Xasanova gulnoza ilxom qizi


III.BOB.MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI AXLOQIY TARBIYAlASH



Download 230,21 Kb.
bet2/33
Sana22.03.2022
Hajmi230,21 Kb.
#505885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
XASANOVA MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI

III.BOB.MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI AXLOQIY TARBIYAlASHDA XALQ OG’ZAKI IJODI NAMUNALARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI
3.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy jihatdan tarbiyalashda xalq og’zaki ijodidan foydalanishda tajriba- sinov ishlarining mazmuni………….........................................................................................
3.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni xalq og’zaki ijodi vositasida ahloqiy tarbiyalash tajriba –sinov ishlarining natijalari va samaradorligi………………………………………………………………
III bob yuzasidan xulosa…………………………………………………
Umumiy xulosa va tavsiyalar…………………………………………..
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ……………………………………
Ilova………………………………………………………………………..



3


10
23


32


40
42
50
77
78


83


89
92


95
100



KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. Dunyoda ilm-fan, tеxnika, ishlab chiqarish va tеxnologiya sohalarining mavjud taraqqiyoti zamonaviy jamiyat qiyofasini bеlgilab bеrmoqda. Zamonaviy jamiyatning eng muhim xaraktеrli jihati uning barcha sohalarida globallashuvning ko’zga tashlanayotganligidir. Globallashuv o’z - o’zidan tеzkor harakatlanish, zarur axborotlarni zudlik bilan qo’lga kiritish, ularni qayta ishlash va amaliyotga samarali tatbiq qilishni taqozo etadi. Bu tarzda harakatlanish imkoniyatiga o’z sohasining bilimdoni bo’lgan, kasbiy malakalarni yuqori darajada egallay olgan, boy tajriba va mahoratga ega kadrlargina ega bo’ladilar.
Mustaqil fikrlay oladigan, dunyoqarashi va tafakkuri keng barkamol insonlar yurtimiz taqdirini hal qiladilar. Shuning uchun ham kelajakka munosib bo’lgan ma'naviy jihatdan yetuk yoshlarm tarbiyalash bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. “Ma'naviyat sohasidagi ishlarimizning pirovard maqsadi, -deydi birinchi Prezidenti I.A.Karimov, - iymon-e'tiqodi butun, irodasi baquvvat erkin fuqaro ma'naviyatini shakllantirishdir. Ya'ni mustaqil dunyoqarashga ega, ajdodlarimizning bebaho merosi va zamonaviy tafakkuriga tayanib yashaydigan barkamol shaxs - komil insonni tarbiyalashdan iborat”1.Har qaysi millatning ,xalqning azaliy tarixi va madanyati eng avvalo uning og`aki ijodi–folklor san’atlarida, ertaklarida, doston va eposlarida mujassam bo’ladi. Ular millatning ,xalqning o`zligini anglash, uning o’ziga xos milliy qadriyatlari va an’analarini xis qilish,saqlash va rivojlantirishda muhim manba xisoblanadi.O’zbek milliy folklor namunalarini asrab –avaylash va rivojlantirish ,uni keng targ’ib qilish , yosh avlod qalbida xalq og’zaki ijodi namunalariga hurmat va e’tibor tuyg’ularini kuchaytirish , bolalarning milliy ruhda tarbiyalanishi uchun sharoit yaratish eng avvalo uzluksiz ta’limning boshlang’ich bo’g’ini bo’lgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ulkan vazifa yuklaydi.Bolalarni maktabgacha ta’limga sifatli tayyorlash maqsadida “Ilk qadam” davlat dasturi joriy qilingan bo’lib, bu dasturning davlat talablari asosida beshta soxasi bo’yicha ta’lim–tarbiya berish jarayonida bolalarning ongiga xalqnng milliy qadriyatlarini , urf-odatlarini singdirish xam talab etiladi.
Bu kabi vazifalarni bajarishda maktabgacha ta’lim muassasasida xalq og’zaki ijodi vositalaridan foydalanishning samarali shakllari va yo’llaridan zamonaviy yondashuv asosida foydalanish samarali natija beradi. Shuning uchun mustaqillik davri folklorshunosligi tamomila yangi folklorshunoslikdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi PQ-3271-sonli qarorida yoshlarni ma’naviy yuksaltirish masalasiga alohida e’tibor qaratganlar. “ Bugungi kunda mamlakatimizda 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha soha va tarmoqlarda ulkan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni chuqur qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu yo‘nalishda tegishli huquqiy-me’yoriy bazani mustahkamlash, tashkiliy-amaliy ishlarni zamon talablari asosida olib borish, bu masalaga keng jamoatchilikni jalb etish bo‘yicha keyingi paytda birmuncha ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidlash lozim.
Ayni vaqtda o‘tkazilgan kuzatish va tahlillar bu sohada o‘z yechimini kutayotgan bir qator dolzarb muammolar borligi va ularni keng ko‘lamda hal etish zarurligini ko‘rsatmoqda. Xususan, xalqimiz, avvalo, yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-estetik talablariga javob beradigan kitoblarni yuksak sifat bilan chop etish, joylarga, ta’lim muassasalariga vaqtida va maqbul narxlarda yetkazish, milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini tarjima qilish, farzandlarimizda bolalikdan boshlab kitob, jumladan, elektron kitob o‘qish ko‘nikmasini shakllantirish, jamiyatimizda mutolaa madaniyatini yuksaltirish bilan bog‘liq muhim masalalarni hal etish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.” Zero, ma’naviyat masalalari ham davrda eng dolzarb mavzulardan biri bo'lib kelgan.
XX asr boshida ma’rifatparvar jadidchilar til, adabiyot va tarbiya masalasi o‘z davri uchun muhimligini ta’kidlashgan.Millatning an’analari,urf-odatlari,uning tilidan, tafakkuri- ma’naviyatidan boshlanadi.Bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy milliy, madaniy-tarixiy merosi va ma’naviy axloqiy jihatdan tarbiyalash, bolalarda milliy vatanparvarlik hislarini shakllantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o‘qishga intilish moyilliklarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta’lim jarayoniga tayyorlash, bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini mustakil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish, bolalarning jismoniy va ruhiy sog‘ligini ta’minlash maktabgacha ta’lim tashkilotlari oldiga qo’yilgan dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.Mamalakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga alohida etibor qaratilib farzandlarimizning jahon andozalari darajasida zamonaviy va kasb-hunarlarni egallashi,jismonan va ma’nan-axloqan etuk insonlar bo’lib ulg’ayishi, ularning qobiliyati va isde’dodini, intelektual salohiyatini yuzaga chiqarish yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat va fidoiylik tuyg’ularini yuksaltirish borasida O’zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar stratеgiyasida “...uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mеhnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash”vazifasi bеlgilanib, bu borada pеdagoglarning krеativligini oshirish, ta'lim mazmunini takomillashtirib borishda qulay sharoitlar yaratish, malaka oshirish turlari va shakllarini kеngaytirish hamda o’zaro aloqadorligini ta'minlash orqali kutilgan natijalarga erishish muhim ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi
PF-4947-son “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni, 2016 yil 29 dekabrdagi PQ-2707-son “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi, 2017 yil 9 sentyabrdagi PQ-3261-son “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi, 2017 yil 26 sentyabrdagi PQ-3289-son “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi, 2019 yil 8 maydagi PQ-4312-son “O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida” gi qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 dekabrdagi 1026-son “Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi, 2019 yil 13 maydagi 391-son “Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorlari, Maktabgacha ta’lim vazirining 2019 yil 30 avgustdagi 155-son “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash to’g’risida”gi buyrug’ihamda mazkur sohaga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu tadqiqot ishi muayyan darajada xizmat qiladi.
Shuni alohida takidlab o’tish joizki, “ Umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to’g’risida” Nizomga muvofiq (Vazirlar Mahkamasining 13-may 2019-yildagi 391-sonli qarori) “maktabgacha ta’lim muassasasi” nomi “maktabgacha ta’lim tashkiloti”deb atala boshlandi. Shu sababli dissertatsiya ishimizning mavzusidan kelib chiqqan holda biz keying o’rinlarda “maktabgacha ta’lim muassasasi” so’zini “maktabgacha ta’lim tashkiloti” so’ziga o’zgartiridik.
Maktabgacha ta’lim sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan dasturlarda maktabgacha ta'lim sohasi uzluksiz ta'lim tizimining birlamchi bo’g’ini sifatida, bu jarayonda maktabgacha ta'lim tashkilotlarining bolalar huquqiy savodxonligini shakllantirishdagi o’rni hamda, rеspublikada ta'lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo’nalishi ekanligi ta'kidlangan.Bolaning Vatanga muhabbat tuyg’usini, oilaga o’z xalqining milliy, tarihiy, madaniy qadriyatlariga xurmat bilan mnosabatda bo’lish, bolaning shaxsini shakllantirish ,uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish hamda ta’lim tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarni joriy etish maktabgacha ta’lim tashkilotining vazifalari etib belgilangan. Bu kabi vazifalarni amalga oshirishda tarbiyachi o’z mashg’ulotlarida xalq og’zaki ijodi namunalardan foydalanishi ta’lim tarbiya jarayonini yanada samarali kechishiga yordam beradi. Zamonaviy ta’lim jarayonida biz yangi texnologiyalardan foydalanishimiz bilan bir qatorda an’anaviy ta’limni ham esdan chiqarmasligimiz zarur.Bolalarning milliy ruhda tarbiyalashimiz, milliy urf-odatlarimizni o’rgatishimizda ularni ma’naviy –axloqiy jihatdan tarbiyalashimizda xalq og’zaki ijodi namunalardan foydalanmaslikni iloji yo`q. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim tarbiya berishimizda ularga milliy qadriyatlarimizni ,urf–odatlarimizni ongiga singdirishimizda xalq og’zaki ijodining mazmun mohiyatini chuqur anglashga o`rgatishimiz ,mashg’ulotlar jarayonida ulardan unumli foydalanishimi zaruriyatini toqazo etadi.

Download 230,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish