Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi



Download 446 Kb.
bet3/12
Sana31.12.2021
Hajmi446 Kb.
#240574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Zamonaviy mulk to’grisida multifan Абдуқахоров Бекзод

Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Mazkur kurs ishi kirish, 3 ta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan.

  1. Zamonaviy mulk to’g’risida tushuncha va uning turlari

Zamonaviy mulkni tizimli tadqiq etish va uning tizimli masalalari kompleks yechimi maqsadiga yo’naltirilgan ijtimoiy-iqtisodiy siste’mologiya (IIS) qoidalari mazkur zamonaviy mulk tarkibiga kiruvchi zamonaviy mulkchilik tizimini va uning atributlari – mulk, ne’mat, boylik va ular bilan bog’liq huquqlar sifatidagi fuqarolik huquqlarining obyektlari, uning qiymati, qimmati, narxi, nafligi, foydaligi, mulkiy huquq subyektlari, mulk bozorlari, mulk qiymatini baholash xizmatlari bozori, mulkiy munosabatlar va bularning barchasi bilan bog’liq boshqa unsur va jihatlar bilan birga tizimli o’rganishning ilmiy-metodologik bazisi bo’lib xizmat qilishi mumkin degan xulosa kelsak bo’ladi. Zero, bunday xulosa tizimli yondashuvni qo’llovchi IISning keng imkoniyatlari uni obyekti bo’lmish zamonaviy mulkchilik tizimini ham qamrab olishi bilan bog’liq. Bunda IIS qoidalariga ko’ra, zamonaviy mulkchilik tizimi o’rganilishi maqsadida ushbu tizim atributlari mazmum-mohiyatiga mos ravishda turli fanlaming intellektual ishlanmalarini samarali integratsiya qilish bilan bog’liq IIS hosilasi sifatidagi g’oya nazarda tutiladi. Mazkur kontekstga mos ravishda aytish mumkinki, ushbu g’oya IIS mazmuniga mos ravishda zamonaviy mulk va u bilan bog’liq mulkchilik tizimi (qisqacha aytilsa – mulk) to’g’risidagi multifan nazariyasini ma’noga ega ekanligi fikrini keltirib chiqaradi.

Shu bilan birga aytish mumkinki, bunday g’oyaning ma’noga egaligi fikrini mulk, ne’mat, boylik, uning qiymati, narxi va qimmatliligi, naf, foydalilik kategoriyalari to’g’risidagi qadimgi dunyo va o’tgan asrlar Yevropasi iqtisodiyot fani namoyondalari qarashlarining tahlili ham ko’rsatadi. Zero, bu namoyondalarning atomistik (o’sha davrlardagi sharoitlar bilan chegaralgan) qarashlari iqtisodiyot nazariyasi tarixiy rivojlanishining ilmiy bazisi va zamonaviy mulkni tizimli o’rganish metodologiyasining boshlang’ich manbai bo’lib xizmat qiladi. Lekin bunday qarashlarning alohida qo’llanilishga asoslangan yo’1 zamonaviy mulkni tizimli tadqiq etish va tizimli masalalarini kompleks yechish uchun universal ilmiy-nazariy bazis bo’la olmaydi.

Shunday qilib aytish mumkinki, zamonaviy mulkchilik tizimi kompleks o’rganilishi maqsadida ushbu tizim atributlari mazmum- mohiyatiga mos ravishda turli fanlarning intellektual ishlanmalarini tizimli yondashuvni qo’llovchi IIS qoidalari doirasida samarali integratsiya qilishga asoslangan zamonaviy (turli xil va shakllardagi, xilma-xil jihat, qirra, xossa, ko’rsatkich, bozorlar va funksiyalarga hamda qo’sh tabiatga ega ne’mat, boylik sifatidagi) mulk to’g’risidagi multifan g’oyasi ma’noga ega.

Yuqorida aytilganlar quyidagi argumentlar bilan ham izohlanishi mumkin.

Birinchidan: Tarixiy retrospektiv tahlil asosida aytish mumkinki, iqtisodiyot fani doirasida mulk (mulkchilik tizimi va uning atributlari) to’g’risidagi har qanday nazariyaning amal qilish davri iqtisodiy amaliyotning uzluksiz rivojlanishi ta’sirida bo’lganligi sababli chegarlangan bo’ladi. Masalan, mulk (mulkchilik tizimi va uning atributlari) to’g’risidagi XIX asrdagi qarashlar hozirgi davrdagi mulkchilik tizimi va munosabatlari mazmun-mohiyatiga to’liq mos kelavermaydi. Huddi shunday, hozirdagi nazariy xulosalar uzoq kelajakda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan hodisa va jarayonlar uchun o’ta cheklangan yoki tarixiy-retrospektiv ahamiyatga ega bo’ladi. Vaholanki, zamonaviy nazariyalar ham vaqt o’tishi bilan turli rivojlanish omillari ta’sirida takomillashib boradi. Demak, ertami yoki kechmi mavjud qarash va nazariyalar o’rnini takomillashganroq g’oya va nazariyalar egallashi ehtimoldan holi emas.

Ikkinchidan: XXI asr boshlarida zamonaviy mulk va uning atributlarini kompleks ravishda tizimli tadqiq etish hamda qiymatni baholash va boshqarish bilan bog’liq muammolar borasida iqtisodiyot fanining navbatdagi inqirozi muqarrarligi to’g’risidagi hozirgi zamon nufuzli iqtisodchi olimlarining fikri o’z tasdig’ini topdi. Zero, bu inqiroz 2008 yilda kuchaygan va asorati hozirgacha davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi (JMII) sabab va saboqlari sharoitlarida ayniqsa, alohida namoyon bo’ldi. Aynan shu sharoitlarda zamonaviy iqtisodiyot nazariyasining liberalizm va uzluksiz ravishda mulk bozor qiymati (narxi) o’sishini nima bo’lsa ham ta’miniash postulatlari zaif ekanligi yaqqol ko’rindi. Chunki, aynan shu postulatlar asosida jahon moliya bozorining barcha segmentlarida “domino” effektiga o’xshab vujudga kelgan turli real mulk(aktiv)lar bo’yicha “puffaklar” fenomeni JMIIning bosh sababchilaridan biriga aylandi. Afsuski, hozirda ham bu fenomen muammosini bartaraf etish o’z yechimini topmagani ertami yoki kechmi navbatdagi global inqirozning davriy sodir bo’lishi xavfi mavjudligini bildiradi.

Uchinchidan: jamiyat, huquq, siyosat va iqtisodiyot sohalari amaliyotlarining o’zaro uyg’unlikda tez sur’atlar bilan takomillashib borishi mulk (mulk huquqlari), ne’mat (boylik) nazariyasini hamda u bilan bog’liq qiymat, narx, qimmat, naf nazariyalarini ham mos ravishda o’zaro bog’liqlikda takomillasliib borishini, umuman olganda, zamonaviy mulkiy munosabatlarda bu kategoriyalar mazmun-mohiyatini bir birga bog’liqlikda kompleks ravishda ochib berish imkonini beruvchi yangicha qarashni, taqozo etadi. Bunda inson sivilizatsiyasining ushbu sohalar uyg’unlashuvi doirasidagi mulkiy munosabatlar tajribasini yillar davomida boyishi, bunda mulkdorlarning qiziqishlari kengayib, maqsadlari va faoliyat turlari, ehtiyojlari ortib, manfaatlari tobora o’sib, ularning xaq-huquqlari borgan sari mustahkamlanib va ta’minlanib borishi muhim omillar sifatida qaraladi.

To’rtinchidan: zamonaviy mulkchilik tizimi turli shakllardagi, xilma-xil jihat, qirra, xossa, ko’rsatkich, bozorlar va funksiyalarga hamda qo’sh tabiatga ega zamonaviy mulkning mazmun-mohiyatiga mos ravishda shakllangan. Zamonaviy mulk hozirda o’z mulkdori uchun iqtisodiy ta’minlangan, yuridik konstruksiyaga ega nafli ne’mat sifatida namoyon bo’lgan va o’zida turli axborotni mujassamlashtiruvchi murakkab substansiya mazmunida qabul qilingan. Bunda mulkdor instinktiv nafs omili yetakchiligida sotsiumda ongli ravishda nafli (o’zi uchun manfaatli, foydali) faoliyat hisobiga hayot ko’radi va mulkiy munosabatlar sub’ekti hisoblanadi. Zero, falsafiy nuqta’i nazardan, yorug’ dunyoda maqsadli orzu-havassiz, nafli ne’mat xohish-istagisiz mulkdor insonning o’zi bo’lmagan! Chunki, bu dunyoning jonli va jonsiz materiyasi benafs yaratilmagan, ularning nafsi bir-biriga bog’liq yaratilgan. Inson nafsi nazariga vaqtinchalik tushmagan yoki undan yiroq ne’mat mulkdor nafi uchun mazmunga ega bo’lmagan hech qanday qimmatga ega bo’lmagan materiyaligicha qoladi. Bunday materiya faqat inson nafsiga asoslangan nafli (qiymat, narx, qimmat kategoriyalariga asoslanganida) mulkiy munosabatlar mavjud bo’lganidagina ma’noga ega bo’ladi. Demak, mulkdor o’zining nafsiga va manfaatiga mos qiymatli va narxli ne’matga ega (mulkdor) bo’ladi degan prinsip o’rinli. Bu tamoyil negizida o’z-o’zidan mulkdorning manfaatli nafsi va unga mos manfaat beruvchi boylik sifatidagi ne’matni o’zaro ekvivalent kategoriyalar deb qabul qilishimiz mumkin bo’ladi. Zero, bunda boylikning qimmati, qiymati va narxisiz manfaatni o’lchab bo’lmaydi. Ushbu hayotiy-falsafiy aksiomaga ko’ra, ne’mat (qimmat, qiymat va narxga ega mulkiy huquqlar sifatidagi boylik), huquqiy va iqtisodiy ta’minoti vujudga kelishining umumiy manbayi mulkdor bo’lsada, lekin bularning barchasini umumiy sababchisi nafs va unga mos manfaatlarni hajmini ifodalovchi qiymat, narx va qimmat kategoriyalaridir. Shu munosabat bilan, zamonaviy mulk fuqarolik huquqlar obyektlari (FHO) sifatida mulkiy munosabatlarni ta’minlovclii mulkchilik tizimining mulk qiymatini baholash xizmatlari bozori (MQBXB) va mulk bozori (MB) obyektlari bo’ladi. Boshqacha qilib aytilsa, zamonaviy mulk kapital, tovar va ijtimoiy-iqtisodiy-informatsion-huquqiy munosabatlar vositasi sifatida namoyon bo’luvchi turli xil va shakllardagi, xilma-xil jihat, qirra, xossa, ko’rsatkich, bozorlar va funksiyalarga hamda qo’sh tabiatga ega murakkab dinamik substansiya.

Beshinchidan: jahondagi zamonaviy mulkchilik tizimi modellari uning tarkibiy qismlarining o’zaro uzviy bog’liqlikda yaxlit murakkab dinamik tizim sifatida yuqori darajada tashkillashgan faoliyatini taqozo etmoqda. Bunda mulkchilik tizimning tarkibiy qismlari bo’lgan mulkdorlik institutlari, ularning mulkiy (kompleks ijtimoiy-iqtisodiy-informatsion-huquqiy) munosabatlari uchun mulk turlari bilan bog’liq professional xizmatlar bozori va mulk narxi shakllanuvchi mulk bozori faoliyatlari samaradorligiga hamda davlatning samarali regulyativ siyosatiga erishish dunyoning barcha mamlakatlari ijtimoiy-iqisodiy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining samaradorligi mulkchilik tizimining samaradorligiga to’g’ridan to’g’ri bog’liq, bunda xususiy mulkchilik tizimi esa biznes faolligi samarasini belgilaydi.3 Shunday qilib, mamlakatda barqaror iqtisodiy o’sish va xalq farovonligi faqat ijti- moiy, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy sohalari integratsiyasini samarali mujassamlashtiruvchi mulkchilik tizimi shart-sharoitlarida erishiladi. Zamonaviy mulkchilik tizimining kompleks o’rganilishi maqsadida turli shakllardagi, xilma-xil jihat, qirra, xossa, ko’rsatkich, bozorlar va funksiyalarga hamda qo’sh tabiatga ega zamonaviy mulkni va u bilan bog’liq ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, informatsion mulkiy munosabatlami kompleks tarzda tizimli tadqiq etish imkonini beruvchi ko’p o’lchamli fanlararo fazoviy yangi shaklga o’tishning zaruriy muhimligi to’liq idrok etilishi tabiiydir. Bunday shaklning hozirgi zamondagi asoslari yetarlicha ishlab chiqilgan, kelajak uchun oqibatlari ijobiy va samarali deb baholanishi mumkin. Zero, bunday yangi shakl, IIS qoidalariga ko’ra, zamonaviy mulk (mulkchilik tizimi) mazmun-mohiyatiga mos fanlarning yaxlit ijtimoiy-iqtisodiy- informatsion-huquqiy fazosi bo’lib, bundagi fanlar ularga mos sohalarga xos bo’lgan omillar, munosabatlar, hodisalar, jarayonlami va ulaming o’zaro bog’liqliklarini tizimli o’rganadi. Bunday fazo ushbu tizim atributlari mazmum-mohiyatiga mos ravishda turli fanlarning intellektual ishlanmalarini tizimli yondashuvni qo’llovchi IIS qoidalari doirasida samarali integratsiya qilish g’oyasiga asoslanuvchi zamonaviy mulk to’g’risidagi multifan nazariyasini maqsadga muvofiqligini bildiradi. Ushbu nazariya IIS qoidalariga asoslangan holda zamonaviy mulkning tabiatiga mos ravishda keng ma’noda garmonizatsiyalashtirilgan ijtimoiy yo’nalgan fanlarga, tabiiy va texnik fanlaming tegishli bo’limlariga ayniqsa, matematik apparat va statistikaga asoslanadi. Xususan olganda, zamonaviy mulk to’g’risidagi multifan quyidagi ixtisoslashgan nazariyalarni matematik apparatni va shu jumladan, statistikani qo’llash asosida kompleks garmonizatsiyalashtiradi:

-turli xil va shakllardagi, xilma-xil jihat, qirra, xossa, ko’rsatkich, bozorlar va funksiyalarga hamda qo’sh tabiatga ega zamonaviy mulk bo’yicha turli huquqlar nazariyasi;

-qiymat va uni tahliliy baholash nazariyasi;

-narx, uni shakllanishi, tahlil qilish va baholash nazariyasi;

-qimmat va uni tahliliy baholash nazariyasi; ,

-boshqarish (jumladan, regulyatsiya qilish) nazariyasi.

Mazkur nazariyalarning garmonizatsiyalashtirilgan ravishda qo’llanilishi esa globallashuv jarayonlari va bunda global beqarorliklarni (inqirozlarni) kuchayishi, dunyoning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xususiy mulk va u bilan bog’liq omillar ta’sirini keskin ortishi, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, informatsion va boshqa munosabatlarni murakkablashuvi va ularning chegaralari kengayishi bilan belgilanadi. Zamonaviy mulk to’g’risidagi multifan quyidagilarni amalga oshirish imkonini beradi:

-turli nazariyalar va ularning intellektual ishlanmalarini samarali garmonizatsiya qilishni;

-mulkiy huquq subyektlari o’rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy-informatsion-huquqiy munosabatlar uzviyligini ta’minlovchi mulkchilik tizimini uning agregatsiyalashtiriluvining turli (makro-, mintaqaviy yoki hududiy mezo-, mikro-, nano-) pog’onalarida tizimli o’rganishni;

-zamonaviy mulkchilik tizimi va uning atributlari tabiatini, undagi mulk va mulkiy munosabatlar turlari, ulardagi o’zaro bog’liqliklar mazmunini sifatiy va miqdoriy tushuntirishni;

-zamonaviy mulkchilik tizimidagi munosabatlar va jarayonlarga xos xossa va qonuniyatlarning tahilini (bunda: xossa-ob’ekt va unga xos fenomen va jarayonlarning ma’lum bir sharoit va omillar ta’sirida o’zgarishga moyil bo’lgan ma’lum sifatlarga ega bo’lish xususiyati; qonuniyat - ma’lum vaqt davrlarida qandaydir statistik muntazam qaytariladigan fenomen, jarayon va ular xossalari rivojining shakllanishi natijasi bo’lib, bu natijaning bunday namoyon bo’lishi kuzatuvchilar tomonidan, odatda ma’lum sharoit va omillar ta’sirida, ishonishlikka molik odatiy holat deb qabul qilinadi);

-zamonaviy mulkchilik tizimi va uning atributlari uchun xos hodisa va voqeliklar rivojini shakllantiruvchi omillarning tahlilini, bunda aytish mumkinki, “ko’rsatkich” va “omil” tushunchalarining farqi shartlidir, chunki har bir ko’rsatkich boshqa bir undan yuqori darajadagi (unga bog’liq bo’lgan) ko’rsatkichning o’rnili sifatida ko’rilishi mumkin yoki aksincha, omil va voqelik (ob’ekt deb olinsa) o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalash mumkin, agarda omil ta’siri ostidagi ob’ekt hossasini sintetik tarzda olingan ko’rsatkich yordamida aks etishini hisobga olsak, unda ushbu ko’rsatkich shartli ravishda omil kuchi va xarakterini adekvat ifodalaydi deb qabul qilish mumkin;

-zamonaviy mulkchilik tizimi va uning atributlarini tizimli tahlil va sintez masalalarining kompleks yechimiga erishishni;

-zamonaviy mulkchilik tizimi va uning mulk turlari bo’yicha atributlaridagi sifatiy va miqdoriy o’zgarishlar hamda bog’liqliklar tizimli-metrik o’lchanishining amalga oshirilishini;

-zamonaviy mulkchilik tizimi va uning atributlarini modellashtirish va prognozlashtirishni, umuman olganda, keng ma’noda tizimli tadqiq qilishni va h.k.

Bunda ko’p atributli mulkchilik tizimini murakkab tartiblashtiriluvchi dinamik tizim sifatida tizimli tadqiq qilish bilan bog’liq barcha masalalami keng ma’noda ikkita yirik masalalar sinfiga ajratish mumkin:

1) tizimli tahlil masalasi;

2) tizimli prognozlashtirish va sintez masalasi.

Shunday qilib, zamonaviy mulk to’g’risidagi multifanni piramida shaklida yuqorida ko’rsatilgan nazariyalami garmonizatsiyalashtirish g’oyasiga asoslangan holda zamonaviy mulk to’g’risidagi multifan tuzilmasini quyidagi rasmda berilgan nazariyalar kompleksini iiodalovchi fazoviy piramida shakldagi model ko’rinishida keltirish mumkin.





Download 446 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish