Xorazm viloyati hokimi p. R. Bobojonovning 14 yanvar – vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bo‘lib o‘tadigan tantanali yig‘ilishdagi tabrik nutqi



Download 16,11 Kb.
Sana07.09.2017
Hajmi16,11 Kb.
#19202
XORAZM VILOYATI HOKIMI P.R.BOBOJONOVNING 14 YANVAR – VATAN HIMOYACHILARI KUNI MUNOSABATI BILAN BO‘LIB O‘TADIGAN TANTANALI YIG‘ILISHDAGI TABRIK NUTQI

14-yanvar, 2014 yil Ogahiy nomli teatr

Assalomu alaykum, hurmatli askarlar, serjantlar va ofitserlar, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari faxriylari!

Qadrli eldoshlar!

Barchangizni mamlakatimiz hayotidagi g‘oyat muhim va qutlug‘ voqea - Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 22 yilligi munosabati bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!

Aziz do‘stlar!

O‘zbekiston Respublikasi Preziden-ti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Islom Abdug‘anievich Karimov bugungi bayram munosabati bilan Vatan himoyachilariga yo‘llagan tabrigida ta’kidlaganlaridek, “O‘zbekistonda keyingi yillarda zamonaviy qurol – yarog‘ va texnika bilan har tomonlama yaxshi ta’minlangan, yuksak talab va standartlarga javob beradigan , mamlakatimiz xavfsizligi va hududiy yaxlitligini , xalqimizning tinch va osayishta hayotini samarali va ishonchli himoya qilishga qodir bo‘lgan milliy armiyani shakllantirish bo‘yicha ko‘lami va miqyosiga ko‘ra ulkan ishlar tizimli va bosqichma – bosqich ravishda amalga oshirildi”.

Bugun muhtaram Prezidentimiz tomonidan xalqimizning tabiati, mentalitetiga xos bo‘lgan tinchliksevar, boshqalarning ichki ishlariga aralash-maslik siyosati olib borilmoqda va bunda Milliy Armiyamiz mustahkam tayanch, ishonchli qudrat manbai bo‘lib xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati qator qonunlar negizida shakllangan Harbiy Doktrinaga asos-lanadi. Bu hujjatda O‘zbekistonning hech qanday harbiy – siyosiy blok va alyanslarga qo‘shilmasligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish bo‘yicha o‘zining qat’iy pozitsiyasi, o‘z hududida xorijiy davlatlarning harbiy bazalari joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymasligi aniq – ravshan belgilab qo‘yilgan.

Maqsad hech qanday sabab va bahonalar bilan O‘zbekistonni turli mintaqaviy va global harbiy to‘qnashuvlarga tortilishiga yo‘l qo‘ymaslik, uning hududiy yaxlitligi, xavfsizligi va taraqqiyotining barqarorligini ta’minlashdir.

Eng asosiysi, endi hech qachon xalqimizning aziz farzandlari ikkinchi bir davlatlarning hududlarida, o‘zlari tushunib tushunmagan g‘oyalar, yot siyosat va maqsadlar uchun o‘z hayotini xavf ostiga qo‘ymaydilar.

Bu erda o‘tirgan yoshi ulug‘ kishilar yaxshi eslasalar kerak, eski tuzum davrida farzandlarimiz harbiy xizmatga qaerga tushadi, qanday sharoitlarga yo‘liqadi, biror urush – janjal bo‘layotgan davlatlarga borib qolmaydimi, degan xavotirlar ota – onalarni nihoyatda bezovta qilar , uzoq erning xat - xabari ham uzoq kelib, o‘g‘illari xizmatda bo‘lganlar ikki – uch yil dili xufton yurar edi. Afg‘oniston mojarosiga tushib qolgan qancha yosh umrlarning qurbon bo‘lgani, kimlar farzanddan, kimlar umr yo‘ldoshi ayrilib, qancha oilalar qon yig‘laganini hali – hanuz yaxshi eslaymiz. Eng yomoni farzand-larimiz o‘zga yurtlarda, kimningdir manfaatini himoya qilish uchun qurbon qilingan edilar.

Mamlakatimiz o‘z mustaqilligiga erishganidan keyin muhtaram Prezidentimiz birinchi navbatda xalqimizning ana shunday o‘rinsiz, mantiqsiz qurbon berishlariga chek qo‘ydi. Milliy Armiyamiz oldiga ota – bobolarimiz yotgan o‘z tuprog‘imizni, jondan aziz bo‘lgan oila, ota – ona va farzandlarimiz tinchligi va osayishtaligini asrash vazifasi qo‘yildi.

O‘tgan yillar davomida Qurolli Kuchlarimiz oldiga qo‘yilgan maqsad-larga monand Milliy Armiyamizga bo‘lgan munosabat ham tubdan o‘zgardi. O‘zbekiston Qurolli Kuchlari xalqimizning chinakam faxr – iftixoriga aylandi.

Bugun mustaqillik yillarida tug‘ilib voyaga etgan, eng zamonaviy o‘quv maskanlarida ta’lim olgan, zamonaviy axborot, kompyuter texnologiyalarini, xorijiy tillarni puxta biladigan yigitlar armiya saflarini to‘ldirmoqda. Bu yoshlar ota – onasi, oilasi, mahallasi va qadrdon yurtini himoya qilayotganligini yaxshi biladi. Kuzatuv tadbirlarga kelgan ota – onalar, jamoatchilik vakillari ularni Vatan sarhadlarini munosib himoya qilishga chorlamoqdalar.

Muhimi farzandlarimiz o‘z yurtimiz, O‘zbekiston hududida yigitlik burch-larini ado etmoqdalar. Ular ota – onalari bilan domiy aloqada. Harbiy qasamyod tadbirlariga, qismlarga ota – onalarning tashrifi, askarlarning xizmat va yashash sharoitlari bilan tanishish odat tusiga kirgan.

Bugun O‘zbekistonda harbiy xizmat-chilarni rag‘batlantirishning mukammal tizimi ham yaratilgan. Prezidentimizning 2012 yil 31 maydagi Qaroriga asosan ma’naviy etuk, keng dunyoqarashli, etarli bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan yigitlarga oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun harbiy qismlarning tavsiya-nomalari berilmoqda. Bunday yo‘llanma-larga ega bo‘lgan yigitlarga kirish imtihonlaridagi test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ballning 27 foizi miqdoridagi qo‘shimcha ball imtiyozi berilmoqda.

Ayni paytda birgina viloyatimizdagi uchta oliygohida harbiy qismlarning ana shunday tavsiyanomalari asosida o‘qishga kirgan 1148 nafar student ta’lim olmoqda. Shularning shartnoma asosida o‘qiyotgan 388 tasiga “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati kontrakt summasining 35 foizini to‘lab bermoqda.

Bir so‘z bilan aytganda endi harbiy xizmat faqat majburiyat emas, balki yoshlar uchun qo‘shimcha bilim olish, ma’naviy kamolot maktabi ham bo‘lib qoldi. Ular Vatan tinchligini saqlash, sarhadlarimiz xavfsizligini ta’min-lash kabi o‘z burchlarini sharaf bilan ado etib, ota – onalari bag‘riga qat’iy hayotiy pozitsiya, mustahkam iroda , yuksak insoniy fazilatlarga ega bo‘lib qaytmoqdalar.

Ana shunday yuksak g‘oyaviy – ma’naviy asoslar tafayli Milliy Armiyamiz osmonimiz musaffoligi, hayotimiz tinchligini ta’minlamoqda. Bu tinchlik va osoyishtalik esa mamlakatimizning barcha hududlari, jumladan, viloyati-mizda ham katta qurilish va bunyodkorlik ishlarini olib borish, zamonaviy korxonalar bunyod etish, yangi mahsulot-lar ishlab chiqarib, har yili minglagan ishchi o‘rinlari yaratishga imkon yaratmoqda.

Hurmatli tadbir qatnashchilari!

Sanoqli kunlardan keyin “GM - O‘zbekiston” zavodining Xorazm filialida “Damas” avtomobillari muntazam chiqa boshlaydi. Korxonaning ishga tushishi viloyatimiz uchun juda katta ijtimoiy – iqtisodiy ahamiyatga ega ekanligini alohida ta’kidlash kerak. Bu erda 1500 ishchi o‘rni ochiladi. Yangi korxonaga ishga joylashgan xodimla-ning asosiy qismini yosh yigit – qizlar – harbiy xizmatni yaqinda o‘tab qaytganlar, kechagi kasb – hunar kollejlarining bitiruvchilari tashkil qilmoqda.

Yana bir muhim jihati korxona faoliyati hisobiga mahalliy byudjetga tushadigan tushumlar viloyatining moliyaviy barqarorligini yanada oshiradi.

Hurmatli yurtdoshlar!

Xalqimizning osoyishta mehnati va tinch hayotining kafolati bo‘lgan Qurolli Kuchlarimizning salohiyati va qudratini oshirish, Vatan himoyachilari uchun munosib xizmat va yashash sharoitlarini yaratib berish bugungi kundagi dolzarb vazifalarimizdan biridir.

Bu yo‘nalishda viloyatimizda ham qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Masalan, 2012 – 2013 yillar davomida viloyatning shahar va tumanlarida chaqiruv punktlari, viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasining yangi yig‘uv maskani qurilib foydalanishga topshi-rildi. Bu bilan chaqiriluvchilarni jismonan, ma’nan, intellektual jihat-dan puxta sinovdan o‘tkazish, ularning orasidan harbiy xizmatga eng munosiblarini tanlab olish uchun barcha imkoniyatlar yaratildi.

Urganch shahridagi Shimoliy – G‘arbiy Harbiy okrugi Serjantlar tayyorlash maktabi, Shovot tumanidagi harbiy safarbarlik rezervi, chegara va boshqa qismlarda o‘quv - taktik mashg‘ulotlar puxta rejalashtirish, jangavor sharoitlarga imkon qadar yaqinlashtirilgan holda olib borilmoqda.

Oxirgi ikki yilda birgina viloyat Mudofaa boshqarmasi tizimida mehnat qilayotgan 15 nafar ofitser barcha qulayliklarga ega bo‘lgan yangi, zamona-viy uylarga ko‘chib o‘tdilar. Kuni – kecha Xazaraspdagi chegara postining rekonstruktsiya qilingan ma’muriy binosi va chegarachilarning 30 ga yaqin oilasiga yangi kvartiralarning kalitlari topshirildi.

Bu tadbirlar Qurolli Kuchlari-mizning jangavorlik qobiliyatini oshirib, harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari, farzandlarining maishiy va yashash sharoitlarini zamon talablariga keltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Hurmatli do‘stlar!

Muhtaram Prezidentimiz Islom Abdug‘anievich Karimov 2014 yilni “Sog‘lom bola yili” deb e’lon qildilar. Buning chuqur hayotiy, ijtimoiy va falsafiy ma’nosi bor. Chunki bugun voyaga etayotgan sog‘lom bola ertangi qudratli davlatimiz timsolidir. Shuning uchun “Sog‘lom bola” Davlat dasturida ko‘zda tutiladigan xayrli, ulug‘vor vazifalarni hayotga tadbiq etishda xorazmliklar namuna ko‘rsata-dilar, deb o‘ylayman.

Yaqinda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favqulod-da vaziyatlar vazirligi xodimlarining bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida Prezidentimizning Farmonlari e’lon qilindi.

Mukofotlanganlar orasida eldosh-larimiz ham bor. Ularni viloyat ahli nomidan qutlab, bundan keyingi xizmat-larida ham yutuqlar tilab qolamiz.

Yana bir bor barchangizni Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganligining 22 yilligi munosabati bilan chin qalbimdan tabrik-layman!

Hammangizga sog‘liq – salomatlik, oilalaringizga omonlik, ishlaringizda muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!



Rahmat!
Download 16,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish