Tarqatma materiallar
IX-XII asrlarda mavjud bo’lgan ilm ma’rifat markazlari:
“Bayt ul-hikma” –Bag’doddaa VIII asrning oxiri (rahbari Al Xorazmiy )
“Ma’mun akademiyasi” – 1010 yil Urganchda (rahbari Al Beruniy)
Uyg’onish davrida ilm – fan yuksak darajada rivoj topib, bu davrda Sharq dunyosining buyuk daholaridan quyidagilar jahon tsivilizatsiyasiga o’zlarining salmoqli hissalarini qo’shdilar:
Abu Ali Ibn Sino – Markaziy Osiyolik buyuk olim. U o’z faoliyatini asosan ikki yo’nalishda olib bordi: tibbiyot va falsafa. Uning asarlari: “Tib qonunlari”, “Donishnoma”. Ibn Sino G’arbda Avitsenna, Sharqda Shayx –ur rais nomlari bilan mashhur.
Abu Rayhon Beruniy - Xorazmning Qiyot shahrida tug’ilgan. U yerning shar shaklida ekanligini va Amerika qit’asi mavjudligini isbotlagan. Uning asarlari: “Minerologiya”, “Geodeziya”, “O’tmish xalqlaridan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”, “Xorazmning ajoyib kishilari” va h.k. Uning tibbiyotga bag’ishlangan asari “Saydana” (Farmakagnozeya) deb nomlanadi. U 1010 yil Urganchda tashkil etilgan Ma’mun Akademiyasining rahbari bo’lgan.
Abu Nasr Forobiy - Sharqda Muallimin as – Soniy ya’ni ikkinchi muallim unvoniga ega faylasuf olim. U Arastuning “Metafizika”, “Etika”, “” asariga risola yozgan. Uning “Fozil odamlar shahri”, “Mantiq ilmi”, “Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi”, “Falsafaga izohlar” va musiqaga bag’ishlangan asarlari bizgacha yetib kelgan.
Muso al Xorazmiy – Yevropada Algoritm
nomi bilan mashhur buyuk matematik olim. U 0 dan 9 gacha bo’lgan sonlardan tenglamalar yaratdi. Muso al Xorazmiy Bag’doddagi “Donishmandlar uyi”ga rahbarlik qilgan. Uni Sharqda Al jabr nomi bilan atashgan. Asarlari: “Al jabr val muqobala”, “Hisob al Hind”, “Kitob at tarix”, “Zidis”.
Ahmad Farg’oniy – Yevropada Alfraganus nomi bilan mashhur buyuk matematik va astronom olim. U o’zining astronomiyadagi buyuk kashfiyotlari bilan jahon tsivilizatsiyasiga hissa qo’shdi. Nil daryosining sathini o’lchaydigan asbob yaratgan. Uning asarlari: “Falakiyot risolasi”, “Oy yer ostida va ustida bo’lish vaqtlarini aniqlash haqida risola”, “Ustrlob yasash haqida kitob”, “ Ustrlob bilan amal qilish haqida kitob”.
Mahmud Zamahshariy – Xorazmlik tarixshunos buyuk olim. U Arab grammatikasi va fonetikasiga asos soldi. Uning “Al kashshof” (Qur’onga tavsirlar), “Tarix”, “Al-Mufassal”, “Aruzda o’lchov” kabi asarlari dunyoga mashhur. M.Zamahshariyning Qur’onga tavsirlar va Arab grammatikasiga bag’ishlangan asarlari dunyoda yagona deb tan olingan.
IX – XII asrlarda Islom madaniyatidagi olimlar quyidagilar:
Ismoil Imom al Buxoriy – buyuk xadisshunos olim. “Al jome’ as sahhih” (Ishonarli to’plam) asari dunyoda yagona deb tan olingan. U 7200 ga yaqin hadislarni to’plagan. Uning “Al adab al mufrat” asari ham jahonga mashhur.
At Termiziy – islom madaniyatining ulug’ vakili. Uning asarlari: “Ash shamoyil an nabaviya”, “Sunani Termiziy”.
Imom Moturidiy – moturidiya maktabiningasoschisi. “Musulmon-larning e’tiqodini tuzatuvchi” degan sharafli nomga ega bo’lgan shaxs.
Burhoniddin Marg’inoniy – islom huquqshunosligining ulkan namoyondasi, “Burhoniddin va millat”, ya’ni “Din va millatning hujjati” degan yuksak unvonga sazovor bo’lgan. Uning yetti kitobdan iborat “Hidoya” – “To’g’ri yo’l” deb atalgan asari jahon miqyosida huquqiy manba sifatida e’tirof etilgan. Shuningdek, bu davrlarda Naqshbandiya, Kubroviya, Yassaviya tariqati vakillari ham dinshunoslikda o’zlarining munosib hissalarini qo’shganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |