Toshkent davlat yuridik universiteti


TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR



Download 1,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/302
Sana16.01.2022
Hajmi1,94 Mb.
#379523
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   302
Bog'liq
Ер ҳуқуқи дарслик 2017

 
TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR
...................................218
 
 
 
 
 
 
 
 



 
 
KIRISH 
 
Yer  barcha  tabiiy  resurslar  ichida  o‘ziga  xos  alohida  huquqiy 
maqomga  ega.  Mamlakatimizda  bozor  munosabatlariga  asoslangan 
demokratik  huquqiy  davlat  qurish  jarayonida  ijtimoiy,  iqtisodiy, 
madaniy  jihatdan  aholining  turmush  darajasini  oshirish  singari  ustuvor 
vazifani  muvaffaqiyatli  amalga  oshirishda  yer  boyliklaridan  oqilona 
foydalanish  masalasiga  alohida  e’tibor  qaratiladi.  Ushbu  yo‘nalishdagi 
islohotlarni 
amalga 
oshirishda 
ayniqsa 
qishloq 
xo‘jaligida 
ixtisoslashuvni  kuchaytirish  hisobiga  uni  jadal  su’ratlar  bilan 
rivojlantirish  va  sohani  industrlash  muhim  ahamiyatga  ega  ekaligini 
inobatga 
olsak,
 
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Shavkat  
Mirziyoevning “Qishloq xo‘jaligini yanada isloh qilish bo‘yicha ustivor 
vazifa - avvalo, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanishdir”
1
,- degan 
fikri  yerga  oid  munosabatlarni  huquqiy  jihatdan    tartibga  solishda  hal 
qiluvchi ahamiyatga egadir. 
O‘zbekiston  Respublikasining  ma’muriy  chegarasidagi  umumiy 
yer  maydoni  hozirda  44896,9  ming  gektarni  tashkil  etadi.  Respublika 
bo‘yicha  korxona,  tashkilot,  muassasalar,  fermer  xo’jaliklari  va 
fuqarolarning  foydalanishidagi  jami  yerlar  44410,3  ming  gektarni, 
shundan  sug‘oriladigan  yerlar  4312,2  ming  gektarni  yoki  umumiy  yer 
maydonining 9,7 foizini tashkil qiladi.   
Markaziy Osiyo sharoitida yer nihoyatda noyob tabiiy resurs bo‘lib, 
mintaqada  ekologik,  ijtimoiy,  iqtisodiy,  demografik  vaziyat,  ta’bir  joiz 
bo‘lsa,  siyosiy  barqarorlik  ham  ko‘p  jihatdan  uning  holatiga,  undan 
oqilona  va  samarali  foydalanish  darajasiga  bevosita  bog‘liq.  Chunki, 
aholi soni muntazam oshib borayotgan va unga qarshi o‘laroq, unumdor 
yerlar  miqdori  sekin-astalik  bilan  kamayib  borayotgan  bir  sharoitda 
mavjud  unumdor  yer  zaxiralaridan  oqilona  va  samarali  foydalanish 
hamda  uni  muhofaza  qilish  choralarini  ko‘rib  borish  dolzarb  muammo, 
davlat  ekologik  siyosatidagi  markaziy  masalalaridan  bo‘lib  qolmoqda. 
Zero,  yer  ekologik  tizimning  tarkibiy  qismi  sifatida  atrof  tabiiy  muhit 
barqarorligini  ta’minlash,  davlat  suvereniteti  va  iqtisodiyotning  moddiy 
asoslarini mustahkamlashda muhim ahamiyatga egadir.  
 
1
O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  Vaziri  Shavkat  Miromonovich  Mirziyoyevning  Tadbirkorlar  va  ishbilarmonlar 
harakati-O‘zbekiston  Liberal-demokratik  partiyasining  VIII  s’ezdidagi  ma’ruzasi.  Demokratik  islohotlarni    izchil 
davom  ettirish,  xalqimiz  uchun  tinch  va  osoyishta,  munosib  hayot  darajasini  yaratish-barqaror  taraqqiyot 
kafolatidir// Xalq so‘zi, 2016 yil 2 noyabr, №216 (6651) 



 
Yer resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish, yer 
mulkdorlari, egalari, yerdan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy 
manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlari tizimini yaratish, bu sohada 
qonun  ustuvorligiga  erishish  jamiyatning  muhim  ijtimoiy-iqtisodiy  va 
siyosiy  ahamiyatga  molik  vazifalaridan  biridir.  Zero,  davlatning 
iqtisodiy  salohiyati,  jamiyatning  moddiy  negizi  va  fuqarolarning 
farovonligi  ko‘p  jihatdan  tabiatning  bebaho  boyligi  hisoblangan  yerga 
nisbatan  qonuniylikni  ta’minlash,  yerdan  qonun  talablari  asosida 
foydalanish,  yer  qonunchiligini  buzilishiga  yo‘l  qo‘ymaslik,  yer 
munosabatlari  sohasida  huquq-tartibotni  ta’minlash  kabi  vazifalarni  hal 
qilishga bog‘liq bo‘ladi.  
Shu  sababli  ham  fuqarolar  va  yuridik  shaxslar  yer  to‘g‘risidagi 
qonunlarni  yaxshi  bilishlari,  ularga  og‘ishmay  rioya  qilishlari  va 
amaliyotga  to‘g‘ri  tatbiq  qila  olishlari  lozim  bo‘ladi.  Ushbu  darslik 
aynan  ana  shu  maqsadga  xizmat  qilishi  uchun  e’tiboringizga  havola 
etilmoqda.  Shundan  kelib  chiqqan  holda,  yerlarni  muhofaza  qilish  va 
ulardan 
foydalanish 
sohasidagi 
milliy 
qonunchilik 
tizimini 
takomillashtirish,  mavjud  qonun  hujjatlari  normalarini  amalda  to‘g‘ri 
qo‘llash  va  ushbu  mexanizmni  rivojlantirish  uchun  hozirgi  zamon 
talablariga  javob  beradigan  malakali  yurist  kadrlarni  tayyorlash  talab 
etiladi. 
 Aynan  shu  kabi  maqsadlar  ko‘zlangan  O‘zbekiston  Respublikasi 
Prezidentining  2013  yil  28  iyundagi  PQ–1990–son  “Yuridik  kadrlarni 
tayyorlash 
tizimini 
yanada 
takomillashtirish 
chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi  qaroriga  va  2017  yil  28  apreldagi  PQ–2932–son 
“Toshkent  davlat  yuridik  universitetida  kadrlar  tayyorlash  tizimini 
tubdan  takomillashtirish  va  samaradorligini  oshirish  chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”  gi  qarorlariga  muvofiq,  zamonaviy  yuridik  fanning 
yutuqlarini,  davlat-huquqiy,  sud,  huquqni  muhofaza  qilish,  huquqni 
qo‘llash sohalaridagi demokratik o‘zgarishlar tajribasini inobatga olgan 
holda  huquqiy  fanlar  va  predmetlar  bo‘yicha  yangi  avlod  darsliklarini 
tayyorlanishi  ko‘zda  tutilib,  yuridik  ta’lim  tizimining  fundamental 
negizini  tubdan  isloh  qilish  va  yaxshilashning  poydevori  yaratildi.  Shu 
ma’noda  mazkur  “Yer  huquqi”  darsligi  ham  yuqoridagi  maqsadlarga 
erishishga xizmat qiladi.  
Darslikda  bugungi  kunda  mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan 
siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklar, ularga 
kiritilgan  o‘zgartirish  va  qo‘shimchalar  inobatga  olingan.  Darslikda 
zamonaviy  yer  huquqining  dolzarb  mavzulari  qamrab  olingan. 



 
Shuningdek,  keltirilgan  mavzular  doirasida  xorijiy  davlatlar  tajribasi 
ham bayon etilgan.  

Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish