Xitoy Xalq Respublikasining huquqiy tizimi



Download 201,61 Kb.
bet8/9
Sana21.09.2021
Hajmi201,61 Kb.
#181333
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
otabek murtozayev (1) (3) (4)

XXR Huquq tizimi. XXR huquqiy tizimi aralash xususiyatga ega bo`lib, qadimgi huquqiy anʼanalar va "xitoyga xos sotsializm" g`oyalariga hamda roman-german huquqining ayrim tamoyillariga asoslangan zamonaviy qonunchilikning qorishmasidan iborat. Xitoy huquqiy madaniyati uchun ijtimoiy hayotning har qanday, shu jumladan, eng muhim masalalarini tartibga solishda axloq normalarining huquq normalaridan anʼanaviy ravishda ustunligi xosdir. Huquqqa bunday munosabat Xitoy imperiyasining 1911 yilgi inqilobga qadar davlat mafkurasi asosini tashkil etgan konfutsiylik taʼlimotidan kelib chiqadi. XXR fuqarolik huquqining mazmuni, boshqa sohalarda bo`lgani singari, ushbu davlat ijtimoiy-iqtisodiy modelining o`ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Iqtisodiy munosabatlarning (avvalo mulk munosabatlarining) asoslari konstitutsiya darajasida mustahkamlab qo`yilgan. 1993 yilgi tahrirdagi XXR Аsosiy qonunining 15-moddasida shunday deyilgan: "Davlat sotsialistik bozor xo`jaligini amalga oshiradi. Davlat iqtisodiyot sohasida qonunchilik faoliyatini kuchaytiradi, makro tartibga solishni takomillashtirib boradi". Konstitutsiyada XXR sotsialistik iqtisodiy tizimini asosi - ishlab chiqarish vositalarining sotsialistik ijtimoiy mulki ekanligi, yaʼni umumxalq mulki va mehnatkashlar ommasini jamoaviy mulk ekanligi mustahkamlangan; iqtisodiyotning davlat sektori - "xalq xo`jaligidagi yetakchi kuch" (7-modda); shirkat mulkining turli shakllari sotsialistik xo`jalik sektori deb qaraladi (8-modda). 1988 yilda Konstitutsiyaning 11-moddasi quyidagi tarzda to`ldirildi: "Davlat qonunda belgilangan doirada xususiy xo`jalik mavjud bo`lishi va rivojlanishiga yo`l qo`yadi. Xususiy xo`jalik ijtimoiy mulkka asoslangan sotsialistik iqtisodiyotga qo`shimchadir. Davlat xususiy xo`jalikning qonuniy huquqlari va manfaatlarini muhofaza qiladi, uning faoliyatini yo`naltiradi, nazorat qilish va boshqarishni amalga oshiradi".

XXR fuqarolik huquqi bugungi kunda shakllanish jarayonida bo`lib, uning talay institutlari hanuzgacha qonunchilik yo`li bilan mustahkamlab qo`yilmagan. XXRda Fuqarolik kodeksi mavjud emas.

XXR fuqarolik qonun hujjatlari xo`jalik faoliyati subyektlarining quyidagi turlarini nazarda tutadi: davlat korxonalari, jamoa korxonalari, xususiy korxonalar, Xitoy va chet el kapitali ishtirokidagi qo`shma korxonalar, chet el kapitaliga qarashli korxonalar, dehqon paychilik asosidagi va shirkat korxonalari.

X XR mehnat huquqi ham "sotsialistik bozor iqtisodiyoti" kontsepsiyasiga muvofiq anchagina o`zgartirishlarga duchor bo`lgan. Аvvalgi, sotsialistik xususiyatlarning ayrimlarini saqlab qolgan holda, yangi mehnat to`g`risidagi qonun hujjatlari rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega bo`lgan mamlakatlarga xos bir qator qoidalarni o`zlashtirgan. 1986 yilda mehnat munosabatlarini tartibga solish bo`yicha mehnat shartnomalari to`g`risidagi, ishga joylashtirish to`g`risidagi, ishdan bo`shatish to`g`risidagi, qarilik va ishsizlikdan sug`urta qilish to`g`risidagi to`rtta muvaqqat qoidalar eʼlon qilingan. Ushbu hujjatlar xodimlarning talay qismini ishga yollash, ish joyini o`zgartirish va ishdan bo`shatishga faqat davlat organining ruxsati bilan yo`l qo`yilgan avvalgi amalda bo`lgan umrbod ishda bandlik tizimini asta-sekin almashtirishi lozim bo`lgan individual-mehnat munosabatlarining yangi modelini joriy etgan. Yangi tizim ishga yollash va ishdan bo`shash erkinligiga asoslangan hamda tomonlarning majburiyatlarini, mehnat shartlarini, mehnat intizomini taʼminlash usullarini, ishdan bo`shatish tartibini batafsil belgilovchi, kamida bir yillik muddatli mehnat shartnomalari tuzilishini nazarda tutadi.

1979 yilgi Jinoyat kodeksi marksizm-leninizm va Xitoy sotsializmi mafkurasini oshkora mustahkamlab qo`ydi, uning normalari ochiq oydin sinfiy xususiyatga egaligi bilan ajralib turadi. JKda jinoyat tushunchasiga keng taʼrif berilgan. Bu taʼrif jinoiy qilmishlarning ijtimoiy xavfliligi va ularning g`ayrihuquqiyligi alomatlariga asoslangan, shuningdek, sinfiy xususiyatga ega, yaʼni: "Davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligiga tajovuz qiladigan, proletariat diktaturasi tizimiga zarar yetkazadigan, sotsialistik inqilob va sotsialistik qurilishni, jamoat tartibini buzadigan, fuqarolarning umumxalq mulkiga, ularning shaxsiga, demokratik va boshqa huquqlarga tajovuz qiladigan barcha qilmishlar, shuningdek, sodir etganlik uchun Kodeksda jinoiy jazo nazarda tutilgan boshqa ijtimoiy xavfli xatti-harakatlar jinoyat hisoblanadi. Lekin agar ish holatlari unchalik ahamiyatli emasligi ayon bo`lsa, zarar katta bo`lmasa, ular jinoyat hisoblanmaydi".


Download 201,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish