Zamonaviy xalqaro munosabatlarda Qachoqlar masalasi
Reja:
Kirish
I-bob Zamonaviy xalqaro munosabatlar
1.1 Qochoqlar va migrantlar kimlar?
1.2 Dunyo bo’ylab qochoqlar soni record darajaga yetdi.
1.3 Ikkinchi jahon urushi evaukatsiya va chiqarib yuborish.
II-bob G’arbda aholini ijtimoiy himoyalash mehanizmi va huquqiy kafolatlari.
2.1 Ukrainadan qo’shni davlatlarga o’tayotgan qochqinlar
2.2 Pokiston:”Afg’on qochqinlari mamlakatda yana 6 oy qolishlari mumkin.
2.3 Qochqinlar Yevropaga nima olib boradi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
“Jahon siyosati” tushunchasi siyosiy fanlarning faol qo‘llaniladigan, ayni vaqtda nisbatan aniq ta’riflangan tushunchalari qatoriga kiradi. Ko’pchilik tadqiqotchilar jahon siyosatini mavhum (abstrakt) tushuncha deb hisoblashadi, ya’ni bu, siyosatshunosning XMda shartli ravishda siyosiy tomonni va siyosiy o‘lchovni ajratuvchi qarashidir. Ushbu tushunchaga rus siyosatshunoslari A.E.Bovin va B.P.Lunin tomonidan aniqlik kiritilgan. Ularning fikriga ko‘ra, “Jahon siyosati – bu xalqaro maydondagi davlatlarning o‘zaro ta’siri va faoliyatidir; Xalqaro munosabatlar - davlatlar o‘rtasidagi real aloqalar tizimi bo‘lib, jahon siyosatidagi hudud, o‘ziga xos muhit va ular harakatlari samarasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Jahon aloqalari subekti, ishtirokshisi sifatida davlatlardan tashqari, turli xil harakatlar, tashkilotlar, partiyalar maydonga chiqadi. Jahon siyosati xalqaro munosabatlarni shakllantiruvchi faol omil hisoblanadi. Xalqaro munosabatlar jahon siyosati ta’siri ostida doimiy o‘zgarishda bo’ladi. Va o‘z navbatida uning mazmuni va xarakteriga ta’sir o’tkazadi. Bunday pozitsiya jahon maydonida sodir bo‘layotgan voqealarni tushunishni osonlashtiradi va uni jahon siyosati tahlili asosi sifatida qabul qilish mumkin. Ammo, xalqaro siyosat sohasidan farqli ravishda, jahon siyosatida davlatni xalqaro aloqalarning bosh ishtirokchisi sifatida inkor etmaydigan va xalqaro muhitni shakllantirishda muhim rol o‘ynovchi noan’anaviy faktlarga ko‘proq e’tibor qaratiladi.
Shuningdek, tashqi va xalqaro siyosat o‘rtasida farq mavjud. U yoki bu davlatning tashqi siyosati deganda – tashqi ishlar vazirligi (yoki unga muvofiq tashqi siyosiy idoralar) tomonidan uning nisbatan keng tuzilmalar doirasida milliy manfaatlar aks ettirilgan holda ishlab chiqilgan davlat xalqaro siyosatining asosiy prinsiplarini amalda oshirilishi nazarda tutiladi.
XMning nodavlat ishtirokchilariga kelsak (masalan, ko‘p millatli koorporatsiyalar, xalqaro mafiya guruhlari, konfessional jamiyatlar va b.), ularning ko‘pchiligi uchun xalqaro siyosat “tashqi siyosat” hisoblanmaydi.
Xalqaro siyosat bir vaqtning o‘zida :
Transmilliy - u yoki bu davlatdan tashqarida, ammo ba‘zida unga xilof ravishda amalga oshiriladi.
Davlatlashtirilgan - uning subektlari davlatga tegishli yetakchilar guruhidan iborat bo‘lib, davlatga oidlik formal xarakterga ega.
Albatta, davlatning tashqi va xalqaro siyosati uning ichki siyosati bilan uzviy aloqada bo‘ladi, bu holat yagona asos va yakuniy maqsad, yagona zaxira bazasi va yagona subekt kabi omillarga bo‘g‘liq bo‘ladi. Shu bilan birga, transmilliy siyosat va davlatlashtirilgan siyosat borgan sari ko‘proq davlatlararo munosabatlarda qo‘llanmoqda.
Ayni paytda tashqi siyosat faqatgina tashqi ishlar vazirligi vakolatiga tegishli bo‘lib qolmayapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |