Xxi-asrda islom postmodern dunyoda qiblani topish



Download 397,89 Kb.
bet9/83
Sana13.06.2022
Hajmi397,89 Kb.
#665661
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   83
Bog'liq
XXI

Toki ruhim bor ekan, Qur'on xizmatkoriman.
Muhammadning yo‘lida yotgan xoku xoriman.
Kimiki bul so‘zimni o‘zga talqin aylasa, Ul kishini yanarman, so‘zlarin raddoriman.
Binobarin, biz ichki komillikka intilish bo‘lmay turib, tashqi sunnatga amal qilishga da'vo qilolmaymiz. Aksariyat musulmonlarning xatti-harakatlari ushbu ichki komillikka e'tibor bermasligini fosh etib qo‘yadi. Modomiki, biz ichki dunyomizni tartibga keltirish ustida ter to‘kmas ekanmiz, ibodat qilish, halol narsalarni tanovul etish va tashqi sunnatning boshqa jihatlarini e'tibordan qochirmaslik musulmonlikning biryoqlama va chala ko‘rinishi bo‘lib qolaveradi. Biz, mushuk sichqonning uyasi oldida poyloqchilik qilganiday, nafsimiz va «men»imizga ehtiyot bo‘lishimiz lozim. Biz nurday pok bo‘lish uchun uni ne-ne mashaqqatlar bilan bo‘lsa-da, vujuddan yo‘qotishimiz kerak.
Sahobalar millionlab chin xristian, buddaviy, yahudiy va zardushtiy erkak va ayolni, hatto ular bilan so‘zlashmay turib ham musulmon qildilar. Qur'on ularning tillariga tarjima qilinmagan chog‘lar ayrimlari mahalliy tillarni o‘rgandilar. Biroq ular borgan joydagi haqiqiy samimiyat va iltifotli, yuksak maqomdagi hamda tamkin sunnatning tabiiy go‘zalligi unga shohid bo‘lganlarning yuraklarini asir eta boshladi.
Bugungi kunda qalblarini sunnatga chog‘lamayotgan, balki uni rad etayotgan, shu bilan birga uning tashqi ko‘rinishlariga amal qilayotgan musulmonlarni ko‘plab uchratish mumkin. «Agar dag‘al, toshbag‘ir bo‘lganingizda, albatta, (ular) atrofingizdan tarqalib ketgan bo‘lur edilar»[51]. Muqaddas Qur'onning ushbu oyatini o‘zimizcha tahrir qilganday bo‘lamiz. Mabodo, to‘pchilar nimchasini, Dok Martin poyabzalini kiyib olgan va tajovuzkor xulq-atvorli faollarimiz 7-asrga borib qolsa edi, xristianlar, buddaviylar va boshqalar ulardan juda mutaassir bo‘lishi dargumon edi. Ular va sahobalarning o‘zi bunday faollarni g‘azab va qoloqlik hissiga qul bo‘lgan va asl nomi hilm emas, tajovuzkorlik bo‘lgan diniy oqim ta'siriga tushib qolgan omadsizlar deb atagan bo‘lur edi. Halimlik Rasululloh (s.v.s.)ning yuksak fazilati bo‘lib, buningsiz ul zot hech qachon bunchalik ko‘p qalbni zabt eta olmas edi.
Xulosa juda oddiy. Islomning o‘zi oddiy din. Bu din bizni tabiat va Alloh bilan qaytadan birlashtiradi. U inson tabiatiga bosim o‘tkazmaydi, aksincha, uni sharaflaydi. U bizga Odam Atoning muhtasham quvvatini namoyish etadi va uni barcha ismlarni o‘zida jamuljam etgan zot sifatida ko‘rsatib beradi.
Qay birimiz tabiatdan, go‘zallikdan, avliyolardan yiroq yashasak, yuraklarimiz g‘azabnok, johil va besaranjom bo‘ladi. Biroq sunnat degani bu emas. Sunnat dunyo odamning ko‘ziga qanchalik qorong‘i ko‘rinmasin, zulm qanchalik kuchli bo‘lmasin, hech bir yaproq Allohning irodasisiz uzilib tushmaydi, deb ishonishdir. Nihoyat, hamma narsa yaxshi bo‘ladi. Koinot ham, tarix ham ishonchli qo‘ldadir.
Bu Rasululloh (s.a.v.) ning e'tiqodi edi. U bizning ham e'timodimiz bo‘lishi kerak. Ko‘pchiligimiz Ka'badan taraladigan halovat va go‘zallikka mutlaqo aloqasi bo‘lmagan ma'naviyatsizlik, axloqsizlikka yoki vahimaga, ekstremizmning bema'ni va chirkin ko‘rinishlariga yetaklaydigan tushkunlikka mubtalo bo‘lganmiz. Biroq islom donishmandlik va muvozanatga buyuradi. Bu o‘rta yo‘ldir. Qanday vaziyatga tushib qolganimizdan qat'i nazar, buning iloji bor, unga amal qilishimiz mumkin. Biz bugungi dunyoning baxtli ummatlarimiz. Baxtimiz shundaki, g‘arbliklardan farqli o‘laroq, bizni haliyam go‘zallik birlashtirib turadi. Boshqa so‘z bilan aytganda, biz kim ekanimizni va nima qilishimiz kerakligini yaxshi bilamiz.

  1. Download 397,89 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish