Xxi asr haqiqatdan ham axborotlashgan jamiyat asri deb tan



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/68
Sana28.06.2022
Hajmi3,47 Mb.
#713280
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
Bog'liq
NGN kirish tarmoqlari






KIRISH 
XXI asr – haqiqatdan ham axborotlashgan jamiyat asri deb tan 
olindi, chunki axborotning tez, sifatli aylanishini ta‘minlash jahon 
taraqqiyoti va ravnaqining bosh mezoniga aylandi. Shuning uchun 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini jadal sur‘atlar bilan 
rivojlantirish O‗zbekiston iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan tarkibiy 
o‗zgarishlar hamda iqtisodiy islohotlarning ustivor yo‗nalishlaridan 
biriga aylandi. Ushbu yo‗nalish nafaqat Respublikani axborotlashgan 
jamiyatga aylantirish uchun xizmat qiladi, balki mamlakatni iqtisodiy 
rivojlangan davlatlar darajasiga ko‗tarish uchun o‗ziga xos yetakchi 
tarmoq rolini ham bajaradi. 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlanishida 
tolali optik aloqa tizimlari muhim o‗rin tutadi, ayniqsa shahar bilan 
qishloq o‗rtasidagi tafovutni kamaytirish, ya‘ni, qishloq aholisiga ham 
shaharlardagidan qolishmaydigan darajada zamon talabiga mos 
telekommunikatsiya va internet hizmatlarini ko‗rsatishda optik kabellar 
hamda keng polosali tarmoqlardan foydalanish zaruriyati sezilmoqda. 
Shuning uchun Respublikamizda ushbu soha rivojiga jiddiy e‘tibor 
qaratilib, qator xukumat qarorlari qabul qilindi. 
Jumladan, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‗zbekiston 
Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada 
rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida» 2013 yil 27 iyundagi PQ-
1989-sonli qarori bilan ―Respublika milliy axborot-kommunikatsiya 
tizimlarini 2013-2020 yilllar mobaynida rivojlantirish kompleks dasturi‖ 
tasdiqlandi. Ushbu qaror bilan O‗zbekiston Respublikasida 2013-2020 
yillar mobaynida telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va 
infrastrukturasini rivojlantirish dasturi hamda «Elektron hukumat» 
axborot tizimi komplekslari va ma‘lumotlar bazasini yaratish bo‗yicha 
tadbirlar va loyihalar ro‗yxati tasdiqlangan. Bundan tashqari, ushbu 
qaror bilan O‗zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya 
tizimlarini 2013-2020 yillar mobaynida rivojlantirish kompleks dasturini 
amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi tashkil 
etildi. 
O‗zbekiston Respublikasida 2013-2020 yillar mobaynida 
telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va infrastrukturasini 
rivojlantirish dasturida keng polosali optik tarmoqlarni kengaytirish, 
optik tolali aloqa liniyalarini qurish, BRAS qurilmalarini o‗rnatib, keng 


polosali tarmoq imkoniyatlarini kengaytirish, «UZMOBILE» mobil 
tarmog‗ini hududlarda rivojlantirish – 1-bosqich yuqori tezlikdagi 
internet xizmatlarini ko‗rsatish (EVDO texnologiyasi), «UZMOBILE» 
mobil tarmog‗ini hududlarda rivojlantirish – 2-bosqich yuqori tezlikdagi 
internet xizmatlarini ko‗rsatish (LTE texnologiyasi), 3G, 4G, LTE va 
boshqa mobil aloqa operatorlarini hisobga olgan holda mobil aloqa 
tarmoqlarini 
rivojlantirish, 
NGN 
texnologiyasi 
bo‗yicha 
kommunikatsiya qurilmalarini kengaytirish, kommutatsiya markazlarini 
modernizatsiyalash, 
paketli 
kommutatsiya 
xalqaro 
markazlarini 
kengaytirish, O‗zbekiston Respublikasi magistral tarmoqlarining 
o‗tkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirish, ma‘lumotlarni uzatish 
multiservis tarmoqlarini qurish, magistral optik tolali aloqa liniyalarini 
qurish, korporativ sektorga multimediali xizmatlarni ko‗rsatuvchi 
studiyalarni yaratish, axborot-ma‘lumot xizmatlari markazlarini yaratish 
(call-center), ma‘lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlarini 
yaratish «Data-sentr» (quyidagi shaharlarda: Toshkent, Qo‗qon, 
Buxoro), tez-tez foydalaniladigan ma‘lumotlarni saqlash markazlarini 
yaratish (keshlash markazlari), davlat va xo‗jalik boshqaruvi, mahalliy 
xokimiyat organlari korporativ va lokal-hisoblash tarmoqlarini yaratish 
va modernizatsiya qilish kabi vazifalar rejalashtirilgan. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning 2107 yil 7 
fevral kuni ―O‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‗yicha 
Harakatlar strategiyasi to‗g‗risida‖ farmonida Respublika hududlarida 
2300 km optik tolali aloqa liniyalarini qurish, kommutatsiya 
markazlarini IMS texnologiyasi asosida modernizatsiya qilish, mobil 
aloqa operatorlarining 1843 ta baza stansiyalarini o‗rnatish, 66 ta yuqori 
quvvatli va 328 ta kam quvvatli raqamli televidenie uzatkichlarini 
o‗rnatish va ishga tushirish kabi vazifalar belgilangan. 
Yuqorida ko‗rsatib o‗tilgan vazifalarni bajarish uchun soha 
mutaxassislari hamda ―Telekommunikatsiya texnologiyalari‖ yo‗nalishi 
bo‗yicha tahsil olayotgan talabalar optik aloqa asoslarini mukammal 
bilishlari talab etiladi. Nazariy, amaliy bilim va ko‗nikmalarga ega 
bo‗lish uchun o‗quv-uslubiy ta‘minotning o‗rni muxim axamiyatga ega. 
Keng polosali tarmoqlar fanidan hozirgi kunda davlat tilidagi o‗quv 
adabiyotlar, ayniqsa, lotin alifbosidagi adabiyotlar yetishmayotganligi 
kuzatilmoqda. Ushbu kamchiliklarni to‗ldirish maqsadida ―Keng 
polosali tarmoqlar‖ o‗quv qo‗llanmasi tayyorlandi. 
O‗quv qo‗llanma kirish qismi va 9 bobdan iborat bo‗lib, unda 
asosan, quyidagi mavzular bo‗yicha muxim nazariy va amaliy 


ma‘lumotlar berilgan. Jumladan, Keng poloasli tarmoq tushunchasining 
paydo bo‘lishi; Keng polosali tarmoqlarda xizmatlar; Radio aloqa 
kanallari va ularning xususiyatlari; Elektr o‗tkazgichli uzatish muxitlari 
va ularning xususiyatlari; Analog modulyasiya usullari va ularning 
o‗ziga xos xususiyatlari; Amplitudasi modulyasiyalangan signallar; 
Raqamli abonent kirish tarmoqlari; Simsiz keng polasali kirish 
tarmoqlari va ularni kirish usullari; zamonaviy optik abonenet ulanish 
tarmoqlari; Sinxron raqamli iyorarxiyali SDH texnologisiga asoslangan 
keng polosali transport tarmoqlari; Kanallar to‗lqin uzunligi bo‗yicha 
zichlovchi WDM texnologisiga asoslangan keng polosali transport 
tarmoqlari; Ethernet texnoloiyasi asoslari; Kanallari to‗lqin uzunligi 
bo‗yicha zichlovchi WDM texnologiyasiga asoslangan keng polosali
transport 
tarmoqlari; 
keng 
polosali 
tarmoqlarda 
qo‗llaniluvchi 
protokollar; va keng polosali trasport va abonent kirish tarmoqlarining 
qurilish usullari bayon qilingan. 
Ushbu o‗quv qo‗llanma ―Telekommunikatsiya texnologiyalari‖ 
bakalavriatura yo‗nalishi ―Keng polosali tarmoqlar‖ fanini o‗zlashtirish 
uchun mo‗ljallangan. Bundan tashqari ―Optik aloqa tizimlari‖, 
―Telekommunikatsiya tarmoqlari‖, ―Telekommunikatsiya tarmoqlarini 
boshqarish asoslari‖, ―Keyingi avlod kanvergent tarmoqlar‖ va ―Aloqa 
tizimlarini 
modellashtirish 
va 
simulyatsiyalash‖ 
kabi fanlarini 
o‗zlashtirish uchun ham qo‗llanilishi mumkin.
―Keng polosali tarmoqlar‖ o‗quv qo‗llanmasi axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ilmiy faoliyat olib borayotgan 
mutaxassislar va ―Telekommunikatsiya texnologiyalari‖ yo‗nalishida 
ta‘lim olayotgan talabalar uchun mo‗ljallangan. 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish