X to‘xtaboyev kimyo 9



Download 3,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/143
Sana11.03.2023
Hajmi3,01 Mb.
#918140
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143
Bog'liq
kimyo 9 uzb



I.R. ASQAROV, K.G‘OPIROV, N.X. TO‘XTABOYEV
KIMYO 
9
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi umumiy 
o‘rta ta’lim maktablarining 9- sinfi uchun darslik 
sifatida tasdiqlagan
Qayta ishlangan t
o‘rtinchi nashri
TOShKENT
«O‘ZBEKISTON” 
2019
http:eduportal.uz


UO‘K 54(075) 
KBK 24ya721
24.1 Asqarov I.R. Kimyo 9: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
A 86 9- sinfi uchun darslik / I.R.Asqarov, K.G.G‘opirov,
N.X.To‘xtaboyev/, 4- nashr. — T.: «O‘zbekiston» NMIU,
2019. — 208 b.
I. 1,2. Muallifdosh.
ISBN 978–9943–07–261–9
UO‘K 54(075) ÊBK 24.1ya72
Taqrizchilar:
A.Q. Abdushukurov

O‘zbekiston Milliy universiteti professori,
kimyo fanlari doktori;
Sh.M. Mirkomilov ToshDPU kimyo va kimyo o‘qitish metodikasi
kafedrasi professori;
Sh.A. Qodirova O‘zbekiston Milliy universiteti professori v.b.,
kimyo fanlari doktori;
Sh. Ganiyeva Toshkent shahar Sergeli tumani 104-maktab- 
ning kimyo fani o‘qituvchisi;
L. Boboqulova Toshkent shahar Yunusobod tumani 258-maktab- 
ning kimyo fani o‘qituvchisi;
Sh. G‘opirov Andijon viloyati Shahrixon tumani 44-IDUMning
oliy toifali kimyo fani o‘qituvchisi;
D. Ochilov Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 21-maktabning
oliy toifali kimyo fani o‘qituvchisi.
“Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan chop etildi.
ShartlI belgIlar:

 
 
maxsus ma’lumotlar;

»
a
a
 


mustaqil yechish uchun masala
va mashqlar;
?
 

 
savol va topshiriqlar;

 

 
laboratoriya va amaliy
mashg‘ulotlar;
 

 
test savollari;


 
yodda saqlang.
©
As
qarov I.R. va boshqalar, 2019. 
ISBN 978–9943–07–261–9 © «O‘zbekiston» NMIU, 2019. 
http:eduportal.uz


3
KIrISh
Insonlar qadimdan kimyoviy moddalar va hodisalar bilan 
tanish bo‘lganliklari tarixdan ma’lum. Kimyoning dastlabki 
rivoj lanish davrlaridagi fikr, tasavvur, tadqiqotlar rivojlanishida 
ko‘plab chet ellik olimlar bilan bir qatorda o‘zbek olimlarining 
ham munosib o‘rinlari bor.
O‘zbekiston hududida yashagan xalqlar amaliy faoliyatida 
kon qazish, temir eritish, cho‘yan ishlab chiqarish, shisha tay-
yor lash, sopol buyumlar yasash kabi ishlar, kimyoviy modda-
lardan foydalanib tayyorlangan bezaklar, qog‘ozlar, yozuvlar, 
attorlik buyumlari uchun zarur bo‘lgan simob va uning birik-
malari, efir moylari, surma, o‘simliklardan tayyorlangan dori-
darmonlar keng qo‘llangani haqida ma’lumotlar mavjud. Daraxt 
po‘stlog‘i va kanopdan 751- yilda Samarqandda qog‘oz ishlab 
chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. 
Miloddan av valgi 460—377- yillarda yashagan qadimgi 
yunon qomusiy olim Giðpokrat o‘simlik, hayvonlar va tabiiy 
mi ne rallardan dorivor vositalar olishni bilgan.
721—813- yillarda yashagan Jobir ibn hayyom (Gaber, sul-
fat, nitrat kislotalarni va zar suvini olish usullarini yozib qol -
dirgan) novshadil spirtini aniqlagan va uning xossalarini o‘r-
gangan, oq bo‘yoq tayyorlash uslubini taklif qilgan, sirka kis lo-
tani haydash orqali tozalash usulini o‘rgangan. “Yetmish kitob”i-
da metallar va minerallar haqida ko‘plab ma’lumotlar berilgan.
Farg‘ona vi loyatin ing Quva tuman ida taval lud topgan, 
797—865- yillarda yashagan qomusiy olim Ahmad al-Farg‘oniy 
(Alf ra ganus) kimyoga oid dastlabki asarlardan bo‘lgan “Kitob 
amal ar-rahomat”da u ming yildan ortiq davr davomida suv 
ta’siridan yemirilib ketmagan mashhur nilomer uchun tayyor-
langan noyob qotishma tarkibini ham taklif etgan.
865—925- yillarda yashagan Abu Bakr Muhammad ibn 
Za kariyo ar-Roziy (Razes) kimyo va tabobatga katta hissa qo‘sh-
gan. U birinchi bo‘lib kimyoviy moddalarni sinf larga ajrat gan. 
Turli kasalliklarni o‘simliklar bilan davolash haqida qimmatli 
tavsiyalarni yozib qoldirgan.
http:eduportal.uz


4
873—950- yillarda yashab ijod qilgan Abu Nasr Forobiyning 
ilmiy ishlari kimyo uslublarini rivojlanishiga sabab bo‘lgan. Abu 
Rayhon Beruniy (973—1048- yillar) esa o‘zining davrida ma’lum
bo‘l gan tog‘ jinslari, minerallar, metallar va ular asosidagi ko‘p-
lab boshqa birikma, qotishma, hosilalarni o‘rganib, ular ning 
xos 
sa 
lari haqida mashhur “Mineralogiya” asa 
rini yaratgan. 
“Kitob as-saydana” kitobida mineral dorilar haqi da fikr yurit-
gan. 
Buxoro viloyatining A fshona qishlog‘ida tavallud topgan 
Abu Ali ibn Sino (Avitsenna) (980—1037) o‘rta asrlarning yirik
kimyo garlaridan bo‘lib, “Risolat al-iksir”, “Kitob ash-shifo”, 
“Tib qonuni” kabi asarlarida ko‘pgina kislota, ishqor, shifo baxsh 
moddalarning tibbiyot amaliyotida qo‘llanish holatlari haqi da 
qimmatli ma’lumotlarni keltirgan. 
“haqiqiy olimlik, haqiqiy ijodkorlik — bu igna bilan quduq 
qazishdek mashaqqatli ish. Buni bilgan odam biladi, bilmagan 
bilib olishi zarur”
1
.
Buyuk ajdodlarimizning munosib izdoshlari sifatida zamo-
namizning peshqadam kimyogar va kimyogar-texnolog olimlari 
O.S.So 
diqov, S.Y.Yunu sov, h.R .Ru st amov, X.U.Usmonov, 
M.N.Na 
biyev, M.A.Asqarov, X.N.Oripov, N.A.Parpiyev, K.S. 
A h medov, Z.S.Salimov, N.R.Yusuf bekov, A.A.Abduvahobov,
S.Sh.Ra shidova, Sh.I.Solihov, S.I.Iskandarov, Y.T.Toshpo‘latov, 
S.S.Ne’ matov, B.M.Beglov, Ò.M.Mirkomilov, A.G‘.Maxsumov, 
A.I.Glu shenkova kabi yetakchi o‘zbek olimlari jahonshumul
ishlari bilan fan rivojiga salmoqli hissa qo‘shdilar.
1997- yilda o‘zbek olimlari I.R.Asqarov va T.T.Risqiyevlar 
tomo nidan “Tovarlarni kimyoviy tarkibi aso sida sinf lash va 
sertifikatlash” ixtisosligi kimyo fanlari tizi miga kiritildi. 2017- 
yilda professor I.R.A sqarov tomonidan “Tovarlar k imyosi” 
sifatida takomillashtirildi hamda OAK tomonidan tasdiqlandi.
1
Sh.M.Mirziyoyev. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mir ziyoyev-
ning Oliy Majlisga murojaatnomasi. 22- dekabr, 2017-y. 
http:eduportal.uz


5
Aziz o‘quvchilar! 9- sinfda kimyo fanini o‘rganishni davom 
ettirishimiz uchun 8- sinfda olgan ba’zi bilimlarimizni takrorlab 
olishimiz kerak.

Download 3,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish