E’LON
Shoir, mutafakkir,davlat arbobi Alisher Navoiy ijodini chuqur o‘rganish va o‘zlashtirish bo‘yicha o‘quvchilarga iste’dodi va ijodiy qobiliyatini namoyon qilishga ko‘mak berish maqsadida ijod maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Xamsaxonlik bahsi” intellektual tanloviga start berildi.
Intellektual tanlov quyidagi bosqichlarda o‘tkaziladi:
1-bosqich Yanvar oyining oxirgi o‘n kunligida ijod maktablari miqyosida; 2-bosqich Respublika bosqichi fevral oyining uchinchi o‘n kunligida Toshkent shahrida o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz! Savollarni shakllantirishda umumta’lim maktablarining 5-11-sinflari uchun tasdiqlangan adabiyot darsliklari, maxsus adabiyot darsliklarida Alisher Navoiy hayoti va ijodi bo‘yicha berilgan mavzular va mustaqil o‘qish uchun tavsiya qilingan asarlar,materiallar asos bo‘ladi. Bunda esa “Xamsa”bo‘yicha berilgan materiallarga alohida e’tibor qaratiladi.
Tanlov quyidagi 4 ta saralash ,1 final bosqichidan hamda super o‘yindan iborat bo‘ladi:
I shart
9 nafar qatnashchi qur‘a tashlash yo‘li bilan minbarlarga taqsimlanadi. Navoiy lirikasi asosida mushoira. Qatnashchining Navoiy she’riyatini yoddan bilish bo‘yicha bilimi 1-9 ball oralig‘ida baholanadi. O‘ylash uchun 2 soniya vaqt beriladi.Baytlar takrorlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Shart bir nafar qatnashchi qolgunga qadar davom etadi.
II Shart
II Shartda 9 nafar o‘quvchi ishtirok etadi.
Har bir qatnashchiga 3 tadan bliss savol beriladi:
1-savol : “Xamsa”dostonlari bo‘yicha
2-savol: “Xamsa “dostonlari bo‘yicha
3-savol:Navoiy hayoti,faoliyati va ijodi bo‘yicha umumiy ma’lumot yuzasidan
1-2 savol 0 balldan 3 ballgacha ,3-savol 0-5 ballgacha baholanadi.O‘ylash uchun 5 soniyagacha vaqt beriladi
Ikki shart yakuniga ko‘ra eng kam ball to‘plagan qatnashchi tanlovni tark etadi.Bir necha qatnashchining bali teng kelib qolgan taqdirda o‘quvchilarga yana bittadan tezkor savollar beriladi.Shundan so‘ng eng kam ball to‘plagan qatnashchi tanlovni tark etadi.
III shart
Ballar yig‘indisi bo‘yicha II shartga o‘tgan 4 nafar eng yuqori ball to‘plangan qatnashchilar qolgan qatnashchilar orasidan o‘ziga guruhdosh tanlaydi va III shart 4 jamoa o‘rtasida o‘tadi.
Har bir jamoaga 3 tadan bliss savol beriladi:
1-savol “Xamsa” dostonlari bo‘yicha
2-savol “Xamsa” dostonlari bo‘yicha
3-savol Navoiy haqidagi zamondoshlari va adabiyotshunoslarning fikrlari yuzasidan.
1-2 savol 0 balldan 3ballgacha,3 -savol 0-5 ballgacha baholanadi.
Jamoalarga o‘ylash uchun har bir savolga 20 soniyagacha vaqt beriladi.
Shart yakuniga ko‘ra eng kam ball to‘plagan jamoa tanlovni tark etadi. Bir necha jamoaning bali teng kelib qolgan taqdirda ularga yana bittadan tezkor savollar beriladi.Shundan so‘ng eng kam ball to‘plagan jamoa tanlovni tark etadi.
IV shart (yarim final)
III shartda eng ko‘p ball to‘plagan 3 ta jamoa IV shartga o‘tadi.
Bu shartda 3 ta jamoaga 3 tadan savol beriladi:
1-savol: “Xamsa “dostonlari bo‘yicha
2-savol: “Xamsa “dostonlari bo‘yicha
3-savol:Navoiy shohbaytlarini sharhlash (30ta shohbayt oldindan taqdim qilinadi)
Bunda shohbaytning mazmunini tushunib tahlil qilish,she’riy san’atlarni to‘g‘ri ajratish ,vaznini topish sinaladi.
1-2 savol 0 balldan 3 ballgacha, 3-savol 0-5 ballgacha baholanadi. Jamoalarga o‘ylash uchun 1-2 savolga 20soniyadan ,3-savolga esa 1 daqiqa ajratiladi.
Shart yakuniga ko‘ra eng kam ball to‘plagan jamoa tanlovni tark etib, 3-o‘rin sohibi etib qayt etiladi.
IV shartda eng ko’p ball to‘olagan 2 ta jamoa V shartga o‘tadi.
V shart savol-javob va tarjimadan Navoiyning qaysi asari ekanini anialash. Shu tariqa V shartdan keying super o‘yinda 5-11sinf darsliklariga kiritilgan asarlar bo‘yicha lug‘atlar beriladi.
Qadrli o‘quvchilar yuqoridagi shartlarga puxta tayyorlangan holda joriy yilning 28-yanvar kuni Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabida o‘tkaziladigan maktab bosqichida ishtirok etib, Respublika bosqichiga yo‘llanma olish baxtiga muyassar bo‘ling. Eng munosib nomzod Toshkent shahrida ijod maktabi sharafini himoya qiladi. Tanlovning maktab bosqichi esa to’liq videotasvirga tushiriladi.
Tanlovning Respublika bosqichi g‘oliblari televizor, Planshet va telefon singari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Shoshiling, harakatni esa hozirdan boshlang. Asl Navoiy izdoshi ekanligingizni isbotlash vaqti keldi!
Do'stlaringiz bilan baham: |