Umumiy qism [okoz



Download 0,78 Mb.
bet1/344
Sana31.03.2022
Hajmi0,78 Mb.
#520869
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   344
Bog'liq
Soliq kodeksi



O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
(yangi tahriri)
UMUMIY QISM
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar]
I BO‘LIM.
UMUMIY QOIDALAR

1-bob. Asosiy qoidalar
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi bilan tartibga solinadigan munosabatlar
Ushbu Kodeks soliqlar va yig‘imlarni belgilash, joriy etish va bekor qilishga, hisoblab chiqarish hamda to‘lashga doir munosabatlarni, shuningdek soliq majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Soliq to‘g‘risidagi qonunchilik
Soliq to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Kodeksdan va qabul qilinishi ushbu Kodeksda to‘g‘ridan to‘g‘ri nazarda tutilgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlardan iborat.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 6-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro shartnomalari to‘g‘risida” Qonunining 2-moddasi.
3-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni yoki ularning qismlarini ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq emas deb topish
Normativ-huquqiy hujjat yoki uning bir qismi, agar mazkur hujjatga nisbatan quyidagi shartlardan hech bo‘lmaganda bittasi bajarilsa, ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq emas deb topiladi:
1) ushbu Kodeksga muvofiq bunday hujjatlarni qabul qilish huquqiga ega bo‘lmagan organ tomonidan qabul qilingan bo‘lsa yoxud normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishning belgilangan tartibi buzilgan holda qabul qilingan bo‘lsa;
LexUZ sharhi
Qarang: “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasi, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi Qonuni, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunining 12 — 21, 25-26-moddalari, “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari” (ro‘yxat raqami 2565, 28.02.2014-y.).
2) soliq munosabatlari subyektlarining ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquqlarini bekor qilsa yoki cheklasa;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 21-22-moddalari.
3) soliq munosabatlari subyektlari harakatlarining ushbu Kodeksda belgilangan asoslarini, shartlarini, ketma-ketligini yoki tartibini o‘zgartirsa;
4) ushbu Kodeksda taqiqlangan harakatlarga ruxsat bersa yoki yo‘l qo‘ysa;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 8-moddasining ikkinchi qismi, 10-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari, 11-moddasining ikkinchi qismi.
5) ushbu Kodeksning normalariga yoki qoidalarining mazmuniga boshqacha tarzda zid bo‘lsa.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 16 —18-moddalari.
Ushbu Kodeksga muvofiq bo‘lmagan normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ yoki uning yuqori turuvchi organlari bu hujjatni bekor qilishga yoki unga zarur o‘zgartishlar kiritishga haqli. Bu organlar ushbu Kodeksga muvofiq bo‘lmagan normativ-huquqiy hujjatni bekor qilishni yoki unga zarur o‘zgartishlar kiritishni rad etgan taqdirda, u sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Normativ-huquqiy hujjat yoki uning qismi ular qabul qilingan sanadan e’tiboran ushbu Kodeksga muvofiq emas deb topiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Fuqarolik kodeksining 12-moddasi, Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining 178 — 183-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish