Turistik tashishni tashkil etishda transport turlarining kombinatsiyasi. Amaliy mashg


Turistlar va yo‘lovchilar guruhlarini tashkiliy ravishda tashish



Download 234,98 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana03.05.2023
Hajmi234,98 Kb.
#934226
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
13-amaliy mashg`ulot.Turizmda transport xizmatlari. (1)

 Turistlar va yo‘lovchilar guruhlarini tashkiliy ravishda tashish. 
Yo‘lovchilarning ayrim guruhlarini tashish uchun yuridik shaxslarga chiptalar 
sotish ularning buyurtmanomalariga ko‘ra amalga oshiriladi. Yo‘lovchilarning 


ayrim guruhlari (10 kishi va undan ortiq) yo‘lga chiqishini ta’minlash uchun 
yuridik shaxslardan joylarga yozma buyurtmanomalar, yo‘lovchi tashish poyezdlar 
jo‘nashidan 20 kun oldin tashuvchi tomonidan qabul qilinadi.
Buyurtmanoma yuridik shaxs rahbari va bosh hisobchisi tomonidan 
imzolangan hamda muhr bilan tasdiqlangan (tadbirkorlik subyektlaridan muhr 
bilan tasdiqlash talab qilinmaydi) bo‘lishi kerak. Unda yuridik shaxs nomi, talab 
qilinadigan joylar soni, yo‘lovchi tashish poyezdi tartib raqami, jo‘nash sanasi 
hamda jo‘nash va yetib kelish stansiyasi ko‘rsatiladi. 
Yo‘lovchi tashish poyezdlari va vagonlarida buyurtmanomada ko‘rsatilgan 
joylarning yetishmasligi holatlarida, yuridik shaxs roziligi bilan boshqa yo‘lovchi 
tashish poyezdlari yoki boshqa toifa vagonlarida joylar berilishi mumkin. Guruhiy 
buyurtmanomalarga, jo‘nayotgan guruh a’zolarining familiyasi, ismi, otasining 
ismi, pasport seriyasi va raqami, tug‘ilgan yili ko‘rsatilgan ro‘yxati 2 nusxada ilova 
qilinishi kerak.
Agar buyurtmanomada yo‘lovchi tashish poyezdlarida alohida vagon taqdim 
qilinishi ko‘rsatilgan bo‘lsa, vagon joylari soniga muvofiq ravishda vagondagi 
barcha joylarga yo‘l haqi to‘lanishi kerak. Yuridik shaxs joylar qismiga yo‘l haqi 
to‘lashni rad etganda, bu joylar chipta kassalariga umumiy sotish uchun 
belgilangan muddatlarda beriladi.
Yo‘lovchilar guruhi yo‘lda boshqa poyezdga o‘tish bilan ketayotganlarida, 
jo‘nash stansiyasi unga chiptalarni o‘tish stansiyasigacha rasmiylashtirishi shart.
Yuridik shaxs yoki alohida shaxslar telegrammalariga binoan yo‘lovchi 
tashish poyezdlarida joylarni taqsimlash va foydalanish bo‘yicha birlashgan yo‘l 
byurosi va stansiya (vokzal) boshlig‘i tomonidan yo‘lovchi tashish poyezdlarida 
joylarni zaxiraga qo‘yishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yo‘lovchi tashish poyezd jo‘nashidan 10 kun oldin yuridik shaxs buyurtma 
qilingan chiptalarni to‘liq yo‘l haqi to‘lagan holda sotib olishi kerak.
Agar jo‘nash oldidan belgilangan muddatda chiptalar sotib olinmagan bo‘lsa, 
buyurtmanoma bekor qilinadi va joylar sotishga beriladi.
Yuridik shaxslar tomonidan sotib olingan jamoaviy chiptalar uchun pullar, 
vokzallardagi chipta kassalari tomonidan qaytarilmaydi. Yuridik shaxslarga 
foydalanilmagan chiptalar uchun to‘lovlarni qaytarish masalasi, tashuvchi 
tomonidan da’vo tartibida chiptalarni sotish avtomatlashtirilgan tizimidan 
foydalanish texnologik jarayoniga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
Yo‘lovchi, yo‘lovchi tashish poyezdi yo‘nalish bo‘yicha har qanday 
stansiyagacha, har qanday toifadagi vagon va yo‘lovchi tashish poyezdiga chipta 
sotib olish huquqiga ega. Manzil stansiyasigacha to‘g‘ridan to‘g‘ri poyezd 
bo‘lmaganda, yo‘lovchiga yo‘lovchi tashish poyezdida joylar mavjud bo‘lganda 
hamda bu stansiya shakllantirish punkti va tarkib (vagon) aylanishi punkti 
hisoblangan shartlarda ikkinchi chipta rasmiylashtirilishi mumkin.
Boshqa poyezdga o‘tish bilan ketayotgan va imtiyozlar huquqqa ega bo‘lgan 
yo‘lovchiga yurish rasmiylashtirilganda, dastlabki jo‘nash stansiyasi chipta kassiri, 
bunday yo‘lovchining imtiyozli yoki bepul chiptasida dastlabki stansiyadan oxirgi 
stansiyagacha, o‘tishni hisobga olgan holda to‘liq yo‘nalishda yetib borishi 
to‘g‘risida belgi qo‘yadi. Bunda poyezdga o‘tirish yo‘lovchi tashish poyezdlari 


borishining eng qisqa yo‘nalishi bo‘ylab uchtadan ortiq bo‘lmagan o‘tish mavjud 
bo‘lgan yo‘nalish bo‘yicha rasmiylashtiriladi. O‘tish punktida keyingi jo‘nash 
yo‘liga imtiyozli yoki bepul chipta, o‘tish punktigacha foydalanilgan imtiyozli 
yoki bepul chipta o‘rniga rasmiylashtiriladi.
Yo‘lovchi o‘zi bilan birga yo‘lovchi tashish poyezdida yo‘l haqi to‘lamasdan 
5 yoshgacha (jo‘nash vaqtiga yoshi to‘lgani ham) bitta bolani alohida joy 
berilmasdan olib yurish huquqiga ega. 5 yoshgacha bolaga chipta rasmiylashtirish 
yo‘l haqi to‘lamasdan ota-onalar birining chiptasiga asosan amalga oshiriladi.
Yo‘lovchi bilan bittadan ortiq 5 yoshgacha (jo‘nash vaqtiga yoshi to‘lgani 
ham) bolalar ketayotgan bo‘lsa, ulardan biri yo‘l haqi to‘lanmasdan, qolganlari – 
tarif qiymatidan ellik foiz chegirma bilan alohida joy taqdim qilinib tashiladi.
5 yoshdan 10 yoshgacha (jo‘nash vaqtiga yoshi to‘lgani ham) bolalarga ham 
tarif qiymatidan ellik foiz chegirma bilan alohida joy beriladi.
10 yoshdan oshgan bolalar uchun chiptalar kattalar sifatida sotib olinadi.
5 yoshgacha (jo‘nash vaqtiga yoshi to‘lgani ham) ikkinchi bolani yo‘l haqi 
to‘lamasdan yurishiga, alohida joy taqdim qilinmasdan, poyezdda yurish ikkala 
ota-ona tomonidan amalga oshirilayotganda yo‘l qo‘yiladi. Bunday holatda bolaga 
yo‘l haqi to‘lanmaydigan chipta har bir ota-ona chiptasiga bittadan 
rasmiylashtiriladi.
10 yoshgacha (jo‘nash vaqtiga yoshi to‘lgani ham) bolalar poyezdda 
yurishlari uchun bolalar chiptalari beriladi.
16 yoshgacha bolalarning ota-onalari hamrohligisiz yo‘lovchi tashish 
poyezdlarida yurishlariga yo‘l qo‘yilmaydi, maktab, litsey, kollejga borish uchun 
temir yo‘l transportidan foydalanuvchi o‘quvchilar bundan mustasno.
O‘tirish joylariga ega umumiy vagonda, bolalar chiptasiga ega bo‘lgan har bir 
bolaga katta yoshdagi yo‘lovchilar kabi joy taqdim qilinishi kerak.
Shaharlararo qatnov yo‘nalishlariga quyidagi chiptalar sotiladi:
a) bir tomonga (“borish”) va qaytish uchun (“borish” va “kelish”) bir martalik 
yurishlar uchun;
b) turli xildagi abonement chiptalari, shu jumladan imtiyozli va yuridik 
shaxslarga — abonement chiptalar.
Abonement chiptalari tashuvchi tomonidan belgilangan tartibda sotiladi. 
Shaharlararo yo‘lovchi tashish poyezdlariga imtiyozli-abonement chiptalari sotish 
amalga oshiriladigan stansiya va to‘xtash punktlari ro‘yxati tashuvchi tomonidan 
belgilanadi.
Ichki temir yo‘l yo‘nalishlarida qatnovchi yo‘lovchi tashish poyezdlarida 
yo‘lovchi iltimosiga binoan yo‘qotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan chiptalar 
o‘rniga dublikat taqdim etiladi. Dublikat faqat O‘zbekiston Respublikasi hududida 
qatnovchi yo‘lovchi tashish poyezdlariga va tashuvchining shakllantirilgan 
yo‘lovchi tashish poyezdlariga beriladi. Xalqaro yo‘nalishlarda rasmiylashtirilgan 
chiptalar qayta tiklanmaydi.
Dublikat taqdim etilgani uchun Qo‘shimcha ishlar va xizmatlar ro‘yxatiga 
muvofiq belgilangan miqdorda yig‘im undiriladi, tashuvchi aybi bilan yo‘qotilgan 
va yaroqsiz holga kelgan holatlar bundan mustasno. Yig‘im miqdori tashuvchi 


tomonidan chiptalarni sotishning avtomatlashtirilgan tizimidan foydalanish 
texnologik jarayoniga muvofiq belgilanadi.

Download 234,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish