Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Mavzuning dolzarbligi



Download 81,22 Kb.
bet1/4
Sana18.07.2022
Hajmi81,22 Kb.
#824503
  1   2   3   4
Bog'liq
Kirish


Kirish
1. XIV – XVI asrlarda eski o’zbek tilida ijod qilgan olimlar
2. Eski o’zbek tilida hukumdorlar tomonidan yozilgan “Temur Tuzuklari”, “Boburnoma” asarlari muhim manba sifatida foydalanish
3. XV – XVI asrlarda ijod qilgan Alisher Navoiy, Muhammad Solihlarning eski o’zbek tilida yozgan asarlari manba sifatida o’rganish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o‘z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o‘zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Bu tabiiy hol. Odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabini, o‘zi tug‘ilib voyaga yetgan qishloq, shahar, hullaski, Vatanini tarixini bilishni istaydi. Hozir O‘zbekiston deb ataluvchi xudud, ya’ni bizning Vatanimiz nafaqat Sharq, balki, umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozilu-fuzalolar, olimu-ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan. Eramizgacha va undan keyin qurilgan murakkab suv inshootlari, shu kungacha ko‘rku-fayzini, mahobatini yo‘qotmagan osori atiqalarimiz qadim-qadimdan yurtimizda dehqonchilik, hunarmandchilik madaniyati, me’morchilik va shaharsozlik san’ati yuksak bo‘lganidan dalolat beradi. Beshafqat davr sinovlaridan omon qolgan, eng qadimgi tosh-yozuvlar, bitiklardan tortib, bugun kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan 20 mingdan ortiq qo‘lyozma, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, ahloq, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, kimyo, astronomiya, me’morchilik, dehqonchilikka oid o‘n minglab asarlar bizning beqiyos ma’naviy boyligimiz, iftixorimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo‘lgan xalq dunyoda kam topiladi. Shuning uchun ham bu borada jahonning sanoqli mamlakatlarigina biz bilan bellasha olishi mumkin, deb dadil ayta olamiz. Ota-bobolarimizning asrlar davomida to‘plagan hayotiy tajribalari, diniy, ahloqiy, ilmiy qarashlarini o‘zida mujassam etgan bu nodir qo‘lyozmalarni jiddiy o‘rganish davri keldi. Chunki o‘zingizga ma’lum, Sho‘rolar zamonida tarixiy haqiqatni bilishga intilish rag‘batlantirilmas edi, hukmron mafkura manfaatlariga xizmat qilmaydigan manbalar xalq ko‘zidan iloji boricha yiroq saqlanardi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi dolzarb muammolardan biri-o‘zbek xalqining ma’naviy merosini tiklash va uni yanada kamol topishi uchun keng imkoniyatlar ochish kerak edi. Mavuzning ob’ekti va predmeti XV – XVI asrlarda eski o’zbek yozuvida yozilgan manbalar alohida e’tirof etiladi. Xususan ushbu davrdagi eski o’zbek tilidagi asarlarni o’rganish yangidan-yangi ma’lumotlarni ochib beradi. Eski o’zbek yozuvidagi manbalarning ko’p qismi hukumdorlar hayotini bayon etadi. Mavzuning maqsad va vazifasi. Mustaqillik yillarida xozirgi O‘zbekiston xududlarida kechgan davlatilik va ijtimoiy iqtisodiy jarayonlar tarixini tadqiq etish borobarida ko‘plab tadqiqotchi olimlar asarlarida antik davr muarrixi asarlariga xususan “Avesto”, Eron, Hind, Xitoy va Qadimgi Yunoniston hamda Rim manbalariga to‘xtalib o‘tilgan bo‘lsa, o‘rta asrlarda xususan rivojlangan o‘rta asrlarda kechgan ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy taraqqiyot masalalari ko‘proq arab sayoxlari, hukumdorlar hamda mahalliy muarrixlarning asarlarida bayon etilganligi tarixchilarning asarlarida tadqiq qilindi. O‘zbek xalqi ma’naviy merosi va muqaddas qadriyatlarining katta qismini ajdodlarimiz tomonidan yaratilagan asarlar tashkil etadi. Bular jumlasiga, zardushtiylarning muqaddas kitobi “Avesto”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘otit turk”, Alisher Navoiyning “Xamsa”si va boshqa ko‘plab nodir yodgorliklarni ko‘rsatish mumkin. Mana shunday nodir va qimmatli manbalardan biri Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari hisoblanadi. Bugungi kunda ana shunday ma’naviy qadriyatlarimizni zamonaviy ilmiy usullar bilan tadqiq qilishni taqozo etadi. O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov to‘g‘ri ta’kidlaganlaridek, “xalqimizning ma’naviyatini shakllantirishga, har qaysi insonning Alloh marhamat qilgan bu hayotda to‘g‘ri yo‘l tanlashi, umrining mazmuni anglashi, avvalombor, ruhiy poklanish, yahshilikka va ezgulikka intilib yashashda uning ta’sirini boshqa hech qanday kuch bilan qiyoslab bo‘lmaydi”. Bugungi kunda XIV – XVI asrlarda eski o’zbek tilida yozilgan asarlarning ayrimlari bizning davrgacha yetib kelgan va o’rganilgan. Lekin bu sohada mutahasislarning kamligi hali ko’plab nodir qo’l yozma asarlarni, tariximiz haqida bayon etilgan nodir asarlarni kutubxonalarda o’rganilmayotganlari ko’pligini biz bilan. Yurtimizda ta’limda bo’layotgan islohatlar kelgusida yetuk mutahasislarni yetishtirib chiqarib ushbu nodir qo’lyozma asarlarini o’rganilishiga biz albatta ishonamiz.




  1. Download 81,22 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish