga qaratilgan ijtimoiy buyurtmaning pedagogik model sifatida aniqlash mumkin. Bu model ko’p darajali perarik tuzilmaga ega. Ta’lim mazmunini shakillantirishda o’ziga xos chegaraviy omil o’quv vaqti byudjeti, ta’lim muassasalarining o’quv-metodik va moddiy –texnika bazasi holati hisoblanadi. O’qitish mazmunini shakillantirish tamoyinlari va mezonlari o’qtuvchiga o’quv jarayonida o’qitish maqsadlarini ilmiy asosda joriy etishga imkon beradi. Darsda kasb tanlash masalalarini tahlil qilish usullari har xil bo’lishi mumkin. O’qituvchi kasblar haqidagi masalasini suhbat tegishli adabiyotlarni tavsiya etish, o’quvchilarga alohida-alohida topshiriqlar berish, munozara o’tkazish insho ishlab chiqarish mazmunidagi vazifalar berish, mutaxassislar bilan uchrashuv va boshqa shakillarda yoritadi. O’quvchilar matematika darslarida ustaxonadagi amaliy ishlarda va zavodda turli hisoblashlarga har xil geometrik yechimlarga duch keladilar.
Bu hol matematika o’qituvchilariga o’z predmetini o’quvchilarning unumli mehnati bilan bog’lanish amalga oshirish imkonini yaratadi va ular: a) o’quvchilarning matematika nazriyasini puxta bilib olishiga hamda hisoblash apparatini o’zlashirishga erishadilar: b) ularga matematikani amalda qo’llashni yaratadilar: v) o’quvchilarda muayyan (hisoblash grafika va hokozalar bo’yicha) ko’nikma va malakalar hosil qiladilar: g) o’quvchilarning ishlab chiqarish jarayonidagi matematik asosni ko’ra bilish iqtidorini rivojlantiradilar. Mazkur bog’lanishni amalga oshirishda o’quvchilar matematika bo’yicha olgan bilimlar mehnat uchun ilmiy asos bo’lishini, mehnat esa o’z navbatida darsda olgan bilimlarni umumlashtirish va ongli ravishda o’zlashtirish uchun aniq material bo’lishini nazarda tutadi.
Bunday faktlar jonli tabiatda ham allaqachonlar o’z ifodasini topgan, deydi o’qituvchi. Hayvonlar va o’simliklar, shunigdek, ularning ayrim organlari evalyutsiya jarayonida fizialogik vazifalarni bajarish chegaralarida eng tejamli shakillarga kirganki bu shakillar energiya va jonli qurilish materialini to’g’ri sarflash, bo’shlikga issiqlik chiqib ketishni kamaytirish, sklet suyuqliklarining mustahkamligini oshirish, ularning o’tkazish qobilyatini oshirish imkoniyatini beradi. Shuning uchun ham daraxtlarning tanasi, ildiz va shoxlari ko’ndalang kesimi doiradan iborat silindir shaklidaligi bejiz emas.
Bu shakl materialni eng kam sarflab, oziq moddalarni o’tkazish qobilyatini kuchaytirib, yuqori darajada mustaxkamlikni ta’minlaydi. Xuddi anashu sababga ko’ra hayvonlarning ba’zi suyaklari, vena va arteriya qon tomirlari, bo’g’im va gavdasi taxminan doirasimon ko’ndalang kesmga ega. Ichki a’zolari: miya, ko’z, buyrak, yurak, o’pka o’zining funksional vazifalariga ko’ra sferik shaklga ega. U yoki bu darajada dumaloq shakilga yaqin. O’tuvchi bu ishni quyidagicha tashkil etishi mumkin.
Kasb tanlashning ahamiyati haqida kasblarning ko’p kasblar uchun matematikaning ro’li haqida suxbatlar. (“Matematika va hayot,” “Odamlar matematikasiz qanday yashaganlar” va hokozo). Matematika kerak bo’ladigan kasblar to’g’risida dokladlar sobiq o’quvchilarning o’z kasblari va ana shu kasblarida matematikaning roli to’g’risidagi chiqishlar. Ishlab chiqarish mazmunidagi masalalarni yechish, devoriy matbuot orqali kasbga yo’naltirishi
ifodalangan shakillarda kasblarga yo’naltirishi ishchilarni olib boradigan matematika o’qituvchilarni o’quvchlarga xilma-xil kasblar olishni yaratib berishdan tashqari ularning qiziqishlarini moyilliklarini ham o’rganadilar, anashu sifatlarni tarkib topdirishi va rivojlantirishi ustida hamishlaydilar.
Fizika darslarida ta’limni o’quvchilarning unumli mehnati bilan bog’lash uchun katta imkoniyatlar mavjud. Bu fan zamonaviy texnikaning asosidir va shunga ko’ra maktab o’quvchilarga fizika bo’yicha chuqur va puxta bilimlar berishi uchun, bu bilimlarni amalyot bilan bog’lash uchun kurashmog’i zarur. Fizika o’qituvchisi o’quvchilarning shaxsiy amalyotlaridan fodalanmasligi mumkin emas. Shuning uchun u fizikaga doir amaliy va labaratoriya ishlarini ishlab chiqarishi bilan chambarchars bog’lab amalga oshiradi. Masalan “Richaklar” mavzuni o’rganishda richagning turli asboblarda (chayka, kalitida, qaychilarda) qo’llanilishi hollardan foydalaniladi.
9-sinifda elektrni o’rganishda juda ko’p amaliy ishalar o’tkaziladi. Ulardan o’quvchilar zavod energetikasi, uning xo’jaligi bilan o’lchov asboblari bilan tanishadilar, ularning ishlatishga yaroqliligini aniqlaydilar, tokning kuchi va kuchlanishiga qarab o’tkazgichlarni to’g’ri tanash uchun hisoblashlarini bajaradilar. Olimlar fizika o’qituvchilari o’quchilariga ilg’or ishchilar qanday qilib yuqori mehnat unumdorligiga erishishlarini, ular tabiat qonunyatlariga doir bilimlar yordamida o’z ixtisoslashning nozik jihatlarini o’zlashtirishlarini tushuntiradilar 7 sinf fizika kursida kuchlarning qo’shilishi va bo’linishini o’rganishdan oldin o’qituvchi o’quvchilarga quyidagi toshiriqlarni berishi mumkin. O’quvchilar oldida ular ilgari hech o’ylab ko’rmagan hollar nomoyon bo’ladi. Pulslar ko’tarilishi bilan traktorning tezligi ortadi. Bunda traktorchi tezlikni o’zgartirmasa ham traktor matorining tovishi pasayadi. O’quvchilarda bilimga extiyoj paydo bo’ladi va tushunarsiz hodisaga taajublanishi vujudga keladi. O’quvchilar o’zlari kuzatgan narsa va hodisalar haqidagi aniq tasavvurlarini ilmiy umumlashtirishga bog’laydilar. Texnikada burilish yasaydigan kashfiyotlar to’g’risidagi hikoyalar katta tarbiyaviy axamyatga ega. Yer yo’ldoshida yil bo’yi Quyosh enegiyasi hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqargan gelrostansiyalarhaqidagi Quyosh batareyalari haqidagi Quyosh energiyasidan foydalanishi haqidagi hikoyalar uchuvchilarda Vatanimiz bilan faxrlanishni, mehnat va ilm axliga hurmatni mehnatga intilishini, insonga juda ko’p yordam bergan lekin hali unda hamma narsa amalga oshirilmagan fanga yangi yo’llar topish ishtiyoqini vujudga keltiradi. Fizika darslarida fan va texnika yutuqlar bilan tanishishi o’qitishning ko’proq ilmiyligini ta’millashda shubxasiz yordam beradi. Masalan, maktab fizika kursida o’zgarmas tok qonunlarini o’rganishni hozir fanda qabul qilingan elektron nazaryasi asosida amalga oshirishi kerak. Chunki jarayonlar mehanizmi yoritmasi, o’quvchilar madaniyatining tuzilmasi va undagi elektr jarayonlarning mohiyati haqidagi materiallarni, ilmiy bilimlarni o’zlashtirishda qiynaladilar.
O’qituvchi qaysi kasbdagi kishilar reaksiya tezligini bilishlari kerak? Deb so’raydi. O’quvchilar ehtimol avtomashina haydovchilarini mashinistlarini, o’quvchilarni aytadilar. O’qituvchi anashu haqda o’quvchilar bilan “Ish, quvvat va energiya” mavzuni o’rganishdayoq gaplashadi. Unda tormoz yo’li mashinaning massasiga bog’liq bo’lib, yengil avtomabilga qaraganda og’ir avtomabilni to’xtatish qiyinroq bo’ladi, tezlikning normadan ikki baravar ortishi boshqa bir xil sharoitlarda tormoz yo’lining to’rt baravar ko’payishiga olib keladi. Shuningdek, formuladan tormozlarning yo’li ko’rinadi.
Anchagina ishqalanishdan keyingina tormoz yo’li minimum gacha qisqartirish mumkin. Agar kasb mavzuning muayyan bo’limiga daxldor bo’lsa, u holda bevosita darsda yangi material berilayotganda so’lanadi. 9- sinfdagi asosiy mavzulardan biri “Elektromagnit to’lqinlar” mavzusidir. Anashu mavzu bo’yicha o’tiladigan darslarda o’qtuvchi chilangar- elektrotexnik, elektromontyor , radio aparatlari elektromantajchisi, radio jixozlarini tuzatuvchi chilangar, ro’zg’or elektr asboblarini tuzatuvchi chilangar, gaz payvandchi, elektr payvandchi kabi kasblar haqida gapirib beradi. O’quvchi qizlar laboront, mantajchi, radio aparatlarini yig’uvchi, radiooperator va boshqa qiziqarli kasblarga yo’naltiriladi. Mana shu kasblar juda ko’p korxonalarga keng tarqalgan va shuning uchun ular haqida gapirayotganlarida o’qituvchi maktab atrofidagi korxonalardan, zavodlar va x.kdir.
To’g’ri tashkil etilgan konsultatsiya o’quvchilarga o’quv materialini egallashda qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi. Konsultatsiya davomida o’qituvchi o’quvchilar faoliyatini u yoki bu masalani to’g’ri tushunishga mustaqil ravishda, ular uchun qiyin topshiriqni tushunib oladigan qilib, o’rganilayotgan materialning mohiyatini ochishga o’rganadigan qilib yo’naltiradi.
Download 31,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish