Xodimlarga qo’yiladigan talablar



Download 426 Kb.
bet1/5
Sana18.03.2022
Hajmi426 Kb.
#500291
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Kimyo-farmatsevtika korxonalari ishchi-xodimlariga va ularning kiyimlariga qo’yiladigan gigiyenik talablar.Yaxshi ishlab chiqish qoidalari (amaliyoti).


Mavzu :
Kimyo-farmatsevtika korxonalari ishchi-xodimlariga va ularning kiyimlariga qo’yiladigan gigiyenik talablar.Yaxshi ishlab chiqish qoidalari (amaliyoti).

Reja:


    1. Toza xonalardan foydalanish

    2. Xodimlarga qo’yiladigan talablar

    3. Steril ishlab chiqarish talablari

    4. Tibbiy maqsadda qo‘llaniladigan buyumlarni ishlab chivarishda ishchi xodimlar gigiyenasi




13.2 -rasn

Toza xonalardan foydalanganda belgilangan tozalik sinfini muntazam saqlab turishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksi bajariladi. Toza xonalardan foydalanish tartibi ISO 14644-5 “Toza xonalar va ular bilan bog’liq nazorat qilinadigan muhitlar. 5-qism. Ekspluatatsiya” standarida belgilangan. Toza xonalardan foydalanishni tashkil qilishda barcha ishlarni bajarish tartibini belgilab olish lozim, buning uchun quyidagi savollarga javob berish kerak: qanday ish bajariladi (ishning predmeti), qanday bajariladi (ishni bajarish texnologiyasi), ijrochi kim, nimalar bilan ishlanadi (uskunalar, materiallar va h.k.lar ro’yxati), qanday hujjatlar bo’yicha ishlanadi (yo’riqnomalar va h.k.).
Toza xonalar tizimidagi kritik jihat – xodimlardir, agar bunday xonalarda tegishli tayyorgarligi bo’lmagan va bunday maqsadlarga mos kelmaydigan xodimlar ishlasa, loyiha eng yuqori darajada ishlab chiqilgan bo’lsa ham toza xonadan foydalanish ko’zlangan maqsadni bermaydi, uni tashkil etishga sarflangan mablag’lar zoe ketadi.
Toza xonalardan foydalanishda kritik omillarni yetarlicha hisobga olmaslik toza xonaning ifloslanishiga va mahsulot sifatining pasayishiga olib keladi. Rejali tartibda xavf omillari ustidan nazoratni yo’lga qo’yish va iflosliklarni aniqlash bo’yicha harakatlarni belgilab olish kerak.
Xodimlarga qo’yiladigan talablar
Toza xonalarga qo’yiladigan shaxslar: shaxsiy gigiena talablariga rioya qilishi; toza xonalardagi xulq-atvor qoidalarini bajarishi; sog’lig’i bo’yicha toza xonalarda ishlashga qarshi ko’rsatmalarga ega bo’lmasligi; ishga qo’yilishdan oldin o’quv kursida o’qib chiqishi va keyinchalik muntazam takror o’qitilishi; barcha yo’riqnomalar va ish reglamentlariga qat’iy rioya etishi lozim. Muhim omil – xodimlarning tozalikni saqlashga ijobiy munosabati, ularning saranjom-sarishtaligi, tartibliligi, qoidalarga qat’iy rioya qilishga moyilligi, ishonchliligidir. Xodimlarning o’zlari va boshqalarning xatolarini va kamchiliklarini qayd qilish va tahlil qilishga, ishdagi barcha buzilishlar haqida ma’lum qilishga tayyorligi texnologik jarayondagi xavf-xatarlarni tahlil qilish va uchun asos yaratadi va belgilangan tozalik darajasini saqlashga imkon beradi. Ammo aynan ularning bajarilishi alohida shaxslar uchun muayyan qiyinchiliklarni tug’diradi. Shu bilan bir vaqtda, tozalik va tartibga so’zsiz rioya qilish – bu samarali ishlashning majburiy sharti bo’lib, ularni bajarmasdan toza xonaga yaqinlashish ham mumkin emas!
Tana yuzasi maydoni o’rtacha 1,75 kv.m ni tashkil qiladi. Tashqi teri qoplamasi bir necha kunda yangilanadi, bunda odam har haqiqada 0,5 mkm o’lchamli bir necha yuzlab va millionlab zarrachalar ajratadi. Ajralayotgan zarrachalarning bir sutkalik umumiy massasi 10 g ga teng. Alohida xavfni mikroorganizmlar tug’diradi. Ularning ko’payishi uchun uchta shart zarur: issiqlik, namlik va ozuqa muhiti. Tananing ko’pchilik qismlarida bu sharoitlar o’zaro uyg’unlikda mavjud, bular, birinchi navbatda, bosh, soch qoplamalari, burun, og’iz, quloqlar, tirnoq va ular atrofidagi bo’shliq, odamning kiyim ostida yashiringan joylari. Bunday joylar tozaligiga alohida e’tibor berish kerak.
Toza xonaga kirayotgan har bir kishi: xonaga kirishdan oldin qo’llarini yaxshilab yuqishi, steril zonalarga kirishdan oldin qo’llarni bilakkacha yuvishi; xojatxonadan chiqqandan keyin qo’l yuvishi; qo’li bilan burnini artmasligi; og’iz bo’shlig’ini ozoda tutishi va tishlarini muntazam tozalashi; ozoda kiyinishi lozim. Xodim uydan chiqayotganda u bir kun oldin nima bilan shug’ullanganini (dala holida ishlash, avtomobilni tuzatish, uy hayvonlarini parvarishlash, sport o’yinlari va h.k.) eslab, o’zini tartibga keltirishi lozim.
Xodimni ishga qabul qilish paytida mehnat shartnomasiga maxsus bo’lim kiritib, unda xodimning shaxsiy gigiena bo’yicha majburiyatlari va javobgarligini belgilab qo’yish maqsadga muvofiq. Masalan, tozalik sinfi 5ga teng xonalarda ishlovchilar ishga pardozsiz kelish, ish kunidan oldin spirtli ichimliklar ichmaslik, korxona hududida hamda ishga kelishdan oldin ikki soat davomida chekmaslik majburiyatini oladilar. Oxirgi talab shunga bog’liqki, kashandalar nafas bilan chiqaradigan havoda zarrachalar kontsentratsiyasi juda yuqori bo’ladi, bu kontsentratsiya chekish tugagandan keyin juda sekin kamayadi. Bu zarrachalar ko’pincha kichkina o’lchamda bo’lib, niqobda ushlanib qolmaydi. Ba’zan savol tug’iladi: toza xonaga kirishdan oldin cho’milish kerakmi? Amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, agar odam ishga yuvinib kelgan bo’lsa, ishxonada dush qabul qilishga hojat yo’q. Bundan tashqari, dush ostida iliq yoki issiq suvda cho’milish teri poralarining ochilishiga, ter va mikroorganizmlar ajralishiga olib keladi. Busiz esa mikroorganizmlar teri qoplamasi yuzasiga chiqmaydi. Bevosita ishdan oldin dush qabul qilish zarurligi haqida qat’iy ma’lumotlar yo’q. Shu bilan birga, alohida hollarda ishdan keyin dush qabul qilish talab etilishi mumkin. Avariyali vaziyatlar uchun dush to’rlari nazarda tutilishi mumkin. Dushni (vanna emas) har kuni uyda qabul qilish zarur, zero u vannadan samaraliroq hisoblanadi.

Download 426 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish