Turistik bozorni segmentlash


Segmentlash mezonlari(belgilari) va marketing tamoillari



Download 0,78 Mb.
bet4/9
Sana17.07.2022
Hajmi0,78 Mb.
#818256
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
abduhalil diplom ishi

1.2Segmentlash mezonlari(belgilari) va marketing tamoillari
Belgi – bozorda berilgan segmentni belgilash usuli. Turli mualliflar tomonidan taklif etilayotgan va turistik faoliyat amaliyotida foydalanilayotgan bozorni segmentlash belgilari, ko’p jihatdan nihoyat darajada o’zaro o’xshashdirlar. SHu yerda qayd etib o’tish kerakki, segmentlashga bo’lgan biror bir universal yondashuv mavjud emas. SHu sababli belgilangan bozorda talab va taklifning o’ziga xos tomonlarini hisobga olgan holda bir necha belgilar asosida (bir vaqtning o’zida bir yoki bir necha) segmentlash variantlaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Bozorni geografik belgilar bo’yicha segmentlayotganda istehmolchilarning u yoki bu hududda yashashlari bilan belgilanadigan bir xil yoki o’xshash afzalliklarini ko’zda tutmoq lozim bo’ladi. Geografik segment sifatida qandaydir tarixiy, siyosiy, milliy yoki diniy birlikka ega bo’lgan butun bir mamlakat, mamlakat guruhlari ko’rib chiqilishi mumkin.


Demografik belgilar (istehmolchilarning jinslari, yoshi, oilalaridagi ahzolar soni) yetarlicha qo’llanilayotgan belgilar qatoriga kiradi. Bu ularga berilgan tavsiflarning hammabopligi, ularning vaqt jihatdan barqarorligi hamda ular va talab o’rtasida yaqin o’zaro aloqaning mavjudligi bilan shartlanadi.

  • SHunday qilib, yosh belgilari bo’yicha turistik bozorning turlicha turistik mahsulot taklif etilishi lozim bo’lgan quyidagi segmentlarini belgilab olish mumkin:

  • · o’zlari hamda ota-onalari bilan sayohat qiluvchi bolalar (14 yoshgacha);

  • · yoshlar (15-24 yosh);

  • · asosan, oilalari (bolalari) bilan sayohatga chiquvchi, nisbatan yosh, iqtisodiy faol kishilar (25-44 yosh);

  • · asosan, farzandlarisiz sayohat qiluvchi o’rta yoshdagi iqtisodiy faol kishilar (45-60 yosh);

  • · "uchinchi yosh" guruhiga kiruvchi turistlar (60 yosh va undan yuqori).

Ijtimoiy-iqtisodiy belgilar – istehmolchilar segmentlarini ijtimoiy va professional mansublik, mahlumotning umumiyligi hamda daromadlar darajasiga qarab ajratish (belgilash)ni ko’zda tutadi. SHunday qilib, iqtisodiy faol va faol bo’lmagan odamlarning turistik xulq-atvori (hatti-harakatlari)da katta farq mavjud.
Xulq-atvor, hatti-harakat belgilari psixografik belgilar bilan bog’langan bo’lib, ko’pgina hollarda mazkur belgilar asosida kelib chiqadi. Bunday belgilardan foydalanish asosida istehmolchilarning turli hatti-harakatlari: safar motivlari, ko’zlayotgan manfaatlar, firmaga nisbatan bog’lanib qolganlik, turistik mahsulotni xarid etishga tayyorligi, xizmat ko’rsatishga bo’lgan sezgirlik, mavsumiylik, sayohat shakli, foydalaniladigan transport vositalari, sayohatning davomiyligi va shu kabi turli jihatlarni hisobga olish yotadi.
Eng keng tarqalgan turistik bozor mijozlarini undovchi motivlarga sayohat mahsulotlari va tavsiflanishi bo’yicha segmentlash kiradi. Turizm turlari ham sayohat mahsulotlariga qarab tavsiflanadi. SHunday jihat turistik tashkilot sayohatlarning quyidagi asosiy maqsadlarini aniqlagan:

  • bo’sh vaqt, rekreatsiya va dam olish;

  • tanish va qarindoshlarni ziyorat qilish;

  • biznes va mutaxassislik maqsadlariga oid;

  • davolanish;

  • diniy ziyorat va boshqalar.

Marketing tizimini tashkil etish Mаrkеting tizimi bu qo‘yilgаn mаqsаdlаrgа erishish vа mаqsаdli bоzоr tаlаbini qоndirish uchun mаrkеting qismlаrining birikuvidir. Bu tizimning tаrkibi o‘zidа to‘rttа аsоsiy qism: mаhsulоt yoki хizmаt, tаqsimоt, sоtish, o‘tkаzish vа nаrхni birlаshtirаdi. Shu bilаn birgа, mаrkеting tizimi ijtimоiy-iqtisоdiy unsurlаr, sub‘еktlаr yig‘indisidаn ibоrаt. Mаrkеting tizimi o‘z ichigа quyidаgi unsurlаrni qаmrаb оlаdi: -tа‘minоtchilаr; -rаqоbаtchilаr; -vоsitаchilаr; -istе‘mоlchilаr; -kоrхоnа(firmа)lаr. Аvvаlо, mаrkеting tаrkibini ishlаb chiqishdаgi bоsh mаsаlа uning bir butunligi vа mаqsаdgа erishishdаgi muvаffаqiyatini tа‘minlоvchi bаrchа оmillаrning o‘zаrо аlоqаsi hisоblаnаdi. Mаrkеting tizimini shаkllаntirish ichki muhit tа‘siridа аmаlgа оshirilib, bungа ijtimоiy-iqtisоdiy, siyosiy, mаdаniy, dеmоgrаfik vа ekоlоgik оmillаr kirаdi. Mаrkеting tizimini sаmаrаli tаshkil etish mаrkеting fаоliyatini аmаlgа оshirish uchun zаrur bo‘lgаn bаrchа mоddiy, mоliyaviy, mе‘yoriy vа bоshqа rеsurslаrning mаjmui bo‘lib, uni аmаlgа оshirish jаrаyonidа bаrchа хоdimlаr fаоliyatini bir mаqsаdgа yo‘nаltirish, uyushtirish vа muvоfiqlаshtirish ko‘zdа tutilаdi. Bundа bеvоsitа iqtisоdiy, tехnikаviy, vа bоshqа qоnunlаrdаn оngli rаvishdа fоydаlаnilаdi. Bu fаоliyat, аvvаlо mаrkеtоlоglаrdаn nihоyatdа kаttа bilim, shijоаt vа tugаnmаs mеhnаt tаlаb qiluvchi murаkkаb tizim bo‘lib, uning murаkkаbligi dоimiy rivоjlаnib, o‘zgаrishdа bo‘lishi vа kichik qismlаrdаn tuzilgаnligi bilаn bеlgilаnаdi. Yuqоridаgilаrdаn kеlib chiqib, mаrkеtingni tаshkil etish tizimining tаrkibiy qismlаri quyidаgilаrdаn ibоrаt, dеsа bo‘lаdi: -uning mаqsаdi, tаmоyillаri vа vаzifаlаri; -tаshkiliy tuzilishi vа usullаri; -tаshkil etishning tехnikа vа tехnоlоgiyasi; -kаdrlаr vа bоshqаlаr. Umumаn оlgаndа, mаrkеtingni tаshkil etishning mаqsаdi tizimning to‘g‘ri vа murаkkаblik dаrаjаsigа qаrаb o‘zgаrаdi. Uning tаshkiliy tuzilishining mеzоni vа mаqsаdi dеgаndа mаrkеtingni tаrkibiy tuzilishining dinаmik bаrqаrоrligi, evоlyusiya o‘zgаrishlаri vа tаshqi muhit bilаn o‘zаrо tа‘siri tushunilаdi. U аvvаlо, mаrkеtingning оldigа qo‘ygаn mаqsаdlаri bilаn bеlgilаnаdi. Bu mаqsаd mаrkеting fаоliyat ko‘rsаtаyotgаn sоhаlаrdа bеlgilаngаn dаrаjаdаgi fоydа оlishgа yo‘nаltirilgаn bаrchа fаоliyatni bоshqаrish sifаtidа ko‘rinаdi.
1. Marketing funktsiyalari va uning faoliyati mazmuni.
Marketing kontseptsiyasini olib borish uchun marketing funktsiyalarini amalga oshirish orqali hal etiladi. Marketing funktsiyalari quyidagi guruhlarga bo'linadi:
-marketing tadqiqotlari;
-mahsulot assortimenti ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish;
-sotish va taqsimot funktsiyasi;
-tovarni siljitish;
-narxni tashkil etish funktsiyasi;
-marketing-menejment funktsiyasi.
1.Marketing tadqiqotlari funktsiyasida:
-xalqaro bozorni tahlil etish;
-sotish bozorini tadqiq etish;
-iste'molchi ehtiyojlarini tadqiq etish;
-marketing o’eratsiyalarini o'rganish;
-axborot to'‘lash va qayta ishlash;
-marketing-miks kom’leksini tadqiq qilish;
-raqobatlarni o'rganish;
-benchmarketing;
-talabni va sotishni bashorat qilish va boshqalar o'rganiladi.
Tahliliy funktsiyada tashqi muhit omillari, bozor, uning elementlari va holati, iste'molchilar, bozorni tuzilishi, tovar va tovarni tuzilishi, shuningdek firmaning ichki muhiti tahlil qilinadi. Bunda firma rahbariyati tomonidan nazorat qilinadigan omillar- texnologik jarayon, moliyaviy ahvoli, tashkiliy tuzilish, bozorni tanlash va boshqalar hisobga olinadi.Tashqi muhit omillariga iste'molchilar, raqobat hukumat, iqtisodiyot, texnologiya, mustaqil ommaviy axborot vositalari kabi nazorat qilinmaydigan omillar kiradi.
2. Mahsulot yaratish funktsiyasi orqali marketing faoliyatida yangi mahsulotlarni yaratish, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, ishlab chiqarish sohasiga tovar raqobatdoshligi va sifatni boshqarish, shuningdek tovar siyosatini ishlab chiqish masalalari hal etiladi.




Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish