Xayitova mohinurning organik kimyo fanidan tayyorlagan



Download 10,62 Mb.
bet4/9
Sana29.06.2022
Hajmi10,62 Mb.
#718027
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Xayitova M. organika

Fizik xossalari. Aminlarning dastlabki vakillari – metilamin, dimetilamin, trimetilamin – oddiy sharoitda gaz. Suvda yaxshi eriydi, ammiak hidiga ega. Qolgan aminlar ammiak hidiga ega bo’lgan suyuqliklardir; yuqori aminlar yoqimsiz hidga ega bo’lgan suyuq yoki qattiq moddalardir. Teng uglerod atomi saqlagan ikkilamchi aminlar birlamchi aminlarga qaraganda past haroratda qaynaydi. Masalan: dietilamin 560C da n-butilamin 750C da qaynaydi.
Oddiy aminlar ammiakdan farq qilib havoda yonadi.
Alifatik to‘yingan monoaminlarning dastlabki uch vakili ammiak hidiga ega gazlar, o‘rta vakillari (C4-C12) - suvda eriydigan, rangsiz suyuqlik, yuqori molekulyar massali vakillari esa suvda yomon eriydigan, deyarli hidsiz qattiq moddalardir. Molekulyar massa ortishi bilan aminlarning suvda eruvchanligi kamayadi, qaynash temperaturasi va zichligi ortadi.
Dastlabki diaminlar suvda eriydi, monoaminlarga nisbatan asos xossalari, suyuqlanish va qaynash temperaturalari yuqori bo‘ladi. Aminlar spirtlardagiga nisbatan kuchsiz bo‘lgan vodorod bog’lari evaziga assotsiatsiyalanadi.
Alkilaminlar odatdagi sharoitlarda ammiakni hidini eslatuvchi hidli rangsiz gazning yoki suyuq moddalardir. Suyultirilgan eritmalarining hidi baliq hidiga o’xshaydi. Katta molekulyar massali aminlar kristall moddalar bo’lishi mumkin.
Aminlar suvda yaxshi eriydi. Molekulada uglerod atomlarining soni ortishi bilan eruvchanlik kamayib boradi.
Molekulyar massalari bir-biriga yaqin bo’lgan birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi aminlarning suyuqlanish va qaynash temperaturalari taqqoslanganda ma’lum qonuniyatni ko’rish mumkin. Uchlamchi aminlarning mazkur temperaturalari bir xil molekulyar massali ikkilamchi va birlamchi aminlarga qaraganda past. Bu molekulalararo vodorod bog’lar hosil bo’lishi bialn tushuntiriladi. Lekin vodorod bog’lar alkanollardagi vodorod bog’lardan kuchsizroq, chunki azot-vodorod bog’i kislorod-vodorod bog’iga qaraganda kamroq qutblangan.
Kimyoviy xossalari. Aminlar kimyoviy jihatdan ammiakka o’xshash reaksiyalarga kirishadilar. Ular reaksiya vaqtida nukleofil hususiyatni namoyon qiladilar.

  1. Asos xossalari. Aminlar ham ammiak kabi asos xususiyatiga ega, ammo ularning asos xossalari ammiaknikidan birmuncha kuchli.

Aminlar eritmalariningishqoriy reksiyasi ular suvda eriganda gidroksil ionlarining kata konsentratsiyasi hosil qilishi bilan tushuntiriladi va ammiakning suvdagi eritmasini eslatadi:


Aminlarning suvda erib to’rtlamchi ammoniy asoslar hosil qilishi qaytar reaksiya hisoblanadi, chunki hosil bo’lgan asoslaroddiy sharoitda qizdirilganda tez parchalanadi va amin hamda suv hosil qiladi. To’rtlamchi ammoniy asoslar hosil bo’lishini quyidagicha tushuntirish mumkin: Ammiak uchta vodorod atomi va bitta azot atomining kovalent bog’ bilan bog’lanishidan hosil bo’lgan birikmadir. Kovalent bog’lanishda bittadan elektronga ega bo’lgan uchta vodorod atomi bilan beshta elektronli azot atomi o’rtasida tashqi electron qavati hosil bo’ladi, ya’ni elektronlar umulashadi:

Hosil bo’lgan kovalent bog’li birikma (ammiak) elektroneytral bo’lib, birikmada bir juft elektron umulashmay qoladi. Elektroneytral birikmaga suv ta’sir ettirilganda umumlashmay qolgan elektron hisobiga suvdagi musbat zaryadli vodorod ioni birikadi va natijada donor-akseptor bog’lanish hisobiga to’rtlamchi ammoniy asosi vujudga keladi:

Aminlarga suvning birikishi ham shu tariqa boradi va ioni-kation hamda OH ioni-anion hosil bo’ladi.

  1. Tuz hosil qilishi. Aminlar ham ammiak singari quruq holda va suvdagi eritmalarida kislotalar bilan, xatto, kuchsiz karbonat kislota bilan ham reaksiyaga kirishib tuzlar hosil qiladi. Masalan, xlorid kislota bilan suvsiz aminlar quyidagicha reaksiyaga kirishadi.


Suvdagi eritmada:

Aminlarning tuzlariga ishqorlar ta’sir ettirilganda aminlar ajralib chiqadi.

Aminlar havoda yonadi:

Aminobirikmalarning asoslik xossasi azot atomidagi juftlashmagan elektronlarning protonni biriktirib olish qobiliyati tufayli namoyon bo’ladi.



Aminlarning asoslik xossasi quyidagi tartibda ortadi

3. Aminlar atsillash reaksiyalariga kirisha oladilar. Atsillovchi agent sifatida kislota angidridlari va kislota galoid angidridlaridan foydalanish mumkin:


4. Nitrit kislota birlamchi va ikkilamchi aminlarga turlicha ta’sir etadi. Nitrit kislota ta’sirida birlamchi aminlar spirtlarga aylanadilar, ikkilamchi aminlar esa nitro va aminlarni hosil qiladilar, uchlamchi aminlar nitrit kislota bilan reaksiyaga kirishmaydilar:



Ikkilamchi aminlardan hosil bo’ladigan nitrozoaminlar ancha barqaror birikmalardir. Nitrozoaminlar neytral moysimon suyuqlik, o’ziga xos hidi bor.



Yuqori molekulyar birlamchi aminlarga nitrit kislota ta’sir ettirilganda spirt emas, balki to’yinamagan uglevodorod hosil bo’ladi. Masalan:

Uchlamchi aminlarga nitrit kislota ta’sir ettirilganda ular o’zgarmaydi. Chunki bu reaksiyada dastlab uchlamchi aminlarning beqaror nitrit tuzlari hosil bo’ladi va ular tezlikda gidrolizlanib qaytadan uchlamchi aminlarga aylanadi.
5. Izonitrillar hosil qilishi. Birlamchi aminlarga ishqorning spirtli eritmasi ishtirokida xloroform ta’sir ettirilganda izonitrillar hosil bo’ladi.

6. Galogenlar ta’siri. Birlamchi va ikkilamchi aminlarga o’yuvchi ishqorlar ishtirokida Cl2 yoki Br2 ta’sir ettirilganda aminoguruhdagi vodorod galogenga o’rin almashishi natijasidagalogenamindlar hosil bo’ladi.


7. Amianlar oson oksidlanadi. Uchlamchi uglerod atomida amino guruh bo’lgan aminlar oksidlanishidan turli mahsulotalar hosil bo’ladi:

Birlamchi, ikkilamchi aminlarning oksidlanish mahsulotlarining murakkab aralashmasi hosil bo’ladi. Uchlamchi aminlarga oksidlovchi (perkislotalar) lar ta’sirida ularning N-oksidlari hosil bo’ladi. N-oksidlarda N va O atomlari yarim qutbli kovalent bog’ orqali bog’langan bo’ladi.

8. Birlamchi va ikkilamchi aminlardagi vodorod atomi ishqoriy metallar bilan almashinishi mumkin. Bunda amin kislota xossasini namoyon qiladi va metal amidlarii hosil bo’ladi:



Ishlatilishi: aminlar organik asoslar sifatida, dori-darmonlar, erituvchilar, pestitsidlar sifatida ishlatiladi.
Metilamin – o’tkir, ammiak hidli rangsiz gaz, kuchli suyultirilganda tuzlangan baliq hidi keladi. Suvda yaxshi eriydi, to’yingan eritmasi 35-40% li metilamin tutadi. Metilammoniy xlorid 225º C da suyuqlanadigan rangsiz kristallar hosil qiladi. Metilamin sanoatda vodorod sianidni katalitik gidridlab yoki yuqori temperaturada katalizator ishtirokida metanolga ammiak ta’sir ettirib olinadi.






Metilamin organik sintezda dorivor moddalar, bo’yoqlar va sirt aktiv moddalar olish uchun ishlatiladi.
Trietilamin – o’ziga xos hidli rangsiz suyuq modda. Sanoatda ammiakni etanol bilan katalizator ishtirokida alkillab olinadi. Trietilamin organik sintezda boshlangich modda, erituvchi va asos katalizatori sifatida ishlatiladi.
Etilendiamin – ammiak hidiga ega bo’lgan rangsiz suyuqlik, 8,5ºC da suyuqlanadi, 117 ºC da qaynaydi, suvda yaxshi eriydi. Dixloretan va ammiakdan olinadi:

Etilendiamin analitik reagentlar – kompleksonlar va fungitsidlar sintezida boshlangich modda sifatida ishlatiladi. Etilendiaminning yuqori yog’ kislotalari bilan hosil qilgan tuzlari to’qimachimachilik sanoatida yumshatuvchi vositalar sifatida ishlatiladi.

Download 10,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish