Xvii asr oxiri — XX asr boshlarida Buyuk Britaniyaning siyosiy va iqtisodiy ahvoli Buyuk Britaniya bu davrda ham konstitutsiyaviy monarxiya edi



Download 3,17 Mb.
Sana25.02.2022
Hajmi3,17 Mb.
#463303
Bog'liq
buyuk britaniya XVII asr XX asr boshlarida

XVII asr oxiri — XX asr boshlarida Buyuk Britaniyaning siyosiy va iqtisodiy ahvoli

Buyuk Britaniya bu davrda ham konstitutsiyaviy monarxiya edi.


Biroq, Germaniyadan farqli o‘laroq, bu davlatda qirol hokimiyati asosiy rol o‘ynamasdi.

Buyuk Britaniya qirollari davlat boshlig‘i edi, xolos.


Davlatning ichki va tashqi siyosatini boshqarish parlament tuzadigan hukumat qo‘lida edi.
Ular davlatni amalda boshqarmaganlar.

Mamlakatda kuchli ikki partiyaviy tizim qaror topgan bo‘lib, ularning biri Konservatorlar, ikkinchisi esa Liberallar partiyasi deb atalardi.

XIX asr o‘rtalariga kelib Buyuk Britaniyada demokratik jamiyat asoslari qaror topdi.


Bular — so‘z, namoyishlar o‘tkazish, matbuot erkinligi kabilarda o‘z ifodasini topdi.

1867-yili o‘tkazilgan parlament islohoti tufayli saylovda qatnashuvchilar uchun mulk senzi kamaytirildi.

Liberallar partiyasidan U.Gladston 4 marta bosh vazirlik lavozimini egallagan. 1864-1874-yillarda bosh vazirligi davrida uning hukumati qator islohotlar o‘tkazdi.


U.Gladston

B. Dizraeli bosh vazirligi davrida (1874-1880) ham qator muhim tadbirlar amalga oshirildi. Chunonchi, 1875-yilda haftada 54 soatlik ish vaqti belgilandi.


B. Dizraeli

10 yoshdan kichik bolalarni ishga qabul qilish taqiqlandi.


1911-yilda yana bir marta parlament islohoti o‘tkazildi.
Bu islohot Buyuk Britaniyada demokratik jamiyat va huquqiy davlatchilik taraqqiyoti yo‘lida muhim bosqich bo‘ldi.

„Jahon ustaxonasi“ deb nom olgan Buyuk Britaniyaning XIX asr oxiri — XX asr boshlarida sanoat ishlab chiqarish hajmi 2 marta, tashqi savdodagi ulushi esa 70 foizga qisqardi.

Buyuk Britaniya harbiy xarajatlarni ko‘paytirishga majbur bo‘ldi.


1900-1914-yillar oralig‘ida bu xarajat
3 marta ko‘paydi.

Buyuk Britaniya iqtisodiy jihatdan hamon qudratli edi. London jahon moliya markazi hisoblangan.


Jahon savdosida hisob-kitob hamon Buyuk Britaniya pul birligi (funt sterling) asosida amalga oshirilardi.
XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Buyuk Britaniya puli

Buyuk Britaniyaning sanoat ustunligi asta-sekin qo‘ldan ketgani bilan, jahon vositachilik savdosidan, sug‘urta, bank, kemasozlik sohasidagi monopol hukmronligidan mahrum bo‘lganicha yo‘q edi.

Savol va topshiriqlar

1. „Siyosiy tuzum“ iborasiga „Davlat va huquq asoslari“ fanidan olgan bilimlaringizga asoslanib izoh bering.

2. „Kuchli ikki partiyaviy tizim“ deyilganda nimani tushunasiz?

3. „Huquqshunoslik“ darsligingizdan fuqarolik jamiyati qanday jamiyat ekanligi haqidagi ma’lumotlarni toping.

4. XIX asrning so‘nggi choragiga kelganda Buyuk Britaniyaning iqtisodiy taraqqiyotda yetakchilik mavqeyini yo‘qotganligi sabablarini izohlab bering.


Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish