Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi



Download 1,03 Mb.
bet3/4
Sana22.01.2022
Hajmi1,03 Mb.
#400301
1   2   3   4
Bog'liq
5 sinf uchun vatan tuygusi fanidan v

II .O’tilgan mavzuni takrorlash:

Bunda o’quvchilarga quyidagi savolli kartochkalar tarqatiladi. Bu o’yinning nomi “Savol ichida savol” deb nomlanadi.


Biz milliy davlatchiligimiz tarixini bilishda qanday manbalarga tayanamiz?

Vatan yagona va muqaddas deganda nimani tushunasiz?


Mustaqillik maydoni haqida so’zlang.


“Tinchlik – bebaho ne’mat” fikrni asoslang.


2-topshiriq. O’quvchilar qo’llaridagi savolli kartochkalar ranglari ostida nima yashiringanini topishlari hamda izohlashlari kerak bo’ladi.

III. Yangi mavzuning bayoni:

O’quvchilarga yangi mavzuga oid slaydlar namoyish etiladi.







Aziz o'quvchi, bu hayotda har qaysi insonning ezgu orzu-umidlari bo'ladi. Ayniqsa, siz kabi ozod va obod Vatanda o'sib-ulg'ayayotgan,qalbi роk his-tuyg'ular bilan to'lgan yoshlarning orzulari bir olam. Ana shu orzulaming eng ulug'i - ota-onaga, el-yurtga beminnat xizmat qilish, ularning oldidagi farzandlik burchini sidqi dildan ado etishdir. Bu orzuga erishish uchun inson bolalikdan boshlab o'z oldiga aniq maqsad qo'yib, zarur bilim, ko'nikma va hunarlarni egallashi,ham jismoniy, ham ma'naviy jihatdan sog'lom va baquvvat bo'lishi lozim. Chunki buyuk orzular buyuk intilish va harakat, katta kuch-quvvatni talab etadi. Ana shu g'oyat og'ir va murakkab yo'lda Vatanga muhabbat hissi barchamizga madad bo'ladi.Vatanga muhabbat — eng ulug' tuyg'u. Shuning uchun ham Prezidentimiz Islom Karimov bu tuyg'uning inson hayotidagi o'rni haqida alohida fikr yuritib, «Tarix haqiqati shuni ko'rsatadiki, tomirida milliy g'urur, Vatan ishqi jo'sh urgan odamgina buyuk ishlarga qodir boiadi», deb ta'kidlaydi.

Haqiqatan ham, agarda tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak, ona yurtga mehr-muhabbat oddiy insonlarga ham ulkan kuch-qudrat, azm-u shijoat baxsh etib, ularni tengsiz jasoratlarga undaganiga guvoh bo'lamiz. Masalan, siz yaxshi biladigan Shiroq haqidagi rivoyatni esga olaylik.Shiroq — oddiy cho'pon. Uning harbiy qurol-yarog'i ham, askari ham yo'q. Faqat qalbida o'z vataniga cheksiz muhabbati bor, xolos. Ana shu buyuk tuyg'u uni tish-tirnog'igacha qurollanib, mo'ri malaxdek yopirilib kelayotgan sonsiz-sanoqsiz yovga qarshi yakka-yu yolg'iz kurashga chiqishga chorlaydi. Shiroq o'zining dushman qo'lida o'lishini oldindan biladi. Lekin bu, yuqorida aytilganidek, eng ulug' maqsad — Vatan ozodligi, uning himoyasi yo'lidagi sharafli o'lim ekanini u yaxshi anglaydi va aynan shu bois bu yo'lni tanlaydi.Shiroq o'z joni evaziga qancha-qancha yurtdoshlarini o'limdan, yovga qul bo'lishdan, shahar-qishloqlarni esa vayronagarchilik, talon-torojdan saqlab qoladi. Yana bir muhim tomoni — u o'z qahramonligi orqali hech qachon zulm va bosqinchilik bilan butun bir xalqni yengib bo'lmasligini, uning mard farzandlari bunga aslo yo'l qo'ymasligini isbotlaydi. Shiroqqa o'xshagan qo'rqmas va botir o'g'lonlar dunyodagi barcha xalqlarda hamma zamonlarda ham bo'lgan. Chunki har qanday xalqning tinch va osuda hayoti, baxt-u saodati uning mard va bahodir farzandlariga bog'liq.Shu nuqtayi nazardan qaraganda, dunyoga mashhur «Hollivud»kinokompaniyasi tomonidan suratga olingan «Gladiator» filmidagi iste'dodli aktyor Rassel Krou tomonidan ijro etilgan general Maksimus obrazi ham Vatan ozodligi yo'lida fidoiy bo'lib yashashning yorqin namunasidir. Butun hayotini ona yurti sha'n-u sharafini роk saqlash uchun baxsh etgan bu o'ktam va jasur inson o'zining mohir sarkardalik qobiliyati, mardlik fazilatlari bilan tashqi dushmanlarni tor-mor etishda tengsiz qahramonlik ko'rsatadi. Ayni vaqtda ichki dushmanlarning fitnasini fosh etish uchun achchiq sinov va mashaqqatlarga, xo'rlik va zo'ravonliklarga chidaydi. Dushmanlar uni uy-joyidan, oilasidan, do'st-u yorlaridan judo etadi. Generalning o'zi esa qullikka tushib qoladi. Lekin shunday ayanchli ahvolda ham umidsizlikka tushmaydi, o'zi haqida emas, vatani haqida, uni jaholat va adolatsizlik domidan xalos etish xususida o'ylaydi. Va shu yo'lda munosib o'lim topadi. Lekin uning o'limi xalqning adolatga, uning baribir tantana qilishiga bo'lgan ishonchini mustahamlab, kelgusi avlodlar uchun haqiqiy qahramonlik timsoliga aylanadi.Jahondagi har bir ota-ona, har bir xalq katta umidlar bilan farzand o'stirar ekan, ularning avvalo mard va botir, o'z uyi va yurtini himoya etishga qodir insonlar bo'lib voyaga yetishini istaydi.Dunyo xalqlarining ertaklari, qo'shiq va dostonlariga, onalar tomonidan aytiladigan allalariga e'tibor beradigan bo'lsak, ularda mardlikva qahramonlik asosiy mavzu ekaniga ishonch hosil qilamiz. Masalan, hindlarning «Mahobxorat» va «Ramayana» kabi qadimiy dostonlari,yunonlaming Prometey, Antey, Gerakl va Odissey singari afsonaviy qahramonlari, azaldan biz bilan yonma-yon yashab kelgan Sharq xalqlarining barchasi uchun umumiy bo'lgan Rustami doston, Suhrob, Siyovush, Jamshid, Bahrom, Farhod kabi alp pahlavonlar timsolida mardlik va botirlik ulug'langan.Onalarimizning allalarida qadim-qadim zamonlardan boshlab o'g'il bolalar «arslonim», «pahlavonim», «Alpomishim» degan so'zlar bilan e'zozlangan. «Uch-og'ayni botirlar», «Semurg' va Bunyod», «Тoxir va Zuhra» kabi ertaklarimizda, «Alpomish», «Go'ro'g'li», «Kuntug'mish» singari dostonlarimizda mardlik va ezgulik eng yuksak insoniy fazilat sifatida kuylanadi. Bularning barchasi xalqimiz uchun o'z farzandlarini hech narsadan qo'rqmaydigan, ota-onasi, oilasi, el-yurtining sha'n-u sharafi, obro'-e'tiborini saqlash yo'lida hamma narsaga qodir insonlar qilib tarbiyalash eng buyuk, eng muqaddas orzu bo'lib kelganidan dalolat beradi. Shu ruhda tarbiya topgan To'maris, Alp Erto'ng'a (Afrosiyob), Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur kabi ko'plab ajdodlarimiz xalqimiz o'z yeri, o'z Vatanini munosib himoya qilishga qodir ekanini tarixda necha bor isbotlabbergani, hech shubhasiz, shunday ulug' zotlarning, ular boshlab bergan, asrlardan asrlarga bezavol olib o'tgan shonli an'analarning davomchilari bo'lgan biz — avlodlar uchun ibrat namunasi bo'lib xizmat qiladi.Prezidentimiz Islom Karimov el-yurtimizning boy merosi, jumladan, «Alpomish» dostonining yosh avlod tarbiyasidagi beqiyos ahamiyatini ta'kidlab, quyidagi fikrlarni bildirgani bejiz emas, albatta:«Xalqimizning yengilmas bahodiri — Alpomish timsolida biz Vatanimizni yomon ko'zlardan, balo-qazolardan asrashga qodir, kerak bo’lsa, bu yo’lda jonini ham fido qilishga tayyor azamat o'g'lonlarimizbugungi alpomishlarning ma'naviy qiyofasini ko'ramiz».


Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish