Xi bob. Dars ta’limida rivojlan- tirish texnologiyasi rivojlantiruvchi ta’lim nima?


ÒA’LIMNI TURMUSH BILAN BOG‘LASH PRINSIÐI



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/54
Sana21.03.2022
Hajmi0,55 Mb.
#504778
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   54
Bog'liq
pedagogika-1

ÒA’LIMNI TURMUSH BILAN BOG‘LASH PRINSIÐI
Ilmiy bilimlar kishilarning ishlab chiqarish faoliyatiga bo‘lgan
ehtiyojlari asosida vujudga kelishi, ana shu faoliyatga xizmat qilishi
va turmush bilan bog‘liqligi sababli bunday bilimlarni o‘zlashtirish
uchun faqat ularning mazmunini emas, balki amalda qo‘llanishini
ham o‘rganish kerak. Ana shu prinsiðni (ta’lim nazariyasi va ama-
liyotini o‘zaro bog‘lashni) amalga oshirishning muhim vositasi
o‘qitishni o‘quvchilarning amaliy faoliyati va mehnati bilan qo‘shib
olib borishdir. Respublikamizning xalq ta’limi to‘g‘risidagi Qonu-
nida o‘qitishni hayot bilan chambarchas bog‘lash talabi qo‘yilgani
bejiz emas.
Òa’limda o‘qitishni amaliyotga bog‘lash prinsiðini muvaffaqi-
yatli amalga oshirish uchun quyidagi ikkita pedagogik talabga rioya
qilish zarurdir:
1. Nazariy materiallarni o‘rganishda ularning tizimi va manti-
qini saqlash kerak.
2. Amaliy ko‘nikma va malakalarni bilimlarga tayanmay
o‘zlashtirish o‘qituvchining ishidagi kamchilikdir. Puxta egallan-
gan va anglangan bilimlargina o‘quvchilarga amaliy ko‘nikma va
malakalarni o‘zlashtirish imkonini beradi.
O‘QITISHDA INDIVIDUAL YONDASHISH PRINSIÐI
Individuallik nima? Pedagogikada individuallik hozirgi payt-
gacha sof tashqi xarakterga ega bo‘lib, u (o‘quvchilarning butun
jamoasi bilan o‘tkaziladigan dars, leksiya kabi umumiy mashg‘u-


169
lotlar, o‘quvchilarning jamoasi emas, ularning ayrimlari bilan
o‘tkaziladigan, masalan, seminar singari guruh mashg‘ulotlar
qatorida) har bir o‘quvchi bilan alohida shug‘ullanishni bildirib
keldi. Pedagogika uning mohiyatiga chuqur kirib bormadi. Indivi-
duallikning shakllanishi esa, avvalo, uning mohiyatini va qanday
komponentlardan tarkib topishini bilishni taqozo etadi. Har bir
o‘quvchi bilan alohida ishlab, uning individual sifatlarini rivoj-
lantira olmaslik ham mumkin, lekin o‘quvchilarning butun jamoasi
bilan ishlab, ularning har birida individuallik shakllanishi uchun
sharoit yaratish ham mumkin. Bunga qanday qilib erishilishini
bilish uchun „individuallik“ tushunchasiga kiradigan strukturaviy
elementlarni, individuallikni rivojlantirish va shakllantirish ishida
qaysi prinsiðlar hamda metodlardan foydalanish kerakligini aniq-
lash zarur.
Individuallikning mohiyatini individ sifatidagi, shaxs sifatida-
gi, subyekt sifatidagi insonning o‘zaro ichki bog‘lanishdagi va bir
butun xossalari tashkil qiladi. „Individ“, „shaxs“, „subyekt“ umu-
man insonni emas, balki uning bir jihatinigina ifodalaydi. Shuning
uchun ham bizning ko‘z oldimizda inson o‘zining faqat u yoki bu
jihati bilan namoyon bo‘lmaydi, u bir paytda butun mavjudot bo‘lib,
maxsus tushuncha bilan qayd etilishi lozim. Individ, shaxs va sub-
yektning xususiyatlari o‘zaro ta’sirlashuvi asosida vujudga keladigan
individuallik tushunchasi ana shundan iboratdir.
„Individ“ tushunchasi insonni tabiiy mavjudot sifatida aks
ettiradi va individuallikning tabiiy asosini ifodalaydi; u inson indi-
vidualligining asosiy jihati bo‘lib, insonning organik, yosh, jin-
siy, konstitutsion, neyrodinamik xususiyatlariga kompleks holda
qaraydi va bular o‘zaro ta’sirlanib insonda turli individual xususi-
yatlarning — temperament, iste’dod, organik ehtiyojlarning vu-
judga kelishiga sabab bo‘ladi va bu xususiyatlar ham individual-
likning tabiiy asosini tashkil qiladi.
Insonning ijtimoiy sifatini „shaxs“ tushunchasi ifodalaydi. Ijti-
moiy tajribaga ega bo‘lmagan inson individ shaxsga aylanmasligi
ham mumkin. Inson shaxsining xususiyatlari individuallik struk-
turasining ajralmas qismi bo‘lib, individuallikning o‘zi inson shaxs
sifatida kamol topishining ijtimoiy sohasidagina namoyon bo‘ladi.
„Shaxs“ tushunchasi alohida insonda ijtimoiy munosabatlarning
ko‘rinishini, undagi ijtimoiy xususiyatlarning birligini mujassam-
lashtiradi. Shaxsning individualligi uning ijtimoiy muhitdan nis-
biy erkinligidir, u ichki alohidaligida ko‘rinadi.


170
Individuallik — insonning individi va shaxsiga xos xususiyat-
lar bilan birga subyekt xususiyatlarini ham o‘z ichiga oladi. Inson
subyekt sifatida tushuniladi. Subyekt amaliy faoliyat va ong sohibidir.
Insonning har qanday faoliyati individuallikning ko‘rinishi
bo‘lavermaydi. Alohida, ichki vositali faoliyatning mustaqil har-
akat qiladigan va bir qarorga keladigan subyektigina individuallik
hisoblanadi.
Individuallikka strukturali — tizimli yondashish uning yaxlit
voqea sifatidagi o‘ziga xos xususiyatlarini yoritishi bilan juda muhim
ahamiyatga molikdir. Lekin uning umumiy mexanizmlarini aniq-
lash uchun organizm faoliyatining ichki qonunlari va shakllariga,
uning individual hayot tajribasi shakllanishining qonuniyatlariga
murojaat qilish kerak.

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish