Xi bob. Yo‘lovchilar avтovokzallari va avтosтansiyalari тayanch so‘zlar va iboralar


Avtovokzallar, avtostansiyalarning funksiyalari



Download 0,79 Mb.
bet2/6
Sana31.03.2023
Hajmi0,79 Mb.
#923566
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ЙТЗТ 11.1-мавзу

11.2. Avtovokzallar, avtostansiyalarning funksiyalari
Quyidagilar avtovokzallar, avtostansiyalarning asosiy funksiyalari hisoblanadi:
a) nozimlik rahbarligi – har bir avtotransport vositasining o‘rinlar sonidan samarali foydalanishni hisobga olgan, yo‘lovchilar tashish xavfsizligi me’yorlari va qoidalariga rioya qilgan holda avtovokzal, avtostansiya bo‘yicha avtotransport vositalarining harakatlanish jadvaliga rioya qilinishini tashkil etishni ta’minlash, avtotransport vositalari harakatini tartibga solish, yo‘l varaqalari va nozimlik hujjatlarini rasmiylashtirish, harakatlanadigan tarkibni jihozlash va uni zarur sanitariya holatiga keltirish, yo‘lovchilarda chiptalar bo‘lishini hamda yo‘lkira va bagaj uchun to‘g’ri haq to‘lanishini ta’minlash;
b) axborot ishlari – yo‘lovchilarni avtovokzallar, avtostansiyalardan foydalanish va avtotransport vositasida sayohat qilish masalalaridan o‘z vaqtida va ishonchli xabardor qilish, aholini yangi ochilayotgan yo‘nalishlar, avtotransport vositalari harakatlanish jadvalidagi o‘zgarishlar, ko‘rsatiladigan yangi xizmat turlaridan xabardor qilish (mahalliy matbuot, radio, televideniye va h.k.lar orqali), shahar (aholi manzili) korxonalari va muassasalari bo‘yicha avtotransport vositalari harakatining reklama jadvallarini tarqatish, avtovokzallar, avtostansiyalarni jo‘natilayotgan avtotransport vositalaridagi bo‘sh va bo‘shayotgan o‘rinlar, yo‘ldagi sharoitlarning o‘zgarishi va avtotransport vositalarining harakatlanish jadvalidan chetga chiqishlari to‘g’risida o‘zaro xabardor qilish;
c) tijorat operatsiyalari — yo‘lkira chiptalari sotilganligi va bagaj tashilganligi uchun yig’imlar to‘plash, qatnovga qatnaydigan avtotransport vositalarida pochta jo‘natmalarini qabul qilib olish va jo‘natish, bagajni yo‘lovchilardan alohida tashish uchun qabul qilib olish va rasmiylashtirish (yuk va bagaj avtomobillari harakati tashkil etilgan yo‘nalishlarda), sotilgan chiptalar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun tashuvchilar bilan o‘zaro hisob-kitob qilish (shu jumladan chiptalarni oldindan sotish, chiptalarni uyga yetkazib berish, bagajni saqlash xizmatlari);
d) yo‘lovchilarga maishiy xizmat ko‘rsatish – yo‘lovchilar avtovokzal, avtostansiyada bo‘lgan davrda ularning maishiy ehtiyojlarini qondirish maqsadidagi tadbirlarni amalga oshirish, madaniy-maishiy va yo‘lovchilarga sanitariya-gigiyena xizmati ko‘rsatishga mo‘ljallangan binolarda xizmat ko‘rsatish madaniyati yuksak darajada bo‘lishini ta’minlash;
e) haydovchilarning turmushi va dam olishini tashkil etish – kafe, yemakxona, sartaroshxona, yuvinish joylari xizmatini tashkil etish; dam olish uchun mebel bo‘lgan xonalar taqdim etish (ishda kamida 4 soat qatnovlararo tanaffusga ega bo‘lgan haydovchilar uchun), avtovokzal, avtostansiya qoshida uzoqroq vaqt dam olish uchun xona berish (ishda 4 soatdan ortiq tanaffus qiladigan va dam olish rejimli haydovchilar uchun);
f) texnik operatsiyalar – harakat xavfsizligini ta’minlaydgan uzellar va agregatlarni tekshirish uchun avtotransport vositalarini qatnovlar o‘rtasida texnik ko‘rikdan o‘tkazish postini tashkil etish; avtotransport vositalari salonlarini saranjomlash; avtotransport vositalarini qo‘riqlash; haydovchilarni qatnovdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish;
g) tashishlar hisobini yuritish va ularni o‘rganish — yo‘lovchilar oqimini o‘rganish, xizmat ko‘rsatiladigan yo‘nalishlarda avtotransport vositalari ishini yaxshilash masalalari bo‘yicha yo‘lovchilarning takliflarini to‘plash, hisobga olish va tahlil qilish, shu asosda tegishli organlarga yangi yo‘nalishlar ochish, harakat jadvalini o‘zgartirish, u yoki bu yo‘nalishda qatnovlar sonini ko‘paytirish, avtotransport vositasining turi yoki markasini o‘zgartirish, tranzit avtotransport vositalarining to‘xtab turish vaqtini qisqartirish yoki ko‘paytirish, qatnovni bajarish uchun vaqtni qisqartirish yoki ko‘paytirish, yo‘nalishga chiqmaslik, kechikib chiqishlar to‘g’risidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etish, yo‘nalishlar va qatnovlar bo‘yicha yo‘lovchilarning to‘ldirilishini tahlil qilish va h.k.lar;
h) xonalar, binolar, hududlarni saqlash – inshootlar, perronlarni o‘z vaqtida va sifatli ta’mirlash bo‘yicha kompleks tadbirlarni bajarish, vokzal oldidagi hududni obodonlashtirish ishlari, yong‘inga qarshi tadbirlarni amalga oshirish, avtovokzal, avtostansiyani saqlashning sanitariya shart-sharoitlarini bajarilishi.
Avtovokzallar, avtostansiyalar va tashuvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar shartnomalar asosida ko‘riladi. Bunda chiptalar sotilganligi va xizmat ko‘rsatilganligi uchun tashuvchilar tomonidan avtovokzallar, avtostansiyalarga ajratmalar miqdori avtovokzal, avtostansiyaning rentabelligidan kelib chiqib tashkiliy-huquqiy shakli va mansubligidan qat’iy nazar tashuvchilar (shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar) uchun bir xil miqdorda belgilanishi kerak.
Chiptalar sotilganligi va xizmat ko‘rsatilganligi uchun o‘z vaqtida hisob-kitob qilish (avtotransport vositasi qatnovga jo‘natilgandan keyin 3 kun mobaynida) avtovokzal, avtostansiyaning majburiyatlaridan biri hisoblanadi.



Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish