Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yollangan xodimlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo’yish hamda soliq solinadigan daromadlar va chegiriladigan xarajatlar hisobini yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risida


-bob. Soliq organlari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlarning soliq solinadigan daromadlarini aniqlash mezonlari



Download 436,73 Kb.
bet8/10
Sana16.03.2022
Hajmi436,73 Kb.
#493619
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
707 22.11.2021

4-bob. Soliq organlari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlarning soliq solinadigan daromadlarini aniqlash mezonlari
13. Yakka tartibdagi tadbirkorning tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan olingan daromadi quyidagi mezonlar asosida aniqlanishi mumkin:
taqdim etiladigan hisobot ma’lumotlari;
tijorat banklarida ochilgan bank hisobvaraqlarida amalga oshirilgan tovar aylanmalari to’g’risidagi ma’lumotlar;
taqdim etilgan soliq hisoboti kameral soliq tekshiruvi orqali tahlil qilinganda qo’shimcha aniqlangan daromadlar;
sayyor soliq tekshiruvini o’tkazish davomida haqiqatda olingan daromadlar hamda ularning shakllanishi manbalari va xarajatlarni tahlil qilish natijalari.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan davlat soliq xizmati organlariga hisobot taqdim etish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
14. Yakka tartibdagi tadbirkorning tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan olingan daromadi bir kalendar yildagi oylar davomida o’sib boruvchi tushumdan kelib chiqib aniqlanadi.
15. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan olingan daromadi miqdori faoliyatning bir necha turi bilan shug’ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkor uchun barcha faoliyatidan tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan olingan jami tushumidan kelib chiqib aniqlanadi.
5-bob. Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan deklaratsiya asosida daromad solig’ini to’lashning o’ziga xos xususiyatlari
16. Kalendar yilda tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan olingan daromadi yuz million so’mdan oshmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini (keyingi o’rinlarda — daromad solig’i) qat’iy belgilangan miqdorda yoki jami yillik daromadi to’g’risidagi deklaratsiya asosida to’lashni tanlashga haqli.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq to’lash tartibini quyidagilar orqali tanlashga haqli:
tadbirkorlik sub’ektining davlat ro’yxatidan o’tkazilishi chog’ida tanlangan soliq to’lash tartibini ko’rsatish;
doimiy yashash joyi bo’yicha soliq organlariga joriy yilning 25 yanvaridan kechiktirmasdan tanlangan soliq to’lash tartibi to’g’risida bildirish xati taqdim etish.
Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan bildirish xati belgilangan muddatda taqdim etilmasligi uning soliqni qat’iy belgilangan miqdorda to’lashga roziligini bildiradi.
17. Kontsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish bilan shug’ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan daromad solig’i faqat jami yillik daromadi to’g’risidagi deklaratsiya asosida to’lanadi.
18. Daromad solig’ini jami yillik daromadi to’g’risidagi deklaratsiya asosida to’lashni tanlagan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan doimiy yashash joyidagi soliq organiga:
joriy yilning 1 fevralidan kechiktirmay;
yangi ro’yxatdan o’tgan yoki tadbirkorlik faoliyatini qayta boshlagan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ro’yxatdan o’tkazilgan oyning oxiriga qadar dastlabki tarzdagi deklaratsiya taqdim etiladi.
19. Daromad solig’i yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan taqdim etilgan dastlabki deklaratsiya yoki soliq organining xabarnomasi asosida, har oyda daromad olingan oydan keyingi oyning 15-kuniga qadar to’lanadi.
Yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vaqtincha to’xtatilgan davrda dastlabki deklaratsiya asosida daromad solig’ining hisoblanishi to’xtatib turiladi.
20. Yakka tartibdagi tadbirkorlar jami yillik daromadi to’g’risidagi deklaratsiyani ro’yxatdan o’tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1 aprelidan kechiktirmay taqdim etadi.
Bunda, yakka tartibdagi tadbirkor tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan haqiqatda amalga oshirilgan va hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlarni tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromaddan chegirib tashlash huquqiga ega.
Yakka tartibdagi tadbirkor tadbirkorlik faoliyatini butunlay to’xtatmoqchi bo’lsa, faoliyatini to’xtatishidan o’n kun oldin ro’yxatdan o’tkazilgan joyidagi davlat soliq xizmati organiga jami yillik daromadi to’g’risidagi deklaratsiyani taqdim etadi.
21. Jami yillik daromad to’g’risidagi deklaratsiya asosida hisoblab chiqarilgan daromad solig’ining yillik summasi yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan o’tgan hisobot yili davomida to’langan soliq summasidan qat’i nazar hisobot yilida haqiqiy olingan daromad miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Bunda, hisoblanadigan soliq summasi hisobot yili davomida mazkur Nizomning 19-bandiga asosan to’langan soliq summasiga nisbatan kamayishga hisoblanishi mumkin.
22. Yil yakuni bilan hisoblab chiqarilgan daromad solig’ining yillik summasi bilan yil mobaynida to’langan summalar o’rtasidagi farq kelgusi yilning 1 iyunidan kechiktirmay soliq to’lovchidan undirilishi yoki unga qaytarilishi lozim.
Faoliyatini butunlay to’xtatmoqchi bo’lgan yakka tartibdagi tadbirkorning jami yillik daromad to’g’risidagi deklaratsiyasi asosida hisoblab chiqarilgan daromad solig’ining yillik summasi bilan yil mobaynida to’langan summalar o’rtasidagi farq faoliyatini to’xtatguniga qadar soliq to’lovchi tomonidan to’lanishi yoki unga qaytarilishi lozim.
23. Agar soliq to’lovchi jami yillik daromadi to’g’risidagi deklaratsiyani taqdim etmagan bo’lsa, shuningdek, oldin taqdim etilgan deklaratsiyada noto’g’ri ma’lumotlar aniqlangan va soliq to’lovchi tomonidan jami yillik daromadi to’g’risidagi deklaratsiyaning o’zgarganligi haqidagi ariza belgilangan muddatlarda taqdim etilmagan taqdirda, soliq organi soliq summasini o’zidagi mavjud axborot asosida hisoblashga va to’lanishi lozim bo’lgan, hisoblangan soliq summasi to’g’risida soliq to’lovchiga o’n kunlik muddatda to’lov xabarnomasini topshirishga haqli.
Soliq to’lovchi tomonidan jami yillik daromadi to’g’risidagi deklaratsiya yoki to’g’rilangan deklaratsiya taqdim etilgan taqdirda, soliqning yakuniy summasi ushbu deklaratsiyani hisobga olgan holda aniqlanadi.
24. Daromad solig’ini jami yillik daromadi to’g’risidagi deklaratsiya asosida to’lashga o’tkazilgan yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan Hisobga olish daftari yuritilmaganligi yoki belgilangan tartibda yuritilmaganligi aniqlangan taqdirda, soliq amalga oshirilgan faoliyat turlari uchun belgilangan qat’iy miqdordagi summadan kam bo’lmagan miqdorda to’lanadi.

Download 436,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish