Xalqaro terrorizm


Terrorizmni ikki turi mavjud



Download 1,3 Mb.
bet2/3
Sana13.12.2022
Hajmi1,3 Mb.
#884683
1   2   3
Bog'liq
Xalqaro terrorizm va terroristik tashkilotlar 2

Terrorizmni ikki turi mavjud:

Terrorizm o‘rta asrlardan boshlab barcha mintaqa va mamlakatlarda uchrab o‘z faoliyatlarini amalga oshirib kelgan. O‘tgan asrning o‘rtalaridan yangi ko‘rinishlari vujudga kelgan.Jumladan chet el davlatlari va xukumatlari rahbarlarini, ularning diplomatik vakillarini o‘ldirish yoki o‘g‘irlash, elchihonalar, xalqaro tashkilotlarning binolarini portlatish, aeroportlar va vokzallarda portlash sodir etish, xavo kemalarini olib qochish, odamlarni garovga olish va boshqa nomaqul harakatlarni amalga oshirish.
Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llanilgan.

  • Garovga ushlab turilgan shaxs-qo‘lga olingan yoki ushlab turilgan shaxsni ozod etish shartlari sifatida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini,xalqaro tashkilotlarni, ayrim shaxslarni biron-bir xarakat sodir etishga majbur qilish maqsadida terrorchilir tamonidan qo‘lga olingan shaxs.

  • Terrorchi- terrorchilik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi shaxs.



Terrorizm- jahondagi tinchlik barqarorlik va taraqqiyotning dushmani

  • 2001 yilning 11 sentyabrida mazkur mahshum voqealar amalga oshirilgandan so‘ng, ommaviy axborot vositalari orqali oddiy kishilarning suxbatlarida terrorizm haqida ko‘p gapira boshlandi. Terrorizm so‘zi, xalqaro terrorizm tushunchasi kecha yoki undan paydo bo‘lmagan bo‘lsa ham uning taxdidi ayniqsa, Evropa uchun endi-endi, tushunila boshlandi. Bu borada siyosatchilar, siyosatshunos olimlar, iqtisodchilar ham so‘z yurita boshladilar. Demak, biz barcha uchun katta taqdid solayotgan terrorizm, insoniyatning dushmani haqida, uning yovuz niyatlari va kerak bo‘lsa basharasini yaqindan bilishimiz lozim. SHunda u bilan kurashi, terrorizm oqibatlarini muxokama qilib o‘tirmasdan uning oldini olish real bo‘ladi.

  • Bizning tushunchamizdagi terrorizm Evropa XVIII asrda siyosiy saxnaga chiqqan bo‘lsa Islom dunyosida dastlab VII asrning 2-yarmida, diniy, mafkuraviy jixatdan 3 ta asosiy yo‘nalish- xorijiylik, sunniylik, shiyalik paydo bo‘lishidan boshlandi desak xato bo‘lmaydi. CHunki, Islom dunyosida bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan oqimlarning paydo bo‘lishi, keyinchalik turli xil g‘oya va mafkuralarning vujudga kelishiga olib keldi.

  • 11-sentyabrda Vashington va Nyu-Yorkdagi, daxshatli voqealar, terroristik tajovuzlardan so‘ng dunyo miqyosidagi global bo‘lib turgan masalalar, terrorizmning daxshatli basharasi namoyon bo‘lgandan keyin, insoniyatni kelgusi taraqqiyoti uchun avvalo terrorizm balosidan qutilish birinchi darajadagi engishi lozim bo‘lgan muammo ekanini ko‘rsatadi.

  • Bugun xalqaro siyosiy sahnada davlatlararo uchrashuvlar va turli sammitlarda bu balo-qazoga faqat birgalikda kurashish va xarakatlarni muvofiqlashtirish orqaligina erishish mumkin ekanligi haqida ko‘p gapirishmoqda va kech bo‘lsa ham yakuniy xulosa sifatida qabul qilinmoqda. Bir necha yil davomida terrorizmga qarshi kurashish, Afg‘onistondagi murakkab vaziyat xususida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimov xalqaro jamiyatga tinmay murojat qilib kelgan edi. CHunki, sobiq SSSR parchalanish natijasida siyosiy kuchlarning jahoniy qarama-qarshiligi barham topgan bo‘lsada dunyoda tinchlik, barqarorlik xali mo‘rt, murakkab va muammoli bo‘lib qolaveradi. XXI asr bo‘sag‘asida dunyoda uning geografik, siyosiy tuzilishida tub o‘zgarishlar yuz berish munosabatida endilikda mamlakat xavfsizligi eng dolzarb masalaga aylanganligini o‘quvchi yoshlar bilib olishi lozim. Prezidentimiz I.A.Karimov - «Bundan buyon ham tashvishli xodisalar bizni chetlab o‘z yo‘lidi rivojlanaveradi, barqarorlik o‘z-o‘ziga saqlanaveradi, mamlakatning kelajagi esa o‘z-o‘zidan tahminlangan deya fikr yuritishni ham siyosiy, ham fuqaroviy kaltabinlikdan boshqa narsa emas deb hisoblaymiz» -deya o‘rinli tahkidlaydi.

  • YAqin vaqtlargacha Afg‘oniston xududining atigi 5 % ini nazorat qilayotgan Birlashgan front bugunga kelib mamlakatning deyarli barcha qismini ozod etishga erishdi. Xususan, Mozori SHarif, Quddus, Qalam Nov, Bolshon, Xayroton, Puli Xumri, Xirot, Qobul, Qandaxor kabi yirik shaxarlar Birlashgan front tomoniga o‘tmoqda. Ozod etilgan shaxarlarda toliblar tomonidan tadbiq etilgan bircha tahqiqlar bekor qilindi. jumladan, endilikda shaxarda musiqa tinglash, ayollarning ishlashi va tahlim olishiga ruhsat berildi.

  • O‘qituvchi mustaqillikni amalga oshirish va mustaxkamlashda xalqimizning milliy tafakkur tarzi va diniy qadriyatlarimizni tiklashning va milliy o‘zlikni anglashning o‘rnini ochib berishga aloxida ehtibor berish kerak. CHunki, odamlar ongida mustaqillikni saqlab qolish, mahnaviy va axloqiy qadriyatlarini rivojlantirish, xalqning milliy ruxini uyg‘otish va tiklash jamiyat barqaror rivojlanishining muxim sharti va kafolati ekanligini talaba-yoshlar bilib olishi kerak.

  • YUrtboshimizning kimda-kim bizning mustaqil taraqqiyot yo‘limizni, orzu-maqsadlarimizga erishish yo‘lini to‘smoqchi bo‘lsa, avvalo, xali suyagi qotmagan mustaqil dunyoqarashi shakllanib ulgurmagan yoshlarimizning mahnaviyatni buzadi, ularni azaliy tabiatimiz va muqqadas odatlarimizga mutloqo zid bo‘lgan g‘oyalar bilan tanishib, o‘zlarining g‘arazli va jirkanch niyatlarini amalga oshirish yo‘lida qurol ko‘tarishga urinadi deb uqtirib kelishini talaba-yoshlar bilib olishi kerak.

  • Arabiston yarim orolida vujudga kelgan Islom dini O‘rta Osiyoga VIII asr boshlarida kirib kelgan bo‘lsa, ko‘chmanchi arab qabilalaridan madaniy jixatdan ustun bo‘lgan Movaraunnahr aholisi Islomni qabul qilish bilan birga kundalik turmush tarzida o‘zlari ehtiqod qilgan zardushtiylik dini anhanalaridan butunlay voz kecha olmadilar.



Fundamentalizm – ma’lum din vujudga kelgan ilk davriga qaytish va bu yo’l bilan zamonaning barcha muammolarini hal qilish mumkin degan fikrni ilgari suruvchilarning yo’nalishi. Diniy fundamentalizm – aqidaning o’zgarmasligini himoya qiladigan, vahy va mo’’jizalarning muqaddas kitoblardagi bayonining harfiy talqini tarafdori, ularning har qanday majoziy talqiniga murosasiz, so’zma-so’z talqinga asoslangan e’tiqodni aqlga tayangan mantiqiy dalillardan ustun qo’yadigan, muayyan diniy e’tiqod shakllanishining boshlang’ich davrida belgilangan barcha yo’l-yo’riqlarni qat’iy va og’ishmay bajarilishini talab qiladigan diniy oqimlarni ifodalashda qo’llaniladigan istilohdir.
Fundamentalizm iborasi ilk bor I Jahon urushi arafasida vujudga kelgan protestantizmdagi ortodoksal oqimlarni ifodalash uchun ishlatilgan. Bu oqim 1910 yildan keyin shu nom bilan atala boshlagan. Fundamentalistlar xristianlikning an’anaviy aqidalariga, ayniqsa, Bibliyaning mutlaq mukammalligiga ishonishni mustahkamlashni, uni so’zma-so’z sharhlashga qat’iy rioya qilishni talab qildilar. Bu oqim keyinchalik Amerikada keng tarqalib, 1919 yili Filadelьfiyada Jahon xristian fundamentalistlari assotsiatsiyasiga asos solindi.
Asrimizning 70-yillaridan boshlab esa bu so’z islomga nisbatan qo’llanila boshlandi. Islom fundamentalizmi zamonaviy islomdagi uch yo’nalishdan biridir (qolgan ikkitasi – traditsionalizm va modernizm). Islom fundamentalizmining asosiy g’oyasi – «sof islom» printsiplariga qaytish, maqsadi «islomiy taraqqiyot» yo’lini joriy etishdir.

XX asrning 80-90-yillarida butun dunyoda diniy omilning faollashuvi sobiq sovetlardan keyingi makonda ham o’z aksini topdi. Bu davr jamiyat taraqqiyotida, bir jihatdan, diniy e’tiqodning ijtimoiy-madaniy hayotdagi tabiiy mavqei tiklanayotgan, ikkinchi tomondan, mazkur asosda ayrim mafkuraviy ziddiyatlar tug’ilishi vaqti bo’ldi.


Asosiy qonunimizda
yana shu narsa qat’iy qilib belgilab qo’yilganki, konstitutsiyaviy tuzumni zo’rlik bilan o’zgartirishni maqsad qilib qo’yuvchi, Respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ’ib qiluvchi, xalqning sog’lig’i va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek, harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi (57-modda).


  • O’zbekistonga nisbatan islom fundamentalizmining tahdidi aqidaparastlikni yoyish, bu yo’l bilan musulmonlarni islohotchi davlatga ishonchini yo’qotishga urinishda o’zini namoyon etmoqda. Bunday guruhlar mustahkamlanib borayotgan umummilliy birdamlik va hamjihatlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikka rahna solishga harakat qilmoqdalar. Demokratiya va dunyoviy davlat tushunchalarini, e’tiqod erkinligiga asoslangan ko’p konfessiyali dunyoviy jamiyatni obro’sizlantirishga yo’naltirilgan sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqdalar.




Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish