Yana bir sifat hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. Chunki oʻqituvchilar uchun hamkorlik va oʻzaro fikr almashish muhimdir



Download 21,5 Kb.
Sana29.01.2022
Hajmi21,5 Kb.
#416089
Bog'liq
Prezident Shavk


Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashi 46-sessiyasidagi nutqida strategik yoʻnalishlar, jumladan, Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiyani ratifikatsiya qilish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Butun dunyoda qariyb 1 milliardga yaqin nogironligi boʻlgan shaxslar borligi haqida oʻylab, fikr yuritsak, bu nihoyatda ahamiyatli tashabbus ekaniga amin boʻlamiz.

Ushbu tashabbus mazmun-mohiyati haqida targʻibot ishlarini izchil yoʻlga qoʻyish, nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish masalalarida parlament nazoratini kuchaytirish dolzarb vazifalar hisoblanadi. Parlament Qonunchilik palatasida OʻzXDP fraksiyasi va Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi hamkorligida oʻtkazilgan davra suhbatida bu haqda deputatlar, nogironligi boʻlgan shaxslar manfaatlarini himoya qiladigan tashkilotlar mutasaddilari va mutaxassislari bu borada koʻplab fikr va takliflarni bildirishdi.

Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish katta va koʻplab omillarga bogʻliq soha. Shuning uchun bugun uning aynan bitta yoʻnalishi – inklyuziv taʼlimga batafsilroq toʻxtalib oʻtmoqchiman.

Inklyuziv taʼlim rasmiy taʼlim tushunchasidan ancha kengroq. Bu taʼlimda koʻproq oʻqishda, oʻrganishda imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlanadi.

Inklyuziv maktab oʻqituvchisi va inklyuziv bogʻchada tarbiyachi qanday sifatlarga ega boʻlish kerak? Inklyuziv taʼlimda oʻqituvchining kasbiy mahorati bosh omil hisoblanadi. Avvalo Oʻqituvchi inklyuziv tafakkurga ega boʻlishi va taʼlim sifati masʼuliyatini oʻz zimmasiga olishi shart.

Inklyuziv taʼlim berish oʻqituvchilar ishi sifatining asosiy mezonlari – oʻqituvchi oʻquvchilarning turli toifada ekanligiga qaramay barcha bolalarning huquqini himoya va hurmat qilishi.

Yana bir sifat – hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. Chunki oʻqituvchilar uchun hamkorlik va oʻzaro fikr almashish muhimdir.

Oʻqituvchi oʻz faoliyatini tizimli baholab borishi, muntazam malakasini oshirishi, alohida taʼlim ehtiyojlari bor bolalarning intizomli va muassasalar aro guruhlar bilan samarali ishlashi uchun liderlik hamda boshqaruv malakalarini qoʻllash, muammolarni birgalikda hal qilish, keng qamrovli maktab hamkorligini yoʻlga qoʻyish kabi xislatlarga ega boʻlish kerak.

Maʼlumki, inklyuziv taʼlimda maxsus taʼlim ehtiyojidagi bolalar barcha bolalar bilan birga maʼlum maqsadda turli qobiliyatlarga muvofiq guruhlashtiriladi.

Maxsus taʼlim aqliy, jismoniy tashqi koʻrinishga muvofiq amalga oshirilsa, inklyuziv taʼlim bolaning qobiliyati va imkoniyatlariga koʻra belgilanadi.

Maxsus taʼlim oʻqitishning maxsus va alternativ dasturlari orqali oʻqitilsa, inklyuziv taʼlim bolaga yoʻnaltirilgan va moslashtirilgan, yoʻriqnomali, barchaga moʻljallangan oʻquv dasturi asosida oʻqitiladi.

Inklyuziv taʼlimning oʻziga xos muhim jihati shundaki, bolalar va oʻqituvchi bir birlaridan oʻrganishadi hamda muammolarni birgalikda hal etishadi.

Bu taʼlim bir tomonlama boʻlmasligi kerak. Imkoniyati cheklangan bolada oʻziga boʻlgan ishonchni oshirish, koʻnikma va qobiliyatini rivojlantirish, yoshligidan oʻrganishni ragʻbatlantirishda oila ishtiroki muhim.

Inklyuziv taʼlim jarayonida ota-onalar bilan ishlash ham muhim. Taʼkidlash joizki, alohida ehtiyojli ota-onalarga ularning farzandlari jamiyatning bir boʻlagi boʻlish huquqiga ega ekanini tushuntirish, bu ishonchni ularning ongiga yetkazish kerak. Mamlakatimiz taʼlim tizimida bu masalaga alohida eʼtibor qaratiladi.

2020-yil oktyabrda qabul qilingan Prezidentimizning alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim-tarbiya berish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarori bunga misol boʻla oladi.

Unga koʻra, tajriba-sinov tariqasida shaharlarda va Toshkent shahrining tumanlarida joylashgan bittadan maktablarda inklyuziv taʼlim joriy qilinadi.

Qoraqalpogʻiston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan bittadan maktablarda alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun boshlangʻich tayanch sinflar ochiladi.

Qashqadaryo, Fargʻona va Xorazm viloyatlarida joylashgan bittadan kasb- hunar maktabida ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari va alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashgan guruhlar tashkil etiladi.



Shuningdek 2021-2022 oʻquv yilida ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida majburiy oʻrta taʼlim 11 yillik (intellektual rivojlanishida nuqsonli bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab internatlarda 9 yillik muddatlarda amalga oshiriladi. Shuningdek, ularni kasbga oʻqitish kurslari tashkil etilib, bitiruvchilarga sertifikat beriladi.

Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyani ratifikatsiya qilishga har tomonlama sharoit yaratilmoqda. Inklyuziv taʼlimni butun mamlakat boʻylab rivojlantirishga qaratilgan islohotlar bunga amaliy misol boʻladi, deb oʻylayman.
Download 21,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish